Lev nikolayevich tolstoy



Download 20,11 Kb.
Sana28.02.2022
Hajmi20,11 Kb.
#475206
Bog'liq
LEV NIKOLAYEVICH TOLSTOY


LEV NIKOLAYEVICH TOLSTOY
Rus bolalar adabiyotining taraqqiyotida L. N. Tolstoy katta rol oʻynadi. Bolalar uchun asar yozish har bir qalamkashning fuqarolik burchi deb bilgan pedagog-adib ijodda koʻp narsalarga erishdi.
Tolstoy 1859 yildan eʼtiboran oʻz ona qishlogʻi Yasnaya Polyanada maktab ochib, muallimlik qilar ekan, oʻquvchilar uchun ham, oʻqituvchilar uchun ham darslik va qoʻllanmalarning yoʻqligini, borlari ham bugungi kun talablariga yaxshi javob bera olmasligini tajribadan oʻtkazdi. Endigina savod chiqarish ishiga kirishgan bolalarga mos ertak, hikoya, sheʼr, masal va hikoyalar darsliklarda oʻz aksini topishi darkor deb tushundi va bu xayrli ishga qoʻl urdi.
Darslik juda qiyinchilik, ogʻir ijodiy mehnat bilan 1872 yilda “Alifbe” nomi bilan nashr etildi. Dehqon bolalariga moʻljallangan bu kitob “Alifbedan tashqari, ruscha oʻqish uchun toʻrt kitob, slovyancha oʻqish uchun toʻrt kitob, arifmetika va muallim faoliyatidan tashkil topgan edi. Bu darslik bolalarga hech qanday yengillik bermadi. Ayniqsa, badiiy asar koʻp boʻlsa-da, kitobda davr, zamon ruhi deyarli yoʻq edi. Shu sabablarga koʻra pedagog-olim qattiq tanqidga uchradi. Zahmatkash adib tanqidlardan toʻgʻri xulosa chiqaradi. Iloji boricha mehnat ahli bolalariga oʻqimishli, taʼsirli, eng muhimi ularning savodini chiqarishga moʻljallangan “Yangi alifbe” va unga qoʻshimcha qilib “Rus tili oʻqish kitobi”ni 1875 yilda nashr ettiradi. Bu kitob uchun adib yuzdan ziyod hikoya, ertaklar yozadi. “Uch ayiq”, “Fillipok”lar shular jumlasiga kiradi. Adabiy jamoatchilik va pedagoglar asarni yuksak mamnuniyat bilan qabul qiladilar. Bu kitob har tomonlama bolalarga mos tushadi. Tolstoy kitob haqida: “Mazkur “Alifbe” haqidagi orzularim roʻyobga chiqqanidan, uni rus bolalarining ikki avlodi oʻqib, dastlabki poetik zavqini shu kitobdan olishlaridan faxrlanaman. Bu kitobga koʻp mehnat va muhabbatimni jo qildim, u hayotimning muhim sahifasi boʻlishiga aminman”, – deb yozgan edi.
Bu darslik qayta-qayta bosildi. Hatto 1921 yilda ham uning soʻnggi nashri chop etildi.
Tolstoyning har bir asari turmushning, bolalar hayotining bir tomonini ochib berishga qaratilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki hayotni, bolalarni qattiq sevgan va unga mehr-muhabbati juda katta boʻlgan adib kichkintoylarga qarata yozilgan har bir katta-kichik asar hayotiy boʻlishini istaydi va oʻzining bu qaroriga butun ijodi davomida sodiq qoladi.
Tolstoyning bolalarga bagʻishlab yozgan barcha katta-kichik asarlarida oddiy inson qiyofasi koʻzga yaqqol tashlanib turadi. Buning isboti tariqasida adibning bir qator asarlariga nazar tashlab oʻtishga toʻgʻri keladi. Bir bogʻbon bolalari ishyoqmas, yalqov boʻlib oʻsayotganliklaridan qattiq iztirob chekadi. U oʻlimi oldidan oʻgʻillarimni bir aldasam, zora ishlab, oʻzlarida mehnat koʻnikmasi hosil boʻlsa, degan oʻy, xayol bilan: “Bolalar, men tok tagiga oltin koʻmib qoʻydim, uni mendan keyin qazib olinglar”, degan gʻoyani “Bogʻbon va bolalar” hikoyasida juda qoyil qilib yozadi.
Koʻchat ekish, bogʻ qilish juda ogʻir va mashaqqatli ish. Bu bogʻbondan ogʻir mehnat, sabr-toqat talab qiladi. Bogʻbon oʻzi uchun, kelajak avlod uchun koʻchat ekadi. Shu nuqtayi nazardan adibning “Moʻysafid olma ekdi” hikoyasi diqqatga loyiqdir.
Keksa berilib koʻchat oʻtqazar edi. Odamlar uning keksaligidan va qilayotgan ishidan kulib:
– Sizga olma ekish nega kerak boʻlib qoldi? Bu daraxt oʻsib voyaga yetguncha bu dunyoda yashaysizmi yoki yoʻqmi? – deyishdi.
– Men olmasini yemasam oʻzgalar yeyishadi va menga rahmat deyishadi. Nima boʻlganda ham olmani ekkanim foyda, – debdi”.
Tolstoy ochkoʻz, faqat oʻz manfaatlarini oʻylaydigan baʼzi odamlarni koʻpgina asarlarida tanqid qiladi, ularning ustidan ochiqdan ochiq kuladi. “Odamga qancha yer kerak?” degan hikoyaning sarlavhasini oʻqigan odam hayron boʻlib qoladi. Rostdan, odamga qancha yer kerak? Fomaga mulkdor yer beradi. “Bugun qancha oʻlchasang, hammasi seniki,” – deydi. Foma yugurib-yelib, odimlab, kun boʻyi yer oʻlchaydi. Oxiri ochlik va charchaganidan yiqiladi-yu, oʻsha joyning oʻzida jon beradi. Adib Foma choʻzilib yotgan yerni koʻrsatib, odamga ikki metr yer kerak boʻladi, xolos, deydi.
Tolstoy asarlari orasida hayvonlar, jonivorlar, parrandalar haqida yozilganlari ham koʻp. Doʻstlik, birodarlik, doʻstga sadoqat, mehr-oqibat faqat odamlar oʻrtasida emas, balki hayvonlar oʻrtasida ham mavjud ekanligini biz adibning “Arslon bilan it” hikoyasi misolida bilib olamiz.
Tolstoyning “Bolalik”, “Kavkaz asiri” kabi povestlari ham bolalar sevib oʻqiydigan asarlar sirasiga kiradi.
L. N. Tolstoyning ibratli hikoya, ertak va masallari hali ham oʻzining badiiy hamda tarbiyaviy kuchini yoʻqotgan emas. Uning bu mavzudagi asarlari qator darslik va majmualarga kirgan, alohida kitob holida ham chop etilgan.
Download 20,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish