Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi. Mahalliy hokimiyat organlari vakolatlari


Mahalliy davlat hokimiyat organlari faoliyatining tashkiliy shakllari



Download 74 Kb.
bet3/5
Sana01.03.2022
Hajmi74 Kb.
#477195
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi. Mahalliy hokimiyat

Mahalliy davlat hokimiyat organlari faoliyatining tashkiliy shakllari
Mahalliy vakillik organlari kollegial organdir. Ular o'z vakolatlarini amalga oshirishlari uchun deputatlarning to'la ishtiroki talab etiladi. Shuning uchun, mahalliy Kengash ishining asosiy tashkiliy-huquqiy shakli sessiyadir. Faoliyatning sessiya shaklidagina vakillik organlari to'laqonli davlat hokimiyati organi sifatida ishlaydilar. Sessiyada, asosan, Kengash vakolatiga kiradigan masalalar muhokama qilinadi, hisobotlar eshitiladi va bajarilishi shart bo'lgan qarorlar qabul qilinadi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining sessiyalari tegishli darajadagi hokim, hokim yo'qligida esa uning o'rinbosarlaridan biri tomonidan zaruratga qarab yiliga kamida ikki marta chaqiriladi. Shuningdek, sessiya tegishli Kengash deputatlari kamida uchdan ikki qismining tashabbusi bilan ham chaqirilishi mumkin.
Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar o'z faoliyati yuzasidan va vakolati doirasida tegishli qarorlar va farmoyishlar chiqarishi to'g'risida aytib o'tilgan edi. «Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonunda mahalliy vakillik organlari va hokimlarining aktlari Konstitutsiya, qonunlar, Oliy Majlis qarorlari, respublika Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga zid bo'lmasligi kerakligi ta'kidlangan.
Viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari va hokimlar faoliyatining qonuniy bo'lishi turli vositalar orqali nazorat qilinadi.
Ma'lumki, Mahalliy Kengashlarning Konstitutsiyaga, qonunlarga, respublika Prezidentining farmonlari, farmoyishlari va qarorlariga zid keladigan qarorlari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan bekor qilinadi. Quyi pog'onadagi Kengashlarning qarorlari yuqori pog'onadagi Kengashlar tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Hokimlarning Konstitutsiya va qonunlarga, Prezident farmonlari, farmoyishlari va qarorlariga, Vazirlar Mahkamasi hujjatlariga zid keladigan, shuningdek, hokimlarning respublika manfaatlariga zid keladigan hujjatlari O'zbekiston Prezidenti tomonidan yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan to'xtatib qo'yiladi yoki bekor qilinadi.
Hokimlarning qarorlarini xalq deputatlari Kengashlari ham, quyi hokimlarning qarorlarini yuqori turuvchi hokimlar ham bekor qila oladi. Bularning hammasi Mahalliy Kengashlar va hokimlarning faoliyatida qonuniylik prinsipining amalga oshirilishini kafolatlaydi.
Ularning o'z faoliyatlarini qonuniylik asosida olib borishlarining yana bir kafolati hokimlar chiqargan hujjatlar (qaror va farmoyishlar) yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkinligidir. Ushbu qonunning 28-moddasida ko'rsatilishicha, fuqarolar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hokimlar chiqargan huquqiy hujjatlar yuzasidan sudga shikoyat qilishlari mumkin.
Shikoyat bo'yicha sud qabul qilgan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun, shu jumladan, hokimlar uchun ham majburiydir.
Mahalliy hokimiyat organlari faoliyatida qonuniylikni ta'minlashda prokuratura organlarining o'rni katta. O'zbekiston Respublikasi «Prokuratura to'g'risida»gi qonunning 1-moddasida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo'ysunuvchi prokurorlar barcha davlat idoralari kabi hokimlarning qonunlarni aniq va bir xilda ijro etishini nazorat qilishi belgilab qo'yilgan. Prokuratura to'g'risidagi qonunning 22moddasiga binoan, prokuror hokimlarning qarorlariga nisbatan protest bildirish huquqiga ega. Shuning uchun ham hokimning O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Prezident va hukumatning hujjatlariga zid bo'lgan va prokuror protest bildirgan qarorlarini shu hokimning o'zi yoki yuqori turuvchi hokim yoinki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, zaruratga qarab esa, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qayta ko'rib chiqadi. Prokurorning protestini ko'rib chiqish natijasi darhol prokurorga ma 'lum qilinadi.

Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish