Mahmud az-Zamaxshariy 1075-yil 19-martda Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida tavallud topgan



Download 47,78 Kb.
Sana23.07.2022
Hajmi47,78 Kb.
#841376
Bog'liq
4-bilet


Mahmud az-Zamaxshariy 1075-yil 19-martda Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida tavallud topgan.


Uning ko‘plab asarlari Makkada yozilgan. Makkada u 5 yil yashagan va unga faxriy “Jorulloh” (Allohning qo‘shnisi) nomi berilgan.


Mahmud az-Zamaxshariyning xorazmshoh Alouddavla Abulmuzaffar Otsizga bag‘ishlab yozilgan “Muqaddimat ul-adab” asari alohida ahamiyatga egadir. Asar besh katta qismdan iborat bo‘lib otlar, fe’llar, bog‘lovchilar, ot o‘zgarishlari va fe’l o‘zgarishlari haqida bahs yuritadi.


Alloma mazkur asarida arab tilining o‘sha davrda iste’molda bo‘lgan barcha so‘zlari, iboralarini qamrashga intilgan, ularning etimologiyasiga e’tibor qaratgan. Shu boisdan ham Mahmud az-Zamaxshariyning bu yirik asarini mazkur yo‘nalishdagi dastlabki asarlardan deyishga haqlimiz. “Muqaddimat ul-adab” arabchadan fors, chig‘atoy, mo‘g‘ul va turk tillariga tarjima qilingan. Asarning chig‘atoy tilidagi tarjimasi muallifning o‘zi tomonidan amalga oshirilgan. Buni xorazmshoh Otsizning bemalol tushunishi uchun asarning arabcha matni bilan birgalikda chig‘atoy tilidagi tarjimasi ham yaratilgan degan ma’lumotlar bor. Asar bir necha asrlar davomida olimlar, tadqiqotchilar diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelgan. U birinchi marta 1706-yili Xo‘ja Is’hoq Afandi tomonidan usmonli turk tiliga tarjima etilgan. So‘ngra Yevropaning bir qancha tillariga: fransuz, nemis kabilarga o‘girilgan. Parij, Leypsig, Vena, Qozon shaharlarida, Norvegiya, Misr va Hindistonda bir necha marta chop etilgan. Asarning chig‘atoy tilidagi tarjimasi o‘zbek tili tarixini o‘rganuvchilar uchun muhim ahamiyatga egadir. Bu haqda Sadriddin Ayniy 1921-yili “Mehnatkashlar tovushi” gazetasida chop etilgan maqolasida “Az-Zamaxshariyning “Muqaddimat ul-adab” asari o‘zbek tili uchun butun dunyoning xazinasi bilan barobardir”, deb yozgan edi.
Mahmud az-Zamaxshariy Makka amiri, olim va adib Abul Hasan Ali ibn Hamza ibn Vahhos as-Sulaymon bilan yaqin do‘st edi. Ibn Vahhos o‘z mamlakati jug‘rofiyasi bilimdoni edi. Alloma ibn Vahhos ma’lumotlariga tayanib, Hijoz safaridan olgan kuzatishlari asosida yozgan “Kitob al-jibol va-l-amkina va-l-miyoh” (“Tog‘lar, joylar va suvlar haqida kitob”) nomli asarida jug‘rofiy nomlar, tog‘lar va dengizlarga doir qimmatbaho ma’lumotlar keltiriladi. Ushbu asar Onomastikaning örganilish rivojiga ulkan hissa qöshgan. Ulug‘ bobokalonimiz adabiyot, tafsir, hadis, fiqh ilmlariga oid ko‘plab asarlar yaratgan bo‘lib, uning “Asos al-balog‘at” (“Notiqlik asoslari”) asari asosan lug‘atshunoslikka bag‘ishlangan. Olim ushbu kitobida arab tilining fasohati, mukammalligi haqida so‘z yuritar ekan, fikrni chiroyli ibora va so‘zlar bilan ifodalash, so‘z boyligidan ustalik bilan foydalanish uchun kishi fasohat, balog‘at ilmlaridan yaxshi xabardor bo‘lishi kerak, deydi. Buning uchun so‘zni to‘g‘ri, o‘z o‘rnida ishlatish, qoidaga muvofiq so‘zlash va yozish kerak bo‘lgan.
“Al-Kustos fi-l-aruz” (“Aruzda o‘lchov (mezon)”) asarida olim aruz vazni haqida bahs yuritadi. Alifbo tartibida jamlangan arab maqollari, masallariga bag‘ishlangan boshqa bir asari “Al-Mustaqso fi-l-amsol” (“Nihoyasiga yetgan masallar”) deb nomlanadi. “Maqomat” (“Maqomlar”) — ellikta maqomdan iborat bo‘lib, qofiyali nasr-saj’ uslubining inja namunalarini o‘zida mujassam etgan. “Devon ush-she’r” kitobi ham diqqatga sazovor asarlardan sanaladi.

Mahmud az-Zamaxshariy qomusiy olim sifatida tilshunoslik, notiqlik, onomastika, adabiy nazariya, fiqh kabi sohalarda ilmiy faoliyat olib borgan. Olimning asarlarini örganish hali ham davom etmoqda va ushbu asarlar köplab ilmiy ishlarga asos bölmoqda.


2. Alisher Navoiy - chogishtirma (kontrastiv) lingvistikaning asoschisi. Alisher Navoiy oz ona tilida badiiy ijod qilish, ona tilining butun gozalligi, tarovatini amalda korsatish bilangina cheklanib qolmadi. Ona tilini osha davrda badiiy adabiyot uchun anhana bolib qolgan fors tiliga qiyoslab, bu tildan hech qolishmasligini, hatto bahzi orinlarda ustunroq turishini ilmiy jihatdan ham isbotlab bermoqni oz oldiga maqsad qilib qoydi. Ana shu maqsadda 1499-yilda ikki til muhokamasiga – ikki tilning chogishtirma grammatikasiga bagishlangan maxsus asarini - «Muhokamat ul-lugatayn» asarini yaratdi.


Alisher Navoiyning bu asarining maydonga kelishi bilan dunyo tilshunosligida yangi sahifa ochildi. Tilshunoslikning hozirgi kunda chogishtirma (kontrastiv) lingvistika deb yuritiluvchi yangi yonalishiga asos solindi.
Chogishtirma tilshunoslikning oziga xos xususiyati shundaki, ikki tizimga mansub bolgan tillar tilning barcha sathlari boyicha bir-biriga solishtiriladi. Ularning oziga xos xususiyatlari ochib beriladi.
Afsuski, tilshunoslik tarixida chogishtirma tilshunoslikning paydo bolishi Garb tilshunoslarining nomi bilan boglanadi va bu tilshunoslik yonalishining boshlanishi XIX asrdan deb belgilanadi. Bu fikrlar Garb olimlarining Alisher Navoiy asarlaridan bexabarligidan paydo bolgan. Agar boxabar bolganlarida edi, Alisher Navoiyning lingvistik merosidan hayratga tushgan va, sozsiz, uni chogishtirma tilshunoslikning otasi deb hisoblagan bolardilar. Chunki «Muhokamatul-lugatayn» asarida chogishtirma tilshunoslikning barcha belgilari mavjuddir.
Birinchidan, solishtirish uchun turli tizimdagi tillar olinadi. Turkiy tillarga mansub bulgan turk (ozbek) tili bilan hind-ovrupo tillarining eroniy tarmogiga oid sart (fors-tojik) tili ozaro muqoyasa qilinadi. Orni bilan somiy tillariga mansub bulgan arab tiliga ham solishtiriladi.
Ikkinchidan, solishtirish uchun keltirilgan daliliy misollar tasodifiy bolmasdan, tilning butun tizimini qamrab oladi. Fonetik tuzilishdan tortib sintaktik tuzilishgacha har ikki tizimga mansub bulgan tillar solishtiriladi.
Ularning oziga xos tomonlari haqida qimmatli xulosalar beradi. Ikki tilning muhokamasiga bagishlangan bu asar Alisher Navoiyning turk (ozbek) jonli sozlashuv tilini ham naqadar chuqur ozlashtirgan, har bir qavmning til xususiyatlari uning etiborida bolgan, ayni paytda, fors va arab tillarining ham zukko bilimdoni sanalgan keng qamrovli tilshunos ekanligini tola namoyish etadi.
Xullas, Alisher Navoiy tilshunoslikning bir qator sohalari – fonetika, morfemika, soz yasalishi, morfologiya, sintaksis kabi masalalari yuzasidan qimmatli fikrlarini bayon qiladi. Til va tafakkur, tilning va tillarning paydo bolishi, tilda umumiylik va xususiylik kabi bir qancha tilshunoslikning umumnazariy masalalari yuzasidan oz qarashlarini bayon qilgan kontrastiv (chog`ishtirma) tilshunoslikka asos solgan buyuk tilshunos allomadir.
3.Otga xos grammatik kategoriyalardan biri egalik kategoriyasi.
Egalik kategoriyasi faqat turkiy tillarga xos bo'lmay, turkiy
tillardan tashqari, ko'pchilik agglyutinativ tillarda (m o'g'ul, tungus-manchjur, ural tillarida), semit tillarida, hatto ayrim hind-yevropa
tillarida ham mavjud.
Turkiy tillarda egalik kategoriyasining shakllari qaratqich kelishigi
shakllari bilan bogTiq. Egalik shaklini olgan so‘z oldida juda ko‘p
liollarda qaratqich kelishigidagi so'z belgili yoki belgisiz holda keladi:
(hizning) uyimiz, (universitet) hovlisi, bolalar bog'chasi.
Shuning uchun ba’zi olimlar egalik kategoriyasini qaratqich
kelishigi bilan bog1 lab o'rganganlar. Shunday o'rganish asosida
B.A. Serebrennikov turkiy tillarda dastlab qaratqich kelishigining hamda
prefikslaming yo'qligi bu tillarda egalik shakllarini vujudga keltirgan
deb hisoblaydi.
Egalik affikslari kishilik olmoshlari asosida yuzaga kelgan: men -
m, sen - ng, biz - miz, siz - ngiz kabi. Shu sababli egalik affikslari ayni
vaqtda shaxs va son ma’nolarini ifodalaydi. Masalan, kitobim misolida -
im birinchi shaxsni hamda birlikni ifoda etadi.

4. Eski oʻzbek tili (Chigʻatoy tili) — turkiy tillarning qarluq guruhiga mansub oʻlik tillardan biri; mahalliy turkiy lahjalar negizida oʻzidan oldingi davrlar (masalan, Qoraxoniylar — 11-12-asrlar; Oltin Oʻrda — 13-14-asrlar)ning adabiy-lisoniy anʼanalari taʼsiri ostida shakllangan va 14-asr 2-yarmidan 19-asr oxirlarigacha mavjud boʻlgan yozma kitobiy til.


Oʻzbek tili tarixini davrlashtirish va bunda eski oʻzbek tilining oʻrni va qaysi davr (yillar)ni qamrab olishi haqida yagona fikr mavjud emas. Oʻzbek tili tarixini davrlashtirish boʻyicha rus olimlaridan S.Ye. Malov, P.M. Melioranskiy, A.N. Samoylovich, A.K. Borovkov, A.M. Shcherbak, venger olimi Ya. Ekman, oʻzbek olimlaridan O. Usmonov, Gʻ. Abdurahmonov, U.Tursunov bilan B. Oʻrinboyev, A. Muxtorov bilan U. Sanaqulov va boshqalarning tadqiqotlari mavjud (ularning baʼzilarida „Eski oʻzbek tili“ termini oʻrnida „Turkiy“, „Chigʻatoy tili“, „Oʻrta Osiyo turkiy adabiy tili“ terminlari qoʻllangan).

Eski oʻzbek tili qadimgi turkiy tilning bevosita davomi va hozirgi oʻzbek tilining asosi hisoblanadi. Ayrim ilmiy manbalarda „chigʻatoy tili“ deb ham ataladi, ammo eski oʻzbek tilining Chigʻatoyga, moʻgʻullarga hech qanday aloqasi yoʻq, buning ustiga oʻsha davr yozuvchi va shoirlari oʻz tillarini turkiy (til) deb nomlaganlar. Qarluq, oʻgʻuz, qipchoq guruhlariga mansub turkiy tillar oʻrtasidagi mintaqaviy variantlashuv (oʻzgarishlar) va jadal, samarali aloqamunosabatlar tufayli kelib chiqqan turli lahjaviy shakllarni oʻz ichiga olgan eski oʻzbek tili umumlahjaviy (barcha lahjalar uchun umumiy) xususiyatga ega boʻladi. Bu xususiyat koʻplab arabcha, forscha oʻzlashmalar, shuningdek, arab grafikasining qoʻllanishi oqibatida yanada chuqurlashadi, murakkablashadi. Buning natijasida eski oʻzbek tilidagi asarlar Bosfordan Oltoy va Hindistongacha choʻzilgan hududda yashovchi turkiyzabon xalqlar tomonidan keng oʻqiladigan boʻlgan. Shuni aytish kerakki, arabcha, forscha soʻz va iboralarning koʻplab qoʻllanishi va uslubiy vositalar sababli kitobiy til jonli tildan jiddiy farq qilgan. Yozma adabiyotning kam tarqalganligi tufayli lahja xususiyatlari saqlanib qolgan. Bunday xususiyatlar adabiy asarlarda ham maʼlum darajada oʻz aksini topgan. Fargʻona va Movarounnahrda yozilgan adabiy asarlar tili bilan Xorazmda yozilgan adabiy asarlar tili oʻrtasida maʼlum lahjaviy farqlar sezilib turgan.


Hozirgi oʻzbek va uygʻur tillari eski oʻzbek tilining „keyingi shakli“ hisoblanadi yoxud chagʻatoyning[3] bevosita davomi, shuning uchun uni baʼzan „eski oʻzbek tili“ deb ham atashadi. Eski oʻzbek tili badiiy ekspressivligi va terminologik jihatdan boyligi bilan ajralib turadi. Sheʼr va nasr janrlariga diniy, falsafiy va didaktik, ilmiy, huquqiy, rasmiy, epistolyar adabiyot uslublari kiradi.


Eski oʻzbek tilining ilk shakllanish davrida (13—14-asrlar) bu narsa yaqqol koʻrinar edi, keyinchalik esa bunday lahjaviy xususiyatlar aralashib ketadi. Masalan, Xorazmiyning „Muhabbatnoma“ va Said Ahmadning „Taashshuqnoma“ asarlarida oʻgʻuz lahjasi xususiyatlari, Qutbning „Xusrav va Shirin“ asarida qipchoq lahjasi xususiyati oʻz aksini topgan boʻlsa, 16-asrga oid „Boburnoma“da qarluq, oʻgʻuz va qipchoq lahjalarining xususiyatlari aralash hodda qoʻllangan. Shu tariqa lahja xususiyatlari astasekin yoʻqola borib, 15—16-asrlarda yagona, umumiy adabiy til xususiyatlari asosiy oʻrinni egallaydi. Eski oʻzbek adabiy tili ancha keng hududga yoyilib, uning barqarorlashgan meʼyorlari asosida yozuvchi va shoirlar 19-asr oxiri — 20-asr boshlarigacha ijod qilib keldilar.


Eski oʻzbek tili Alisher Navoiy davrida, uning asarlarida oʻz rivojining eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi. Shoir oʻzining oʻnlab nazmiy va nasriy asarlari bilan bu tilni kamolotga yetkazdi, uni davlat tili darajasiga olib chiqishga harakat qildi. U nafaqat oʻsha va keyingi davrlar oʻzbek adabiy tilining asoschisi, rivojlantiruvchisi, balki tadqiqotchisi hamdir. Navoiy oʻzining „Muhokamat ul-lugʻatayn“ asarida eski oʻzbek tili (turkiy)ni fors tiliga qiyoslash asosida uning fonetik, leksik va grammatik sohalarda rivojlangan til ekanligini nazariy jihatdan asoslab, koʻrsatib beradi. Boburning nasriy asari „Boburnoma“ Navoiyning nasriy asarlaridan tilining ancha soddaligi, jonli tilga yaqinligi bilan hatto hozirgi zamon oʻquvchisiga ham tushunarlidir. Alisher Navoiydan keyin yaratilgan nasriy asarlar va ayrim dostonlarda Eski oʻzbek tilining anʼanaviy meʼyorlaridan bir oz uzoqlashish, uni xalq tiliga yaqinlashtirish tamoyili kuzatiladi. Koʻplab sheʼriy asarlarda, gʻazallarda esa eski oʻzbek adabiy tili anʼanalari davom etadi.

XV asr oxiridan boshlab eski oʻzbek tilida eski uygʻur qoraxoniy adabiy anʼanalaridan uzoqlashish va zamonaviy oʻzbeklarning ajdodlari tili bilan yaqinlashish tendensiyasi kuzatildi. Bu vaqtga kelib, hozirgi oʻzbek tiliga oʻtish xususiyatlari adabiy tilning grammatik tizimida aks etdi. 19-asrning 2-yarmiga kelib nasriy asarlargina emas, nazmiy asarlar ham jonli tilga yaqinlashadi. Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqalar shoirlarning asarlari ana shular jumlasidandir. Ayni shu davr, yaʼni 19-asr oxiri — 20-asr boshlari eski oʻzbek adabiy tilidan hozirgi oʻzbek adabiy tiliga oʻtish bosqichi hisoblanadi. Bu til SSSR davrida standart oʻzbek tili bilan almashtirilgunga qadar adabiy til sifatida ishlatilgan. Masalan, 1922-yilda Toshkentda eski oʻzbek tilida jadidlarning „Haqiqat“ jurnali nashr etilgan[4].


5.Turkiy tillarda kelishik, grammatik son, egalik kategoriyalari faol
qo‘llanadi.
Otni ot bilan, otni boshqa so‘z turkumlaridagi so'zlar bilan
sintaktik munosabatga kirituvchi affikslar kelishik affikslari (kelishik
kategoriyasi) deyiladi. Ulaming kelishik deb nomlanishida ham vazifasi
nazarda tutilgan. Turkiy tillarda har bir kelishikning bitta affiksi bo'ladi (fonetik variantlar bitta affiksga birlashadi). Shunga ko‘ra turkiy tillarda bitta turlanish tipi mavjud.
Turkiy tillarda kelishik tizimining ikki ko‘rinishi mavjud.
Birinchisi, nisbatan qadimiy bo'lib, bobo til davriga xosdir. Ikkinchisi,
nisbatan keyinroq, ya’ni asos til davrining so‘nggi bosqichlarida paydo
bo'lgan, deb qaraladi. Hozirgi turkiy tillarda kelishiklar miqdor jihatdan
uncha ko‘p farq qilmaydi. 0 ‘zbek, qoraqalpoq, turkman, ozarbayjon,
tatar, gagauz tillarida oltita, qozoq tilida yettita, xakas va chuvash tilida
sakkizta, yoqut, turk, boshqird tillarida to‘qqizta kelishik bor. Bu
tillardagi “ortiqcha” kelishiklaming aksariyati mazkur tillar taraqqiyotining keyingi davrida ko‘makchilardan va boshqa til unsurlaridan
vujudga kelgan.
Hozirgi turkiy tillardagi kelishiklar o‘ziga xos xususiyatlariga
ko‘ra farqlanadi. Hozirgi turkiy tillarda qaratqich va tushum kelishiklari
ayrim hollarda belgisiz ishlatiladi: Biz olma terishga boramiz.
Universitet hovlisi keng va ozoda.

Yoqut tilida qaratqich kelishigi mavjud emas. Bu kelishik


ifodalaydigan grammatik ma’no aniqlovchi-aniqlanmish munosabati
orqali voqelanadi: at baha (ot boshi).
Turkiy tillarda hozir ishlatilmaydigan, lekin qadimda keng
qoilangan va hozirda ayrim so‘zlar tarkibida qotib qolgan holda
uchraydigan kelishik affikslari ham mavjud. Hatto ayrim tillarda
ba’zilari hozirga qadar kelishik affikslari sifatida saqlanmoqda. Masalan,
qozoq, qoraqalpoq, no‘g‘ay, xakas, shor, qirg'iz tillarida hamma so'z
turkumlari jo'nalish kelishigida -ga shakliga ega bo'lsa kishilik
olmoshlari esa shu kelishikda menga, senga, unga shaklida emas, balki
mag'a, mag'an, sog'an, og'an kabi ko'rinishdaqo'llanadi.
Turkiy tillardagi ayrim so'zlarda tarixiy vosita kelishigi shakllari
saqlanib qolgan. Masalan, hozirgi o'zbek adabiy tili va shevalarida bu
uffiks ishtirok etgan yozin-qishin, ostin-ustin, ochin-to ‘kin, ertan-kechin
kabi so'zlar uchraydi.
Qadimgi turkiy tillarda jo'nalish-o'rin kelishigi ham bo'lib, uning
shakli -ra, ~ru ko'rinishlariga ega bo'lgan. Bu kelishik affiksi ichra,
so'ngra, uzra kabi so'zlar tarkibida o'zak bilan birlashib ketgan holda
mavjud.
Turkiy tillarda kelishik affikslari vazifasi nuqtai nazaridan
farqlanmasada, fonetik jihatdan variantdorligi bilan farqlanadi. Masalan,
chiqish kelishigining, asosan, -din / / -din, -tin //tin shakllari qo'llanadi,
uyrim turkiy tillarda -dan // -dan // -tan / / -tan, -dun // -dun / / -tun // -tun
shakllari ham kuzatiladi. O'zbek tilida esa -dan affiksi bilan ifodalanadi.
Shuningdek, aynan bir turkiy tilning o'zida bir kelishik
qo'shimchasining bir necha varianti faol qo'llanadi. Masalan,
qoraqalpoq tilida -dan // -den, -nan // -nen, -tan // -ten kabi chiqish
kelishigi (shig'is sepligi) affikslari qo'llanadi: Teatrdan qayttiq
(Teatrdan qaytdik). Qamistan islengan qobizdi ко ‘rgenin 'iz bar shig 'ar
(K.S.) (Qamishdan ishlangan qo ‘bizni ко ‘rgan chiqarsiz) kabi.
Turkiy tillarda ot turkumi uchun xos grammatik kategoriyalardan
yana biri grammatik son kategoriyasidir.
Grammatik son kategoriyasi odatda birlik va ko'plik shakllarining
nppozitsiyasidan tashkil topgan. Turkiy tillarda ko'plik son ma’nosi,
ya’ni grammatik son kategoriyasi bir necha yo'l bilan ifodalanadi. Lekin
grammatik son kategoriyasi ko'proq maxsus -lar affiksi bilan ifodalanadi:
O'zbek tilida: bog‘lar, oltinlar, so'zlar;
Usmonli tupk tilida: baglar, altinlar, sozlar.
Download 47,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish