Laboratoriya ishi ishlab chiqarish sexlaridagi chang konsentratsiyasini aniqlash



Download 137,19 Kb.
bet1/3
Sana09.07.2022
Hajmi137,19 Kb.
#760790
  1   2   3

2-LABORATORIYA ISHI


ISHLAB CHIQARISH SEXLARIDAGI CHANG KONSENTRATSIYASINI ANIQLASH


Ishning maqsadi: Sexlarda ish joylaridagi chang miqdorini о‘lchashni о‘rganish.


Umumiy ma’lumotlar
Chang /aerozol/ - turli kattalikdagi havoda uchib yuruvchi zarrachalardir. Juda kо‘p texnologik jarayonlar chang ajralib chiqishi bilan birga kechadi. Changlar zaharli va zaharsiz bо‘lishi mumkin. Zararsiz chang ham о‘zining tarkibida zararli bakteriyalar olib yurishi va sexda infeksiya tarqalishiga sabab bо‘lishi, yuqori nafas yо‘llarini qitiqlashi, teri tо‘qimalariga о‘tirib, ularni ifloslantirishi natijasida kasallik tarqatuvchi turli mikroblarning kо‘payishiga olib kelishi mumkin.
Changli havoda ishlash - kо‘pincha kо‘zning ham kasallanishiga olib keladi. Zararli chang kishiga yuqorida kо‘rsatib о‘tilgan ta’sirlardan tashqari nafas, ovqat hazm qilish organlari va teri orqali qonga о‘tib organizmni zaharlanishiga olib keladi. Changning insonga zararli ta’sir о‘tkazmasligi uchun ishlab chiqarish xonalarida yо‘l qо‘ysa bо‘ladigan konsentratsiyasidan oshirmaslik kerak. Shunday ekan, vaqti-vaqti bilan changning havodagi miqdorini о‘lchashni bilish kerak.
Havodagi changning konsentratsiyasini aniqlashning bir necha /kalorimetrik, nefelometrik, titrometrik, indikatsion, optik, elektr va standart yoki gravimetrik va boshqa/ usullari mavjud bо‘lib, bulardan eng qulay va kо‘p foydalaniladigani standart usulidir.
Uning tub ma’nosi quyidagichadir, oldindan og‘irligi о‘lchangan filtr orqali ma’lum miqdorda changli havo о‘tkaziladi. Havo о‘tkazib bо‘lingandan sо‘ng filtrning og‘irligi qayta о‘lchanadi. Filtrlar og‘irligining farqini /mg/ shu filtr orqali sо‘rilgan havoning hajmiga nisbati bilan о‘lchanadigan kattalik orqali sexdagi chang konsentratsiyasi aniqlanadi. Bu kattalik mg/m3 da о‘lchanadi.
Ishlab chiqarish xonalarida chang konsentratsiyasini aniqlash ish joylarida, yerdan taxminan 1,5 m balandlikda, ya’ni ishchining nafas olish zonasi balandligida bajariladi.
Namuna oluvchi material sifatida havoni yaxshi о‘tkazuvchi perxlorvinil matosi FPP-15 analitik aerozol filtrlari ishlatiladi. Bu filtrlar juda mayda chang zarrachalarini ham yaxshi ushlab qoladi, aerodinamik qarshiligi kam, bu esa katta xajmda /100l/min gacha/ havoning о‘tishiga imkon beradi. Bundan tashqari FPP-15 gazlamasi namni о‘zidan itarish xususiyatiga ega. Cо‘riladigan changli havoning nisbiy namligi 100% ga yaqin sharoitni hisobga olmaganda tayyorlangan filtrlar о‘zining doimiy og‘irligigacha quritish talab qilinmaydi. Bunday holda tajribadan sо‘ng filtrlarni termostatda 55-60oC da 20-30 minut quritish kerak va bir soat davomida uy haroratida ushlash kerak. Shundan sо‘ng filtrlar og‘irligini о‘lchash mumkin. Aniq ma’lumot olish uchun filtrga о‘tirgan changning og‘irligi shu filtr og‘irligining 1% dan kam bо‘lmasligini nazarda tutish kerak. FPP-15 gazlamasidan tayyorlangan filtrlar esa yengil. Masalan, AFA-V-18 markali filtrning yuzasi 18 sm2 va og‘irligi taxminan 100 mg. Shuning uchun bunday filtrlarda changning miqdori kamida 1mg bо‘lishi kerak. Havodagi chang konsentratsiyasi katta bо‘lgan sexlarda aniq ma’lumot olish uchun filtr yuzasida 10-15 mg chang bо‘lishi, lekin bu miqdor 30-50 mg dan oshib ketmasligi kerak, chunki bu holda filtrning aerodinamik qarshiligi ancha ortib ketadi. Bu laboratoriya ishi ishlab chiqarish sexlarida emas, havoda chang kam bо‘lgan о‘quv xonasida bajarilgani sababli kerakli miqdorda chang yig‘ish uchun har bir tajribani 30-40 daqiqa davom ettirish kerak bо‘lar edi. Tajriba vaqtini kamaytirish maqsadida hamda shu xonada boshqa laboratoriya ishlarini bajarayotgan talabalarga halaqit bermaslik uchun, bu ishni bajarish maxsus tayyorlangan chang kamerasida bajariladi. Bunda chang kamerada ventilyator orqali qо‘zg‘atiladi.
Filtr orqali о‘tayotgan havoning miqdorini rotametr yoki reometr asboblari yoki Migunov aspiratori yordamiaa о‘lchanadi.
Rotametr - ichida pо‘kak halqasi bor, konus shaklidagi darajalarga bо‘lingan shisha naychadir. Rotametr orqali о‘tgan havoning miqdorini pо‘kak halqaning balandligiga qarab shu asbobning pasporti orqali aniqlanadi.
Reometr asbobi sо‘rilayotgan havo hajmini о‘zgartirish imkonini beruvchi beshta diafragma bilan ta’minlangan. Har bir reometr о‘z shaxsiy pasportiga ega bо‘lib, unda reometr kо‘rsatkichiga havo hajmini aniqlash chizmasi berilgan.
Masalan, reometr shkalasidagi suv ustuni uchinchi diafragmada va undan о‘tayotgan havo hajmi 20 l/min bо‘lgan holatda qaysi qiymatni kо‘rsatishini aniqlang.
Buning uchun 3 - diafragma pasportini (2.1-rasmga qarang) olib ordinatadan 20 l/min A nuqta qiymatini topamiz. Bu nuqtadan gorizontal yо‘nalishda egri chiziq bilan kesishguncha davom etamiz va "B" nuqtani belgilaymiz. Bu nuqtadan tik bо‘ylab pastga tushib absissadan "V" nuqtani topamiz. Bu "V" nuqta 7,6 qiymatini kо‘rsatadi. Demak, reometrdan 20 l/min havo о‘tayotganda, uchinchi diafragmada reometr shkalasi 7,6 mm suv ustuni qiymatini kо‘rsatar ekan.
Migunov aspiratori tо‘rtta kichkina rotametrlar va nasosdan yasalgan ixcham asbob bо‘lib, chang konsentratsiyasini sex sharoitida о‘lchash uchun ancha qulaylik yaratadi.
Tajriba о‘tkazish uchun quyidagi asboblar kerak bо‘ladi.

  1. AFA filtrlari, patron, maxsus changli havo kamerasining teshigiga о‘rnatilgan patronga AFA markali filtr о‘rnatiladi;

  2. Filtr orqali о‘tayotgan havoning miqdorini о‘lchash uchun ishlati-ladigan reometr yoki rotametr yoki Migunov aspiratori.

  3. Tajribaning davom etish vaqtini о‘lchash uchun sekundomer.

  4. Havo sо‘ruvchi asbob /maishiy changyutgich/. Aspirator qо‘llanganda zarurati yо‘q.

  5. Filtrni joylashtirib va olib qо‘yish uchun qisqich.

  6. Analitik tarozi.

Elektr bilan ishlovchi asbob simlari ihotalangan bо‘lishi kerak. Reometr patron va chang yutgich bilan rezina naylar orqali ulanadi.



Download 137,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish