Kurs ishi Mavzu: Turizm sohasini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o’rni



Download 326,63 Kb.
bet1/11
Sana30.12.2021
Hajmi326,63 Kb.
#194701
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Turizmni rivojlantirish



Kurs ishi

Mavzu: Turizm sohasini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o’rni

Reja:


Kirish

1. Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy mohiyati va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi oʻrni.

2. Oʻzbekiston turizm sohasini rivojlantirish va unda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish holati tahlili.

3. Turizm sohasini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Kirish

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalashuvi va jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi ko’p jihatdan to’g’ri va asoslangan investitsiya siyosatiga bog’liq. Mamlakatimizda investitsion faoliyatni iqtisodiy muhit shart sharoitlariga muvofiq rivojlantirish, ularni jamiyat iqtisodiy hayotining barcha jabhadagi faolligini ta’minlash, milliy ishlab chiqarish jarayoninig modernizatsiyalashuvi hamda barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlashning muhim omillaridan biri bo’lib kelmoqda. Shuning uchun ham hukumatimiz tomonidan har yili amalga oshirib kelinayotgan islohotlarning kun tartibidagi asosiy manbalardan biri bo’lib, investitsiyalarni mamlakatning milliy iqtisodiyotiga jalb qilish masalsi turibdi.

Ma‘lumki, investitsiya iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi – drayveridir. Keyingi yillarda butun dunyoda xorijiy investitsiyalar jalb etish tobora murakkab kechmoqda. Masalan, 2019 yilda jahonda investitsiya oqimi 19 foizga kamaygan. Turizmga qo‘yiladigan har qanday investitsiya – bu kelajakka qo‘yiladigan investitsiyadir.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev quyidagicha ta‘kidlaydilar: ―Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo’lsa, o’z iqtisodiyotining barqaror o’sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya — bu iqtisodiyot drayveri, o’zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag’a bo’lmaydi‖.1

Bugungi kunda chet el investitsiyalarining aksariyat qismi nazariy va uslubiy bazani rivojlantirishda yetarlicha yaratilmagan. Respublikada sayyohlik korxonalari masalalari bo'yicha qabul qilingan hujjatning turizm va investitsiya qonunlari va nizomlari xususiyatlari to'liq e'tiborga olinmaydi. Turizm qonunchiligiga sarmoya jalb qilish va

_____________________

1 Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati turkumidan. 2019-yil 10-aprel.

boshqa nazariy jihatlar bilan bog'liq rasmiylashtirishlar ishlab chiqilishi kerak

Turizmga investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha talab va takliflar sektori bo'lishi quyidagilarni o‘zida ifodalaydi:

- Turizm sohasini rivojlantirish va ushbu sohaga investitsiyalarni keng jalb qilish;

- Xorijiy tajribalarni jalb qilish;

- Turizm xizmatlarining yangi turlari va turkumlarini yaratish;

- Keng miqyosli investitsiyalarni jalb qilish uchun kriteriyalarni rivojlantirish;

- Chet el investitsiyalarini keng jalb qilishda turizmning qo'shimcha imtiyozlarini qo'llash;

- Investitsiya muhitini yaratish va yanada takomillashtirish;

- Me'yoriy jihatdan jalb etish uchun keng miqyosli investitsiyalarning huquqiy asoslarini takomillashtirish;

- Sayyohlik xizmatlarining sonini va sifatini oshirish;

- Turizm sohasidagi samaradorlik kursori tizimini ishlab chiqarish;

- Investitsiyalarni nazorat qilish va monitoringini takomillashtirish; O‘zbekiston ham ko‘plab madaniy yodgorliklarga boy bo‘lgan tarixiy shaharlar mavjudligi bilan turizm sohasiga chet el investitsiyalarni jalb qilishda yetakchi mamlakatlar qatoridan o‘rin olgan davlat hisoblanadi. Tanlangan mavzuning dolzarbligi ham ana shu vazifalarni o‘rganishni taqozo etadi.


Download 326,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish