Lisoniy imkoniyat va nutqiy vaziyat



Download 71,42 Kb.
bet9/13
Sana30.12.2021
Hajmi71,42 Kb.
#194666
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
toza variyant

Muloqot va uning turlari

Muloqot-odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o`zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o`qish, o`yin, ijod qilish va boshqalar) o`zaro munosabat va o`zaro ta’sir shakllarini o`z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o`rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro`si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog`liqdir.



Tilshunoslik qadimgi fanlardan biri ekanligi, til, uning tabiati, birliklari haqida eng qadimgi manbalar qimmatli ma‘lumot berishi hammaga ma‘lum. Tabiiyki, tilshunoslikning tadqiq manbai – til. Til esa, faqat va faqat insoniy jamiyatda uning o‗ziga xos aloqa aralashuv – muloqot vositasi sifatida yashagan va yashaydi. Jamiyatdan tashkari til va tilsiz jamiyat bo‗lishi mumkin emas. Tilning ijtimoiy mohiyati va muloqotning eng asosiy vositasi ekanligi hamma davrlarda barcha tilshunoslar tomondan yakdillik bilan tan olinganligi holda qadimqadimdan XX asrning 70-yillarigacha tilning muloqot vositasi sifatida o‗nlab etnik, sotsialpsixik, situativ omillar bilan birgalikda voqelanishi tilshunoslar diqqatidan chetda qolib keldi. Tilshunoslar muloqot jarayonida yaxlit bir butunlik sifatida voqelanuvchi va lingvo-etnopsixo-situatsion omillar majmui bo‗lgan muloqot birliklaridan faqat og‗zaki yoki yozma nutq shaklida voqelana oladigan hodisalarnigina tilshunoslikning tadqiq birligi sifatida ajratib oldilar va ularning tadqiq taxlili bilan mashg‗ul bo‗ldilar. Muloqotni jamiyat a‘zolarining o‗zaro aloqa-aralashuvisiz va ularning bir-biriga ta‘sirini fikr almashtirish (axborot berish va axborot olish)siz tasavvur qilish mumkin emas. Shu sababli «Nutqiy muloqot» degan tushuncha ortiqchaday tuyuladi. Muloqotning tarkibiy qismida nutq, fikr almashish, axborot berish mujassamlashgan. Lekin nutqiy muloqot (ruscha: «rechevoye obsheniye», inglizcha: «diskurs») pragmatikada keng tarqalgan atamalardan biridir. Bu nutq atamasining keng tarqalgan ham lingvistik, ham nolingvistik ma‘nosidir. Fikr bayon qilish jarayoni, lisoniy imkoniyatlarning yozma yoki og‗zaki shakli moddiy voqelanish ma‘nosi bilan bog‗liq. Shunga kura lisoniy vositalarning moddiy shaklda voqelanmagan muloqot turlari nutqsiz muloqot deb baholanadi. Darhaqiqat, bu axborot so‗zsiz – lisoniy vositalarsiz berilgan qabul qilingan muloqot edi. «Muloqot» atamasi ko‗p holarda verbal, ya‘ni so‗z, lisoniy vositalar orqali va noverbal, so‗zsiz, nolisoniy vositalar (imo-ishora, har-xil belgi, nishona, ramz, simvollar) orqali axborot berish va bir-birining ta‘siriga ko‗ra verbal yoki noverbal muloqot sifatida tasnif qilinadi. Nutqiy muloqot deganda - muloqot jarayonida lisoniy va nolisoniy vositalarning birgalikda, hamkorlikda ishlatilishi tushuniladi. Bu nutqiy muloqotning eng birinchi o‗ziga xosligidir. Chunonchi, «Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu» verbal iborasini qo‗llagan shaxs, albatta, shu verbal formulaga mos ma‘naviy-madaniy saviyaga tegishli 8 yoshga, nasl-nasabga, kiyim-boshga ega bo‗lishi bilan birga, bu iborani maxsus imo-ishoralar bilan hamkorlikda va maxsus tinglovchilarga nisbatangina qo‗llay oladi. Masalan: Shayx so‘riga chiqib, mehmonlarni ikki yoniga o‘tqazgach, boshlanglar, deb ishorat etdi. Jarchilar yugurishib, axiylar oqsoqoli yoniga kelishdi: birining ko‘lida bir kosa suv, birining ko‘lida charm tuzdon bor edi. Oqsoqol suvga tuz solib, kosani baland ko‘tardi: -Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu! -Vaaleykum assalom! - javob berdi shayx. 2 Bu nutqiy faoliyat lisoniy, etik–estetik, milliy, ma‘naviy-madaniy, ijtimoiy, kauzal (sabab, oqibat, maqsad) va hokazo omillar majmuasi bilan uzviy bog‗liq. Lekin nutqiy muloqotning xususiy pragmatik atamasini talab qiladigan asos faqat shugina emas, nutqiy muloqot semiotik tizimlardan foydalanishning o‗ziga xos turi bo‗lganligi bilan ajralib turganligi bu xususiyat, belgining (ishora, ramz va h.k.) lisoniy tizimda va nutqiy faoliyatda o‗ziga xosligi bilan bogliqdir. Bu xususiyat nimada? Ma‘lumki, til – qurilishiga ko‗ra semiotik sistema. Lekin lisoniy semiotik sistema boshqa sistemalardan jiddiy farq qiladi. Bu farqlardan asosiysi sifatida uch xususiyatni olimlar yakdillik bilan ko‗rsatadilar. Bular quyidagilar: 1. Til qolgan barcha ijtimoiy sohaviy semiotik sistemalar uchun asos bo‗la oladi. Shuning uchun ularni bemalol almashtiradigan ijtimoiy semiotik sistema deyish mumkin. 2. Tilda boshqa barcha semiotik sistemalardan farqli o‗laroq belgida ifodalovchi va ifodalanmish orasidagi bog‗lanish assimetrik dualizm tabiatlidir. Bir shakl ifodalovchi bir necha mazmun ifodalanmish bilan aloqador bo‗lishi bilan birga, bir xil mazmun ifodalanmish, har xil shakl ifodalanmish bilan bog‗liq bo‗lishi mumkin. 3. Til belgilari o‗z-o‗zidan rivojlanish xususiyatiga ega. Til ramzlari uchun ontologik (tabiatan) xos bo‗lgan bu xususiyatlar nutqiy faoliyat uchun xos bo‗lmaydi. Ayrim tadqiqotchilar «Muloqotda belgi bo‗lmaydi» deb muloqot jarayoniga, jumladan, nutqiy muloqotni semiotik tizimdan chetga chiqaradilar. Haqiqatan ham nutqiy muloqotda lisoniy belgilarda ijtimoiylik, ma‘lum darajada so‗ngan bo‗ladi. Muloqotda bo‗lgan shaxslar umumijtimoiy ramzlarni tushunib olishga shartlashgan bo‗lishlari mumkin. Bu xususiyat, asosan, argo va jargolarda, terminlarda yorqin namoyon bo‗ladi

Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot aslida juda murakkab jarayon bo`lib, unga odam hayoti mobaynida o`rganib boradi. Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: «Muloqot shunchalik ko`p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o`zida quyidagilar kiradi:

a) individlarning o`zaro ta’sir jarayoni;

b) individlar o`rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;

v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;

g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko`rsatish jarayoni;

d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati;

ye) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni».

Muloqotning yana bir muhim vazifasi - u odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan odamning qo`li ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat o`zigagina manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. Masalan, ko`plab tadqiqotlarda izolyatsiya, ya’ni odamni yolg`izlatib qo`yishning uning ruhiyatiga ta’siri o`rganilgan. Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo`lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, hissiy xolatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir taqozosi bilan yolg`izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan o`zlarini band etishlari u qadar katta salbiy o`zgarishlarga olib kelmasligini ham olimlar o`rganishgan. Lekin baribir har qanday yolg`izlik va muloqotning yetishmasligi odamda muvozanatsizlik, hissiyotga beriluvchanlik, xadiksirash, xavotirlanish, o`ziga ishonchsizlik, qayg`u, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg`izlikka mahkum bo`lganlar ma’lum vaqt o`tgach ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu avval biror ko`rgan yoki his qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo`lsa, keyinchalik nimagadir qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo`lar ekan. Masalan, bir M.Sifr degan olim ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun 63 kun g`or ichida yashagan ekan. Uning keyinchalik yozishicha, bir necha kun o`tgach, u turgan yerda bir o`rgimchakni ushlab oladi va u bilan dialog boshlanadi. «Biz, deb yozadi u shu hayotsiz g`or ichidagi tanho tirik mavjudotlar edik. Men o`rgimchak bilan gaplasha boshladim, uning taqdiri uchun qayg`ura boshladim...»

Shaxsning muloqotga bo`lgan ehtiyojining to`la qondirilishi uning ish faoliyatiga ham ta’sir ko`rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu muhitda o`zaro gaplashish imkoniyatining mavjudligi fakti ko`pincha odamni ishlash qobiliyatini ham oshirarkan, ayniqsa, gaplashib o`tirib qilinadigan ishlar, birgalikda yonma - yon turib bajariladigan operatsiyalarda odamlar o`z oldida turgan hamkasbiga qarab ko`proq, tezroq ishlashga kuch va qo`shimcha iroda topadi. To`g`ri, bu hamkorlikda o`sha yonidagi odam unga yoqsa, ular o`rtasida o`zaro simpatiya hissi bo`lsa, unda odam ishga «bayramga kelganday» keladigan bo`lib qoladi. Shuning uchun ham amerikalik sotsiolog hamda psixolog Jon Moreno asrimiz boshidayoq ana shu omilning unumdorlikka bevosita ta’sirini o`rganib, sotsiometrik texnologiyani, ya’ni so`rovnoma asosida bir - birini yoqtirgan va bir - birini inkor qiluvchilarni aniqlagan va sotsiometriya metodikasiga asos solgan edi.

Shunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o`zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. Qolaversa, hozirgi yangi demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda emas, balki kollegial - birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo`lganligini hisobga olsak, odamlarning muomala madaniyati va muloqat texnikasi mehnat unumdorligi xamda samaradorlikning muhim omillaridandir.

Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko`rinishlariga kelsak uning har bir shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, o`sha vaziyatlardan kelib chiqadigan ko`rinishlari va turlari haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bo`ladi. Agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning o`z qo`l ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti va hokazo, norasmiy muloqot — bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o`sha suhbatdoshlarnnng fikr-o`ylari, niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, do`stlar suhbatdoshi, poezdda uzoq safarga chiqqan yo`lovchilar suhbati, tanaffus vaqtida talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos bo`lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko`proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko`ngilligi, suhbatlashish yo`llarini bilish, til topishish qobiliyati, o`zgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir ko`rsatadi. Shuning uchun hamma odam ham rahbar bo`lolmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qo`l uravermaydi, chunki buning uchun undan ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi.


Download 71,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish