M. M. Axmetjanov, sh sh. Olimov, S. S. Avezov. P e d a g o g I k mahorat



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/233
Sana06.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#432192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   233
Bog'liq
pedagokik mahorat

 
 
Toshkent - 2018



 
T a g ` r i z c h i l a r
:
 
Q.T. Olimov –
Buxoro MTI o’quv ishlari bo’yicha prorektori, pedagogika fanlari 
doktori, professor. 
 
SH.R. Barotov – 
Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti dekani, psixologiya
fanlari doktori, professor.
 
 
G.S. Yunusova - 
Buxoro MTI, Tillar kafedrasining mudiri, falsafa fanlari nomzodi, 
dotsent.
 
ANNOTATSIYA 
O’quv qo’llanma o`rta maxsus, kasb – hunar ta`limi muassasalarining 
pedagogika yo`nalishidan boshqa oliy ta`lim muassasalarini tamomlagan kadrlarning 
pedagogik qayta tayorlash kursi namunaviy o`quv dasturiga muvofiq ishlab 
chiqilgan. 
O’quv qo’llanmada mualliflar pedagogik mahorat va nutq madaniyati o`quv 
predmetining maqsadi va vazifalari, pedagogik mahorat elementlari, pedagogik 
texnika, uni egallash yo`llari, pedagogik ta`sir usullari, pedagogik muloqot turlari va 
vazifalari, nutq madaniyatining ko`rinishlari, egallash yo`llari, til va nutqning qiyosiy 
tahlili, o`zbek adabiy til me`yorlari, nutq texnikasi va uni takomillashtirish, notiqlik 
san`ati, undan foydalanish aniq dalillar orqali yoritilgan. 
O’quv qo’llanma malaka oshirish va qayta tayorlash kursi tinglovchilari, 
xususan, pedagogik ma`lumoti bo`lmagan bakalavr, yoki diplomli mutaxassis 
darajasidagi ta`lim tizimida faoliyat olib borayotgan kadrlar, akademik litsey, kollej 
o`qituvchilari, ta`lim muassasasi rahbariyati, guruh murabbiylariga mo`ljallangan. 



KIRISH 
Mamlakatda demokratik o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik 
jamiyati asoslarini shakllantirish sharoitida Respublikaning birinchi Prezidenti I.A. 
Karimov ta`kidlaganidek: “... Bugun biz bir tarixiy davrda − xalqimiz o`z oldiga 
ezgu va ulug` bir maqsadlar qo`yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, 
avvalambor, o`z kuch va imkoniyatlariga taya’nib, demokratik davlat va fuqarolik 
jamiyati qurish yo`lida ulkan natijalarni qo`lga kiritayotgan bir zamonda 
yashamoqdamiz… . Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo`lmasligi, 
farzandlarimizning bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo`lishi uchun 
bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur”.
1
Mazkur qo`llanma malaka oshirish va qayta tayorlash kursi tinglovchilari, 
xususan, pedagogik ma`lumoti bo`lmagan bakalavr, yoki diplomli mutaxassis 
darajasidagi ta`lim tizimida faoliyat olib borayotgan kadrlar, akademik litsey, kollej 
o`qituvchilari, ta`lim muassasasi rahbariyati, guruh murabbiylariga mo`ljallangan. 
Ta`lim-tarbiya pedagogik mahoratning muhim tushunchalaridir. Ta`lim va 
tarbiya bir-birini to`ldirib, qo`llab-quvvatlab, rivojlanib, yoshlarni kamolot sari 
yetaklovchi zaruriy omil hisoblanadi. 
Mazkur tushunchalarning mazmuni, mohiyati, funksiyalari haqida ma`lumot 
beruvchi “Pedagogik mahorat” fani bo`lajak kasb ta`limi o`qituvchilarining 
pedagoglik kasbiga ilmiy-nazariy va metodik tayyorlashda muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Bo`lajak pedagoglar “Pedagogik mahorat” fanini o`rganish jarayonida 
quyidagi bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladi: 
-pedagogik mahorat haqida umumiy tushunchaga, uning mohiyati va mazmuni, 
fanning maqsadi, vazifasi va asosiy komponentlari; 
- pedagogik mahoratni egallash vositalari, o`qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va 
uning jamiyatda tutgan o`rni;
-pedagogik texnika tushunchasi va uning mazmuni, pedagogik texnika xususiyatlari, 
pedagogik texnikani namoyon etishda o`qituvchining kasbiy mahorati; 
1
Islom Karimov. “Yuksak manaviyat yengilmas kuch”. Toshkent. “Ma`naviyat”-2008 y. 3-4 b. 



- pedagogik texnikani egallash usullari, o`qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot 
madaniyatining shakllanishi;
-pedagogik muloqot va pedagogik muomala madaniyati, Sharqona tarbiya va 
muosharat odobining muloqotga ta`siri, muloqot asosida ma`naviy madaniyatni 
shakllantirish mezonlari va omillarini; 
- nutq madaniyati, uni inson hayoti va faoliyatidagi o`rni, nutq madaniyatini 
ta`minlovchi xususiyatlar, zamonaviy tarbiya mazmunida nutq madaniyatining o`rni, 
o`qituvchi nutqining ifodaviyligi, grammatik jihatdan to`g’ri bo`lishini; nutqning 
inson hayoti va faoliyatidagi o`rni, nutq texnikasi haqida tushuncha, uning asosiy 
unsurlari, nutq texnikasi, nafas olish, ovoz gigienasi, tallaffuz ritmikasi, tovlanishi va 
nutq sur`ati, o`qituvchi nutqining mantiqiyligi, grammatik jihatdan to`g’ri bo`lishini; 
-notiqlik san`ati shakllanishining tarixiy jihatlari, Sharq va G’arb mutafakkirlarining 
notiqlik san`ati haqidagi qarashlari, o`qituvchining nutqi, notiqlik san`ati, so`z 
boyligining teranligi, hozirgi davrda o`qituvchining kasbiy mahoratini oshirishda 
notiqlik san`atini egallash yo`llari va boshqalar.
Tinglovchilarni 
faollashtirish, 
bilimlarni 
o`zlashtirish 
jarayonining 
samaradorligini oshirishni yo`lga qo`yish maqsadida o`quv qo`llanmaning oxirida 
manbalar tavsiya etilgan. Bu manbalar tinglovchilarning mustaqil o`qishini yo`lga 
qo`yish hamda mustaqil bilim olishi uchun ancha qulaylik yaratdi. Shuningdek, har 
bir bobning oxirida o`z bilimini tekshirish maqsadida nazorat savollari va amaliy 
topshiriqlar berilganki, ular tinglovchilarning ta`lim-tarbiya sohasida o`zlashtirgan 
nazariy bilimlarini amalda qo`llash, ko`nikma, malakalarini shakllantirishga katta 
yordam beradi.
Mazkur qo’llanmada barcha muammolar o`z yechimini topgan deb bo`lmaydi. 
Unda, ba`zi bir kamchiliklar va nuqsonlar bo`lishi tabiiy. Shu bois mualliflar 
qo’llanmaning nazariy va usuliy saviyasini oshirishda yordam ko`rsatgan barcha 
mutaxassislarga, xususan, A. Xoliqovga o`z takliflarini bildirganlari uchun, chuqur 
minnatdorchilik bildiradi.




Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish