Mahalla atamasi arabcha boʻlib, «oʻrin-joy» degan maʼnoni anglatgan. U turli mintaqalarda mahallot (joy), guzar, jamoa, elat, elod nomlarda atalib kelingan



Download 63 Kb.
Sana27.05.2022
Hajmi63 Kb.
#611516
Bog'liq
1-maqolam


Mahalla atamasi arabcha boʻlib, «oʻrin-joy» degan maʼnoni anglatgan. U turli mintaqalarda mahallot (joy), guzar, jamoa, elat, elod nomlarda atalib kelingan.(manbasini yozing) Adabiyotlarda Mahallaning koʻp ming yillik tarixga ega ekanligi haqida maʼlumotlar uchraydi. Masalan, Narshaxiy oʻzining «Buxoro tarixi» asarida Buxoroda bundan 1100-yillar ilgari bir qancha Mahallalar boʻlganini qayd etib oʻtgan. Asar yozilgan yilga nisbatan 1100 yil olinganmi Alisher Navoiy oʻzining «Hayrat ul Abror» asarida mahallani «mahalla shahar ichidagi shaharcha»dir deb taʼriflaydi, Hirot shahri. yuz shaharcha ahamiyatiga ega boʻlgan Mahallalardan tashkil topganligini aytib oʻtadi. Mahallalar, ayniqsa, Amir Temur davrida ravnaq topgan. Mahallalar fuqarolarning kasbkori asosida shakllangan va shunga qarab nomlangan. Masalan, zargarlik, misgarlik, koʻnchilik, pichoqchilik, qoshiqchilik, temirchi, egarchi, taqachi va boshqalar. Mahalla, qadimda mahalliy hokimiyatning oʻziga xos bir shakli, koʻrinishi tarzida faoliyat koʻrsatgan. Mahallani boshqarish jamoatchilik asosida olib borilib, oʻzining yozilmagan ichki tartibqoidalariga ega boʻlib, u hamma uchun birdek qonuniy hisoblangan.
Mahallaga ijtimoiy institut sifatida qaraydilar. Haqiqatan ham uning jamiyat tinchligi va barqarorligi, taraqqiyotida tutadigin o'rni beqiyosdir. Chunki, mahallalarda mamlakatimiz fuqarolari umrguzaronlik qiladalar, yosh avlod – bolalar va o'smirlar kamol topadi, ta'lim-tarbiya olib, voyaga yetadi.
Mahallaga e'tibor – bugunni qadrlash, kelajakka esa umid va ishonch bilan qarash masalalari bilan chambarchas bog'liqdir. Shu boisdan O'zbekiston mustaqilligining ilk davrlaridan boshlaboq bu borada mamlakat miqayosidagi qator chora-tadbirlarni belgilashga kirishildi. Masalan, 1992 yil 12 sentabrda Respublika “Mahalla” xayriya jamg'armasining tashkil etish to'g'risidagi, 1992 yil 8 oktabrda “Respublika “Mahalla” xayriya jamg'armasiga mablag' ajratish to'g'risida” chiqazilgan Prezident Farmonlarini aytsa bo'ladi. Shu bilan birga Respublika “Mahalla” xayriya jamg'armasi huzurida “Mahalla” o'quv uslubiy markazi tashkil etildi. O'zbekiston “Mahalla” xayriya jamg'armasining nashri – Respublika “Mahalla” gazetasi ta'sis etildi. 1993 yil 2 sentabrda “Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida”gi Qonunning qabul qilinishi, 1994 yil 23 aprelda “Ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik makazi”ning tashkil etilishi ham ilk davrda bu boradagi ishlarning salmoqlilaridan hisoblanadi.
1998-y. 23-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlarini qoʻllab-quvvatlash haqida»gi farmoniga koʻra, Mahalla rahbariyatining (rais, kotib) faolligini oshirish, ijtimoiy muhofaza qilish va qoʻllabquvvatlash maqsadida ularning ish haqi oshirildi, pensioner raislarga pensiyani toʻliq olishlariga ijozat berildi. Natijada Mahalla rahbariyatining manfaatdorligi va nufuzi ortdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning tashabbusi bilan 2003-y. Oʻzbekistonda «Obod mahalla yili» deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2003-y. 7-fevralda qabul qilgan «Obod mahalla yili» dasturiga binoan, Mahalla nufuzini koʻtarishga qaratilgan muhim vazifalar amalga oshirildi.
Ayniqsa, keyingi yillarda mahallalrga berilayotgan e'tibor yanada ortdi. 2020 yilda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga ko'ra «O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligini hamda shu Vazirlik huzurida «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutining tashkil etilganligi bunga yaqqol dalolatdir.
Xalqimiz azaliy an'analari, qadriyatlarini tiklanishi va targ'ibotchiligida, yoshlarimiz ongida ma'naviy-axloqiy fazilatlarni hamda madaniyat elyemyentlarini shakllantirishda mahalla muhim o'rin egallaydi. Shunday ekan, mahallaga, uning maqomini oshirishga, ayni vaqtda uning ish faoliyatini yanada samarali tashkil etishga bo'lgan etiborning tobora dolzarb ahamiyat kasb etib borayotganligini tushunish aslo qiyin emas.
Mahallalarda yashaydigan odamlarning hayot tarzi jamoaviylikka asoslangan bo'lib, bu an'ana azaldan buyon (ibtidoy davrning so'nggi bosqichlaridan) davom etib kelmoqda va u mahalla hayotining o'ziga xos xususiyatini belgilaydi. O'zbeklar uchun xos bo'lgan bunday jamoaviy uyushma ilk o'rta asrlar va undan keyingi davrlarda “qishloq jamoasi”, “jamoa”, “qo'ni-qo'shni jamoa”, shaharlarda esa ilk o'rta asrlardan buyon “mahalla” tarzida atab kelingan.
Mahalla hududida yashovchi aholining bir-birlari bilan ahil-inoqligi, qo'ni-qo'shnichilik munosabatlarining qadriyat sifatida to'g'ri yo'lga qo'yilganligi hududning nafaqat tinchlik-barqarorligida, ayni vaqtda rivojlanib borishi, taraqqiyotida ham muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, bu yerda istiqomat qilayotgan yoshlarning ulg'ayishi, kamol topib borishi ko'p jihatlardan mahallalarda ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham bog'liqdir.
Har bir inson o'z oldiga katta maqsadlar qo'yib, unga erishish uchun o'zgalar yordamiga, ko'magiga ehtiyoj sezadi. Demak, hamkorlik bilan, jamoaviy tarzda bajariladigan ishlar besamar ketmaydi, ya'ni, maqsad-muddaolarga erishish uchun zamin yaratiladi va natijaga erishiladi. Bu haqda ulug' allomalarimiz dan Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida , Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib va boshqalarning asarlarida ham qayd etib o'tilgan.
Mahallaga bolalar – yoshlarimiz uchun ta'lim-tarbiya maskani sifatida ham qaraymiz. Chunki ularning hayot tarzi, kuzatuvlari avvalam bor, o'zlari yashayotgan hudud – mahallada kyechadi. Doimiy ravishda atrof-muhitni ko'zdan kechirishga, odamlar bilan muloqot qilishga to'g'ri keladi. Shu bilan birga ular darsdan keyin foydali mashg'ulotlar bilan shug'ullanish imkoniga ega ham ega bo'ladilar.
Amir Temur va Temuriylar, O'rta Osiyo xonliklari davrlarida ham bolalarning ta'lim-tarbiyasi e'tibordan chetta qolib ketmagan.
XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida esa O'rta Osiyo podsho Rossiyasining ta'siriga tushgach, aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og'irlashib, qoloqlik botqog'iga bota bordilar. Shunday sharoitda Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat singari jadidlar, taraqqiyparvar ziyolilar Vatan taqdiri, mustaqilligi xalqqa, shuningdek, yoshlarga beriladigan bilim, ta'lim-tarbiya bilan bog'liq ekanligini matbuot sahifalarida ko'p bora qayd etdilar. Shu bilan birga mamlakat taqdiri oilaviy munosabatldarga blog'liq ekanligini ta'kidlab, “Millatning taqdiri mana shu millat vakillari yashaydigan oilaning holatiga bog'liqdir”- degan edi Abdirauf Fitrat.
Mahalla idorasida, shuningdek, hududning mos joylarida ulug' allomalarimiz, xalq qahramonlarining rasmlarini, taraqqiyotga yo'naltiruvchi o'git va nasihatlari bitilgan tablo yoki bezakli doskalarning o'rnatilishi kishilar uchun, ayniqsa yoshlarga ibrat, saboq hamda iftixor nuqtai nazardan muhimdir.
Yangi jamiyat bunyodkori bo'lmish yosh avlodni tarbiyalashda hozirgi vaqtda samarali faoliyat olib borayotgan, bu noyob tuzilmani tom ma'noda o'z-o'zini boshqarish idorasiga aylantirishga katta hissa qo'shib kelayotgan mahalla fuqarolar yig'inlarining diniy, ma'rifat va ma'naviy-axloqiy masalalar hamda yoshlar bilan ishlash bo'yicha maslahatchilarining ijobiy ta'siri tobora ortib bormoqda.
Mahallada har bir kishining, ayniqsa yoshlarning madaniy qiziqish va ehtiyojlarini to'la inobatga olish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, axloqiy va jismoniy o'sishlariga e'tibor byerish, ularning bo'sh vaqtlarini samarali tashkil etilishi katta ahamiyatga ega. Zero bo'sh vaqtni oqilona uyushtirish yoshlar sog'lig'ini saqlash va mustahkamlashning, madaniy saviyasi, dunyoqarashi o'sishining, axloqiy va estetik jihatdan tarbiyalashning muhim shartlari sirasiga kiradi.
Yoshlarning hayoti va turmush tarzida teleekran, internet, radio, kino, vaqtli matbuot, badiiy adabiyot muhim o'rin tutadi. Bu vositalar orqali ularning bilim doiralari yanada boyib, dunyo voqealaridan, madaniyat yangiliklaridan muntazam xabardor bo'lib bormoqdalar. Mahallada yoshlarning dam olishlarini tashkil etishda hamda madaniy saviyalarini oshirishda turli tadbirlarni o'tkazish muhim ahamiyatga ega. Bunda yoshlarning qiziqishlari inobatga olinishi muhim hisoblanadi.
Dam olish kechalari badiiy havaskorlik jamoalari hamda san'atkorlarning konsertlari bilan, badiiy va hujjatli filmlarni namoyish qilish orqali yoki texnika, adabiyot va musiqaga oid ko'rgazmalar, ommaviy-attraktsion o'yinlar, va savol-javob kechalari shaklida bo'lishi mumkin.
Mahallada odamlarning hatti-harakatlari, voqelikka, har qanday yangilikka nisbatan munosabati, eng avvlo yuksak axloq-odob, shaqona vazminlik, ota-bobolarimizga xos mulohazakorlik, qiyin va murakkab vaziyatlarda ham shaxsiy manfaatlardan umumdavlat va umumxalq manfaatlarini ustun qo'yish, jamoa uchun yashash kabi insoniy fazilatlarga qaratilgan. Shu va shunga o'xshash fazilatlar milliy qadriyatlar darajasiga ko'tarilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 14-moddasida “Davlat o'z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko'zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi”, - deb belgilanagn.
O'zbekistonning har bir fuqarosi millati, dinidan qat'iy nazar shaxs sifatida o'z qobiliyatini, iste'dodini yuzaga chiqazish, nomoyish qilish va o'z hayotini farovon qilish imkoniyatiga ega. Ayniqsa yoshlarda mulkka, yerga egalik hissini tarbiyalash, o'z kuchiga, irodasiga ishonch ruhini kamol toptirish dolzarb vazifalarldan biri hisoblanadi. Bu esa komil inrsonni shakllantirishning muhim omili hisoblanadi. Komil insonni shakllantirish esa sivilizatsiyaning ma'no-mazmunini tashkil etadi. Shu tariq yoshlarda madaniy kompyuterlarning shakllanishiga keng yo'l ochiladi.
O'zbekistonning ko'pmillatlilik xususiyati turli millatlar manfaatlarini uyg'unlashtirishni taqozo etadi. Ular orasida o'zaro totuvlikni ta'minlash esa taraqqiyot va tinchlik-barqarorlikning muhim omillaridan hisoblanadi. Bu borada yurtimizda samarali faoliyat olib borilmoqda.
Har qanday kasallikni oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog'lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta'bir joiz bo'lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimizni davrning o'zi taqozo etmoqda


Adabiyotlar: Karimov I. A., Bizdan ozod va obod Vatan qolsin, T., 1996; Maliskiy N. G., Toshkent mahalla va mavzelari, T., 1996; Mahalla: oʻzini oʻzi boshqarish huquqiy kafolati (qonunchilik va meʼyoriy hujjatlar toʻplami), T., 1999; Toshkent mahallalari: anʼanalar va zamonaviylik, T., 2002
Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish