Mahalliy byudjetlar xarajatlari va ularni minimallashtirish



Download 23,75 Kb.
bet1/2
Sana31.05.2023
Hajmi23,75 Kb.
#947080
  1   2
Bog'liq
Mamajonov Jamshidjon Tezis


Mamajonov Jamshidjon
FarDU Iqtisodiyot fakulteti
19.125 guruh talabasi
Mahalliy byudjetlar xarajatlari va ularni minimallashtirish.
Ma’lumki,hududiy hokimliklar va davlat boshqaruvi organlarining mahalliy byudjetlar bilan bog’liq bo’lgan eng asosiy muammolaridan biri -bu hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir xarajatlarni moliyalashtirish uchun qo’shimcha daromadlar bazasining yetarli emasligi va ayrim daromadlarni erkin tasarruf qilishga xalaqit beruvchi qonunchilikdagi mavjud cheklovlar edi.Bu esa o’z navbatida ,hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan Hukumatimiz va hududiy hokimliklarning qarorlari va farmoyishlari sifatli va to’laqonli ijrosini ta’minlashda bir qancha salbiy oqibatlarni kelib chiqishiga olib kelgan.
Mahalliy byudjetlar umumdavlat miqyosidagi iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarini amalga oshirishda, birinchi navbatda, davlat mablag‘larini taqsimlash va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ular mahalliy hokimiyatlarning faoliyat ko‘rsatishlarida asosiy moliyaviy manba bo‘lib, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini joylarda amalga oshirishda asosiy rolni o‘ynaydi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to‘laroq, qondirishni hamda davlatning markazlashgan tartibda amalga oshiradigan tadbirlarning bajarilishi bilan chambarchas bog‘langan holda ijro etishga imkon yaratib beradi. Respublika va mahalliy byudjetlari o‘rtasidagi munosabatlarni, bog‘liqligini yanada takomillashtirish, shubhasiz regionlarni iqtisodiy rivojlantirish, ular o‘rtasidagi iqtisodiy nomutanosiblikka mumkin qadar barham berishdan iborat. Bundan tashqari, mahalliy byudjetlarga tushumlarning yangi manbalarini qidirib topish, soliq undirishning progressiv tizimini joriy qilish va mavjud soliq tushumlari asosini takomillashtirish sohasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan bo‘lsada bu ishlarning haqiqiy holati hali to‘liq o‘rganilmagan. Shu sababli mahalliy byudjetlar moliyaviy barorligini ta’minlash, samarali shakllantirish masalalarini o‘rganish va tahlil qilish zarurdir.
Mahalliy byudjetlar tarkibida byudjet dotatsiyasi va subventsiyalari ulushini kamaytirishda mamlakatimiz hududlarining iqtisodiy rivojlanish darajasi turlicha ekanligini ularning moliyaviy ta’minlanish ko‘rsatkichlarida ko‘rishimiz mumkin. Shunga muvofiq ravishda hududlar miqyosida daromadlarning soliq bazasi va xarajatlarning umumiy miqdori ham farq qiladi. Ayni chog‘da, mamlakatning o‘z byudjetini shakllantirish huquqiga ega har bir ma’muriy hududi, daromadlar bazasi hajmidan qat’iy nazar, o‘sha hududda yashovchi aholini davlat tomonidan kafolatlangan muayyan ijtimoiy-madaniy xizmatlar bilan ta’minlashi shart. Hayot go’zal
mahalliy byudjet mamlakat milliy xo‘jaligini moliyaviy jihatdan tartibga solish, byudjet daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish jarayonlarini samarali tashkil etishda dolzarb vazifani bajaradi. Qonunchiligimizda ta’kidlanishicha, mahalliy byudjet davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Mahalliy byudjetlar hududiy davlat boshqaruv organlari moliyaviy tizimining birlamchi tarkibiy qismi sanaladi. Shu bilan bir qatorda, ular mahalliy organlarni o‘z oldilarida turgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funktsiyalarni amalga oshirishlari uchun moliyaviy resurslar bilan ta’minlab turadi. Hududiy boshqaruv organlari faoliyatining asosiy moliyaviy negizini mahalliy byudjetlar tashkil etadi. Zimmalaridagi vazifalar muvaffaqiyatli bajarilishi ko‘p jihatdan ularning moliyaviy mablag‘larga egaligiga bog‘liq. Hududlarning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi mahalliy byudjetlar orqali moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlab boriladi. Demak, mahalliy byudjet daromadlari hamda xarajatlarini muvofiqlashtirish respublika va uning hududlari rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalliy byudjet davlat byudjeti iqtisodiy kategoriyasining tarkibiy qismi sirasiga kiradi. Iqtisodiy ma’noda u hududiy boshqaruv organlari o‘z vazifa va funktsiyalarini ado etishlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan davlatning markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondidir. Huquqiy nuqtai nazardan esa, mahalliy byudjet mahalliy boshqaruv organlarining vazifa va funksiyalarini moliyaviy ta’minlashga mo‘ljallangan pul mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etish va sarflashning qonunan belgilangan shaklidir. Byudjet huquqiy akt maqomiga ega bo‘lib, vakolatli hokimiyat organi tomonidan qabul qilinadi va qonuniy kuchga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti hamda mahalliy byudjetlar daromadlar va xarajatlar bo‘yicha muvozanatlashgan (balanslashgan) bo‘lishi shart. Rejali xarajatlarning uning daromadlaridan ortishi (defitsit) faqat respublika byudjeti parametrlarida ko‘zda tutilishi mumkin. Mahalliy byudjetlarning iqtisodiy faoliyat yuritishlari o‘z daromad manbalari mavjudligi bilan xarakterlanadi. Ular o‘z hududlarida turli yo‘nalishdagi vazifalarni bajarishlari uchun yetarli miqdorda moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lishlari zarur. Qilingan xulosalar asosida mahalliy byudjet daromadlarini oshirish, byudjet mustaqilligiga erishish va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga yechim topish maqsadida quyidagi taklif va tavsiyalarni berish mumkin: Birinchidan, mahalliy byudjet doirasida mahalliy soliq va yig‘imlarni to‘liq shaklda va ushbu ko‘rsatkichlarni keyingi yillarda ham o‘zgarishsiz qoldirish, ya’ni yuqori byudjet belgilagan shartlar asosida o‘zaro taqsimlamaslik. Amalda yirik soliq tushumlarining tuman mahalliy byudjetidagi ulushi yuqori byudjetdan belgilanadi. Bunda mahalliy byudjetga keyingi yillardagi tushumlarni belgilash imkoni bo‘lmaydi. Chunki bu ko‘rsatkich vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Masalan, tumanda ishlab chiqarish korxonalari va ishlab chiqarish hajmi ko‘payib, ular to‘lagan soliqlar salmog‘i ham ortsa, kelasi yilda ajratma soliq bazasi kengaygani hisobiga kamaytiriladi. Bunday vaziyatda tuman iqtisodiy o‘sishga erisholmaydi. Ikkinchidan, ma’lum bir soliq to‘lovchining muayyan solig‘ini emas, balki barcha soliqlarini tuman ixtiyorida qoldirish. Amalda ishlab chiqarish korxonasi to‘lagan soliqlarning ayrimlari tuman mahalliy byudjetiga, ayrimlari yuqori byudjetga tushadi. Bu kelgusida tumanning iqtisodiy ahvolini yaxshilab, mahalliy byudjetga tushumlarni ko‘paytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash, shuningdek, moliyaviy yechimini kutayotgan xarajatlarni moliyalashtirish uchun zamin yaratadi. Uchinchidan, soliqlar va yig‘imlar tushumini tuman, shahar va respublika o‘rtasida taqsimlaganda soliq turiga emas, soliq to‘lovchisiga qarab bo‘lish. Amalda bir korxona tomonidan to‘lanadigan soliq to‘lovi tushumi tuman, shahar (viloyat) va respublika o‘rtasida taqsimlanadi. Bu ishlar tuman soliq inspektsiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Oqibatda barcha soliq to‘lovlari to‘liq to‘lanishini nazoratga olishda qiyinchiliklarga duch kelinmoqda. Agar umum tartibdagi yirik soliq to‘lovchilar respublika byudjetiga to‘liq qamrab olinsa, foydadan xoli bo‘lmasdi. Chunki ularning yuridik manzillari bir joyda, ishlab chiqarish korxonalari esa turli hududlarda bo‘ladi. To‘rtinchidan, xarajatlarni amalga oshirishda barcha hududlarni yoppasiga yuqori byudjetdan beriladigan maqsadli transfertlarga bog‘lamaslik. Beshinchidan, har yilgi mahalliy byudjet parametrlarini tumandagi real ehtiyojdan kelib chiqib, samarali yo‘nalishlarga tuman xalq deputatlari tomonidan tasdiqlash. Ya’ni “pastdan tepaga” tamoyili asosida ish tutish darkor. Bugungi kunda “tepadan pastga” tamoyili ustunlik qilmoqdada. Amalda mahalliy byudjet parametrlarini tasdiqlash asnosi yuqori byudjetdan mahalliy byudjet daromadlarini belgilashda soliqlar va yig‘imlarning umumiy ulushi va xarajatlarning sohalar kesimidagi reja ko‘rsatkichlari aniq belgilab beriladi va tasdiqlangan bu ma’lumotlar tuman xalq deputatlari kengashi tomonidan mahalliy byudjet parametrlarini tasdiqlashda shundoq ko‘chiriladi, xolos. Aslida-chi?.. Tumandagi real holatni hokim, deputatlar va mutasaddi rahbarlar yaxshi bilishadi. Shundan kelib chiqib, mahalliy byudjet parametrlarining daromad va xarajat yo‘nalishlarini ularning o‘zlari belgilashsa, yillar osha ko‘pchilikni qiynab kelayotgan muammolar barham topardi. Oltinchidan, tuman hokimlariga byudjet tashkilotlarini saqlash xarajatlaridan tashqari, kommunal xizmatlar va infratuzilmani yaxshilash uchun mablag‘ rejalashtirishga ruxsat berish. Amalda tumanda qaysidir kommunal sohada uzilishlar va talafotlar yuz bersa, ular bilan tegishli bo‘limlar shug‘ullanishga harakat qilishadi. Ammo masalaning to‘lato‘kis yechimi yuqori tashkilotga bog‘liq. Sababi – texnika kerakmi, xomashyo kerakmi, unga murojaat qilish, bersa-ku, xo‘p-xo‘p, bermasa, kutish lozim. Bu aholida haqli e’tirozlar tug‘ilishiga va tabiiy ne’matlar isrofgarchiligiga olib keladi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish uchun mablag‘lar yetishmasligi sababli kommunal sohada tez-tez avariyalar ro‘y berib turadi. Demak, ushbu soha bo‘limlarini to‘liq tuman hokimiga bo‘ysindirib, moliyaviy mablag‘lar boshqaruvini tuman xalq deputatlar kengashi zimmasiga yuklash ayni yo‘nalishdagi xatokamchiliklarni tuzatishda qo‘l keladi.
O’ylaymizki,biz bildirgan fikrlar va takliflar kelajakda o’rganiladi va tegishli chora-tadbirlar ko’riladi.


Download 23,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish