Majburiyatlar auditi


Uzoq muddatli majburiyatlarda yuzaga keluvchi riskni baholash



Download 91,62 Kb.
bet2/5
Sana07.01.2022
Hajmi91,62 Kb.
#329310
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAJBURIYATLAR AUDITI

13.2. Uzoq muddatli majburiyatlarda yuzaga keluvchi riskni baholash

Odatda qarz mablag’lari va obligatsiyalar bilan bog’liq tavakkalchiliklar darajasi past baholanadi. Bu uzoq muddatli majburiyatlar bilan bog’liq operatsiyalar hajmining katta emasligi, ular hisobini yuritish murakkab emasligi, tekshirilayotgan mijoz tez-tez ikki tomonlama solishtirma hisobot va qarzni so’ndirish bo’yicha amortizatsiya jadvalini olish imkoniyatiga ega ekanligi bilan izohlanadi. Ammo qaralayotgan mablag’ning kattaligi, fond bozorlarida yuqorida aytilgandek, murakkab, alohida xususiyatga ega bo’lgan moliyaviy instrumentlarning kirib kelishi bu jarayonlarning riskliligini oshirib bormoqda.




Amaliyotdagi auditdan

Auditorlar tekshirilayotgan korxonaning balansdan tashqari moliyalanishini ko’ribo’tishi kerak. Barchaga ma’lum bo’lgan ENRON kompaniyasida balansdan tashqari amalga oshiriladigan «Korxona bilan maxsus maqsadda» moliyaviy operatsiyalari bo’lgan edi. ENRON sho’ba korxonasi bilan konsolidatsiyalashgan balans tuzmas edi. Chunki «Korxona bilan maxsus maqsadda»gi operatsiya ma’lum masofada tuziladi va u moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq keladi.

Sho’ba korxonalar bosh korxona bilan konsolidatsiyalashgan balans tuzishi va u aktiv va majburiyatlari baholanishi kerak. Balansdan tashqari korxonalar odatda noqonuniy emas va u keng tarqalgan biznes turi, faqat odatda bu kabi operatsiyalarni hisobda firibgarlikni amalga oshirishni ko’zlagan korxonalar bajaradi. Balansdan tashqari tashkilotda bosh korxona sho’ba korxonaning faqatgina toza aktivlarini o’z balansida ko’rsatadi. Bu bilan bosh korxona majburiyatlarini balansda ko’rsatishdan qochadi. Natijada korxona hisobotlarida uning haqiqatdagi xarajatlarini aniqlash imkoniyati yo’qoladi. Bosh korxona GAAP ning konsolidatsiyalashgan hisobot tuzish haqidagi nizomiga amal qilmay, ya’ni moliyaviy hisobotlarda ko’rsatilishi kerak bo’lgan qarz mablag’larini qastdan ko’rsatmagan hollarda bu operatsiya firibgarlikka aylanadi.

ENRON va uning «Korxona bilan maxsus maqsadda»gi operatsiyalarida u o’zining millionlab qarz mablag’lari haqidagi axborotni yashirgan.

Oqibatda ENRON va unga o’xshagan boshqa balansdan tashqari operatsiyalardan firibgarlik maqsadida foydalanayotgan korxonalarga javoban FASBva SEC moliyaviy hisobot standartlarini hisobotlardagi shaffoflikni ta’minlash maqsadida qayta ko’rib chiqishdi

Tekshirilayotgan korxonada auditor o’zining mustaqil audit amallarini bajarishi uchun mijoz korxonadagi majburiyatlar yuzasidan mavjud ichki nazorat tizimini o’rganib chiqishi, tekshirish uchun bajaradigan amallariga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan haqqoniy bo’lmagan ko’rsatkichlarni niqlashi kerak bo’ladi. Korxonadagi uzoq muddatli majburiyatlar yuzasidan nazorat riski, nazorat uchun amalga oshirilayotgan operatsiyalar umumiy moddiy yo’qotishlarni imkon darajada pasaytirish maqsadida amalga oshirilishi kerak. Uzoq muddatli aktivlarni hisobga olinishini tekshirishda auditor hisobning bir qancha tomonlarini o’rganib, o’zi uchun tasdiqlab olishi kerak. Bular, majburiyatlarning kelib chiqishi, majburiyatlar bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshirishda maxsus ruxsatnomalarning mavjudligi, operatsiyalar to’liqligi, baholanishi va klassifikatsiyasi.

Quyidagilar uzoq muddatli majburiyatlarning umumiy nazoratida mavjud bo’lishi kerak bo’lgan jihatlar.

Majburiyatlarning kelib chiqishi va maxsus ijozatga ega ekanligi. Korxonada shunday nazorat muhiti bo’lishi kerakki, har qanday uzoq muddatli majburiyat korxonadagi mas’ul shaxs tmonidan amalga oshirilishi kerak. Birinchidan, majburiyat yuzaga kelishi bilan bog’liq hujjatlar tekshrilib, majburiyatni amalga oshirish uchun ruxsat mavjud ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. Majburiyatlar bilan bog’liq hujjatlarning zarur darajada rasmiylashtirilganligi auditorga yuqoridagi operatsiya to’liq va maqsadli amalga oshirilgan yoki yo’qligini aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, har qanday katta summadagi majburiyatlar direktorlar kengashi yoki shu kabi vazifalarga mas’ul bo’lgan rahbarning yozma tasdig’i bilan amalga oshirilishi kerak. Majburiyatlar bilan bog’liq operatsiyalar qayta-qayta takrorlanadigan korxonalarda ham umumiy nazorat ham hududiy nazorat amalga oshirilishi kerak. Direktorlar kengashi korxona moliyaviy faoliyati yuzasidan umumiy nazoratni amalga oshirsa, ma’lum bir majburiyat yoki to’lov yuzasidan nazoratni rahbar yoki moliyaviy menejer amalga oshiradi. Moliyaviy menejer ma’lum bir uzoq muddatli majburiyatbilan bog’liq operatsiyani tuzilishi va amalga oshirilishi ustidan mas’ul bo’lsa boshqa bir nazorat organi, masalan, direktorlar kengashining moliyaviy ishlar komissiyasi umumiy nazoratni amalga oshiradi. Agar tekshirilayotgan mijozda uzoq muddatli majburiyatlar yuzasidan yuqorida keltirilgan nazorat muhiti kabi muhit mavjud bo’lsa, odatda auditor o’z oldiga aniqlashni maqsad qilib qo’ygan majburiyatning kelib chiqishi va maxsus ijozatning mavjudligiga ishonishi mumkin.




Download 91,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish