M ir zo u L u g b e k n o m id a g I o z b e k is t o n mit j j y u n IV e r site ti m. Sh ar ipo V



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/114
Sana06.07.2022
Hajmi7,84 Mb.
#745737
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114
Bog'liq
Falsafa tarixi.Antik davr falsafasi. SharipovM.

braxmanlar
(“braxmana” -
braxmanni tushuntirish) bo‘lib, ular samxitlarga mifologik tushuntirishlar 
va marosimlar bayonidan iborat. Gimnlarni shoirlar to ‘qishgan b o isa 
braxmanlami kohinlar yaratishgan. Braxman tarkibiga 
Aranyaki
(“0 ‘rmon kitobi”) kiradi. U o ‘z uyini tashlab chiqib ketgan 
tarkidunyochilarga m o‘ljallab bitilgan. Ular amaliyotchi bo‘lishlariga
39 
Iqtibos quyidagi m anba ho'yicfia: Н иж пиков С. А. И стория ф илософ ии. 
К ур с
лекций. —М.: Э кзам ен, 2004. - С . 29.
34


qaraganda, ko‘proq aqliy mushohada yurituvchilardir. Aynan shular 
braxmanlar marosimlari bilan upanishadlar falsafasini bog‘laydigan 
bo‘g‘in bo‘lishgan.
Veda adabiyotining turi bilan hayot kechirish bosqichlari o‘rtasida 
muayyan muvofiqlik bor. Xususan, samxitlar vedalarni ustoz uyida 
o Lrganishni boshlagan o ‘quvchining ta’limi asosini tashkil etadi. 
Braxmanlar oilada yashayotgan va barcha marosimlarni bajarayotgan uy 
egasi maqomida hayot kechirayotgan inson uchun m o‘ljallangan. 
Aranyaki tarkidunyochilar uchun m o‘Ijallangan, ulardan m a’lum bir 
vaqtda upanishadlar ajrab chiqqan. U qashshoq sayyoh uchun bitilgan 
boMib, qashshoqlik upanishadlar va umuman, butun Hindiston ma’naviy 
madaniyatidagi idealdan iborat.
Oriylaming 
ilk 
dunyoqarashi 
mifologik 
tabiatga 
ega 
va 
k o‘pxudolikka asoslanadi. Rigvedada uch mingdan ko‘proq xudolar 
nomi mavjud. Oriylar mifologik dunyoqarashining qadimgi qatlami 
matriarxatga borib taqaladi. Aditi Pritxivi (“Cheksiz ona-yer”) 12 
o ‘g‘ilga ega. Varuna - tungi yulduzli osmon ifodasi (Elladada bu - Uran) 
va ayni paytda, tun hukmdori. Mitra - kun boshqaruvchisi, Aryaman -
o ‘lgan ajdodlar ruhlarining boshqaruvchisi, Soma — oy xudosi, Vayu — 
shamol xudosi, Yama - o ‘lim va adolatli sud xudosi, Ushas - tong 
xudosi va h.k. Dunyo (jagat) uch olam (loka)dan tashkil topgan deb 
tushuniladi. Agan - Yemi, Indra — havoli makonni, Surya - osmonni 
boshqaradi. Inson - xudolar ijodi mahsuli, u tabiatning bir bo‘lagi. Tana 
o ‘ladi. jon yashashni davom ettiradi, boshqa tanalarga ko‘chib o‘tadi; u 
sam ara
deb ataladi.
Dxarma
— dastlab, qonun va adolatli sud xudosi, keyinchalik 
qonunning o‘zi. Har bir vam a o‘z dxarmasiga ega. Insonning xulq-atvori, 
qurbonlik qilishi, o ‘z varnasining qonunlariga bo‘lgan munosabatiga 
qarab joni yo quyi, yo yuqori varnaga ko ‘chib, qayta tug'iladi. 
Boshqacha aytganda, jon uning egasining xulq-atvoriga qarab jazolanadi 
yoki rag‘batlantiriladi. Xudoning jondan qasos olishi qonuni 
karma
deb 
ataladi.
Vedalarda ifoda etilgan fikrlar mifologik dunyoqarashdan falsafiy 
dunyoqarashga o ‘tishni o‘zida aks ettiradi.
Vedanga -
vedalaming tarkibiy qismi, u 
smiriti
(eslab qolingan), 
inson tafakkuri mahsuli. Unda bilimlar to‘plangan. Aql - vedalarda 
yuqori baholangan sifat bo‘lib, u odamlarga va xudolarga xos, deb 
ta’kidlanadi. Rigveda xudolari donishmandlardir. Ular orasida Brixaspati
— xudolar ustozi, Dxanvatari — shifokor, Dxarma - qonun xudosi,
35


Sarasvati - notiqlik xudosi; fan va san’at himoyachisi b o ig an xudoiar 
ham bor.
Vedalar davrida dastlabki ilmiy tasavvurlar, xususan, geometrik 
o ‘lchamlar, arifmetik hisoblar, xususan, o ‘nlik sanoq sistemasiga oid 
fikrlar mavjud bo'lgan. Ilk upanishad davridayoq vujudga kelgan ilmiy 
bilim kurtaklari mifologik dunyoqarashdan keyingi hind falsafasining 
ikkinchi m a’naviy manbai bo‘lib xizmat qilgan.

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish