Lim vazirligi toshkent viloyat chirchiq davlat pedagogika instituti


II. BOB. TILSHUNOSLIKDA ANTONIMLARNING YASALISHI VA



Download 51,23 Kb.
bet9/13
Sana11.08.2021
Hajmi51,23 Kb.
#144716
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ISMADIYOROV ZAFAR HOZIRGI O'ZBEK ADABIY TILI

II. BOB. TILSHUNOSLIKDA ANTONIMLARNING YASALISHI VA

ANTONIM LUG’ATLAR.

2.1.Antonimlarning yasalishi.

O’zbek tilshunosligida antonimligi tan olingan ko'plab bir xil o'zakli so'zlar uchragani holda, ba'zi kuzatuvchilar, antonimik munosabatdagi so'zlar turli o'zakdan iborat bo'ladi deb aytadilar.

Bir xil o'zakli so'zlardan antonim hosol bo'lshi - bo'lmasligini aniqlash maqsadida antoipmlarga bag'ishlangan yoki shu tema tilga oliigap 100 dan ortig’ asarlar, ilmiy maqolalar bilan tanishib chiqishga to'g'ri" keldi. Ammo ba'zi tilshunoslar «antonimlarning internatsional ekanligini» aytgan holda, o'z fikrlariga zid ravishda, baxtli-baxtsiz tipidagi so'zlardan antonim yasalishini inkor qiladilar.

Ayrim hollarda turli o'zakli so'zlarga nisbatan bir xil o'zakli so'zlarda aetonimlik darajasi kuchliroq bo'ladi. Masalan, antonim hisoblanadigan turli o'zakli shunday so'zlar ham borki, ular fahat birgina ma'nosi yoki ma'nolarining bir qismi bilan antonimik qator hosil qiladi, xolos. Masalan, yonmoq va o'chmoq so'zlarini olib ko'raylik.

Misollardan ko'rinadiki, turli o'zakli yonmoq-o'chmoq so'zlariga nisbatan baxtli-baxtsiz so'zlarida antonimlik (qarama-qarshi fikr bildirish) munosabati kuchliroqdir. Chunki, to'rt ma'noli yonmoq-o'chmoq so'zlari faqat birgina ma'no bilan antonimik munosabatda bo'lsa, baxtli-baxtsiz so'zlari hamma ma'nolari bilan o'zaro antonim bo'lib kela oladi. Bu misol, o'zbek tilida -li, -bo yoki -ba bilan -siz, -no yoki -be affikslari vositasida bir o'zakli so'zlardan antonimlar yasaladi degan fikrning asosli ekanligini ko'rsatadi.

O’zbek tilida -li, -siz, -ba, -be, -bar, -no, -xush, -bad,-kam, -ser kabi affiks va affiksoidlar vositasida bir xil o'zakli so'zlardan ko'plab antonimlar yasaladi: jonli (tirik)-jonsiz (o'lik), barqaror (turg'un)-beqaror (o'zgaruvchan), baquvvat (kuchli)-bequvvat (zaif),vafodor-bevafo, mazali-bemaza, xushfe'l-badfe'l, xushxo'r-badxo'r, kamgap-sergap, haq (to'g'ri)-nohaq (noto'g'ri) kabi.

Bu misollar bir xil o'zakli antonimlar o'zbek tilida so'z yasalishi nuqtai nazaridan ham g'oyat qiziqarli ekanligini ko'rsatadi.

O’zbek tilida yuqoridagi affikslar o'rnida qo'llanuvchi -g'ayri, -aksil qo'shimchalarini olgan so'z bilan uning bunday qo'shimcha olmagan

shakli antonim hosil qilishi mumkinligini aytib o'tish lozim bo'ladi: tabiiy-g'ayritabiiy, inqilobiy-aksilinqilobiy, normal-g'ayrinormal, ahloqiy-g'ayriahlosiy, shuuriy-g'ayrishuuriy kabi. Bularning sarama-qarshi ma'no anglatishi matnda yanada oydinlashadi:

1. Buning uchun tarix aybdor, insonlarning fe'l-atvori ulardagi tuzalmas tabiiy zaifliklar aybdor. (Oybek, Nur qidirib).

— Endi ular Ochilning xayolini quyunday aylantirib, g'ayritabiiy orzular osmoniga olib chiqib keta boshladi (P. Qodirov).

Yuqorida qayd qilgannmizdek, hamma so'zlardan ham shunday affikslar vositasida bir o'zakli antonimlar yasash mumkin deb o'ylash xato bo'lur edi.Bordi-yu, bir o'zakdan yasalgan so'zlar birinchi qarashda bir-birini inkor qilayotgandek tuyulsa ham, ammo yuqoridagidek xususiyatlarga ega bo'lmasa, antonimik qator yasay olmaydi. Masalan, daftarli-daftarsiz, radioli-radiosiz kabi so'zlar yoki ulardan bittasi shu xilda yaxlit so'z holidagi o'z sinonimiga ega emas, ularni yoki ulardan bittasini boshqa tilga tarjima qilib bo'lmaydi.

daftarli — daftarsiz

radioli —radiosiz

Bunday so'zlar yaxlit leksik ma'no bildirmagani uchun ham odatda izohli va tarjima lug'atlariga kiritilmaydi. Modomiki, bunday so'zlar yaxlit leksik ma'-no bildirmas ekan, ularning ma'nolaridagi zidlik ham kuchsiz bo'lib, antonimlik darajasiga etib bormaydi.

Affikslar vositasida qay hollarda antonim yasaladi va qanday hollarda antonimik qator hosil bo'lmaydi, degan masala g'oyat muhim bo'lsa-da, shu kungacha ularni farqlash yuzasidan biror anih fikr bayon etilmagan yoki kriteriya belgilanmagan. Kuzatish bir o'zakli yasama so'zlar faqat o'zaro zid bo'lgan yaxlit leksik tushuncha yoki yaxlit leksik ma'no bildirgandagina antonimik qator yasay oladp, degan fikrga olib keldi.

Yasama so'zlarning yaxlit tushunchani anglatishini esa ularning shu tilda shakliy butunlikka ega bo'lgan sinonimlarining mavjudligi bilan yok boshqa tilga yaxlit leksik birlik (so'z) orqali tarjima qilinishi bilan isbotlash mumkin. Masalan, baxtli-baxtsiz antonimik juftlikning bir komponentiga saodatli, baxtiyor, tolemand, ikkinchisiga tolesiz, sho'rpeshana kabi sifat so'zlar sinonim bo'la oladi. Shuningdek, kuchli-kuchsiz so'zlariga nisbatan basuvvat-zaif, zabardast-ojiz kabn sinonimlarning mavjudligi, yoki jonli-jonsiz so'zlarining tirik-o'lik kabi o'zaro antokimik munosabatdagi sinonimlarga ega bo'lishi ularning antonim ekanini isbotlaydi. Bir o'zakli yasama antonimlarning boshqa tillarga, masalan, rus tiliga o'zaro antonim bo'la oladigan yaxlit leksik birliklar bilan tarjnma qilinishi ham, ularning antonim bo'la olishini ko'rsatadi. Shuningdek, jonli-jonsiz, vijdonli-vijdonsiz, barqaror-besaror kabi so'zlar ham shunday xususiyatga egadirlar.

Shunday qilib bir xil o'zakli so'zlarning antonimligini belgilovchi kriteriyalar asosan quyidagilardan iborat:

1. Bu so'zlar ma'nosi faqat biror narsa yoki belgini bor yoki yo'qligini bildirishdan iborat bo'lgan daftarli-daftarsiz kabi so'zlardan farqli ravishda, bir-biriga qarama-qarshi qo'yilishi mumkin bo'lgan yaxlit leksik ma'nolarni bildiradi. Bunday ma'noning yaxlitligi uning boshqa tillarda ham yaxlit leksik birliklar orqali ifodalanishi bilan isbotlanadi.

2. Bunday so'zlar shu tilning o'zida yaxlit so'z holdagi sinonimlariga ega bo'ladi: baxtli, saodatli, baxtiyor, tolemand; baxtsiz, tolesiz, sho'rpeshona.

3. Baxtli-baxtsiz tipidagi so'zlarning boshqa tillardagi ekvivalentlari ham o'sha tillarda o'zaro antonimik juftlikni yuzaga keltiradi.

Bunday xususiyatlarga ega bo'lmagan daftarli-daftarsiz kabi konstruksiyalar yaxlit leksik ma'noga ega bo'lmagani uchun ham ikki tilli va izohli lug'atlarga lug'at maqolasining bosh so'zi sifatida kiritilmaydi.

Antonimlarni farqlashda uchraydigan munozarali masalalardan yana biri fe'llarning bo'lishli va bo'lishsiz formalaridan antonim yasalish masalasidir.

Mazkur masala ham bir o'zakli so'zlardan antonimlar yasalishi muammosi bilan bog’liq bo'lib, bu haqida turli fikrlar bayon etilgan. Masalan, ba'zi adabiyotlarda «Bir so'znnng bo'lishli va bo'lishsiz shakllari o'zaro bir-biriga qarama-qarshi qo'yilsa ham, antonimlar qatoriga kirmaydi, chunonchi: o'qigan-o'qimagan, kelgan-kelmagan, borgan-bormagan»... kabi deb aytiladi. Boshqa tilshunoslarning asarlarida bunga tamoman zid fikrni uchratish mumkin: «Fe'llarning bo'lishli formasi bilan bo'lishsiz formasi antonimning alohida bir tipini tashkil qiladi: bordi-bormadi, keldi-kelmadi,o'qidi-o'qimadi, yozdi-yozmadi».

Xulosa tarzida quyidagilarni ta'kidlashga to'g'ri keladi: Faqat turli o'zakli so'zlargina emas, balki bir xil o'zakdan yasalgan so'zlar ham o'zaro qarama-qarshi tushunchalarni bildirsa, antonimik qator hosil qilishi mumkin.

Aqlli-aqlsiz kabi bir o'zakli yasama so'zlarning, shuningdek o'qigan-o'qimagan kabi fe'l formalarining antonim hosil qila olishini ko'rsatuvchi belgilardan biri shuki, bunday so'zlar, odatda, shu tilda so'z holidagi sinonimlariga ega bo'ladi.




Download 51,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish