M. Mamadazimov


II BOB. QUYOSH SISTEMASINING TUZILISHI VA OSMON JISMLARINING HARAKATI



Download 7,58 Mb.
bet15/81
Sana03.01.2022
Hajmi7,58 Mb.
#316115
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81
Bog'liq
astronomiya 11 uzb


II BOB. QUYOSH SISTEMASINING TUZILISHI VA OSMON JISMLARINING HARAKATI





    1. MAVZU.




  1. Quyosh sistemasining tuzilishi to‘g‘risidagi tasavvurlarning rivojlanishi. Olamning qanday tuzilganligi haqidagi tasavvurlarning rivojlanish tarixi juda qa- dimdan boshlangan. Qadimda ajdodlarimiz tabiat va uning hodisalarini tushun- tirishga ojizlik qilib, Olam jismlarining harakatlarini boshqaruvchi g‘ayritabiiy

kuch bor deb ishonar edilar. Ular Olam ham aynan shu kuch tomonidan yaratilgan degan fikrda bo‘lganlar.

Miloddan oldingi IV asrda mashhur yunon faylasufi Aristotel tomonidan Yerning shar shaklida ekanligi isbotlangach, kishilar ongida Koinotning markazida qattiq Yer shari joylashib, uning atrofida qattiq osmon yul- duzlari bilan joylashadi va aylanadi, degan tasavvur hukmronlik qilardi.

Milodning II asrida astronom Ptolemey Olam tuzilishining geosentrik (ya’ni mar-

kazida Yer turadigan) sistemasini yoqlab,

Koinotning markazida Yer turib, boshqa pla- netalar, jumladan, Quyosh uning atrofida



  1. rasmda keltirilgan tartib bilan aylanishini bayon etdi. Shuningdek, bu ta’limotga ko‘ra, eng so‘nggi sferada yulduzlar Yerdan bir xil masofada joylashib, uning atrofida aylanadi, degan xulosaga kelindi.

Biroq vaqt o‘tishi bilan planetalar harakatlarini sinchiklab o‘rganish, pla- netalarning yulduzlar fonida kuzatiladigan murakkab harakatlarini bu nazariya bo‘yicha tushuntirishni qiyinlashtirib yubordi. Oqibatda, bu nazariya Olam tuzi- lishini to‘g‘ri aks ettira olmasligi aniq bo‘lgach, uni kuzatish natijalariga mos yangi nazariya bilan almashtirish ehtiyoji tug‘ildi.

  1. Kopernikning olam tuzilishining geliosentrik ta’limoti. XVI asrda mashhur polyak astronomi Nikolay Kopernik (1473–1543) tomonidan ko‘p yillik astrono- mik kuzatishlar asosida Olam tuzilishining geliosentrik nazariyasi yaratildi.

Bu nazariyaga ko‘ra, Olamning markazida Quyosh turib, barcha planetalar, jumladan, Yer uning atrofida tartib bilan aylanadi (23-rasm). Yulduzlar esa, Ptolemey nazariyasidagi kabi eng oxirgi sferada joylashib, Quyoshning atrofida, bir-biriga nisbatan qo‘zg‘almagan holda aylanadi.

Kopernik birinchi bo‘lib, planetalarning yulduzlar fonidagi sirtmoqsimon harakatlanishining sababi Yerning Quyosh atrofida boshqa barcha planetalar qatori aylanishi tufayli sodir bo‘lishini aniqladi (24-rasm). Kopernikning Olam tuzilishi haqidagi bu nazariyasi geliosentrik nazariya deb nom oldi.



Olam tuzilishining geliosentrik na- zariyasi mashhur italiyalik olim, faylasuf Jordano Bruno (1548–1600) tomonidan rivojlantirildi. U o‘z nazariyasida Olam qo‘zg‘almas yulduzlar sferasi bilan che- garalanmaganligini, yulduzlar Quyoshdan turli masofalarda yotuvchi unga o‘xshagan obyektlar ekanligini, ularning atroflarida ham Quyosh atrofidagi kabi o‘z planetalari bo‘lishi mumkinligini uqtirdi. Keyingi yuz yilliklar ichida o‘tkazilgan astronomik kuzatishlar uning haq ekanligini ko‘rsatdi.

Olam tuzilishi haqidagi tasavvurlar- ning shakllanishida vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniyning (973–1048) katta



xizmati bor. U ko‘p yillik astronomik kuzatishlariga tayanib, planetalardan Merkuriy va Venera Quyoshdan uzoq keta olmasligini (yoy o‘lchovi bilan hisoblanganda) aniqladi va shu asosda, bu ikki planeta Quyoshning atrofida aylansa kerak degan to‘g‘ri xulosaga keldi (25-rasm). Aslida Beruniy geosentrik




3–Astronomiya, 11-sinf

sistemaning tarafdori bo‘lib qolgan bo‘lsa-da, uning ichki planetalar (Merkuriy va Venera)ga tegishli bu xulosasi XI asrda Olam tuzilishining geliosentrik sistemasi uchun qo‘yilgan ilk qadam edi.




Download 7,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish