Mahsulot sifati nazorati


-bob. Markaz xizmatlari uchun haq to‘lash tartibi



Download 0,54 Mb.
bet28/41
Sana11.04.2022
Hajmi0,54 Mb.
#542490
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
Bog'liq
MSN uslubiy qollanma

7-bob. Markaz xizmatlari uchun haq to‘lash tartibi
49. Markaz tomonidan ma’qullashni amalga oshirish uchun quyidagi xizmatlarga haq undiriladi:
laboratoriyada baholash o‘tkazish;
ma’qullash sohasini dolzarblashtirish.
50. Markaz tomonidan ma’qullashni amalga oshirish uchun quyidagi xizmat turlari bo‘yicha haq undirilmaydi:
buyurtmani ko‘rib chiqish;
oldin berilgan (amaldagi) ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish;
ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish (tiklash) yoki tugatish;
ma’qullash sohasini qisqartirish;
ma’qullangan laboratoriyaning texnik pasportida keltirilgan ma’lumotlarni dolzarblashtirish.
51. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan Markazning xizmatlari uchun to‘lovlar sarflanadigan vaqt, moddiy resurslardan va xizmat safari xarajatlaridan kelib chiqqan holda Markaz tomonidan aniqlanadi.
Ariza beruvchi tuzilgan shartnomaga muvofiq ma’qullash ishlarini bajarish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni, shu jumladan, xizmat safari xarajatlarini, ularning natijalaridan qat’i nazar to‘lashi shart.
Sarflangan vaqt, moddiy resurs va xizmat safari xarajatlarini hisoblab chiqish metodikasi Markaz tomonidan belgilanadi va uning veb-saytiga joylashtiriladi.
8-bob. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish
52. Qayta tashkil etilgan, nomi, yuridik manzili yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda laboratoriya yigirma ish kuni mobaynida mazkur o‘zgartirishlar xaqida Markazni yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Markaz yozma bildirishnoma olgan paytdan boshlab va ma’qullash to‘g‘risidagi yangi guvohnoma rasmiylashtirilgunga qadar laboratoriya o‘z faoliyatini oldin berilgan ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnoma asosida amalga oshiradi.
53. Laboratoriya joylashgan joy o‘zgarganda ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda takroriy ma’qullash amalga oshiriladi.
54. Agar yuridik shaxs ilgari ma’qullangan laboratoriyaning vorisi bo‘lmasa, hujjatlarni keyinchalik ko‘rib chiqish tartibi ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
55. Ma’qullash to‘g‘risidagi yangi guvohnomani rasmiylashtirish Markaz tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu Nizomning 53 va 54-bandlarida nazarda tutilgan hollarda yangi guvohnomani rasmiylashtirish takroriy ma’qullash to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan so‘ng amalga oshiriladi.
9-bob. Ma’qullangan laboratoriya hujjatlarini dolzarblashtirish
56. Quyidagi hollarda ma’qullangan laboratoriya hujjatlari dolzarblashtiriladi:
laboratoriyani ma’qullash sohasida ko‘rsatilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar o‘rniga yangi hujjatlar amalga kiritilganda, ularga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritilganda (bundan qabul qilingan normativ hujjatda mahsulotlarning yangi turlari, sinov (o‘lchov) usullari ko‘rsatilgan hollar mustasno);
texnik pasportda keltirilgan ma’lumotlar o‘zgarganda.
57. Ma’qullash bo‘yicha hujjatlar dolzarblashtirilsa, laboratoriya buning sabablarini ko‘rsatgan holda o‘zgartirishlar kiritilgan hujjatlarni, shuningdek, kiritilayotgan o‘zgartishlar yuzasidan qiyosiy tahlilni ilova qilib Markazga buyurtma taqdim etadi.
58. Markaz o‘n besh ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ushbu Nizomning 7-bandiga asosan taqdim etilgan hujjatlar to‘plamiga qo‘shimcha sifatida kiritadi. Ushbu Nizomning 56-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq laboratoriyaning ma’qullash sohasi dolzarblashtirilgan taqdirda, u yangi tahrirda tasdiqlanadi.
10-bob. Apellatsiyalarni ko‘rib chiqish
59. Baholash natijalari bo‘yicha unga nisbatan Markazning salbiy qarori qabul qilingan laboratoriya Markazning qarori qabul qilingan sanadan boshlab o‘ttiz kalendar kun mobaynida Markazga yozma shakilda apellatsiya berish huquqiga ega.
Markazning qarori qabul qilingan sanadan boshlab o‘ttiz kalendar kundan ortiq muddatda berilgan apellatsiyalar ko‘rib chiqilmaydi.
60. Apellatsiya komissiyasi har bir aniq apellatsiyani ko‘rib chiqish uchun zaruratga ko‘ra shakllantiriladi. Apellatsiya komissiyasi tarkibi Markaz direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Apellatsiya komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash muddatlari apellatsiya olingan kundan boshlab uch kundan ortiq bo‘lmasligi kerak.
61. Apellatsiya komissiyasining tarkibi Markazning vakillaridan, apellatsiya bergan laboratoriyani baholashda ishtirok etmagan, jalb qilinadigan malakali mutaxassislardan shakllantiriladi. Bunda apellatsiya komissiyasi tarkibida Markaz xodimlari soni apellatsiya komissiyasi a’zolari umumiy sonining yarmidan kam bo‘lishi lozim.
62. Apellatsiya komissiyasi berilgan apellatsiyani ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risida laboratoriyaga yozma ravishda ma’lum qiladi. Apellatsiyani ko‘rib chiqish muddati u berilgan sanadan boshlab o‘n kalendar kundan oshmasligi kerak.
63. Apellatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha apellatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
apellatsiyani qanoatlantirish;
apellatsiyani qisman qanoatlantirish;
apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish.
64. Markaz ikki ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi xabarnomani apellatsiya bergan laboratoriyaga yozma shaklda yuboradi.
65. Aynan bir masala bo‘yicha apellatsiyani takroran berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
66. Apellatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
11-bob. Yakunlovchi qoida
67. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish