Laboratoriya mashg’uloti№24 Idishlarni olish va ularni ishga tayyorlash. Pipetka va byuretka bilan ishlash texnikasini o‘rganish



Download 30,69 Kb.
bet2/4
Sana11.02.2022
Hajmi30,69 Kb.
#444266
1   2   3   4
Bog'liq
24-LABORATORIYA ISHI

Tortish natijalari:
Kolbaning suv bilan massasi, g.
Bo'sh kolbaning massasi, g.
Suvning massasi, g.
Suvning ortiqcha massasi, g.
Suvning temperaturasi, 0C.
Hajmi aniq pipetkadan quyilgan suvning massasi, g.
Hajmi aniqlanayotgan pipetkadan quyilgan suvning haqiqiy hajmi, ml.
Alikvot ko'paytuvchi kolba hajmining pipetka hajmiga nisbati,ml.
Kolba bilan ishlaganda bo'g'zining yuqori qismidan ushlash kerak. Kolbaning pastki qismlaridan ushlaganda uning sig'imi va o'lchanayotgan suyuqlikning hajmi ortadi. Kolbani suv yoki eritma bilan to'ldirishdan avval stolning yorug' va tekis joyiga qo'yish kerak. Agar kolbada modda eritilmoqchi bo'lsa, modda kolbaga joylangandan so'ng uning 2/3 qismigacha erituvchi solinishi mumkin. Modda va erituvchi solingan kolba sekin chayqatilib, undagi modda eritiladi. Ayrim hollarda yomon eriydigan moddalarni eritish uchun qizdirishga to'g'ri keladi. Bunday hollarda eritiladigan modda boshqa issiqlikka chidamli idishda eritilib, sovitilgandan keyin o'lchov kolbasiga o'tkaziladi. Shundan so'ng kolbadagi eritma erituvchining yangi ulushi bilan suyultiriladi, oxirgi 1-2 ml erituvchi tomchilab qo'shiladi. Bunda ko'z va kolba chizig'i bir tekislikda bo'lishi kerak. Kolba chizig'i va suyuqlik meniskining pastki qismi (rangli eritmalar uchun yuqorigi qismi) to'g'ri kelishi kerak. Kolbaning bo'g'zida qolgan erituvchi tomchilari o'ralgan filtr qog'ozi yordamida olib tashlanadi. So'ngra kolbaning qopqog'ini yopib, yaxshilab aralashtiriladi. O'lchov kolbalarini qizdirish, ularda eritmalarni uzoq muddat saqlash va qiyin eriydigan moddalar eritmalarini ularga quyish va saqlash qat’iyan man qilinadi. Ishlatishdan oldin kolba tozalanishi kerak. Kolba va boshqa idishlarni tozalash uchun xromli aralashma (to'yingan kaliy dixromatning sovuq eritmasi va konsentrlangan sulfat kislotani teng hajmlarda aralashtirib tayyorlanadi. Xromli aralashma teri yoki kiyimga tushsa kuydiradi, shuning uchun и bilan ehtiyot bo ‘lib ishlash, qoldiqlarini yana о idishiga solib qo ‘yish kerak) ishlatiladi. Ayrim hollarda tozalashning boshqa usullaridan foydalaniladi. Yuvilgan idishdagi suv to‘kilganda, idish devorlarida tomchi qolmasa, u toza hisoblanadi.
Pipetkaning sig'imini tekshirish tartibi. 0‘lchov pipetkalari 5, 10, 15, 20 25, 50 va 100 ml sig'imli boiib, ularda hajm va uni oichash temperaturasi (odatda 20 °C) ko'rsatilgan bo'ladi. Bulardan tashqari darajalangan 1,2,5,10 m/ sig‘imli pipetkalar ham keng qoilaniladi. Pipetkaning haqiqiy hajmi ham unda ko'rsatilgandan farq qilishi mumkin. Shuning uchun uning sig'imi tekshiriladi.
Pipetkalar bilan ishlash qoidalari. Pipetkalarning o‘rta kengaygan qismiga tegmaslik kerak, chunki uning qo‘1 issig'i bilan kengayishi natijasida oichanadigan suyuqlikning hajmi noto‘g‘ri boiadi. Ish vaqtida pipetkaning yuqorigi qismiga so‘rg‘ich ulangan shlang kiydirilib, pipetkaning shu qismidan katta va o‘rta barmoqlar bilan ushlash kerak. So‘rg‘ich kaftda ushlanadi, ko‘rsatkich barmoq pipetkaga suyuqlik so'rilgandan keyin unga kiydirilgan shlangni qisib berkitish uchun ishlatiladi. Chap qo‘l bilan suyuqlik olinadigan idish ushlanib. unga pipetka tushiriladi. Pipetkani suyuqlikka botirishdan oldin so'rg'ich qisilgan bo'lishi kerak. Suyuqlikni pipetkaga tortish uchun kaftdagi qisilgan so'rg'ich sekin qo'yib yuboriladi. Bunda pipetkaga suyuqlik so'riladi. Suyuqlikning sathi pipetkaning chizig'idan sal yuqoriroq ko'tarilganda ko'rsatkich barmoq bilan pipetkaga kiydirilgan rezina shlang pipetkaning og'ziga qisiladi. Bu suyuqlikning pipetkadan oqib tushishiga yo‘l qo'ymaydi. Pipetkaning chizig'idan yuqoridagi ortiqchasini ko'rsatkich barmoq bilan qisilgan rezinani sekin bo'shatib to'kiladi. Pipetkaning chizig'i bilan suyuqlik pastki qismi tenglashgach (bunda pipetka chizig'i bilan ko'z bir xil balandlikda bo'lishi kerak), rezina yana qattiq qisiladi va pipetka titrlash kolbasiga o'tkaziladi. Pipetkadagi suyuqlikni titrlash kolbasiga quyish uni vertikal ushlagan holda sekin bajarilishi kerak, aks holda suyuqlikning bir qismi pipetka devorlarida qolib ketadi. Pipetkaning uchida qolgan suyuqlikni titrlash kolbasiga to'liq o'tkazish uchun uning uchini titrlash kolbasining devoriga tegizish kerak. Pipetkani to'ldirish va bo'shatishning boshqa usullarini ham qo'llash mumkin, biroq ish vaqtida faqat bir usulnigina qo'llash kerak. Suyuqlikni pipetkaga bosim ostida ham o'tkazish mumkin. Buning uchun konussimon kolba yo'g'onroq to'g'ri va ingichka naylar kiydirilgan tiqin bilan berkitiladi. Ingichka nay puflagichga rezina shlang yordamida ulangan bo'lishi kerak. Yo‘g‘on shisha nayga tiqinli pipetka zich kiradigan bo'lishi kerak. Pipetkani yo'g'on nayga zich berkitgandan so'ng konussimon kolbadagi suyuqlikni unga puflagich yordamida puflab, bosim hosil qilib to'ldirish mumkin. Pipetka chizig'igacha to'lgandan keyin uning og'zini ko'rsatkich barmoq bilan zich berkitib. undagi suyuqlikni titrlash idishiga o'tkazish mumkin. Ishlatiladigan pipetkalar maxsus pipetka shtativlarida saqlanadi. Uning uchi sinib ketishiga yo'l qo'yilmasligi kerak.
Pipetkani ifloslantirmaslik analiz natijasining to'g'riligini ta’daqiqalaydi. Ifloslangan pipetkalar xromli aralashma (ishlash qoidasiga qat’iy amal qilgan holda) bilan astoydil yuvilishi kerak.
Pipetkaning haqiqiy hajmi nominaldan farq qilishi mumkinligini hisobga olinib, uning hajmi tekshirilib turilishi kerak. Pipetkaning hajmi unga so'rdirilgan suvning massasini o'lchash orqali aniqlanadi.





Download 30,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish