Lingvistik tahlil metodlari



Download 125,96 Kb.
bet1/61
Sana17.07.2022
Hajmi125,96 Kb.
#812733
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
Lingvistik tahlil metodlari (Saparova)




Lingvistik tahlil metodlari

  1. ma’ruza. Tilshunoslikda tadqiqot metodlari haqida tushuncha. Metod, metodika va metodologiya tushunchalari tavsifi

Reja:



  1. «Lingvistik tahlil metodlari» fanining asosiy maqsad va vazifalari.




  1. Metod, metodika va metodologiya tushunchalari.




  1. Metodologiyaning muhim vazifalari.




  1. Bilishning asosiy vositalari.


  1. «Lingvistik tahlil metodlari» fanining asosiy maqsad va vazifalari.



Fan – bilimlar to‘plami va u uzluksiz boyib, kengayib, taraqqiy etib boradi. Biror bir fan sohasi mustaqil yo‘nalish olishi uchun o‘z tadqiq metodlari majmuasiga ega bo‘lmog‘i lozim. Tilshunoslik fani ham bundan mustasno emas. Til tizimiga oid hodisalarning u yoki bu tomoni, ma’lum xususiyatlarini o‘rganish imkoniyatlarini beradigan usullar (metodlar) majmuasi lisoniy tahlilning asosi, tilshunoslikning fan sifatida shakllanishi uchun xizmat qilgan vositalar to‘plamidir. Biroq metodlar turli-tumanligi sababli ularni qo‘llashda ma’lum tamoyillarga tayanmoq darkor. Aksincha, tahlil ob’ektiga qanday nuqtai nazardan, qaysi dunyoqarash asosida va qay yo‘sinda yondashish aniq bo‘lmagan holda tadqiqot natijasi noaniq, samarasiz bo‘lishi tabiiy.
«Metod» va «metodologiya» tushunchalari umumiy o‘zakka ega: yunoncha methodos «biror narsaga yo‘l». Darxaqiqat, biror harakat, amaliy va aqliy faoliyat ma’lum usulda bajariladi. Ammo bunday harakat vositasida biror narsa, hodisaning tub mohiyatini bilish uchun avval nimani izlash va qanday izlashni belgilab olish talab qilinadi. Shu sababli methodos «biror narsaga yo‘l» logos «ta’limot, nazariya» so‘zi bilan boyitilgan. Lingvistik tahlil metodologiyasi – lisoniy voqelikni bilishning asosiy yo‘llari, usullarini belgilab beruvchi ta’limot nazariyadir.
Ko‘p asrlar davomida taraqqiy etib kelayotgan tilshunoslik fanida keng miqyosdagi metodlar majmuasi shakllangan. Til qurilishi tahlili ham turli nuqtai nazardan, turli maqsad va vazifalarni ko‘zlagan holda bajarilib kelinmoqda. Bu esa metodologik yondashuvlardagi har xillik, noaniqliklarga va ilmiy xulosalardagi qator qarama-qarshiliklarga sabab bo‘lmokda. Ana shu noxush holatlar so‘zsiz yosh tilshunos-tadqiqotchilar faoliyatida katta to‘sqinliklar tug‘diradi. Eng achinarlisi, lisoniy tahlil metodologiyasiga oid adabiyotlar hanuz etarli emas va til ummonini bilish, uning mukammal xususiyatlarini o‘rganish hamda cheksiz muammolar echimini izlashga bel bog‘lagan yosh tadqiqotchilar ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelmokdalar. Hatto ba’zan ularda biror bir muammoning echimiga doir ikkilanish holatlari ham paydo bo‘lmokda.
«Lingvistik tahlil metodlari» fanining asosiy maqsadi bo‘lg‘usi tilshunoslarni til qurilishi tadqiqining keng tarqalgan usullari va lisoniy tahlil metodologiyasining nazariy asoslari bilan tanishtirish, ularga ma’lum ko‘rsatmalar berishdir.

  1. Metod, metodika va metodologiya tushunchalari.



Atrofdagi tabiatni, inson hayot kechirayotgan jamiyatni va insonning o‘zini, uning faoliyat ko‘rinishlarini ilmiy tahlil etish va bilish intellektual faoliyatning eng oliy shaklidir. Bu faoliyat oddiy bilishdan, ya’ni kundalik xayot ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan bilish istagidan, birinchi navbatda, o‘z maqsadi va tizimli ravishda amalga oshirilishi bilan tubdan farq qiladi. Ikkinchidan esa, ilmiy bilish jarayonida maxsus vosita va usullarga murojaat qilinadi.

Download 125,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish