Madaniy belgilar va ularning turlari



Download 21,3 Kb.
Sana12.04.2022
Hajmi21,3 Kb.
#544844
Bog'liq
Madaniy belgilar va ularning turlari


MADANIY BELGILAR VA ULARNING TURLARI
Madaniyat — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli ko‘rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma naviy boyliklarda ifodalanadi.
"Madaniyat." tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik madaniyat.), konkret jamiyat, elat va millat (o‘zbek madaniyati), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining o‘ziga xos sohalari (mas, mehnat madaniyati, badiiy madaniyat, turmush madaniyati)ni izohlash uchun qo‘llaniladi. Tor ma’noda "Madaniyat" atamasi kishilarning faqat ma naviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi.
Madaniyat - umuminsoniy hodisa, faqat bir xalqqa tegishli, faqat bir xalqning o‘zigina yaratgan sof madaniyat bo‘lmaydi va bo‘lishi ham mumkin emas. Har bir milliy madaniyatning asosiy qismini shu millat o‘zi yaratgan bo‘lsada, unda jahon xalqlari yaratgan umuminsoniy madaniyatning ulushi va ta siri bo‘ladi, albatta. Madaniyat hech qachon sinfiy hodisa bo‘la olmaydi. U barchaga baravar xizmat qiladi. Masalan, san at va adabiyot durdonalari, me morlik obidalari, maqomlar, fan yutuqlari va boshqa barchaga tegishlidir.
Madaniyat kishilar faoliyatining faqat moddiy natijalari (mashinalar, texnik inshootlar, san at asarlari, huquq, axloq normalari va h.k.)ni emas, shu bilan birga, kishilarning mehnat jarayonida voqe bo‘ladigan subyektiv kuch-quvvatlari va qobiliyatlari (bilim va ko‘nikmalari, ishlab chiqarish va professional malakalari, intellektual, estetik va axloqiy kamoloti, dunyoqarashi, ularning jamoa va jamiyat doirasidagi o‘zaro muomalalari)ni ham o‘z ichiga oladi.
Madaniyatning 2 asosiy turi — moddiy va ma naviy ishlab chiqarishga qarab moddiy va ma’naviy madaniyatga bo‘linadi. Moddiy madaniyat moddiy faoliyatning barcha sohalarini hamda uning natijalari (mehnat qurollari, turar joy, kundalik turmush buyumlari, kiyim-kechak, transport, aloqa vositalari va boshqalar)ni o‘z ichiga oladi. Ma naviy madaniyatga ong , ma naviyat sohalari kiradi (bilim, axloq, ta lim-tarbiya, huquq, falsafa, etika, estetika, fan, san at, adabiyot, mifologiya, din va boshqalar).
Har bir jamiyat o‘z madaniyati va tiliga ega. Jamiyatlarning almashinishi bilan madaniyat tipi ham o‘zgaradi, biroq bu hol madaniyat taraqqiyoti uzilib qolganini, eski madaniyat yo‘q bo‘lib madaniy meros, o‘tmish qadriyatlardan voz kechilganini anglatmaydi. Zotan, har bir yangi jamiyat o‘zidan ilgarigi jamiyatning madaniy yutuklarini zaruriy ravishda meros qilib oladi va ularni ijtimoiy munosabatlarning yangi tizimiga kiritadi.
Madaniyatshunoslik fanini o‘rganishda madaniyat so‘zining ma no-mazmunini bilish, idrok qila olish muhim o‘ringa ega. Madaniyat so‘zi Madina shahri nomi bilan bog‘liq holda kelib chiqqan. Madina - to‘liq arabcha nomi Madinat-Rasulilloh, ya ni payg‘ambar shaxri hisoblanib, obodonchiligi, ko‘rkamligi bilan Arabistondagi aholi yashaydigan boshqa manzilgoxlardan ajralib turar edi. Shuningdek, Madina Makkadan keyin musulmonlar ibodat qiladigan eng yirik shahardir. SHu tarika madaniyat so‘zi bizning o‘lkamizga Madina shahri nomi bilan, islom dini bilan bog‘liq tarzda kirib kelgan.
Fanda, odamlar o‘rtasidagi mulokatda madaniyat so‘zi bilan bir qatorda kultura so‘zi ham ishlatiladi. Kultura so‘zi lotincha "culture" so‘zidan olingan bo‘lib, "ishlov berish", "ekib o‘stirish" ma nosini bildiradi. Rus faylasuflari N.Berdyayev va V.Rozinovlar "kultura" so‘zining "kult" ya ni diniy ibodat, siginish so‘zidan kelib chiqqanligini kayd etganlar.
Hozirgi paytda insoniyat faoliyatining ko‘pgina sohalarida madaniyat yoki kultura so‘zi qo‘llaniladi. Qadimgi Rimda madaniyat deganda shaxsning tarbiyalanganlik, ma rifatlilik darajasi tushunilgan. Keyinroq madaniyat deganda shaxsning qadr-qimmati, takomilligi tushunilgan. Nemis faylasufi F.SHiller kishilardagi insoniylik fazilatlarini, uning ichki dunyosi, ma naviylik darajasini madaniyat deb tushuntirgan. Amerikalik madaniyatshunos olim Eduard Teylor (1832-1917) madaniyat atamasini ilm-fanga kiritdi. Teylor o‘zining "Pervobbitnaya kultura" (1871) asarida: "madaniyat keng ma noda kishining jamiyat a zosi sifatida o‘zlashtirgan bilimi, e tikodi, san ati, axloq- odobi, qonun-qoidalari va boshqa bir qator qobiliyatlari va odatlari yigindisidan tashkil topadi", deb ta kidlaydi.
Faylasuf va madaniyatshunos V.M.Rozin iborasi bilan aytganda "Kancha yirik madaniyatshunos bo‘lsa shuncha nazariyalar, tushunchalar mavjud" (V.M. Rozin. Kulturologiya. Uchebnik. - M., 1998, 49-bet). Darhaqiqat, E.Teylor zamonida madaniyatning 7 ta ta rifi bo‘lgan bo‘lsa, 1950 yillarda uning soni 150 taga, hozirgi kunda esa madaniyatga berilgan tushunchalar soni 400 taga yetadi. Bu ta riflar umumlashtirilsa madaniyat so‘zining ma no-mazmunini quyidagicha tushunish mumkin:
Madaniyat-uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma naviy boyliklar, asori-atiqalar yigindisi.
Madaniyat - u yoki bu jamiyatga xos falsafiy qarashlar, ilm, fan, maorif, san at, axloq, din, huquq, siyosat, maishiy xizmat ko‘rsatish darajasini aks ettiruvchi omillar, ijtimoiy taraqqiyot darajasi.
Madaniyat - insonlar hayotida, jamiyat rivojida shakllangan milliy, umuminsoniy qadriyatlar majmui.
Madaniyat - har bir kishining tarbiyalanganligi, insoniylik fazilatlari va ijodiy faoliyatining ifodasidir.
Madaniyatni qo‘llanilishiga karab shaxsiy, oilaviy, kasbiy, tabaqaviy, milliy madaniyat, jamiyat madaniyati, umuminsoniy madaniyat kabi shakllarga bo‘lib o‘rganish ham mumkin. Kundalik hayotda "muomala madaniyati", "mehnat madaniyati", "nutq madaniyati", "ishlab chiqarish madaniyati", "xizmat ko‘rsatish madaniyati", "dam olish madaniyati", "huquqiy madaniyat" kabi tushunchalar ham qo‘llaniladi.
Madaniyat, avvalo, ijtimoiy vazifalarni, ya’ni shaxsni, odamni inson qilib shakllantirish va tarbiyalash vazifasini bajaradi. Madaniyat har bir shaxsning insoniyat yaratgan bilimlarni, ma naviy qadriyatlarni, tartib-qoidalarni o‘zlashtirib olish, tarbiyalash, jamiyatning to‘la huquqli a zosi sifatida faoliyat yuritish qobiliyatini shakllantirish vazifasini bajaradi. Insonning tabiat hukmronligidan ajralib chiqishi madaniyatga xos ayrim elementlarning shakllanishi bilan birga sodir bo‘ladi. Aynan madaniyat orqali har bir shaxs jamiyatda to‘plangan tajribalarni, an analar va urf-odatlarni turmush tarzini o‘zlashtiradi, ular keyingi avlodlarga etkaziladi.
Madaniyat axborotlarni o‘zlashtirish, bilish, tushunish vazifasini bajaradi. Madaniyat inson uchun dunyoni bilish, dunyo to‘g‘risida turli ma lumotlar, axborotlar olish, ularni avloddan avlodga o‘tib borishini ta minlaydi.
Madaniyat tartibga soluvchi vazifani ham bajaradi, ya ni kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni belgilangan tartib-qoidalar, axloqiy-huquqiy normalar asosida tartibga solishga xizmat qiladi.
Madaniyat kishilar o‘rtasida o‘zaro fikr almashuv bilan bog‘liq bo‘lgan, aloqa uchun xizmat qiladigan vazifani bajaradi. Bu borada til asosiy vosita rolini o‘ynaydi. Gap shundaki, madaniyatning bir qator sohalari - fan, san’at, texnika va boshqalarning o‘ziga xos tili bo‘lib, ularni bilmasdan turib madaniyatni to‘laligicha bilib bo‘lmaydi.
Download 21,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish