Bolalarda leykozning kechishi 3 bosqichda amalga oshadi:
I – oʻtkir davri. Belgilarning manifestligi (yashirin) oʻtkazilgan davo chora tadbirlaridan keyin gematologik koʻrsatkichlarning normal holatga qaytishi kuzatiladi;
II – toʻliq boʻlmagan va toʻliq remissiya. Toʻliq boʻlmagan remissiya holatida gemogramma va klinik koʻrsatkichlar normallashadi. Suyak iligi punksiya tekshiruvida blast hujayralar 20 % ni tashkil etadi. Toʻliq remissiya miyelogramma 5 % dan koʻp boʻlmagan blast hujayralari aniqlanishi bilan kechadi;
III – bolalarda leykoz retsidivi (qaytalanishi). Leykoz hujayralarining ekstramedullyar oʻchoqlarda toʻplanishi bilan kechadi: nerv tizimida, tuxumdonlarda, oʻpkada va boshqa aʼzolarda leykoz infiltratsiyasi kuzatiladi.
Foto: Reports Healthcare
Do'stlaringiz bilan baham: |