Lirik qo’shiqlar



Download 20,17 Kb.
bet2/2
Sana21.04.2022
Hajmi20,17 Kb.
#568445
1   2
Bog'liq
Lirik qo’shiqla-WPS Office

xalq lirik qo’shiqlarining batiiiy-kompozitsion asosini tashkil etadi. Ular qo’shiqni hayotga yaqinlashtirish bilan asosiy g’oyani tashuvchi so’nggi misralardagi fikrni tushunish, his etib olish uchun kayfiyat tug’diradi. Muvoziy (parallel) obraz mazmun va shaklda uyg’un keladi-da, zid tushunchalar, holatlarni lirik qahramonning ichki dunyosi, ruhiy kechinmalari orqali tasvirlashga imkon beradi:
Bug’doy soldim tegirmonning do’liga, Ikki ko’zim oshiq yorning yo’lida. Borib ayting oshiq yorning o’ziga, Kirmagay do’st bilan dushman so’ziga.
Sirtdan qaraganda, tegirmon do’liga bug’doy solishning keyingi satrlardagi fikrlarga aloqasi yo’qday. Lekin lirik qahramon shu xizmat bilan band bo’la turib, xayolan ma’shuqasini eslarkan, nogoh uning «do’st» bilan dushman so’zi»ni farqlamay, ahdidan qaytishidan ruhan ezilayotgani ifodalanadi. Bunda tegirmon do’liga solingan bug’doyning yanchilib maydalanishi holati oshiqning ma’shuqasini o’ylab, fikrining parokanda bo’lib ketishi hamda ma’naviy-ruhiy ezilishi holatiga muvoziy keltirilgan:
Lirik qo’shiqlarda qahramonning ruhiy kechinmalari turmush, tabiat va uning manzaralari, hodisalari bilan uyg’unlashib, qo’shiqni ta’sirli, jonli va hayajonli qiladi. Tabiat obrazi nisbatan turg’un bo’lgani uchun unga qiyos qilingan qahramon holatlarini yorqin gavdalantiradi.
Lirik qo’shiqlardagi ramzlar ularning haqiqiy mazmunini ochib berishda o’ziga xos kalit vazifasini o’taydi. Ularda o’simliklar, gullar va hayvonlar, qushlar, hasharotlar olami bilan bog’liq tarzda ibtidoiy insonning totemistik tasawur-tushunchalari negizida turli ramziy obrazlarga duch kelish mumkin. Olma, tol, behi, shaftoli, bodom, qizil va oq gul, g’oz, o’rdak, kaptar, ot, chumoli va hokazolar mana shunday keng tarqalgan ramziy obrazlardan hisoblanadi.
Aytaylik, shulardan birgina olma ramziy obrazining tarixiy ildiziga nazar solinsa, quyidagi manzarani kuzatish mumkin. Olma nafaqat lirik qo’shiqlarda, balki xalq ertaklari va dostonlarida ham muhim badiiy unsur vazifasini bajarib keladi. Chunonchi, Mamadali Ne’matovdan yozib olingan «Go’ro’g’lining tug’ilishi» dostonida Go’ro’g’lining onasi ariqda oqqan olmani yeb homilador bo’lgani sababli gunohkor sanalib, go’rga eltib tashlanadi. U shu yerda farzand ko’radi, o’g’li Go’ro’g’li nomini oladi. «Tohir va Zuhra» dostoni hamda «Zar kokilh yigit», «Xurshid bilan Laylo» ertaklarida sehrgar bergan olmalar yeyilgach, ular farzand ko’rishsa, «Oltin olma» ertagida oltin olmalar farzandlar bo’lib chiqadi. Ko’rinayotirki, o’zbek xalq ijodida olma farzand ramzi sifatida keng tarqalgan, har gal farzandtalab ota-onaga biror sehrgar yoki qalandar sovg’a qilgan olma yeilgach, zurriyod dunyoga keladi. Bu motiv qo’shiqda shunday ifodalanadi: Bozorga borsangiz yo’lingiz bo’lg’ay, Bir to’qqiz olmaga qo’yningiz to’lg’ay. Awal savdongiz qo’lro’mol bo’lg’ay, Qo’lro’mol bo’lmasa-savdongiz qurg’ay. To’rtlikda «bozor, olma, qo’lro’mol» - ramziy badiiy obrazlar bo’lib, «bozor»- sevgi munosabatlarini reallashtiruvchi semantik ma’no tashisa, «qo’lro’mol» - oila timsolini anglatadi. Demak, sevib-sevilganda qo’lro’molga ega bo’lish mumkin, shunda «to’qqiz olmaga» - to’qqiz farzandga «Qo’yinni to’ldirish» imkoni tug’iladi. «Bozor»da shu «savdo» pishmasa, demakki, sevib-sevilish sodir bo’lmasa, barcha urinishlar bekor «qurg’ay».
Xalq qo’shiqlarida «olma otish»detali ham ko’p qo’llanuvchi ramziy ma’noga ega. Etnograf G.P.Snesarev Xorazmda olib borgan kuzatishlari jarayonida «Qizil gul sayli»da yoshlar olma otish asosida yor tanlashganini, hatto ramazonning ikkinchi kunida bo’y yetgan yigit-qizlar o’rtasida «olma otish» marosimi o’tkazilajagi haqidagi ma’lumotlarni keltiradiki, bunday marosimning badiiy tasviri «Masturaxon» ertagida ham uchraydi. Jumladan, quyidagi to’rtlikda qizning otasi sevmaganiga majburan uzatganidan norbzilik tuyg’usi shunday ifodalanadi:
Olma deb otgan otam,
Behi deb sotgan otam.
Sevmaganimga berib,
Jabrini tortgan otam. To’rtlikda muhtojlikdan yosh qizini oltin - «behi»ga pullab, so’ng pushaymon qilgan ota iztiroblari tasvirlangan.
Xalq qo’shiqlarida olma yeyish visolni, emaslik —hijronni anglatadi:
Boqqa kiring olma-uzum yesangiz,
Uyga kiring chindan meni desangiz.
Jonimni beraman meni desa yor,
O’ng’oya kelganda o’ynab kulsangiz. Shu sababli «olmali bog’ga» kirib «shaftoli» yemoq-xiyonat qilmoqdir. Bunda «olma»-vafodorlikni anglatuvchi ramziy ma’no kasb etsa, «shaftoli» unga zid bo’lgan «qalbaki sevgi» ma’nosini ifodalaydi, natijada «olma» va «shaftoli» -bir-biriga qarama-qarshi poetik ma’nodagi obrazlar darajasida talqin qilinadi:
Olmali bog’ga kirib,
Shaftolini yermu kishi?!
O’z yori uyda turib,
Begonani dermu kishi?! Qolaversa, «olma guli» poetik obrazi ham «Qalbaki sevgi» ma’nosini ramzan ifodalaydi:
Olma guli - gul emas,
Taqsam chakkamda turmas.
O’zganing yori — yor emas,
Bir pas yoningda turmas. Xalq e’tiqodida olma chuqur iz qoldirganidan nafaqat meva shak-lida, hatto olmaning atributlari sanaluvchi «guli va bargi» singari detallari orqali ham rang-barang poetik ma’nolami ifodalovchi ramziy obrazlar yaratganki, bunday holatni yuqorida sanalgan boshqa ramziy obrazlar talqinida ham kuzatish mumkin.
Link qo’shiqlarda turli ranglar, tog’, suv, ayrim predmetlar (ro’mol, chilim kabi), inson qiyofasiga xos detallar ham o’ziga xos ramziylik hosil qilib keladi.
Qadimgi ajdodlarimizning totemistik, animistik, shomonlik, magiya, hosildorlik va olov, suv kultlariga ishonchi bilan bog’liq mifologik dunyoqarashi lirik qo’shiqlardagi an’anaviy ramziy obrazlarning genetik asosini tashkil qilgan. Lirik qo’shiqlarda intim-erotik kayfiyatlarni ifodalashda, asosan, poetik ramzlarning xizmatini alohida ta’kidlash joiz.
Lirik qo’shiqlardagi ramzlarda ifodalangan ma’no tovlanishlarini aniqlamay turib, qo’shiqning asl mazmun-mohiyatini tushunib bo’lmaydi. Ularda o’xshatishlar va sifatlashlar ham alohida o’rin tutadi. Binobarin, ma’shuqaning chehrasini - oyga, quyoshga, gulga; ko’zini — yulduzga, qaddini — sarvga, shamshodga; sochini — sunbulga, tunga; labini - g’unchaga, la’lga; tishini inj-u marjonga o’xshatish an’ana tusiga kirgan.
Lirik qo’shiqlarda ma’shuqaning ta’rif-u tavsifini, boshqalarga o’xshamasligini, dilbarligini ta’kidlash uchun sifatlashlardan foydalaniladi:
Xipcha belli sanamlar,
Ishqida yondiradi.
Tori tarang dutordek,
Yigitni toldiradi. Qo’shikda go’zal yorning xipcha belligini ta’kidlash bilan uning nihoyatda jozibadorligi va yoqimtoyligiga urg’u berilmoqda. Qizlarning iffatli va tortinchoqhgi esa tori tarang tortilgan dutorga o’xshatilmoqda. Bunday dutorning ovozi jarangli bo’lganidek, xayoli va tortinchoq qizlarning ovozasi ham elga taraladi. Ularning ko’nglini topish oshiq uchun oson kechmaydi. Qo’shiqda ana shu hayotiy mantiqni ochib berishda sifatlash va o’xshatishning bir-birini to’ldirib kelishi qulay imkoniyat yaratgan.
O’zbek xalq lirik qo’shiqlarida istiora (metafora), metonimiya, mubolag’a, kichraytirish, jonlantirish kabi san’atlardan ham unumli foydalanilgani kuzatiladi. Ular lirik qo’shiqlarning g’oyaviy-badiiy asoslarini yoritishda muhim ahamiyat kasb etgan.
Xalq lirik qo’shiqlarida poetik mazmun juda sodda va lo’nda bayon etiladi. Bunga ko’pincha ularning boshida, o’rtasida takrorlanib keladigan bir qator so’z, ibora va misralar yordam beradi. O’zbek xalq qo’shiqlarida «Qizilguling qatma-qat», «Daryolarning u! yuzida», «Qoshingning qarosi», «Havodagi yulduzlar», «Yuqoridan men kelarman» kabi o’xshash va tayyor misralar ko’p uchraydi. Bunday an’anaviy tayyor misralar qo’shiqning tez yaratilishi, yodlab olinishi va tez tarqalishiga, she’r shaklining sodda bo’lishiga olib keladi.
Ba’zi link qo’shiqlarda qahramonning ruhiy kechinmalari ijtimoiy motivlar bilan teng qo’yilib ifoda etilgan. Ularda link qahramonning ijtimoiy tuzumdan noroziligi, adolatsizlikka qarshi qalb isyoni, pul va mol-dunyo ilinjida nozik va noyob insoniy tuyg’ularning toptalishi, qizlarning qari chollarga, oila a’zolarining nochorlikdan, qashshoqlikdan qutulish ilinjida sevmagan kishisiga turmushga uzatilishidan shikoyati juda ta’sirchan ifoda etiladi.
Download 20,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish