Mabzu; Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash tizimi



Download 1,56 Mb.
Sana23.06.2022
Hajmi1,56 Mb.
#696206
Bog'liq
Baxram Bitiriw malaka ishi

Mabzu; Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash tizimi.


Reja.1. Avtomobildan fadalanish jarayanida unin texnik halatinnin o’zgarishi.
2 .Artomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ra ularni ta’mirlashning rejali-oldini olish tizimi
3.Avtomobil saroyinin texnik xizmat ko’rsatish vositalari.

Ekspluatatsiya jarayonida, avtomobil texnik holatining yomon- lashishi va uning ishga yaroqsiz holatga kelishiga detallarining yuklanishi, yeyilishi, qizishi, kimyoviy va fizik xossalarining o‘zgarishi sabab bo‘ladi.


Avtomobil va uning agregatlari texnik holati o‘zgarishining asosiy sababi ishqalanish natijasida detallarning yeyilishidir. Ishqalanish bu mexanik qarshilik bo‘lib, bir-biri bilan o‘zaro birikkan detallar sirtining o‘zaro harakatlanishidan kuch hosil bo‘lib, bu bir detalni ikkinchisiga nisbatan siqish jarayoni deb tushuniladi.
Ishqalanish ikki turga bo‘linadi:
l. Tebranib ishqalanish — bir jism sirtida ikkinchisining siljib tebranishi natijasida vujudga keladi.

2. Sirpanib ishqalanish — bir jismning ikkinchisiga nisbatan sirpanib harakatlanishidan hosil bo‘ladi.
Mexanizmlarning yeyilish jarayonini anglash uchun, mavjud qonuniyatlar asosida, yeyilishlarni turli ko‘rinishlarga ajratishga to‘g‘ri keladi. O‘zaro bog‘langan juftlar uchun mavjud turkumlash yeyilishlarning quyidagi turlarini o‘rgatadi: mexanik, molekular- mexanik, zangli-mexanik, charchashdan yeyilish.
Mexanik yeyilish uch turga, ya’ni abraziv, plastik deforma- tsiyali, mo‘rt yeyilishlarga bo‘linadi.

brazir yeyilish — ikki sirt orasidagi o‘tkir qirrali va tirnovchi zarrachalarning ishqalanishidan hosil bo‘ladi.

Plastik deformatsiyali yeyilish — detallarga zo‘riqish bilan kuch ta’sir etib, og‘irligini o‘zgartirmay, o‘lchamlarini o‘zgartirishi natijasida sodir bo‘ladi.


Mo‘rt yeyilish — o‘zaro bog‘langan detallar sirtidagi metall qobig‘i ishqalanishi va plastik deformatsiya natijasida parchalanib, uning ostidagi uchidan mo‘rt o‘zak qismining ezilishi natijasida hosil bo‘ladi.
Molekular-mexanik yeyilish — ishqalanuvchi detallar sirt- larining molekular bir-biriga ilashishi natijasida hosil bo‘ladi.
O‘zaro bog‘langan detallar ishqalanuvchi sirtiga notekis ishlov berilishi natijasida metallning o‘tkir qirrali qismi bir-biri bilan o‘zaro to‘qnashadi. Bu to‘qnashuv natijasida sirtdagi zarrachalar bo‘linib, bir-biridan ajraladi, bu esa yeyilish hisoblanadi.
Yuqorida aytib o‘tilgan ishqalanib yeyilishlar natijasida artomobilning texnik holati o‘zgaradi, ya’ni yomonlashadi. Eksplua- tatsiya jarayonida texnik holatning o‘zgarishiga avtomobilning tuzilishi, uni ishlab chiqarish texnologiyasi va foydalanilgan ashyo sifati, ishlatiladigan yonilg‘i va moylash mahsulotlarining sifati, foydalanish sharoitlari hamda ularga TXk va T ishlarining sifati katta ta’sir ko‘rsatadi. Yuqorida ko‘rsatilgan omillar ta’sirida agregat
va birikmalar detallarining bir-biriga nisbatan ishqalanib ishlash kuchi ortadi va ularning yeyilishi tezlashadi. Natijada avtomobilning texnik holati yomonlashadi.
Artomobillar tuzilishini takomillashtirish detallarning yeyilishini kamaytiradi, ishonchliligini va uzoq ishlashini oshiradi. Masalan, dvigatelga inersion moy tozalagichining o‘rnatilishi 98—99 % changni ushlab qolishni ta’minlaydi va xizmat muddatini 2 bara- varga oshiradi.
Ashyo sifati, unga mexanik va issiqlik ta’sirida ishlov berilishi yeyilishning kamayishiga, avtomobildan foydalanish muddati va davrining uzayishiga sabab bo‘ladi. Masalan, dvigatel silindri devorlarining yeyilishga chidamliligini oshirish uchun legirlangan cho‘yandan tayyorlangan va yuqori darajadagi zanglashga chidamlilik xossasiga ega bo‘lgan qisqa gilzalardan foydalanilganda, silindrlar devorining yeyilishi 2—2,5 baravarga kamayadi. Detallarni tayyorlashda legirlangan po‘latlardan foydalanish va sifatli ashyolarni ishlatish yeyilishga chidamlilikni hamda dinamik zo‘riqib ishlashga qarshilikni kuchaytiradi va charchash chegarasini o‘zgartiradi.
Yonilg‘i, moy ra soritish suyuqliklarining sifati barcha standart talablariga javob berishi zarur. Bu ashyolarning sifati avtomobillarni ishlatish va iqlim sharoiti, mexanizmlarning tuzilishlariga bog‘liq holda baholanadi va tanlanadi. Yonilg‘i va moy mahsulotlarining sifati ishlatish xossalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bilan bahola- nadi. Benzinning asosiy ko‘rsatkichlari: mexanik qo‘shimchalar borligi, quyqa hosil bo‘lish imkoniyati, zanglashni hosil qiluv- chanlik, detonatsiyaga turg‘unlik va fraksion tarkiblari hisoblanadi. Dizel yonilg‘ilarining qovushoqligi, metan soni, mexanik qo‘shim- chalarning yo‘qligi asosiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Dvigatel va transmissiya uchun qo‘llaniladigan moylarning asosiy ko‘rsatkichlari qovushoqlik va uning o‘zgarish harorati bo‘lib, bunga bog‘liq holda ishqalanuvchi sirtlarga moylarning o‘z vaqtida kelishi katta ahamiyatga egadir.
Foydalanish sharoiti — ish tartibi, iqlim va yo‘l sharoiti, hay- dash va TXk sifati bilan ifodalanuvchi tashqi omillar yig‘indisini ifodalaydi.
Artomobil ish tartibi — uning ishlashini turli harakat tezliklarida va yuklanishlarda vaqt orqali ifodalaydi. Avtomobil ishida ko‘p marotaba qisman tezlikning oshishi va sekinlashishi kuzatilib, bu hol o‘zgaruvchan rejim deyiladi. Agar belgilangan masofadagi avtomobil harakatida yetaklovchi g‘ildiraklarga qo‘yilayotgan tortish
kuchi va tezligi o‘zgarmas bo‘lsa, bunday ish rejimi o‘zgarmas deyiladi. Avtomobilning o‘zgaruvchan rejimda ishlashi, detallarning tez yeyilishiga va yonilg‘i sarfining ortib ketishiga olib keladi.
Yo‘l sharoiti — harakat tezligini, burilish radiusini, qoplama- larning tekisligini, balandlik va qiyaliklarning kattaligini, yo‘lning qurilish sifatini ifodalaydi. Avtomobil asfalt yo‘lda yurmay, tuproqli, notekis yo‘lda yurganda, tirsak valining aylanishlar soni ortib, shu bilan bir qatorda ilashish muftasining ulashlar soni, harakat tezligini qo‘shib-ajratishlar, harakatni to‘xtatish (tormozlash)lar sonining ortishi natijasida yonilg‘i sarfi ham (asfaltli yo‘lda yurganga qaraganda) o‘n barobar va undan ham oshib ketadi. Buning natijasida avtomobil (agregat, mexanizm va detal)larning yeyilish jarayoni tezlashadi.
Iqlim sharoiti — havo harorati, barometrik bosim va namlik bilan ifodalanadi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hududining yarmidan ko‘prog‘i sovuq mintaqali hisoblanib (yarim yildan ko‘proq vaqt mobaynida harorat —20 ˚C bo‘lib), bu havoning past harorati avtomobilning texnikaviy holatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Avtomobillarning bunday sharoitda ishlashi hamma agregat mexanizmlarining o‘ta sovib ketishiga olib keladi. Buning natijasida sovuq dvigatelni yurgizish qiyinlashadi, sovitish tizimidagi suyuqlik muzlaydi, akkumulatorlar batareyasi elektroliti o‘ta soviydi.
Muhitdagi havo haroratining oshishi radiatordan ajralib chiqa- yotgan issiqlikni kamaytiradi, dvigatelning qizib ishlashiga olib keladi. Bunday holatda dvigatel siltanish (detonatsiya) bilan ishlab, uning quvvati, tejamkorligi va uzoq ishlashi kamayadi.
Dvigatelning qizib ishlashi, yonilg‘i hamda uning chala yonib chiqishi atrof-muhitga zaharli gazlar chiqishini oshiradi.
Artomobilni haydash sifati — ma’lum yo‘l sharoitida haydash usulini ifodalaydi. Avtomobilni haydashning quyidagi usullari mavjud: beixtiyor yoki harakat inersiyasi bilan olg‘a siljib haydash, (to‘siqlardan o‘tib) to‘siqlarsiz belgilangan tezlik bilan haydash va murakkab. Avtomobil beixtiyor (impulsiv) usul bilan haydalganda harakat to‘g‘ri uzatmalar bilan (vaqt-vaqti bilan to‘siqlardan o‘tib) tezlatib, inersiya asosida haydash tushuniladi.
Avtomobillarni haydash usullarini kuzatish natijalari shuni ko‘rsatadiki, to‘siqlardan o‘tib, tezlatish (razgon va nakat) usulida haydashda yonilg‘i sarfi 5—6 % ga tejaladi, ammo dvigatel detallari- ning yeyilishi (boshqa usullardagi haydashlarga qaraganda) jadal- lashadi. Bunday usulda ilashish muftasi va uzatmalar qutisi (boshqa
agregatlarga qaraganda) ko‘proq ishlaydi. Ikkinchi usulning kamchiligi shundan iboratki, nishab yo‘ldan tushishda, bevosita to‘xtash, ko‘p marta tormozlanishlar natijasida, dvigatelning yeyi- lishi ortadi. Tajribalardan ko‘rinishicha, haydashda (ularning usuliy afzalliklarini nazarda tutib haydash) usullarni almashtirib turish maqsadga muvofiqdir, bu ta’mirlararo bosib o‘tiladigan yo‘lni — masofani 60 % gacha oshiradi va yonilg‘i sarfini 30 % gacha kamaytiradi.

2 .Artomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ra ularni ta’mirlashning rejali-oldini olish tizimi




Avtomobilning belgilangan ish parametrlari chegarasida ishonchli ishlashi va mo‘ljaldagi vazifalarni bajarishi uchun uning agregatlari va uzellarini qat’iy nazorat qilib turish hamda rejada belgilangan ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish lozim.
Sanoat va transportda rejali ta’mirlashning quyidagi uch tizimi farq qilinadi:

    • rejali-ko‘zdan kechirishdan keyin ta’mirlash;

    • rejali-majburiy (standart) ta’mirlash;

    • rejali-oldini olib ta’mirlash.

Rejali-ko‘zdan kechirishdan keyin ta’mirlash oldindan rejalash- tirib, agregat va uzellarni vaqt-vaqti bilan ko‘zdan kechirishdan iborat, bunda agregat va uzellarning texnik holati aniqlanadi, zarur ta’mirlash hajmi belgilanadi va ta’mirlash ishlari bajariladi. Bu eng samarali tizim, lekin bunda jihozlar uzoq vaqt ta’mirlashda turib qoladi. Mazkur tizim yilning muayyan vaqtlarida (mavsumiy) ishlaydigan qishloq xo‘jaligi mashinalari uchun qulay.
Rejali-majburiy (standart) ta’mirlash mashinani reja bo‘yicha ta’mirlashni ko‘zda tutadi; bunda jismoniy holati qandayligidan qat’i nazar, alohida uzellar yangisiga yoki ta’mirlanganiga almash- tiriladi. Bunday ta’mirlash juda ishonchli, lekin juda qimmatga
tushadi. Ushbu tizim samolyotlarni hamda ishonchliligi odamlarning hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa uskunalarni ta’mirlashda qo‘llaniladi.
Avtotransportni ta’mirlash korxonalarida rejali-oldini olib ta’mirlash tizimi qo‘l keladi. Bu tizim yuqorida aytib o‘tilgan tizim- larning afzalliklarini o‘zida mujassam qiladi. Bunda mehnat va moddiy sarf-xarajatlar kam bo‘lgani holda mashinalar qisqa muddatda ta’mirlashdan juda ishonchli chiqadi.
Rejali-oldini olib ta’mirlash tizimi deb, nosozliklarning oldini olish va mashinalarni doimo ishga shay holatda tutib turish maqsadida avtomobillarga qarab turish, ularni nazorat qilish va ta’mirlashga doir tadbirlarni vaqt bo‘yicha qat’iy reja asosida bajarishga aytiladi. Ayni tizim faqat avtomobillar uchun emas, balki yordamchi uskuna hamda binolar, inshootlar, boshqa kommunikatsiya quril- malari, korxonalarning boshqa transport vositalari uchun ham qo‘l-
laniladi.
Bu tizimga doir tadbirlar oldini olish (profilaktika) xususiyatiga ega bo‘lib, mashinalardan foydalanishning tasdiqlangan me’yorlari va texnik shartlari asosida, oldindan tuzilgan reja bo‘yicha amalga oshiriladi. Tizim quyidagilarni ko‘zda tutadi:

  • mashinaning butun xizmat muddatida bajarilishi lozim bo‘lgan

oldini olish tadbirlarining mazmuni va vazifasi;

  • ta’mirlash ishlarining mazmuni, vazifasi va davriyligi (takror- lanishi);

  • bajariladigan ta’mirlash ishlari uchun me’yoriy hujjatlar.

Rejali-oldini olib ta’mirlash tizimining mazmuni, vazifasi va davriyligiga qarab, ta’mirlashning ikki xili: joriy va to‘liq (mukam- mal) ta’mirlash tavsiya qilinadi.
Joriy ta’mirlash — avtomobilning keyingi rejali ta’mirlashga qadar belgilangan ish parametrlari chegarasida me’yorida ishlashi uchun detal va uzellarini almashtirish yoki ta’mirlashga doir rejali ishlar majmuyini bajarishdir. Joriy ta’mirlashning davriyligi va mud- datlari tasdiqlangan jadvalda belgilab qo‘yiladi; unga muvofiq avto- mobillar ta’mirlashga to‘xtatiladi.
Joriy ta’mirlash paytida faqat avtomobilning ayrim uzellari qismlarga ajratiladi, sinchiklab ko‘zdan kechirib, holati aniqlanadi va mayda ta’mirlash ishlarini bajarib, ularning ishga yaroqliligi tik- lanadi. Bundan tashqari, yeyilishning turi va jadalligi baholanadi, bu esa to‘liq ta’mirlash muddatlari va hajmini aniqlashda juda muhim.
Joriy ta’mirlashlar orasidagi muddatda avtomobilga maxsus biriktirilgan shaxslar (haydovchi, ta’mirlovchi chilangar) xizmat ko‘rsatadi, ular maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishlari, foyda- lanish va xizmat ko‘rsatishga doir barcha shartlarga rioya qilishlari lozim.
Ta’mirlashlararo texnik xizmat ko‘rsatish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    • pasport ma’lumotlariga muvofiq foydalanish rejimlariga rioya qilish;

    • texnik xizmat ko‘rsatishning turli xillari (kTXk, l-TXk, 2-TXk, MTXk va h.k.)dan foydalanish hisobiga avtomobilni ishga shay holatda tutib turish;

    • mayda ta’mirlash ishlarini bajarish (nozichliklarni zichlash,

salniklarni qattiqlash, bolt va gaykalarni burab qotirish va h.k.). kundalik texnik xizmat ko‘rsatish (kTXk) avtomobilni ishga
tayyorlashda, smena mobaynida undan foydalanishda amalga oshiriladi. U harakat xavfsizligini ta’minlashga, avtomobilni ozoda saqlashga, unga yonilg‘i, moy va sovituvchi suyuqlikni quyib turishga qaratiladi. Birinchi va ikkinchi texnik xizmat ko‘rsatish (l-TXk, 2-TXk) avtomobil ma’lum yo‘lni bosib o‘tganidan so‘ng bajariladi. U avto-
mobilning turi, rusumi va ishlash sharoitiga qarab belgilanadi.
Mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish (MTXk) transport vosita- sini kuzgi-qishki va bahorgi-yozgi foydalanish mavsumiga tayyorlash uchun o‘tkaziladi. U l-TXk va 2-TXk bilan birga bir yilda ikki marta amalga oshiriladi. Texnik xizmat ko‘rsatish va texnik ta’mirlash avtotransport korxonalarining ta’mirlash xizmati va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari tomonidan bajariladi. To‘liq ta’mirlash hajm jihatidan eng katta rejali ta’mirlash bo‘lib, unda avtomobil qismlarga ajratiladi va uning holati mufassal aniqlanadi. Mashinaning ishga yaroqliligini tiklash va uning keyingi to‘liq ta’mirlashgacha (yoki hisobdan chiqarishgacha) yurishini (yangi avtomobillar uchun belgilangan yurish me’yorining kamida 80 % ini tashkil etadi) ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Avtomobillar haqiqiy texnik holati ma’lumotlariga ko‘ra va belgi- langan ta’mirlashlararo yo‘lni bosib o‘tganlaridan so‘ng to‘liq ta’mirlashga jo‘natiladi. Agar yuk avtomobillarining ramasi va kabi- nasi (yengil avtomobillar va avtobuslarning kuzovi), shuningdek, kamida uchta asosiy agregati to‘liq ta’mirlashni talab qilsa, ular to‘liq ta’mirlashga jo‘natiladi. Agar agregatlarning ba’zi detallari ta’mirlashni talab qilsa, shuningdek, joriy ta’mirlab, ularning ishga yaroqliligini tiklab bo‘lmasa, ular ham to‘liq ta’mirlashga topshiriladi.
Avtomobillarning turli rusumlari uchun to‘liq ta’mirlashgacha bosib o‘tadigan yo‘l me’yori texnik shartlarda belgilab qo‘yilgan. Masalan, FA3-24, 3Nu-l30, kamA3-5320 avtomobillari uchun ta’mirlashgacha bosib o‘tiladigan eng kam yo‘l 300000 km ni tashkil qiladi. Bu avtomobillarning ba’zi agregatlari — dvigatel, uzatmalarni almashtirish qutisi, old va orqa ko‘priklar, rul boshqarmalari uchun ham shu qiymat belgilanadi. Boshqa sharoitlar uchun to‘liq ta’mir- lashgacha bosib o‘tiladigan yo‘l me’yori ushbu koeffitsiyentlar yordamida o‘zgartiriladi: ikkinchi toifa uchun — 0,8, uchinchi toifa uchun — 0,6 (birinchi toifaga nisbatan). To‘liq ta’mirlash asosan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash korxonalarida bajariladi.
Ta’mirlash korxonalarida avtomobillarni ta’mirlashning ikki usuli — egasizlantirmaydigan va agregat usullari qo‘llaniladi.
Egasizlantirmaydigan usulda avtomobil va uning agregatlari qismlarga ajratiladi, olingan detallar tiklanadi va yana o‘sha avto- mobil yoki agregatga o‘rnatiladi (ya’ni egasizlantirilmaydi). Bu usulning kamchiligi shuki, uzel va detallari ta’mirlashdan chiqqun- cha avtomobil bekor turib qoladi. Mazkur usulning afzal tomoni ham bor: ta’mirlashni talab qilmaydigan detallar tutashmalarini saqlab qolish mumkin, natijada ta’mirlash sifati agregat usulida- gidan yuqoriroq chiqadi.
Agregat usulida eskirgan detallar, uzellar yangisi yoki oldindan ta’mirlangani bilan almashtiriladi. Ayni usul avtomobilning ta’mir- lashda turish vaqtini qisqartiradi, lekin bu usulni muvaffaqiyatli qo‘llash uchun o‘zaro almashuvchanlik tamoyiliga aniq rioya qilish lozim bo‘ladi.
Ta’mirlash korxonalari uchun ta’mirlashning agregat usuli asosiy hisoblanadi. Ushbu usul ehtiyot qismlarning almashtirish fondini yaratishga va ishlab chiqarishni ayrim ish turlarida ixtisoslashtirishga (masalan, uzatmalar qutisini ta’mirlash bo‘linmasi va h.k.) imkon beradi.

3. AVTOMOBIL SAROYINING TEXNIH XIZMAT HO‘RSATISH VOSITALARI

Artomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari


Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni joriy ta’mirlash ishlarini avtotransport korxonasi (ATk)ning ta’mirlash xizmatlari yoki texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari (TXkS) bajaradi. TXkS tarkibi texnik xizmat ko‘rsatish rejasi, jadvallari, davriyligi va umu- miy ish hajmidan kelib chiqqan holda texnologik jarayonga muvofiq tashkil qilinadi.
Texnologik jarayonning har bir operatsiyasi uchun muayyan punktlar yoki ishlab chiqarish maydonining alohida qismlari ajratiladi. Ular maxsus jihozlar, moslamalar va asboblar bilan ta’minlanadi.


Avtomobilni ta’mirlashga qabul qilish
Texnik xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari bo‘yicha avtomobilning harakati 2.l-rasmda keltirilgan. TXkSda texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari asosan potok usulida, ya’ni ishlar ixtisoslash- tirilgan postlarda, oldindan ishlab chiqilgan texnologiya bo‘yicha, belgilangan muddatda olib boriladi.






D-l

kTXk (yig‘ishtirish- yuvish ishlari bilan)

D-2




 






2.1-rasm. Avtomobilga texnik xizmat ko‘rsatish va uni joriy ta’mirlash texnologik jarayoni tizimi.
Avtomobillar bir postdan ikkinchi postga konveyer yordamida o‘tkaziladi.
Ishlarning umumiy hajmiga qarab, texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida agregatlar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bir necha bo‘linma: dvigatellarga, elektr jihozlarga, transmissiya, yurish qismi, kuzov, kabel va shu kabilarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari bo‘lishi mumkin.

Har qaysi ish turi texnologik operatsiyalar kartasi bo‘yicha bajariladi. Bu kartada operatsiyaning nomi, texnik shartlar va ishni bajarishga vaqt me’yori, ishlatiladigan asbob va jihozlar, ishchining mutaxassisligi va boshqalar ko‘rsatiladi.


Agar texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari hajmi kichik bo‘lsa, stansiyada ish brigada usulida tashkil qilinishi mumkin. Bu usulda brigada avtomobilning barcha agregatlari bo‘yicha shu xizmat turi doirasidagi ishlarni bajaradi. Ishlarni bajaruvchilar yuqori malakali bo‘lishi kerak. Ishlar bitta universal postda olib boriladi.

Ho‘chmas texnik xizmat ko‘rsatish jihozlari


ko‘chmas (statsionar) texnik xizmat ko‘rsatish jihozlaridan ishlarni yengillashtirish va mexanizatsiyalashtirish uchun foydala- niladi. Vazifasiga qarab jihozlar yig‘ishtirish (tozalash)-yuvish jihozlari, ko‘zdan kechirish chuqurlari, ko‘tarish-tashish jihozlari va moylash-quyish qurilmalariga bo‘linadi.


Yig‘ishtirish-yuvish jihozlari kundalik texnik xizmat ko‘rsatish bo‘linmalariga o‘rnatiladi.
Tozalash jihozlari. Tozalash ishlaridan maqsad kuzovda qolgan yuk qoldiqlarini yig‘ishtirish, yuk avtomobillarining kabinalari, avtobus va yengil avtomobil salonlarini changdan tozalashdan iborat. Buning uchun har xil turdagi changyutgichlardan foydalaniladi,
ular qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan bo‘lib, elektr dvigateli quvvati 2 kW gacha bo‘li- shi mumkin.
Yengil avtomobil va avtobus kuzovi, yuk avtomobilining kabinasi, platformasini kir va changdan tozalashda elektr changyut- gich va qo‘zg‘almas chang so‘ruvchi quril- ma, qo‘lda ko‘tarib yuruvchi va qo‘zg‘almas chang so‘rgichlardan foydalaniladi. Elektr changyutgich quyidagilardan tuzilgan:

Yirik avtoservis korxonalari va avtobus saroylarida qo‘zg‘almas changso‘rgichlardan foydalanish katta samara beradi.


Yuvish ishlari qo‘lda yoki mexanizatsiyalashtirilgan usulda bajariladi. Qo‘lda suv bilan yuvishda past (0,2—0,4 MPa) va yuqori (l,0—2,5 MPa) bosimli suv shlang bilan brandspoyt orqali purkaladi. Mexanizatsiyalashtirilgan usul oqimli, cho‘tkali yoki oqimli-cho‘tkali yuvish uskunalari yordamida amalga oshiriladi.
Yurish jihozlari. Avtomobillarni yuvish qurilmalari umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi. Umumiy turdagi yuvish jihozlari yuvishga qulay bo‘lib, ular yordamida avtomobilning ostini ham yuvish mumkin. Bu ishlar maxsus maydonda va turli ko‘rish ariqlarida, estakada va ko‘targichlar yordamida bajariladi. ko‘rish ariqchalari devorlari, maydonchalari yuzasi nam o‘tkazmaydigan lappakchalar bilan qoplanib, poli suvlar oson oqib ketishi uchun 2—3 % qiyalikda bo‘ladi.
Avtomobillar turiga hamda yuvish usuliga qarab, maxsus yuvgichlar qo‘lda yuvish uchun moslashgan, mexanizatsiyalashgan, avtomatlashgan va aralash turda bo‘lishi mumkin.
Oddiy qo‘lda yuvish: shlang va sepkich yordamida past bosimli (0,2—0,4 MPa), yuqori bosimli (l—2,5 MPa) bo‘lishi mumkin. Shlangli yuvish jihozlari kichik avtoservis korxonalarida ishlatilib, ular aravachaga o‘rnatilgan agregatdan iborat bo‘ladi
(2.3-rasm).
Agregatlar 2—2,5 MPa gacha bosim hosil qiluvchi plunjerli yoki markazdan qochma nasoslardan, shlang uchiga o‘rnatilgan yuvuvchi kallakdan va yuvuvchi aralashma uchun sig‘imdan iborat bo‘ladi. Yuvuvchi kallakka teshi- gining diametri har xil bo‘lgan forsun- kalar o‘rnatiladi.
Texnik tavsifi: bosim 2—l5 MPa; samaradorligi — 550 l/soat; suvning chiqishidagi maksimal harorat — 60 ˚C; quvvati — 3 kW; sof og‘irligi — 28 kg; o‘lchami 400380959 mm.

Jamlanma tarkibi: tozalash vositasi uchun integratsiyalashgan soploli ma- nometrli pistolet, yuqori bosimli shlang (l2 m), purkash trubasi — Vario-

2.3-rasm. karcher 7.85 M plus modelidagi avtomo- billarni yuqori bosimda qo‘lda yuvish jihozi.



power, yuvish cho‘tkasi, tozalash vositasi uchun 2 dona bak, yuqori bosimli shlangni qo‘lda o‘rash uchun baraban.
Xorijda yuqorida ko‘rsatilgan shlangli yuvish jihozlarining takomillashgan turlari qo‘llaniladi. Ularda yuvish aralashmasining haroratini ko‘tarish uchun maxsus isitgichlar qo‘llaniladi. Jihoz yuvilayotgan yuzaga 80 ˚C da isitilgan suv zarrachasini 5—7 MPa bosimda va l40 ˚C da isitilgan bug‘li zarrachani l,4—l,6 MPa bosimda yetkazib beradi. Havoning issiq paytlarida isitgich o‘chirilib, suv yoki yuvish aralashmasi sovuq holda ham yetkazib berilishi mumkin. Isitgichli jihoz hammabop bo‘lib, ular avtomobillarning sirtini, tagini va ularning dvigatellarini, agregatlar bo‘laklarga ajratilganda ularning detallarini, salonning devorlari va pollarini yuvishda ishlatilishi mumkin. Bir necha turda ishlab chiqariladigan bu jihozlar
suvni 750—3000 l /s hajmda yetkazib berishi mumkin.
Avtomobillarni yuvish ishlarini mexanizatsiyalash maxsus uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday uskunalar ishchi organining tuzilishi, avtomobilning va ishchi organining nisbiy harakatlanishi, qo‘llanilish sharoiti va boshqarilishi bo‘yicha tasnif- lanadi.
Zarrachali yuvish qurilmasi, asosan, yengil avtomobillar (2.4-rasm), yuk avtomobillari o‘zito‘kkichlar, tirkama va yarim- tirkama bilan ishlovchi avtomobillarni yuvish uchun mo‘ljallangan.

2.4-rasm. Yengil avtomobillarni zarrachali yuvish jihozlari.


Cho‘tkali yuvish jihozining asosiy organi silindrsimon ayla- nuvchi cho‘tkalar bo‘lib, ularga trubkalar yordamida suv yoki yuvuvchi aralashma yetkazib beriladi. Ular yengil avtomobillar, avtobuslar va furgonli avtopoyezdlarni yuvishda ishlatiladi.
Zarrachali yuvish jihozlarining afzallik tomonlari — tuzilishi- ning oddiyligi, kam metall sig‘imliligi va hammabopligida. kam- chiligi — ko‘p suv sarf qilishi va yengil avtomobillarni hamda avtobuslarni sifatli yuvmasligida.


























































































































Avtomarkazlar va katta avtoservis korxonalarida avtomobillarni yuvish-quritish liniyalari (2.6-rasm) tashkil qilinadi. Bu liniyalarda avtomobillarni yuvish postiga katta bosimdagi suv yordamida yoki cho‘tkali yuvish (a) jihozlari va quritish postiga esa o‘rta bosimdagi issiq havo oqimi yordamida quritish jihozlari (b) o‘rnatiladi. Quritish postida issiq havo oqimi avtomobillarning ikki yon va ustki tomonlaridan yuboriladi.

a b
2.6-rasm. Yengil avtomobillarni yuvish va quritish oqim qatori:


a) avtomobillarni cho‘tkali yuvish jihozi; b) avtomobillarni quritish jihozi.
Yengil avtomobillarni avtomatik tarzda yuvish qurilmasi yuvish ta’siriga qarab, purkovchi va cho‘tkali ko‘rinishda bo‘ladi. Purkagichli qurilma tebranuvchi portaldan yoki relsda siljuvchi portaldan iborat bo‘lishi mumkin. Portalning ichki perimetri bo‘ylab trubada soplolar o‘rnatilgan bo‘lib, bular orqali suv yoki yuvuvchi qorishma purkab turiladi.
Avtobuslarni yuvish uchun avtomatik qurilma ishlatiladi. Bu qurilma vagon toifasidagi avtobuslarni yuvishga mo‘ljallangan.
Cho‘tkali yuvish jihozlari yengil avtomobillar va avtobuslar uchun ishlatiladi. Ular cho‘tkali barabanlar bilan bir qatorda, avtomobil g‘ildiragini va tagini yuvish uchun purkagichlar bilan ham butlangan bo‘ladi. ]kb-ll26 FAPO jihozining barabanlari silindrining diametri 0,7—l,0 m, aylanish soni l50—200 ayl/min, elektr dvigatelining quvvati l,5—l,7 kW, suvning bosimi 0,2— 0,6 MPa, ishlab chiqarish qobiliyati 30—40 avt/s, suv sarfi 400— 500 l/avtobus, konveyer tezligi 6—9 m/min ni tashkil etadi.
RBS 6000 modelidagi (2.7-rasm) yuvish uskunasi avtobus va avtofurgonlarni yuvishga moslashtirilgan bo‘lib, bir cho‘tkali, qo‘l kuchi yordamida qo‘zg‘altiriladi. U transport vositalarini
samarali va tejamli yuvgani uchun kichik avtokorxonalarga qulay hisoblanadi. Vertikal joylashtirilgan cho‘tka transport vositalarining old, orqa va yon tomonlarini yuvishni ta’minlaydi.
Hozirgi vaqtda avtomobillarning lok-bo‘yoqlarini himoyalash maqsadida kontaktsiz avtomatik yuvish uslubidan foydalanila boshlangan. Shulardan biri CHH 8000 OPTIWASH modelidir.
CHH 8000 OPTIWASH modelidagi (2.8-rasm) yuvish uskunasi avtomatlashtirilgan yuvish jihozlari bozorida yagona bo‘lib, avtomatlashtirilgan tizimli 3-darajali kontaktsiz va cho‘tkasiz yuvishga asoslangan. Avtomobil yuvish xonasi ichida joylashtirish fotorele va yo‘naltiruvchi yordamida amalga oshiriladi. So‘ngra yuvish dasturidan tanlab olingan jarayon asosida avtomobil qimirlamay turib, portalni avtomobilga nisbatan bir necha marotaba ilgarilama- qaytma harakatlantirilib kuzov yuviladi.




2.7-rasm. RBS 6000
modelidagi yuvish uskunasi.
2.8-rasm. CHH 8000 OPTIWASH
modelidagi yuvish uskunasi.

Yuvish dasturi va avtomobil o‘lchamidan kelib chiqqan holda CHH 8000 OPTIWASH uskunasining samaradorligi soatiga 40 av- tomobilgacha yetishi mumkin. Quritish va kuzovga yakuniy ishlov berish ishlaridagi yuqori sifatni ta’minlash uchun havo oqimining yo‘nalishini o‘zgartirib turuvchi kuzatuv moslamasi, maxsus kimyo- viy himoya vositalari va iliq suvli yaltiratish suyuqliklari qo‘llaniladi. Yuvilgan avtomobil kuzovlarini quritishda yengil avtomobillar sovuq (kam holatlarda iliq) havo, havo purkovchi qurilma yorda-


mida purkab quritiladi.
Havo taqsimlovchi trubalar orqali tirqishli diffuzorlarga so‘ri- ladi, bu kuzovning ko‘ndalang qismi tekisligi bo‘yicha 65˚ qiyalik yo‘nalishda joylashgan bo‘ladi. Diffuzor havo oqimini yelpig‘ich-

simon purkab turadi. Buyruq beruvchi nazoratchi va vaqt relesining borligi, shabadalatgichni ishlatib va to‘xtatib turishni ta’minlaydi. Shabadalatgich elektr motorlarining quvvati 22,5 kW.
Moy qoldiqlari va smolalar bilan kirlangan detal va birikmalarni yuvish uchun M3l6 va M3l7 yuvish mashinalaridan foydalaniladi. Ular qo‘zg‘almas bo‘lib, ifloslangan detal va birikmalarni yuvadigan kameralari mavjud. Detallarni yuvish forsunkalar bilan qurollangan aylanuvchi kollektorlar yordamida ishqorli eritmalarni purkash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Yuvish vaqti l0—l5 min, qattiq kirlangan bo‘lsa 20—30 min. Moslamaning tag qismida yuvish aralashmasi uchun bak, so‘rish moslamasi va aralashmani tozalash filtri joylashgan. Moslamaning ichki qismi shamollatib turiladi.
Avtomobil agregatlarini yuvish qurilmalarining ba’zilari 2.9- rasmda keltirilgan.
¶pectep 350W rusumidagi g‘ildiraklarni yuvish qurilmasining tasnifi: avtomobil g‘ildiraklari mayda zarrachalar — granulalar yordamida yuviladi; mahkam o‘rnatilgan suv sepish soplosi, qo‘z- g‘almas g‘ildirak kronshteynidan tashkil topgan. Yuviladigan g‘ildirak eni l35—280 mm, diametri 560—800 mm, yuklash balandligi 560 mm, suv hajmi 300 l, kuchlanish 380 V, 3-faza, nasos dviga- teli 5,5 kW, harakatlantiruvchi dvigatel 0,l5 kW, nasos unum- dorligi 500 l/soat, siqilgan havo 8—l2 bar, yuvish muddatlari 30, 60, 90 va l20 s.




¶pectep 350W rusumidagi g‘ildiraklarni yuvish qurilmasi.
ul60 rusumidagi katta agregatlarni yuvish qurilmasi.

2.9-rasm. Avtomobil agregatlarini yuvish qurilmalar



ul60 rusumidagi katta agregatlarni yuvish qurilmasi: katta o‘lchamli agregatlarni avtomatik tarzda tozalaydi va isitadi, korzina ll00ll00 mm, yuklanish og‘irligi 700 kg gacha, sig‘imi
320 l, bo‘laklarning maksimal balandligi 800 mm, harorat diapazoni 0—75 ˚C, 230/400 V. Qizdirish: gaz yordamida, dizel — 29000 kkal/soat, elektrik — 20 kW. Elektropompa: suyuqlik yuborishi 500 l/min, bosim 4,3 bar, quvvati 7,5 l/s. korzinaning aylanishi 0,5 l/s, aylanish tezligi 7 ayl/min. Elektrik ekstraktor — 0,5 l/s, 650 m3/soat. Gabarit o‘lchamlari — l975l6002l45 mm, 350 W «Mo±ka kouec ¶pectep 350W».
Avtomobilni yuvishda ajraladigan iflos suv g‘ildiraklar oralig‘i tagidagi chuqurda to‘planadi, bu chuqur markazda joylashgan qabul trapi tomon qiya bo‘ladi. Oqova suvlarni tozalash uchun iflosliklar cho‘kadigan va moy-yonilg‘i tutib qolinadigan tindirgichlar qilinadi. Ularning ishi suv, neft mahsulotlari va mexanik aralashmalarning zichliklari orasidagi farqqa asoslangan.
Tozalangan suvdan avtomobilni yuvish uchun yana foydala- niladi, bu esa takroriy va aylanma suv ta’minotining asosini tashkil qiladi, oqova suv tozalangandan keyingina yomg‘ir suvi tushadigan ariqqa tashlanishi mumkin.
ko‘zdan kechirish chuquri texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mir- lashda avtomobilning tag tomonini ko‘zdan kechirishga imkon beradi, shuning uchun ixtisoslashtirilgan va universal postlarning ajralmas qismi hisoblanadi.
Ho‘rish ariqchasi — eng ko‘p tarqalgan (universal) qarash qurilmasi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida avtomobilda pastdan, yonbosh- dan va yuqoridan ish bajarilishiga imkon yaratadi. Avtomobil ko‘rish chuquriga kirish va undan chiqishiga qarab, boshi berk yoki o‘tuvchi ko‘rinishda bo‘ladi.
Boshi berk va boshi ochiq postlar hamda oqimli qatorlar ko‘rish ariqchalari bilan jihozlanadi. Ular kengligi bo‘yicha ensiz va enli turlarga bo‘linib, kengligi avtomobil enidan kam bo‘lsa, ensiz deb, keng bo‘lsa, enli deb ataladi.
ko‘rish ariqchalarining tuzilishi avtomobillarning turiga bog‘liq bo‘lib, uzunligi avtomobil uzunligidan 0,5—0,8 m uzun, chuqurligi esa yengil avtomobillar uchun l,4—l,5 m, yuk avtomobillari va avtobuslar uchun l,2—l,3 m bo‘ladi Eni esa avtobus va yuk avto- mobili uchun 0,9—l,l m, yengil avtomobillar uchun 0,8 m bo‘ladi. ko‘rish ariqchalariga past kuchlanishli yoritgichlar (42 V) o‘rna- tiladi, ular har l metr uzunlikka 200 m3 soat hajmidagi, harorati

l6—25 ˚C, tezligi 2—2,5 m/s bo‘lgan 45˚ burchak ostidagi yo‘na- lishda havo oqimi bilan shamollatib turiladi. Chiqindi gazlarni chiqarish uchun maxsus quvurlar o‘rnatiladi. TXk va T jarayonida avtomobil dvigatellarini ishlatish zaruriyati tug‘ilsa, bu quvurlar avtomobil chiqarish trubasiga ulab qo‘yiladi.


ko‘rish ariqchalari, ularda bajariladigan ish turiga qarab ko‘tar- gichlar, harakatlanuvchi voronkalar, moy quyish qurilmalari bilan jihozlanadi.
Ensiz qo‘rish chuquri hamma toifadagi avtomobillarga TXk va ta’mirlashda har tomonlama qulayliklarga ega bo‘lib, tuzilishi jihatidan oddiy va qulay hisoblanadi. Bunday chuqurlar bilan o‘zaro bog‘lanish bo‘lishi uchun yoki chuqur ustidagi maydoncha bilan qulay aloqa bog‘lash uchun, chuqurlar bir-biri bilan yonbosh tomo- nidan ariq (transheya) yordamida tutashgan bo‘ladi. Ensiz ko‘rish ariqchalari yorug‘ emasligi hamda ba’zi bir agregatlarni yechish va o‘rnatishning qiyinligi, enli ariqchalar esa ko‘p joy egallashi kabi kamchiliklarga ega. Boshi berk qo‘rish chuqurlarining usti ochiq bo‘ladi.
O‘tuvchi ko‘rish chuqurlariga tushish, kirish va chiqish uchun usti berk chuqurlar (transheya) bilan tutashtiriladi.
Usti ochiq chuqurlar eni l metrdan kam va 2 metrdan ortiq bo‘lmasligi kerak, chunki unga chilangarlik verstagi va boshqa dastgohlar o‘rnatiladi, transheyalar balandligi l,2—l,6 m, berk chuqurning balandligi l,8 metrdan kam bo‘lmasligi lozim.
Estakadalar — temir-betondan, metall konstruksiyalardan yoki yog‘ochdan balandligi 0,7—l,4 m qilib ishlangan bo‘lib, 20— 25 % qiyalikdagi chiqish va tushish rampalari bo‘lgan ko‘priklardan iborat bo‘ladi. Ular boshi berk va boshi ochiq hamda qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan bo‘lishi mumkin. Avtomobilning ustidan, yonidan va tagidan birdaniga ish bajarish uchun ular chuqur bo‘lmagan ko‘rish ariqchalari bilan birgalikda jihozlanadi. Avtomobillarga dala sharoitlarida TXk va T ishlari bajarilganda hamda avtomobillarni qo‘lda yuvishda estakadalardan foydalaniladi.
Ho‘targichlar — o‘rnatilishi (2.l0-rasm) bo‘yicha ko‘targichlar qo‘zg‘almas va harakatlanuvchan, ko‘tarish mexanizmi bo‘yicha mexanik, gidravlik va pnevmatik, ishga tushirilishi bo‘yicha qo‘l bilan boshqariluvchi va elektrotexnik, joylashishi bo‘yicha pol ustida va ko‘rish ariqchasida bo‘lishi mumkin.
ko‘targichlarning bitta, ikkita, uchta va to‘rtta ustunligi va avto- mobillarni qiyalatuvchi turlari bo‘lishi mumkin. ko‘targichdagi tayanch ramaning tuzilishi bo‘yicha koleyali, koleyalararo va



2.10-rasm. Ikki ustunli l7,l va l7,2 rusumli elektromexanik ko‘targichlar.
ko‘ndalang ramali hamda tayanch traversali turlarga bo‘linadi. Avtokorxonalarda va texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida elektromexanik va gidravlik ko‘targichlar keng qo‘llaniladi.
Elektromexanik ko‘targichlar l, 2, 4 va 6 ustunli bo‘lib, ular- ning yuk ko‘tarish xususiyati l,5—l4 tonnagacha bo‘ladi. Ikki ustunli elektromexanik ko‘targich (2.l0-rasm) 2 ta korobkasimon ustundan va ko‘ndalang birikmadan iborat bo‘lib, har bir ustun ichiga yuk ko‘tarish gaykasi, harakatlanadigan yuruvchi vint joylashgan. Gaykaga koretka o‘rnatilgan bo‘lib, unga ushlagichlar sharnir yordamida joylashtirilgan. Yuk ko‘taruvchi (harakatlanuvchi) vintlar elektrodvigatel yordamida ustunlardan biriga o‘rnatilgan reduktor orqali harakatga keltiriladi, boshqa vintga harakat ko‘ndalang birikma ichiga o‘rnatilgan zanjirli uzatma yordamida yetkaziladi. ko‘targichni boshqarish tugmachali uzgich-ulagich yordamida bajariladi. ko‘ta- rish balandligi l800 mm ni, ko‘tarilish vaqti 45—60 s ni tashkil qiladi. Ikki ustunli ko‘targichda avtomobil kuzov tayanchlari orqali ko‘tarilganligi sababli, uning yurish qismiga ham xizmat ko‘rsatish yoki ta’mirlash imkoniyati tug‘iladi.
MDH davlatlarida 2 t yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan
«M-l33» va «M-l45» modelli yengil avtomobillarni ko‘tarishga mo‘ljallangan elektromexanik ko‘targichlar ishlab chiqariladi.
Avtoservis korxonasi sharoitida ko‘targichlardan foydalanish, ular bilan jihozlangan xizmat ko‘rsatish ishlari bajariluvchi ishchi postlarni har qanday tekis polli joylarda tashkil qilish imkonini beradi.
2.ll-rasmda ikki ustunli fermali (a), to‘rt ustunli elektromexanik

  1. va ikki ustunli gidravlik (d) ko‘targichlar keltirilgan.




a b
2.11-rasm. Ikki ustunli fermali elektromexanik (a), to‘rt ustunli elektromexanik (b) va ikki ustunli gidravlik (d) ko‘targichlar.
d
Qo‘zg‘almas polda joylashuvchi ko‘targichlar bir, ikki, uch va ko‘p plunjerli (silindrli) gidravlik hamda 2, 4, 8, l2 t va undan og‘ir yuk ko‘taruvchi bo‘ladi.
katta yuk ko‘taradigan yuk avtomobillariga TXk va JT ishlarida, yuk ko‘tarishi l6 t bo‘lgan 2 plunjerli elektrogidravlik ko‘targichdan foydalaniladi.
ko‘rish chuquridagi ko‘targichlar ko‘rish chuquriga o‘rnatilgan bo‘lib, oldingi va keyingi ko‘priklarni ko‘tarib, ko‘rish chuquridagi ishlarni bajarishga mo‘ljallangan. Bunday ko‘targichlar gidravlik va elektromexanik bo‘lib, bir, ikki va to‘rt ustunli bo‘ladi.
Undan tashqari, bunday ko‘targichlar ko‘rish chuquriga qo‘z- g‘almas qilib, yo‘naltiruvchi to‘sinlarga turli kronshteynlar yorda- mida o‘rnatilib, ular roliklar yoki g‘ildirakchalar orqali harakatga keltiruvchi qilib o‘rnatilishi mumkin. Bir plunjerli gidravlik ko‘tar- gich transmissiya agregatlarini avtomobildan yechib olish va o‘rniga qo‘yish uchun mo‘ljallangan. ko‘targichdan turli maqsadlarda foydalanishda, uning shtogi uchiga har xil ilgaklar o‘rnatiladi.
ko‘rish chuquriga o‘rnatilgan ko‘targich bo‘ylama hamda ko‘ndalang yo‘nalish bo‘yicha harakatlanib, 4 tonnagacha bo‘lgan yukni 60 sm balandlikkacha ko‘taradi, uzatmasi qo‘lda.
Garaj domkratlari — yer ustidagi maydonchalarda hamda jihozlanmagan qarash chuqurlarida ish bajarilganda avtomobilning oldingi yoki ketingi qismini ko‘tarish uchun xizmat qiladi.
Garaj domkratlari harakatlanuvchi yuk ko‘tarish mexanizmlari bo‘lib, ular ko‘tarish moslamasi va kuch hosil qiluvchi qismdan
2.16-rasm. 5.3202 rusumli yig‘ma gidravlik kran.
5.3202 rusumli kran gidravlik yuritmali bo‘lib, 250—500—750—l000 kg yuk ko‘tara oladi. Ilgak balandligi min l0— l00—l90—280 mm, maks 2030—l955— l880—l805 mm, tirsak uzunligi ll00— l0l0—920—830 mm. Tashqi o‘lchamlari l260980l400 mm, massasi 75 kg.

Bu kran tirsagi uzunligining uzayishiga qarab, yuk ko‘tarishi 200 dan l000 kg gacha bo‘ladi. kran barcha uzel, detallardan tashqari ko‘tarish tirsagi — gidrosilindrlardan iborat.



      1. transmissiya agregatlari uchun harakatlanuvchi ustun (rusumi— kE-32, yuk ko‘tarish xususiyati 600 kg, ko‘tarib olish balandligi ll25 mm, ko‘tarish balandligi

l950 mm, tashqi o‘lchamlari 375305ll2 mm, massasi 49 kg);

      1. buklanuvchan harakatlanuvchi kran (rusumi — 5.l3l0, yuk ko‘tarish xusu-

siyati 250—500—750—l000 kg, ilib olish balandligi l0—l00—l90—280 mm, maks 2030—l955—l880—l805 mm, ko‘tarish uzunligi ll00—l0l0—920— 830 mm, tashqi o‘lchamlari l260980l400 mm, massasi 75 kg.

2.17-rasm. Transmissiya agregatlari uchun ustun (a) va ko‘targich (b).

Elektrotelfer ra tallar (2.l8-rasm) — bir to‘sinli temiryo‘lga osilgan bo‘lib, belgilangan og‘irlikdagi yuklarni yuqoriga ko‘tarib, gorizontal yo‘nalishda belgilangan joyga eltish uchun xizmat qiladi. Elektrotelferning yuk ko‘tarishi 0,25 dan 5,0 tonnagacha. Yuk ko‘tarishi l tonnagacha bo‘lganlari (maxsus uzatmalarsiz) bir to‘sinli bo‘lib, temiryo‘l bo‘ylab harakatlanadi.








b

2.18-rasm. Agregatlarni avtomobildan ko‘tarish-tashish jihozlari:



  1. lebyodka; b) elektr tali.

Ho‘prikli kran (2.l9-rasm) — uch yo‘nalish bo‘yicha yuk tashishga mo‘ljallangan. Ular osma g‘ildirakchalarda harakatlana- digan hamda uzatmasi elektrli yoki qo‘l bilan bo‘ladi. AS korxona- larida eng ko‘p qo‘llaniladigan to‘sinli kranning yuk ko‘tarishi l dan 3 tonnagacha bo‘ladi.
Yuk ararachasi — ishlab chiqarish binosi hududidagi yuklarni tashish uchun xizmat qiladi. Aravacha avto- mobilga yuk ortadigan hamda tushira- digan moslamaga ega. Masalan: avto- mobillarning uzatmalar qutisi, reduk- tor, ko‘priklar, kardan vali, ressorani avtomobildan yechadigan va o‘rniga o‘rnatadigan moslamalari mavjud.
Yuk avtomobillarining g‘ildiraklari yig‘ilgan holatda (ayniqsa, juftlan- ganlari) katta og‘irlikka ega. Shuning uchun ularni yechib olish va o‘rnatish

ma’lum qiyinchiliklarni tug‘diradi. Bu ishlarni yengillatish uchun avtomobil
2.19-rasm. ko‘prikli kran.

g‘ildiraklarini yechib olish, o‘rnatish hamda ularni ta’mirlash sex- lariga eltish uchun maxsus aravachalardan (2.20-rasm) foydalaniladi.
Ag‘dargichlar — avtomobilga tag tomonidan xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda yonboshlatish (2.2l-rasm) uchun xizmat qiladi.
Eng ko‘p yuk ko‘tarish xususiyati 2 t va eng ko‘p yonboshlatish burchagi 90 ni tashkil qiladi. Ular payvandlash, kuzov va bo‘yoq- chilik ishlarida hamda yengil avtomobillar tagiga zanglashga qarshi ishlov berishda ishlatiladi.

2.20-rasm. Avtomobillar g‘ildiraklarini yechib olish, o‘rnatish va tashish uchun aravacha:

  1. umumiy ko‘rinishi;

  2. ish jarayonida.

a

b
2.21-rasm. Ag‘dargich:

    1. umumiy ko‘rinishi; b) ag‘darish

a jarayonida.
Honreyerlar — avtomobillarga TXkda ularni joydan joyga ko‘chirish uchun qo‘llaniladi. Harakatlanish turiga qarab konve- yerlar beto‘xtov va to‘xtab-to‘xtab harakatlanadigan turlarga bo‘linadi.
Itaruvchi konveyer uzatma, tortish qismi (zanjir, tros)dan va yo‘naltiruvchi yo‘ldan iborat.
Avtomobillar itaruvchi tirgak yoki eltuvchi aravacha yordamida harakatlanadi. Tortuvchi qismida vtulka-rolikli zanjir ishlatiladi. konveyerning uzatmasi zanjir yoki trosni harakatga keltirish uchun xizmat qilib, u reduktor, elektr dvigatel, ponasimon tasmali uzat- madan va yulduzchasimon yetaklovchi tishli g‘ildirakdan iborat. Tortish qismidagi vintli mexanizm yordamida zanjirning tarangligi rostlanadi.
Zamonaviy garaj konveyerlari avtomatik boshqarish uslubiga asoslangan. konveyerning harakatlanishini maxsus xodim (ope- rator) pult tugmasi yordamida boshqaradi. Avtomobil konveyerda
oxirgi ishchi postiga borganda, u yerga o‘rnatilgan avtomatik uzgichlarning tugmasini avtomobil g‘ildiragi bosib konveyerni harakatdan to‘xtatadi. Hamma ish joylarida ish tugashi bilan (ish tugaganligi to‘g‘risidagi signalni qabul qilib) boshqarish operatori konveyerni yurgizib yuboradi. Bundan tashqari, u ish joylariga tovush vositalari yordamida konveyerni yurgizayotganligi to‘g‘risida xabar beradi. Shunday qilib, konveyerni yurgizishdan oldin yorug‘lik yoki tovush signallari orqali xabar berib turiladi.
Moylash-quyish jihozlari surkov moylarini almashtirish, avto- mobil agregatlarini tormoz va sovitish suyuqliklari, havo bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. Ular maxsus va aralash (ko‘chmas va ko‘chma) xillarga bo‘linadi.
Moy tarqatish kolonkasi dvigatellarga motor moyi quyish uchun xizmat qiladi. U bir marta va jami quyilgan moy miqdorini ham o‘lchaydi. Bu kolonka moy rezervuaridagi nasos qurilmasiga mahkamlab qo‘yiladi. kolonka tarkibiga tarqatish jo‘mragi o‘rna- tilgan shlang, sarf o‘lchagich va boshqa asboblar kiradi.
ko‘chmas solidol yuborgich avtomobil uzellarini press-moydon yordamida plastik moylar bilan moylash uchun xizmat qiladi. U to‘pponchali to‘rtta shlang, elektr yuritmali plunjerli nasos, apparatlar javoni va hokazolardan tashkil topadi.
Aralash uskuna avtomobil uzellarini moylash, dvigatellarga mo- tor moyi quyish, suv quyish, shinalarga dam berish, tormozlar- ning gidroyuritmalariga tormoz suyuqligi yuborish va havoni chi- qarib yuborish uchun xizmat qiladi. Uskuna pnevmatik nasosli moy va surkov moylari baklari (uchta), to‘pponchali beshta o‘zi o‘rala- digan shlanglardan iborat.
iborat bo‘ladi. Ular avtomobillarning oldingi yoki orqa qismidan osish uchun xizmat qiladi. ko‘tarish mexanizmining turi bo‘yicha, asosan, gidravlik bo‘lib, qo‘l bilan boshqariladi (2.l2-rasm).


2.12-rasm. MEGA

n
MG-20 rusumli harakatlanuvchi, yuk ko‘tarish qobiliyati 20 tonnaga ega bo‘lga gidravlik va SHINN
FU rusumdagi pnevmogidravlik domkratlar.


Garaj domkratlari (2.l3—2.l5-rasmlar)ning yuk ko‘tarish qobiliyati l,6—l2,5 t oraliqda bo‘lib, ko‘tarish balandligi 430— 700 mm ni tashkil etadi. Ulardan avtoservis korxonalarida TXk va JT ishlarini pol ustidagi postlarda bajarishda foydalaniladi.



2.13-rasm. MFHT

rusumidagi garaj domkrati.


Turi harakatlanuvchan, pnevmogidravlik, ko‘tarish xususiyati 20/40/60 t, teleskopik, shtok yo‘li 77+78+78 mm, pol sathidan ko‘tarish balandligi 5l5 mm, minimal balandlik l80 mm, uzunligi l085 mm, 7—l0 bar, 270 l/min, og‘irligi 77 kg.
Agregat ra uzellarni ko‘tarish- tashish qurilmalari — agregat va boshqa yuklarni ko‘tarish, tashishda qo‘zg‘a- luvchan kran, yuk aravachasi, qo‘lda ko‘tarish tallarida hamda bir to‘sinli (monorels) yo‘lda harakatlanuvchi, elektrotelfer va to‘sinli (balka) kranlar- dan foydalaniladi. Avtomobillarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishda garaj konveyerlari ishlatiladi.
Qo‘zg‘alurchan kran — avtomo-
billarga dvigatelni o‘rnatishda hamda 2.14-rasm. Nasos
yuklarni ko‘tarish va ularni uzoq bo‘l- bilan jamlangan


2.15-rasm. Saqlovchi



magan masofaga tashishga xizmat
qiladi.



    1. l080 rusumli gidrosilindr.

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish