Mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash



Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,5 Mb.
#271668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164
Bog'liq
mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash

So‘zboshi
  
Mamalakatimiz  iqtisodiyotida paxtachilik va paxta tozalash sanoatining
salmog‘i katta. Soha qanchalik  rivojlansa    xalq  xo‘jaligining  boshqa  tarmoqlari
ham  rivojlanadi.  Shu  nuqtai  nazardan  ham  paxtachilikni  yanada  rivojlantirish
respublikamizning  ustivor  yo‘nalishlaridan  biri  bo‘lib hisoblanadi.
Ma’lumki,  mamlakatimiz  azaldan o‘zining  iqlimi, serunum tuprog‘i, yer osti
va yer usti boyliklari bilan mashhur bo‘lib kelgan. Bugungi kunda ham
O‘zbekistonda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jahon bozori
peshtaxtalarida  o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Buni birgina paxtachiligimiz misolida
ham ko‘rishimiz mumkin. Hozirda mamlakatimizda har yili 3,0-3,2 million tonna
paxta xomashyosi yetishtirilmoqda.
Bunday muvaffaqiyatga erishishning asosiy omili  hukumatimiz tomonidan
sohaga berilayotgan doimiy e’tibor va ayniqsa, iqtisodiy imtiyozlar, fan va texnika
yutuqlari hamda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, fermerlik harakatiga katta yo‘l
ochilishi hisoblanadi. Bosqichma-bosqich olib borilayotgan islohotlar tufayli
fermer xo‘jaliklarining moddiy texnika bazasi yildan-yilga mustahkamlanib
borilmoqda.
Paxtachilik  sohasini  rivojlantirish,  paxta  tozalash korxonalarini
modernizatsiyalash  va  texnik  qayta  jihozlash,  ishlab  chiqarish va  paxta
xomashyosini  qayta  ishlash  rentabelligini,  shuningdek,  ishlab chiqariladigan
mahsulotlarning  raqobatbardoshliligini  oshirish  bo‘yicha kompleks  chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Chunki paxta va uning mahsulotlariga bo‘lgan talab
doimo ortib borishi paxta tozalash sanoatida zamonaviy texnika va
texnologiyalardan foydalanish kerakli ekanligini ko‘rsatmoqda.
Paxtachilik  tarmog‘ini  boshqarish  tizimini  tubdan  takomillashtirish, yuqori
qo‘shilgan qiymatli    raqobatbardosh  va  sifatli  tayyor  mahsulot  ishlab
chiqarishni  kengaytirish, ularni  yirik  xorijiy bozorlarga yanada olib chiqish,
2017-2021  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta


5
ustuvor  yunalishi  bo‘yicha  Xarakatlar  strategiyasida belgilangan  vazifalarni
izchil  amalga  oshirish  maqsadida  shuningdek,  O‘zbekiston Respublikasida
ma’muriy  isloxotlar konsepsiyasiga muvofik “Paxtachilik tarmog‘ini  boshqarish
tizimini tubdan takomillashtirish  chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qilindi.
Shunga asosan “O‘zpaxtasanoat”AJ tashkil etildi. Uning  tashkiliy
tuzilmasiga 98 ta paxta tozalash korxonalari, 13 ta transport korxonalari, 10 ta
paxta tozalash korxonalariga xizmat ko‘rsatyvchi viloyat mexanika ustaxonasi, 5 ta
ekiladigan urug‘lik chigit tayyorlash korxonalari, 19 ta ixtisoslashtirilgan paxta
terminallari,  “Moddiy - texnika ta’minoti bazasi” MChJ “Paxtasanoat ilmiy
markazi”AJ va boshqalar kiritildi.
Ular paxta xomashyosini qabul qilish, saqlash, tashish va qayta ishlash,
ekiladigan urug‘lik  chigitni  tayyorlash  bo‘yicha  ishlarning butun  kompleksini
tashkil  etish  va amalga oshirish, xalqaro standartlar  talablariga  javob beradigan
yuqori sifatli paxta  mahsulotini  tayyorlash  bo‘yicha  zamonaviy  ishlab
chiqarishni  tashkil  qilish sohasida yagona siyosat olib borilishini ta’minlash,
qishloq xo‘jaligi ishlab  chiqaruvchilaridan  qabul  qilinadigan  paxta
xomashyosining  miqdori,  sifati  va  navlari,  paxta  tolasi  va  urug‘lik chigitning
unib chiqishiga  oid  ko‘rsatkichlar,  paxta  tozalash  korxonalari tomonidan  ishlab
chiqarilayotgan  va  sotilayotgan  paxta  tolasining  miqdori va  sifati  bo‘yicha
ma’lumotlarning xaqqoniyligini zamonaviy axborot - kommunikatsiya
texnologiyalarini keng joriy  etish  orqali  hisobga  olish  hamda nazorat qilish
ishlarini tashkil etish, tuzilgan  shartnoma (kontrakt)larga  muvofiq sotib
olinadigan  paxta xomashyosi  va  iste’molchilarga  junatiladigan  paxta  mahsuloti
uchun  o‘z  vaqtida va to‘liq xajmda xisob-kitoblarni  amalga oshirish,   zamonaviy
yuqori  unumli  uskunalar  va  ilg‘or  ishlab  chiqarish  texnologiyalarini  joriy
qilish,  sohaga investitsiyalar jalb  etish, xomashyoni  qayta  ishlovchi  paxta
tozalash korxonalarida  ilmiy-texnik va  tajriba-eksperimental  tadqiqotlarni
rivojlantirish, sohaga  innovatsion  g‘oya,  ishlanma  va texnologiyalarni  joriy
etish belgilangan.


6

Download 3,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish