Mahalliy qurilish materiallaridan foydalanib bino loyihalash


G‘ISHTLI DEVORLAR KONSTRUKSIYASI



Download 282,61 Kb.
bet3/3
Sana12.11.2022
Hajmi282,61 Kb.
#864465
1   2   3
Bog'liq
MAHALLIY QURILISH MATERIALLARIDAN FOYDALANIB BINO LOYIHALASH

G‘ISHTLI DEVORLAR KONSTRUKSIYASI
G'isht qadimgi qurilish materiali sifatida hammaga ma’lum. U hozirgi paytgacha qurilishda keng qo'llanib kelinadi. Eng keng tarqalgan pishgan oddiy g'ishtlar sariq va qizil bo'ladi. Ichi g'ovak pishgan g'ishtlar ham bo'Iib, ular yaxshi issiqliq o'tkazmaydigan ko'rsatkichlarga ega. G'isht, ayniqsa, xom g'ishtli imoratlar o'zining arzonligi, qurish texnologiyasining yengiJligi, istalgan me’moriy ko‘rinish berish mumkinligi, qish va yozlarda haroratning o‘zgarishiga barqarorligi kabi ijobiy xususiyatlari bilan farq qiladi. G ‘isht shu kabi ustunliklari bo'lgani uchun keng qo'llanilib kelinadi. G'ishtning salbiy tomonlari ham mavjud, u suv va namlikdan, seysmik tebranishlardan tez yemiriladi. Shuning uchun ham g‘isht devorlar turli salbiy ta’sirlardan himoya qilinadi. Yer silkinishi xavfi bor maydonlarda g‘ishtli imoratni balandligi chegaralanadi, masalan, pishiq g‘isht 5 qavatdan, xom g'isht 1 qavatdan oshmagani ma’qul.
O'zbekistondagi xususiy qishloq imoratlari devorlarining yarmidan ko'pi, Toshkentdagi shaxsiy uylarning to'rtdan bir qismi xom g'ishtdan qurilgan. Bunday imoratlaming ba’zilarini tomi tuproqdan, ba’zilariniki tunuka yoki shifer bilan yopilgan. Bu imoratlaming poydevori ko'pincha tosh, beton va pishiq g'ishtdan 0,5—1 m balandlikda ishlangan. Xom g'ishtlar yoki guvalalar odatda sof tuproqdan tayyorlanadi. Bunday devorlaming qalinligi 40 sm dan 50—60 sm gacha bo'ladi. 7—8 balli zilzila bo'lib turadigan rayonlarda xom g'ishtdan tiklangan imoratlami antiseysmika tadbirlarisiz qurish butunlay mumkin emas.
Xom gMshtli konstruksiyalar. Horn g'ishtdan ishlangan binolar har qanday yo'llar bilan mustahkamlangan bo'Isa ham 9 balli zilzilaga bardosh bera olmaydi. Shuning uchun 9 balli zonalarda xom g'ishtdan imorat qurish tavsiya etilmaydi. Umuman, xom g'isht duch kelgan tuproqdan tayyorlamagani ma’qul, tuproq tuzlarsiz, qumsiz va ortiqcha salbiy tashkil etuvchi tosh va boshqa materiallardan holi bo'lishi kerak.Xom g'isht tayyorlaganda ma’lum bir jarayonga amal qilish lozim, ya’ni tanlangan tuproqqa tegishli suv quyilib, bir sutka saqlab so'ngra yaxshilab pishitib, keyingina qoliplarga solinadi va mahsulot yaxshilab quritiladi.
G'isht asosiy devor materiallaridan biri bo'lib, hozirgi turar-joy va jamoat binolarining 40% dan ko'pi g'ishtdan quriladi. G'ishtli binolarga m e’moriy va badiiy ko'rinish berishda katta imkoniyatlar bor. G'isht devorlar pishirilgan va silikat g'ishtlardan bunyod etiladi. Standart g'isht o'lchami 250x120x65 mm, qalinlashtirilgan g'isht o'lcham i 250x120x88 mm ga teng bo'ladi. Bulardan tashqari, markasi 75, 100, 125, 150, 200, 250 bo'lgan sopol g'ishtlar ham bo'lib, bunday g'ishtlar ichi g'ovak qilib tayyorlanadi, g'ovaklari ochiq yoki bir boshi ochiq bo'shliqlardan iborat bo'ladi. Devor g'ishtlari bo'yiga va ko'ndalang yotqizib terilishi mumkin. G'isht devor choklari 10—12 mm qalinlikda bo'ladi. G'ishtli devor qalinligi 65, 120, 250, 380, 510, 640, 770 mm va undan



katta bo'iislii ham mumkin. G ‘ishtlaming ma’lum tartibda terilishi bog‘lash sistemasi deb ataladi. G ‘ishtli devorlami tiklashda quyidagi bog‘lash sistemalari qo'llaniladi:
— bir qatorli (zanjirli) bog ‘lash sistemasi — bunda ko'ndalang yotqizib terilgan g'isht qatorlari navbatlashib keladi. Choklarni bog'lashning bu sistemasi, osonligi va devoming mustahkamligi yetarlicha bo'lishi bilan ajralib turadi, biroq bunda mehnat unumdorligi past bo'ladi;
— ko'p (olti) qatorli bog'lash sistemasi — bunda besh qator uzunasiga yotqizilgan qator ko'ndalang yotqizilib terilgan bir qator bilan navbatlashadi. Bu sistema qo'llanilganda mehnat unumdorligi bir qatorli sistemadagidan ancha yuqori bo'lsada, ammo devoming mustahkamligi 3—5% ga kamayadi. Balandligi 88 mm bo'lgan g'ishtlarni terishda to'rt qator uzunasiga yotqizilgan qator ko'ndalang bir qator bilan navbatlashadi;
— uch qatorli bog ‘lash sistemasida uzunasiga yotqizib terilgan uch qator g'ishtlar ko'ndalang terilgan bir qator bilan navbatlashadi. Bu holda uchta qo'shni qatoming vertikal choklari bir biriga to'g'ri keladi. Bino devorini kamaytirish va sopol g'ishtlarni tejash maqsadida g'ishtlaming ma’lum bir qismi issiqliq izolatsiyasi katta bo'lgan yengil materiallar bilan almashtiriladi. Orasiga issiqlik o'tkazmaydigan material joylashgan yoki orasi bo'sh qoldiriigan devorlar yengillashtirilgan devorlar deyiladi. Bunday devorlami qurishda mehnat kam sarf bo'ladi. Ana shunday devorlaming besh turi keng tarqalgan:
— diafragmali devor. Bunda g'ishtli devor uzunasiga joylashtirilgan ichki va sirtqi qatlami oralig'idagi har besh qatordan keyin gorizontal holda (diafragma) terilgan qator bilan bog'lanadi. Devorlar orasidagi bo'shliqqa yengil beton, shlak yoki issiqlik o'tkazmaydigan boshqa material to'ldiriladi. Bunday devorlar uch qavatgacha bo'lgan binolarda qo'llaniladi;
— quduqsimon devor. Bu vertikal diafragmalar vositasida tutashtirilgan ikki devordan iborat. Devorlar orasidagi quduqchalarga yengil beton, shlak yoki issiqlik o'tkazmaydigan boshqa material to'ldiriladi. Quduqchalardagi shlak qatlami cho'kishining oldini olish uchun har 5—6 qatordan keyin ma’lum bir qalinlikda qorishma yotqiziladi, bunday devorlar bir-ikki qavatli binolarda ishlatiladi;
- ankerlig'ishtli devor. Beton devor oralig'i yengil beton bilan to'ldirilgan ikki qavat devordan iborat bo'ladi. Ko'ndalang yotqizilgan g'ishtlaming ichki tomonga turtib chiqqan uchlari beton qatlami orqali tashqi qator bilan bog'lanadi. Bunday devorlar to'rt qavatgacha bo'lgan binolarda qo'llaniladi;
- oralig'i bo ‘sh qoldirilgan yoki oralig‘iga issiqlik о ‘tkazmaydigan material joylangan devor. Bunday devorlar g'ishtini terganda choklar ko'p qatorli sistemada bog'lanadi. Bunday devorlar besh qavatgacha bo'lgan devorlarda qo'llaniladi;
— termosoldiqli devor. Yarim g'isht qalinlikda bo'ylamasiga terilgan va bir-biriga parallel ikki devordan iborat bo'Iib, devorlar orasi yengil yoki g'ovak beton bilan to'ldiriladi. To'rt va undan kam qavatli bo'lgan binolarda qo'llaniladi.Pardevorlar konstruksiyasi. Xususiy turar-joy va dala-hovli uylari qurilishida pardevor ko'prok g'ishtdan va yog'ochdan ishlanadi.G'ishtli pardevorlar qalinligi ko'pincha yarim g'isht (12 sm), ba’zan bir g'isht (25 sm) bo'ladi. Chorak g'ishtli pardevorda g'isht qirrasi bilan teriladi. Agar pardevor uzunligi 1,5 m dan oshsa, uni har ikki-uch qatorda diametri 3 mm li po'lat sim bilan armaturalanadi. Sanitariya xonalarining pardevorlari sement-qumli qorishma bilan suvaladi. Gipsdan yoki shlak-betondan tayyorlangan mayda gips bloklari ham pardevor uchun qo'llanilishi mumkin.Yog'ochdan tayyorlangan pardevorlar asosan pol osti to'sini ustiga o'matiladi. Oddiy taxta-yog'och pardevorlar uchun chetlari tekis, qalinligi 40-50 mm, eni 100—120 mm li taxtalardan foydalaniladi.Yashash xonalari orasiga tovush izolatsiyasi yaxshi bo'lgan ikki qavatli pardevorlar qo'llanilgani ma’qul. Bu holda qalinligi 20—25 mm li taxtalar qo'llaniladi. Ular to'singa yoki pol osti to'siniga va shipga qoqilgan 40x 40 mm kesimli ikkita reyka orasiga o'matiladi. Ulaming orasiga tovush o'tkazmaydigan to'ldirilgich solish mumkin.
Yog'och taxtali pardevorlardan eng tejamlisi karkas-qoplagichli konstruksiyadir. Karkas qoplagich sifatida yupqa (15—19 mm) taxta, fanera va boshqa materiallardan foydalanish mumkin. Agar pardevorda eshik bo'lsa, karkas ichiga qo'shimcha vertikal va gorizontal taxtalar qoqiladi.
Download 282,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish