Kurs ishi mavzu: Valyuta Riskining Turlari. Bajardi


Xalqaro moliya munosabatlarida valyuta riskini samarali boshqarish usullari



Download 109,43 Kb.
bet4/5
Sana16.03.2022
Hajmi109,43 Kb.
#496963
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xalqoro moliya munosabatlari

3.Xalqaro moliya munosabatlarida valyuta riskini samarali boshqarish usullari.
Xalqaro shartnomani amalga oshirish davrida, bir qator iqtisodiy omillarning ta'siri ostida shartnomadagi valyuta kursi boshqa valyutalar kursiga nisbatan o'zgarishi kuzatiladi. Bu esa o'z navbatida shartnomada ishtirok etuvchi taraflarning ma'lum bir yo'qotishlariga olib kelishi mumkin. 70-yillarning boshidan barcha davlatlarning erkin suzadigan kurslar rejimiga o'tishi, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasida sezilarli salbiy oqibatlarga olib keldi. Boshqacha qilib aytganda, jahon bozorida valyuta kurslarining erkin suzish sharoitida iqtisodiy muvozanatsizlik kuchaydi. Valyuta riski deganda, keng ma'noda, valyuta kurslarining tebranishi oqibatida tashqi iqtisodiy operatsiyalar natijalarini va tashqi iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilari bo'lmish xo'jaliklar faoliyatlari natijasining o'zgarish ehtimoli tushuniladi[2]. Valyuta riski ta'siri ostiga tashqi iqtisodiy munosabatlarning barcha sub'ektlari tushadi: davlat, banklar, savdo va sanoat kompaniyalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar.
Valyuta kurslarining muvozanatsizligi xalqaro mehnat taqsimotiga salbiy ta'sir etadi, tovarlar va xizmatlar ekvivalent almashuvini qiyinlashtiradi, xalqaro savdo balansiga va hajmiga salbiy ta'sir etadi.
Valyuta kurslarining muvozanatsizligi import va eksport qiluvchilarni o'zlarining xorijdan sotib olish va xorijga sotish operatsiyalarini qisqartirishga majbur qiladi. Chunki, import va eksport qiluvchilar valyutalarning qisqa muddatli davriy oraliqdagi o'zgarishini oldindan bila olmaydilar. Shuning uchun, import qiluvchi ma'lum bir tovarni o'zini valyuta xavf-xatariga qo'yib, chet davlatdan sotib olganidan ko'ra, o'z mamlakatida ishlab chiqarilayotgan o'rinbosar tovarni sotib olgani afzalroqdir. To'lovi kelgusida amalga oshishi ko'zda tutilgan, shartnoma tuzilish paytida ma'lum bir summada qayd etilgan har qanday kredit operatsiyasi, shartnoma valyutasi ishtirokchi uchun xorijiy bo'lgan tarafning valyuta xavf-xatariga chalinadi Kreditor, o'zining xorijlik kontragentlariga kreditni bergan holda, qiymatni ekvivalent miqdorda ololmaslik xavf-xatariga uchraydi. qarz oluvchi ham, agarda to'lov paytida qarz valyutasining kursi shartnoma tuzilgan sanaga nisbatan ko'tarilsa, zarar ko'rishi mumkin.
Eksport va import qiluvchilar, valyuta riski bilan, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirganda to'qnashadilar. Eksport qiluvchi, agarda u tovarlarni to'lovi kechiktirilgan holda sotgan bo'lsa, va baho valyutasi sifatida import qiluvchi valyutasi yoki uchinchi davlat valyutasi olingan bo'lsa, valyuta riskiga duchor bo'ladi. Agarda, baho valyutasining kursi eksport qiluvchi milliy valyutasiga nisbatan pasaysa, unda eksport qiluvchi zarar ko'rishi mumkin. Shunday qilib eksport qiluvchi uchun valyuta riski bo'lib, shartnomaning tuzilishidan to ijro etilgunga qadar davr ichida, baho valyutasi kursining milliy valyutaga nisbatan pasayishi hisoblanadi. Demak, valyuta riski barcha tashqi iqtisodiy aloqalar bilan bog'liq shartnomalarga ta'sir etadi. Import qiluvchi uchun valyuta risklari quyidagi holatlarda vujudga keladi: agarda, tovarlar, bahosi chet el valyutasida qat'iy belgilanib sotib olinayotgan bo'lsa. Bunda, agar chet el valyutasining kursi import qiluvchi valyutasiga nisbatan ko'tarilsa, unda import qiluvchi tomonidan sotib olingan tovarlar uchun haq to'lashda, milliy valyutada ko'proq xarajat qilinishiga to'g'ri keladi. Shunday qilib, ko'rinib turibdiki, hech bir savdo shartnomasi bir kun ichida amalga oshib, u bo'yicha to'lov ham bir kun ichida amalga oshmaydi. Shunga ko'ra, albatta, valyuta riski shartnoma muddatiga to'g'ri proportsional ravishda ortib boradi. Bizning fikrimizcha, shartnomaning imzolanish paytigacha (shartnomani tayyorlash davrida) xorijiy valyuta kursining o'zgarish riski valyuta riskiga kirmaydi, u ko'proq baho xavf-xatariga yoki valyuta kursi o'zgarishi bilan bog'liq raqobatdoshlikning yomonlashish xavf-xatariga kiradi. Bunday risk, shartnomaning tuzilish davrida, muhokamalar paytida hal etilishi mumkin. Xususan, muzokaralar davrida valyuta kursini to'satdan o'zgarib ketishi natijasida shartnoma ishtirokchisi (bunday o'zgarish zararlarini qisman yoki to'la qoplash maqsadida) shartnomadagi dastlabki bahoning bir muncha o'zgartirilishini talab qilishi mumkin yoki bu shartnomadan boshqa kontragent foydasiga butunlay voz kechishi mumkin. Shartnoma tuzilib, imzolanganidan so'ng, yuqorida bayon etilgan o'zgartirishlarni shartnoma shartlariga kiritib bo'lmaydi (agarda, shartnoma shartlarida bu xususida valyuta shartlari (ogovorka) mavjud bo'lmasa). Fikrimizcha, baho o'zgarishi bilan bog'liq riskga, valyuta shartnomasining inflyatsion qadrsizlanish riski ya'ni, tovar baholarining o'sishi shaklida ifodalangan valyuta qiymatlarining tovar baholariga nisbatan o'zgarish riski kiradi. Ba'zi tadqiqotchilar tomonidan ular valyuta riskining amal qilish shakllariga kiritilgan. Valyuta riski bunday turining zaminida, valyuta riski paydo bo'lishi bilan bevosita aloqada bo'lmagan, ammo unga bilvosita valyuta kursi orqali ta'sir etadigan, valyutalarni tovarlarga nisbatan qadrsizlanishining umumiy tendentsiyasi yotadi. Uzoq muddatli davrda xalqaro moliya munosabatlari samaradorligi uchun, kurslar o'zgarishi oqibatidagi yo'qotishlarga qaraganda, inflyatsion omil nisbatan chuqurroq salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Kurslar harakatidagi va valyutalarni sotib olish qobiliyatidagi farqlar, tashqi iqtisodiy shartnomalar ishtirokchisi bo'lgan har birining yo'qotishlar va daromadlar balansining nafaqat valyuta kursini ijobiy yoki salbiy harakatiga, balki valyutalar kurslari o'zgarishining o'zaro nisbati va birgalikdagi harakatiga bog'liq. Masalan, agarda valyutalarning tashqi qadrsizlanishi (valyuta kursini pasayishi) uni ichki bozordagi qadrsizlanishidan o'sib ketsa, unda xorijlik import qiluvchilar qo'shimcha foyda olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Chunki, ular o'z valyutasida xarajatlarni oshirmasdan turib, qadrsizlanib borayotgan mamlakatning valyutasiga ko'proq tovarlar sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Yuqorida bayon etilgan fikrlar, barcha xo'jalik shartnomalarining samaradorligiga ta'sir etgan holda, valyuta riskini tashqi iqtisodiy shartnomalar samaradorligini ko'rsatuvchi ahamiyatli, ammo yagona omil emasligini ko'rsatadi. Eksport qiluvchi (kreditor), agarda shartnomaning tuzilishi va u bo'yicha to'lovning amalga oshirilishi davri ichida baho valyutasining kursi uning milliy valyutasiga nisbatan pasaysa, zarar ko'radi. Import qiluvchi (debitor) uchun esa zararlar, kursning yuqoridagiga nisbatan qarama-qarshi harakati natijasida paydo bo'ladi. Tashqi iqtisodiy shartnoma ishtirokchilari uchun valyuta riskini paydo bo'lishining quyidagi shartlarini ajratib ko'rsatish mumkin:

  • ochiq valyuta pozitsiyasining mavjudligi;

  • shartnoma valyutasi sifatida xorijiy valyutadan foydalanish;

  • shartnomaning tuzilishi va u bo'yicha hisob-kitob orasida vaqt

  • uzilish davrining mavjudligi.

Valyuta kurslari muvozanatsizligi qanchalik yuqori bo'lsa, valyuta riski shunchalik yuqori bo'ladi. Hozirgacha, biz valyuta riski tushunchasini faqat bir operatsiyaga nisbatan ko'rib chiqqan edik. Agarda, tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilari bo'lmish taraflar xorijiy valyutada ifodalangan majburiyatlar va talablarga ega bo'lib, ko'p turdagi operatsiyalarni amalga oshirsa, unda ular barcha operatsiyalar bo'yicha emas, balki faqat ochiq valyuta pozitsiyasi bo'yicha valyuta riskiga uchraydilar. Odatda, ochiq valyuta pozitsiyasi yuqori darajadagi valyuta riski manbaidir. Valyuta yo'qotishlarni manbai bo'lgan, ochiq valyuta pozitsiyalarini aniqlanishi bilan, valyuta xavf-xatarlarini bartaraf etish zarurati tug'iladi. Yuqorida ko'rib chiqilgan valyuta xavf-xatarlarining paydo bo'lish sharoitlari, birinchi navbatda, tashqi savdo va kredit shartnomalari bilan bog'liq aniq operatsiyalarga aloqadordir. Ular esa, o'z navbatida tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilarining valyutada zarar ko'rishiga olib kelishi mumkin. Valyuta riskini uch kategoriyaga ajratish mumkin:

  • Translyatsion risk;

  • Tranzaktsiya (bitim) riski;

  • Iqtisodiy risk;

Translyatsion risk — bu xisob-kitob amaliyotida yuzaga kelib, xorijiy valyutada ifodalangan firma yoki bankning aktiv va majburiyatlarining milliy valyutaga o'tkazishda davriy ravishda ayirboshlash kursining o'zgarib turishidir. Agarda milliy valyutada ifodalangan xorijiy valyuta qimmatlashsa, u holda firma yoki bankning xorijiy valyutadagi aktivlari, majburiyatlari va mol-mulki ham milliy valyutaga nisbatan qiymat jihatidan oshadi. Agarda xorijiy valyuta ayirboshlash kursi qadrsizlansa, teskari hodisa yuz beradi. Tranzaktsiya (bitim) riski to'lashga yo'naltirilgan yoki to'lovga qabul qilingan xorijiy valyutada ifodalangan xisob bilan bog'liq moliyaviy riskdir. Ayriboshlash kursi tranzaktsion ko'rinishga tegishli ravishda xejerlash (sug'urtalash) orqali barham berilmagunga qadar, firmaning daromadiga, milliy valyutada to'lovlarni qabul qilish va to'lash o'zgarishiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladi. Barqaror siyosatni amalga oshirish maqsadida tijorat banklari doimiy ravishda o'z mijozlaridan ayirboshlash kursining kutilmagan o'zgarishlaridan yuzaga keladigan zararlarning oldini olishi uchun ularni xejerlashni tavsiya qiladilar. Banklar o'z mijozlari qatori risklarni minimallashtirish manfaatini ko'zlaydilar. Foiz risklari holatida xalqaro banklar va firmalar, odatda, ayirboshlash kursining taxminlashtirishga juda ko'p vaqtlari va xarakatlarini sarflaydilar. Ayirboshlash kurslarini taxminlashtarish milliy (ichki) foiz stavkalarini baholashdan ancha murakkab hodisa ekanligini isbotlab berdi. Bunga asosiy sabab bo'lib, har qanday davlatda ichki foiz stavkalariga nisbatan, ayriboshlash kurslarining juda ko'p miqdordagi murakkab o'zgaruvchanlik xususiyatiga ega ekanligidir. Ayirboshlash kurslari va foiz stavkalarini taxminlashtirishga qiziqish va o'z navbatida xorijiy valyutalar pozitsiyasini "ochiq" qoldirish (xejerla-maslik) korporativ xazinachilikda yuqori bo'lib turibdi, bu esa ba'zida salbiy natijalarga olib keladi. Tijorat banklaridagi valyutani ayirboshlash bo'linmalari ham odatda ochiq pozitsiyalarni ushlab turishga harakat qilishadi: "uzun" pozitsiyani (xorijiy valyuta zaxiralarini ko'paytirish) yoki "qisqa" pozitsiyani (xorijiy valyuta zaxiralarini kamaytirish) qoldiradilar. Bu holat, odatda, bank iqgisodchisi yoki bosh valyuta dileri tomonidan tayyorlangan va yuqori rahbariyat tomonidan ma'qullangan "bog'liq" valyuta taxminlashtirishga asoslangan, maqsadli risklarni qabul qilishdir. Bu esa o'z navbatida, bank uchun katta xatar keltiradi.
Iqtisodiy risk — mazkur valyuta riskining uchinchi ko'rinishi bo'lib, mul'timilliy firma uchun eng muhim risk hisoblanadi va firmaning aktiv qiymatiga ayirboshlash kursi o'zgarishining uzoq muddatli ta'sirini o'lchaydi. Valyuta-iqtisodiy riskini baholash qiyin, chunki valyuta kursining o'zgarish samarasini bir vaqtning o'zida nisbiy inflyatsiya sur'atlari (uning asosida yotgan va har bir valyuta bilan bog'liq) pul oqimlariga ta'sirining oldini olish to'laqonli tahlilsiz mumkin emas. Firmaga valyuta kurslari o'zgarshilarining iqgisodiy ta'siri, inflyatsiya sur'atlaridagi kurs o'zgarishlari farqlarining to'liq qoplanganligiga bog'liq. Agar (narx nazoratiga, monetar siyosat o'zgarishiga va boshq.) haqiqiy valyuta kursi (o'z navbatida nisbiy narxlar) o'zgarsa, u holda nisbiy narxlar o'zgarishi oxir-oqibatda firmaning uzoq muddatli raqobatli riskini aniqlab beradi. Bunda qat'iy belgilangan valyuta kursi tartibi, suzib yuruvchi kurslar tartibiga nisbatan valyutaning katta raqobatli riskiga olib kelishi mumkin. Banklar har bir alohida operatsiya bo'yicha (valyuta kelishuvi, himoya kelishuvi, oltin kelishuvi, mulьtivalyuta kelishuvi, kafolatlar qo'llanilishi, forvard bitimlari va svop bitimlari) valyuta risklarini tartibga solishda turli uslublarni qo'llash yo'li bilan valyuta amaliyotlaridan zararlar riskini kamaytirishga harakat qilishlari zarur. Valyuta kurslari o'zgarishlarini aniqroq prognozlashtirish, valyuta risklarini sug'urtalash (xejerlash) dan foydalanish zarurdir. Valyuta riski sug'urtasi deganda, uni bartaraf etish bilan bog'liq choralar tushuniladi. Bunday choralarga, tashqi iqtisodiy operatsiyalar natijalarini, xorijiy valyutalar kursining o'zgarishiga bog'liqligini yo'qotishga qaratilgan choralar kiradi.


Download 109,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish