Kurs ishi mavzu: Tijorat banklarining birinchi darajali kapitali va uning tarkibiy qismlarining tahlili



Download 405 Kb.
bet3/12
Sana11.07.2022
Hajmi405 Kb.
#773742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1 даражали капитал курс иши

I darajali asosiy kapital bank regulyativ kapitalining 60 foizidan kam bo’lmasligi va o’z ichiga quyidagilarni olishi zarur:

  • bankning to’liq to’langan oddiy aksiyalari;

  • qo’shilgan kapital — oddiy aksiyalarni birinchi marta joylashtirilishida ularning nominal narxidan yuqori to’langan summa;

  • taqsimlanmagan foyda:

  • bank balansidagi avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan shakllangan kapital zaxiralar va boshqa zaxiralar (tekinga olingan mulklar (30905) va boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi (30908) bundan mustasno);

  • to’lanmagan dividend summasidan tashqari o’tgan yillardan qolgan taqsimlanmagan foyda;

  • joriy yil zararlari;

  • ozchilik ulush egalarining bank yig’ma balansiga birlashadigan korxonalardagi ulushlari. Bu ulush sho’ba korxonalari hisobvaraqlari bank moliyaviy hisobotlarida birlashtirilganda va bank ulushi bunday korxonalar kapitalining 100 foizdan kam qismini tashkil qilganda vujudga keladi;

  • devalvatsiya zaxirasi.

I darajali qo’shimcha kapital o’z ichiga quyidagilarni oladi:

  • nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar. Bunday aksiyalar quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim:

  • muayyan sotib olish sanasi yoki shartlariga ega emas;

  • egasining xohishiga ko’ra sotib olinishi mumkin emas;

  • bank aksiyadorlari umumiy yig’ilishi qaroriga muvofiq ularga doir dividendlar to’lanmasligi mumkin;

  • ular bo’yicha o’tgan davrdagi olinmagan dividendlar to’lanmaydi;

  • bank faqat O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan oldindan olingan ruxsati bilan va chiqarilganiga 10-yildan kam bo’lmagan aksiyalar va sotib olinadigan summani kapitalning o’sha turi yoki boshqa undan yuqoriroq turiga almashtirgandan so’ng yoxud bank kapitalining monandligi kapitalga qo’yilgan minimal talabdan yuqori ekanligini ko’rsatgandan so’ng, ularni sotib olishi mumkin bo’lgan.

  • qo’shilgan kapital — imtiyozli aksiyalarni birinchi marta joylashtirilishida ularning nominal narxidan yuqori to’langan summa;

  • I darajali qo’shimcha kapitalga qo’shilish shartlariga javob beruvchi sho’ba korxonalarning ishtirok etish ulushi (sho’ba korxonalari tomonidan chiqarilgan va uchinchi shaxslar ixtiyorida bo’lgan kapitalga tenglashtirilgan vositalar).

  • Dividend stavkalari o’zgarib turuvchi imtiyozli aksiyalar yuqorida keltirilgan I darajali asosiy kapital va I darajali qo’shimcha kapitallarning shartlarini bajarishidan qat’i nazar, I darajali kapital hisob-kitobiga kiritilmaydi.4

II darajali kapital quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • joriy-yildagi sof foydasi, bankning oraliq moliyaviy hisoboti auditorlik tekshiruvidan o’tgan bo’lsa — tasdiqlangan moliyaviy natijalaridan ko’p bo’lmagan miqdorda, aks holda bank hisobotidagi sof foydaning 50 foizi;

  • chegirmalardan so’ng tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar summasining 1,25 foizidan yuqori bo’lmagan miqdordagi standart kreditlarga (aktivlar) yaratiladigan zaxiralar;

  • chegirmalardan so’ng I darajali kapitalning uchdan bir qismidan oshmagan miqdorda aralash turdagi majburiyatlar (aksiyadorlik va qarz kapitali xususiyatlariga ega bo’lgan vositalar). Aralash turdagi majburiyatlar, shuningdek I darajali kapitalga kiritilmagan imtiyozli aksiyalar, agar ular quyidagi shartlarga javob bersa,

  • II darajali kapitalga kiritiladi:

  • to’liq to’langan;

  • garov bilan ta’minlanmagan;

  • bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari va bank boshqa kreditorlari talablari bajarilgandan so’ng qondiriladigan;

  • aksiya egasining tashabbusi bilan va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining oldindan berilgan roziligisiz to’lanishi mumkin bo’lmagan;

  • bankning barcha zaxiralarini qoplashi va bankni to’lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilish huquqini bermaydigan;

  • agar bank oxirgi 3 ta chorak mobaynida foyda olmagan bo’lsa yoxud oddiy yoki imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividendlar (foizlar) to’lamaslik to’g’risidagi qaror qabul qilishda ushbu majburiyatlarga doir dividendlar (foizlar)ni to’lash muddati emitent xoxishiga ko’ra kechiktirilishi mumkin bo’lgan aksiyalar;

  • subordinar qarz, bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo’lib, bank kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan so’ng I darajali kapitalning uchdan bir qismidan oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz summasi to’lash muddati yetib kelgunga qadar oxirgi 5-yil davomida-yiliga 20 foizga kamayib borishi shart. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarz quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • garov ta’minotiga ega bo’lmasligi;

  • bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo’yicha talablar depozitorlar va bankning boshqa kreditorlari talablari qondirilganidan so’ng amalga oshirilishi;

  • boshlang’ich to’lov muddati 5-yildan keyin bo’lishi;

  • muddatidan avval O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning ruxsati bilan qaytarilishi.

  • aktivlarning boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasining 45 foizi miqdori.

Kapitaldan chegirmalar kapital monandligi koeffitsientlari hisoblangunga qadar I darajali kapitaldan chegiriladi.
I darajali kapitalni hisoblab chiqarishda I darajali asosiy kapital va I darajali qo’shimcha kapital yig’indisidan quyidagilar chegiriladi:

  • nomoddiy aktivlar;

  • nomoddiy aktivlar — moddiy-ashyoviy ko’rinishga ega bo’lmagan, bir-yildan ortiq foydali xizmat muddatiga ega bo’lgan va bank xizmatlarini ko’rsatishda yoki ma’muriy maqsadlarda foydalaniladigan nomonetar, identifikatsiyalanadigan aktivlardir (dasturiy ta’minot, foydalanish huquqi, marketing va texnik ma’lumotlari, gudvill, muddati uzaytirilgan soliq majburiyatlari va boshqalar).

  • birlashmagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar kapitaliga barcha investitsiyalar summasi, shu jumladan bunday xo’jalik yurituvchi sub’ektlar kapitalini tashkil qiluvchi qarz majburiyatlari;

  • boshqa banklarning kapitaliga qilingan investitsiyalar.

Bunda I darajali kapitaldan chegirmalar tarkibiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-son «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq tanlov savdolarida banklarga realizatsiya qilingan ishlab chiqaruvchi bankrot korxonalar mol-mulki negizida tashkil qilingan korxonalarga, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi F-4010-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan Iqtisodiy nochor korxonalarni tanlov savdolarida banklarga realizatsiya qilish tartibiga muvofiq iqtisodiy sudlarning qarorlariga binoan kreditor banklar balansiga tugatish qiymati bo’yicha qabul qilingan ishlab chiqaruvchi bankrot korxonalar mol-mulki negizida tashkil etilgan korxonalarga banklarning investitsiyalari kiritilmaydi.5
Regulyativ kapital tarkibiga xavfsiz bo’lmagan va nosog’lom bank faoliyatining yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin bo’lgan shartlar (tashkil qilinadigan jamg’armalar/zaxiralardan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish, qarz majburiyatlarini chiqarish shartlari va boshqalar) bilan cheklangan kapital elementlari kiritilishi mumkin emas.
I darajali kapital regulyativ kapitalning 75 foizidan kam bo’lmasligi lozim. II darajali kapital miqdori I darajali kapital miqdorining uchdan bir qismidan oshib ketsa, oshgan summa regulyativ kapital tarkibiga kiritilmaydi.


  1. Download 405 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish