Mahalliy darsit porfiri tog' jinsi asosida to’ldiruvchi ishlab chiqarish texnologiyasi Reja



Download 37,14 Kb.
bet9/12
Sana13.07.2022
Hajmi37,14 Kb.
#788009
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Mahalliy darsit porfiri tog\' jinsi asosida to’ldiruvchi ishlab chiqarish texnologiyasi

1.2.5. Metall buyumlar texnologiyasi

Metallar qora va rangli metallarga bo’linadi. Qora metallar temir va uglerod qotishmasi bo’lib, uglerod 2% gacha bo’lsa po’lat va 2% ko’p bo’lsa cho’yan hosil bo’ladi. CHo’yan va po’lat tarkibiga legirlovchi moddalar: marganets, xrom, nikel, molibden, alyuminiy, mis qo’shilib ularning xossalarini o’zgartirish mumkin. Legirlovchi moddalar po’lat va cho’yanning korroziyaga chidamliligini, bog’lanuvchanligini, elastikligini, issiqqa chidamliligini va sh.k. muxim xossalarini oshirishi mumkin.

Temirdan boshqa barcha metallar rangli metallar hisoblanadi. Metallarning mexanikaviy xossalari-cho’zilishdagi mustaxkamligi, nisbiy uzayishi, qattiqligi, oqish chegarasi va texnologik xossalari-suyuqlanishi, payvandlanishi, tok o’tkazuvchanligi va magnitlanishi ularni ishlatish soxasini belgilaydi.

Po’lat. Po’lat uglerodli va legirlangan turlarga bo’linadi. Po’lat tarkibida uglerodning ko’payishi uning mustaxkamligini, qattiqligini, edirilishga bardoshliligini oshiradi, lekin plastikligini, zarbiy mustaxkamligini kamaytiradi hamda payvandlanishni yomonlashtiradi. Po’lat tarkibida kislorodning 0,03% ko’payishi po’latning eskirishiga va 0,1% ko’p bo’lishi sinuvchanligining ortishiga olib keladi. Uglerodli po’latning A guruxiga StO, St1, St2, St3, St4, St5, St6, St7 kiradi. Raqamning ortishi po’latda uglerod miqdorining, shuningdek mustaxkamligi va qattiqligi ko’payishini lekin plastikligi va zarbiy mustaxkamligining kamayishini ko’rsatadi. Po’latning B guruxiga BStO BSt7, V guruxiga esa VSt2, Vst3, Vst4 va VSt5 kiradi.

Sifatli konstruksion po’latga: 05 KP, 08 KP,08 SP, 08, 10 KP, 10SP, 10 PS, 15, 20 KP, 20 PS, 20, 25, 30, 35, 40, 45, 50, 55, 58, 60 kiradi. Tarkibida oltingugurt bo’lgan konstruksion po’latga: A12, A20, A30, A35, A40 kiradi. 

Legirlangan po’lat oddiy qo’shimchalardan tashqari legirlovchi elementlar qo’shib olinadi. Legirlovchilar sifatida xrom, nikel, molibden, volfram, vanadiy, alyuminiy, bor, titan, ammoniy qo’shiladi. Po’latning xromlangan (X13, X17), xromnikellangan (X14 G4N, X18N9) turlari atmosfera, turli gazlar, kislota, ishqor, tuz eritmalari va suvga chidamli bo’ladi.

CHo’yan. CHo’yan oq, kulrang va maxsus cho’yanlarga bo’linadi. Oq cho’yan qattiq va mo’rt bo’ladi va ularni qayta ishlash va quyish qiyin kechadi.

Oq cho’yan po’lat va maxsus cho’yan olishda ishlatiladi. Kulrang cho’yanlar yumshoq, oquvchan, qayta ishlanuvchan, edirilishga chidamli bo’ladi va kolonnalar tagligi, sanitariya-texnika buyumlari, quvurlar, quyma buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. CHo’yanning maxsus turlari kulrang cho’yanlarning bir xili bo’lib, cho’yanni uzoq muddat (800S) yuqori xaroratda ushlab turib olinadi.

Legirlangan cho’yan xrom, nikel, titan va sh.k. qo’shilib olinadi va ular cho’yan qattiqligini, mustaxkamligini, edirilishga chidamliligini, zanglashga qarshiligini oshiradi.


Download 37,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish