Aim.uz
Kuyish kasalligi
Ikkinchi jaxon urushi janggohlarida quruqlikdagi qo’shinlar ichida kuyish umumiy jarohatlarning 1-1,5 foizini tashkil etgan bo’lsa, flotda bu ko’rsatkich 10 foizga yaqinni tashkil etdi. 1904 - 1905 yillardagi rus yapon urushida kuyganlar soni yana ham ko’p edi. Suyami jangida yarador bo’lganlarning 40 foizi qattiq kuyishdan azob chekkan. Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shahardariga atom bombasi tashlanganida kuyganlar soni yana ham keskin oshdi Atom bombasining kuchli issiklik ta'siri natijasida kuyganlar jabrlanganlarning 80 foizini tashkil etdi. Vetnam urushi davrida ham amerikaliklar og’ir kuyish hollariga olib keluvchi napalm bombalarini ishlatishdi. Kuyish kasalligini davolash harbiy shifokorlar uchun vazifadir. Yana shuni unutmaslik kerakki, chuqur va katta kuyishlar ichki a'zolar, asablar, moddalar almashinuvini izdan chiqarishi tufayli, "kuyish xastaligi" deganda tananing umumiy kasalligini tushunksh kerak.
Belgilari va kechishi: To’qimalar zararlanishi qandayligiga qarab, kuyish uch darajaga bo’linadi:
I darajali kuyishda teri qizaradi
II darajali kuyishda pufakchalar hosil bo’ladi
III darajali kuyishda esa to’qima o’ladi.
Tanadagi terining uchdan bir qismi yo’zaki kuyib, butun terining 10 foizi chuqur kuysa, kuyish kasalligi rivojlanadi. Kuyish kasalligi kechishida 4 davr kuzatiladi.
Boshlang’ich davr. Bu davrda markaziy asablar tizimining faoliyati keskin buzilishi bilan kechadigan shok holati kuzatiladi. Bunda suv va elektrolitlar, moddalar almashinuvi, qon aylanish izdan chiqadi.
Toksemik davr. Agar bemor shokdan o’lmay qolsa, uchinchi kuni toksemik davr boshlanadi. Bu davr to’qimalardagi oqsilning parchalanish mahsulotlaridan organizmning zaharlanishi bilan kechadi. Bunda tanadan nihoyatda ko’plgb plazma yuqoladi, bemor og’riqdan azob chekadi, tana harorati pasayib ketadi, tomir urishi tez va zaif bo’ladi. Bu davr 4-10 kun davom etadi.
Septik davr. Sepsis va yuqumli asoratlar rivojlanishi bilan ajralib turadi. Terining katta kuygan qismi bu asoratlar bilan bog’liq bo’lib, shu tufayli ularda mikroblar rivojlanib, yara, bitishi sekinlashadi.
Tuzalish davri. Yaxshi davo tadbirlari olib borilganda bemor bir - bir yarim oydan so’ng sog’ayib ketadi.
Kasallik belgilari: organizmning umumiy zaharlanishi, yurak-tomirlar va ichki a'zolar faoliyatining buzilishi: zotiljam, nefrit, oqsillar almashinuvi izdan chiqishi, gepatit, kamqonlik kabi qator asoratlar rivojlanishi bilan namoyon bo’ladi.
III-IV darajali kuyish hollarida jiddiy asorat sifatida zotiljam kuzatiladi. Nafas yo’llari kuygaida yuqumli mikroblar bronxlar bo’ylab tarqaladi. Terining 10-15 foizi kuyganda kelib chiqadigan kuyish kasalligining birinchi davridayoq, yurak-tomirlar faoliyati izdan chiqadi. Bemorlar yurak sohasida og’riq sezadilar, yurak tez urib, nafas yetishmasligidan shikoyat qiladilar. Kuygandan so’ng dastlabki soatlardayoq, ko’p miqdorda qon zardobi yuqotilishi natijasida qon umumiy miqdori kamayib, yurak miokardiga kam kislorod keladi. Oqibatda keyinchalik yurak urishi tezlashib, eshitib ko’rilganda yurak chuqqisida sistolik shovqin eshitiladi. Yurak mushaklaridagi o’zgarishlar miokardiodistrofiya ko’rinishida bo’ladi. Ba'zan bemorlarda N. D. Voysexovich ma'lumotlariga ko’ra yurak yetishmovchiligidan o’lim hollari ham kuzatilgan. Kuyishdan keyingi dastlabki soatlarda bemorlarning yarmida EKG patologik o’zgarishlarni ko’rsatadi. (Me'da-ichak faoliyatida ham qator o’zgarishlarni ko’rish mumkin. Birinchi kunlardayoq bemor ishtahasi pasayib, ichi kuyadi, ko’ngli aynib qusadi. Keyinchalik ishtaha mutlaqo yuqolib, bemor ozib ketadi. Jigar faoliyati o’zgaradi (ayniqsa, III darajali kuygan bemorlarda) Siydik bilan urobilin chiqib, bu jigarning o’t ishlab chiqarish qobiliyati susayganligini ko’rsatadi. Shuningdek jigarning zaharlarni tozalash xususiyati ham pasayadi. Qon tarkibida protrombin, qand, bilirubin, plazma oqsillari o’zgaradi. Ayniqsa, qondagi oqsillar miqdori keskin kamayib ketadi. Kuyish kasalligida buyrak faoliyati ham izdan chiqadi. Boshlanqich davrda o’tkir buyrak etishmovchiligi kelib chiqib, siydikda donador gialin va mumsimon silindrlar, ko’p miqdorda oqsil paydo bo’ladi. Qonda azot ko’payib, siydik chiqmay qolishi mumkin. Qon tarkibida o’ziga xos o’zgarishlar ko’rinadi. Boshlanqich davrda qonning quyilishi bilan bir qatorda eritrositlar gemolizi kuzatilsa, keyingi haftaga o’tib bemorlarda kamqonlik rivojlanadi. Kamqonlik eritrositlar ishlab chiqarilishining pasayishi va autoimmo’ngemoliz hamda qonda eritrositlarni gemolizga uchratuvchi antitellalar paydo bo’lishi bilan izohlanadi. Qonda oqsillar miqdori kuygan yara yo’zasidan zardob chiqishi hisobiga kamayib ketadi. Shuningdek, qon tarkibida natriy miqdori ham kamayib ketadi. Oksidlanish jarayonining sekinlashishi oqibatida to’qimalar yetarlicha kislorod bilan ta'minlanmaydi. Kislota - ishqor muvozanati kislotalar tomon suriladi (asidoz). qonda moddalar almashinuvining oraliq mahsulotlari polipeptidlar, sut kislotasi ko’payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |