Majburiyatlar hisobining amaliy jihatlari va uni yaxshilash yo’llari


-jadval Balansda majburiyatlar baholanishi4



Download 267,93 Kb.
bet7/18
Sana22.07.2022
Hajmi267,93 Kb.
#837679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
DIPLOM ISHI (2)

1-jadval
Balansda majburiyatlar baholanishi4

Majburiyatlar turi

Baholash

Ta’minot

Mos majburiyatlarni qaytarish uchun zaruriy resurslarning hisob bahosi (kutilgan tovonlar summasi chegirilgan holda).

Foiz hisoblanadigan uzoq muddatli majburiyatlar

Haqiqiy qiymat majburiyatlarni so’ndirish uchun zarur bo’lishi kutilgan bo’lg’usi to’lovlarning diskontlangan summasi (kutilgan tovonlar summasi chegirilgan holda) bo’yicha baholash.

Joriy majburiyatlar

Qaytarish summasi pul mablag’ining diskontlanmagan summasi yoki majburiyatlarni so’ndirish uchun to’lanishi kutilgan ekvivalenti bo’yicha baholash.

Kelgusi davr daromadlari

Olingan yoki olishga taalluqli aktivlarning haqqoniy qiymati bo’yicha baholash.

Qarz kapitalining alohida tarkibiy elementlari qiymati va ushbu elementlar har birining umumiy summadagi solishtirma og’irligi bahosi korxona qarz kapitalining o’rtacha o’lchangan qiymati bilan aniqlanishi mumkin. Aksariyat majburiyatlar shartnoma bilan qayd qilinadi.


Umumiy qoidalarga binoan korxona tomonidan tuzilgan bitimdan kelib chiqadigan majburiyatlar bitimni tomonlardan bittasi bajargan momentidan buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Masalan, ikki korxona mollar uchun keyin pul to’lash sharti bilan bitim tuzadi. Bitimni tuzish paytidan kelishuv ishtirokchilari bo’lgan tashkilotlarda shartlar orqali belgilab qo’yilgan ma’lum bitimmajburiyatlar paydo bo’ladi.
Sotuvchida belgilangan muddatda molni uning miqdori, sifati, butlovchilari, o’rami va hokazolar to’g’risidagi bitimning shartlariga binoan berish majburiyatlari paydo bo’ladi. Xaridorda bu molni qabul qilib olish va belgilangan muddatda uning pulini to’lash majburiyati bo’ladi. Mazkur majburiyatlar bitim bo’yicha tomonlar zimmasiga yuklatilgan, ularning bajarilishi shart, ularning bajarilmasligi majburiyatni buzgan tomon uchun qonun va odatda, bitim orqali ma’lum mas’uliyatni ko’zda tutadi. Buning ustiga, bajarilish ehtimoli nuqtai nazaridan xaridorning mol uchun uni amalda olishgacha mavjud to’lov aslida sotuvchi tomonidan amalga oshirilgan molni etkazish orqali amalga oshirilgan majburiyatdan farq shylmaydi. Shunga qaramay, eng avvalo schyotlar rejasi tomonidan belgilangan amaldagi qoidalarga muvofiq ko’rsatilgan majburiyatlar bitim tomonlarining hisobida uni bajarish boshlanganidan so’nggina aks ettiriladi.
Mol yetkazib berish bo’yicha mazkur bitimni tuzish fakti tomonlarning buxgalteriya hisobida umuman aks ettirilmaydi. Bitimning sotuvchi tomonidan bajarilishi boshlangan paytdan esa xaridorning buxgalteriya hisobida tovarning tovarlarni egalikka olish fakti ko’rsatilishi bilan bir vaqtning o’zida ular uchun to’lash majburiyati xam qayd qilinadi.
Sotuvchining buxgalteriya hisobida xaridor majburiyati ham faqat bitim bajarilishi boshlanganidan so’ng, ya’ni tovarni xaridorga berganidan so’ng ko’rsatiladi. Ayni paytda xaridorning qarzi summasi hisobda xaridor mulkiga aylangan tovarlarning sotilishidan kelgan kirim sifatida qayd qilinadi.
Joriy majburiyatlar kreditor talabiga ko’ra bir yil davomida to’lanishi kerak bo’lgan majburiyatlardir. Uzoq muddatli majburiyatlarga to’lash muddati bir yildan oshadigan majburiyatlar kiradi. Buxgalteriya hisobida “debitor” atamasi muayyan jamiyatdan qarzdor bo’lgan jismoniy yoki yuridik shaxsga aytiladi. “Kreditor” atamasi muayyan jamiyatni qarzdor qilgan jismoniy yoki yuridik shaxsga aytiladi. Ya’ni boshqa jamiyatlarning bu jamiyat oldida hisobkitoblar bo’yicha majburiyatlari bo’ladi. Bunda jamiyat tomonidan to’lanishi lozim bo’lgan majburiyatlar kreditorlik majburiyatlari, olinishi lozim bo’lgan majburiyatlar esa debitorlik majburiyatlar hisoblanadi. Ikki tomonlama shartnoma majburiyatlarda bir jamiyat ham debitor ham kreditor bo’lishi mumkin. Masalan, tovar yetkazib berish shartnomasi bo’yicha tovarlar yetkazib berilgan bo’lsayu, ularning puli to’lanmagan bo’lsa, mahsulot yetkazib beruvchiga bu summa debitorlik majburiyati deb ko’rsatiladi va u debitor, ya’ni xaridorlarga ma’lum summadagi tovarlarni majburiyatga bergan deb hisoblanadi. Shu jamiyatning o’zi mazkur tovarlarni sotib olgan jamiyatlar uchun kreditor bo’ladi. Xaridor sotib olingan tovar bo’yicha mana shu majburiyat summasini batamom to’lab bo’lgunicha kreditor majburiyati deb ko’rsatadi.
Korxona debitorlik majburiyati bu jamiyatning aylanmasidan chiqib qolgan va boshqa jismoniy va yuridik shaxslarda to’rgan mablag’laridir. Jamiyatning o’z mablag’lari yoki boshqa jamiyatlarning mablag’lari bu majburiyatlarni qoplash manbai bo’lib xizmat qiladi.
Korxonaning kreditorlik majburiyatibu jamiyatning boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan vaqtincha jalb etilgan mablag’laridir. Ulardan shu jamiyatning aylanmasida vaqtincha foydalaniladi. Ularni to’lash muddati kelganida bu mablag’lar aylanma mablag’lar summasidan olib berilishi kerak.
Joriy qarzlar quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi:
6000 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lovlar schyotlari”;
6100 “Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lovlar schyotlari”;
6200 “Kechiktirilgan qarzlar hisobga olinadigan schyotlar”;
6300 “Olingan bo’naklar hisobga olinadigan schyotlar”;
6400 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar hisobga olinadigan schyotlar (soliqlar turlari bo’yicha)”;
6500 “Sug’urta va maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarzlar hisobga olinadigan schyotlar”;
6600 “Muassislarga qarzlarni hisobga olish schyotlari”;
6700 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisobkitoblarni hisobga olish schyotlari”;
6800 “Qisqa muddatli kredit va qarzlarni hisobga olish schyotlari”;
6900 “Turli kreditorlarga qarzlarni hisobga olish schyotlari”.
Mol yetkazib beruvchilar bilan hisoblashishlar umumlashtirilgan holda 6jurnal orderda 6010“Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar”, 6110 “Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan schyotlar”, va 6120 – “Shuba va qaram korxonalarga to’lanadigan schyotlar” kabi schyotlarning krediti bo’yicha qayd qilib boriladi. Bu jurnal orderda analitik va sintetik hisob bir vaqtning o’zida olib boriladi, analitik hisob xar bir to’lov xujjati, kirim orderi yoki qabul qilish dalolatnomasiga asosan yuritiladi. Shuningdek bu jurnal order xar oyning boshiga mol yetkazib beruvchilarga to’lanmagan summa bilan ochiladi va unda:

  • to’lov muddati kelmagan xujjatlar bo’yicha;

  • to’lov muddati o’tgan xujjatlar bo’yicha;

  • qiymatliklar kelib tushmagan lekin to’lov xujjati bo’yicha qiymati to’langan;

  • qiymatliklar kelib tushmagan va to’lov xujjatlari to’lanmagan;

  • fakturasiz qabul qilingan qiymatliklarning oy boshiga qoldiq summasi alohida ko’rsatilishi lozim.

Xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatida kelgusi davrga tegishli daromad bo’yicha olgan bunagi, kelishi kutilayotgan debitorlik qarzlari, chiqarilgan obligatsiyalar yuzasidan chegirma yoki ustamalar, soliqlar va majburiy to’lovlar muddatining uzaytirilish muomalalari sodir bo’ladi.
Joriy davrda to’lov muddati uzaytirilgan va vaqtincha qarzlar sifatida kelgusida to’lanadigan joriy majburiyatlar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi:
6210 “Muddati uzaytirilgan diskont (chegirma)lar”;
6220“Muddati uzaytirilgan mukofotlar”;
6230 “Muddati uzaytirilgan daromadlar”;
6240 “Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha muddati uzaytirilgan majburiyatlar”;
6250 “Vaqtinchalik farqlar bo’yicha muddati uzaytirilgan daromad (foyda) solig’i bo’yicha majburiyatlar”;
6290 “Boshqa muddati uzaytirilgan majburiyatlar”.
6210 “Muddati uzaytirilgan diskont (chegirma)lar” va 6220“Muddati uzaytirilgan mukofotlar (ustama)lar” schyotlari obligatsiya chiqarilgan davrdan boshlab, yilning oralig’ida xarajat yoki daromadga taqsimlanadigan, obligatsiyalar yuzasidan chegirma yoki ustama bo’yicha subyektning uzoq muddatli majburiyatlari joriy qismini aks ettirishga muljallangan. Ushbu schyotlarni obligatsiya sotuvchilargina qo’llaydi.
Obligatsiyalar mukofot yoki chegirma bilan sotilsa, buxgalteriya o’tkazmasida aks ettiriladigan foizlarning to’lovi yuzasidan sarflar, haqiqiy to’lanadigan foizlardan farq qilishi kerak. Ushbu sarflarni chegirmalar summasi oshirilsa, mukofotlar summasi kamaytirilishi lozim. Obligatsiyalarni chegirmalar summasi bilan sotilishi quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 6210 “Muddati uzaytirilgan diskontlar (chegirmalar)”
Debet 5110 “Hisobkitob schyoti”
Kredit 6920 “Hisoblangan foizlar” yoki
7830 “To’lanadigan obligatsiyalar”
Obligatsiyalar yuzasidan joriy foizlarning to’lanishi summasiga esa 9610 “Foizlar ko’rinishidagi sarflar” schyoti debetlanib, to’lanadigan foizlar va krplanadigan chegirmalarni o’zida aks ettiradi. Bunda 6210 “Muddati uzaytirilgan diskontlar (chegirmalar)” va 5110 “Hisobkitob schyoti” kreditlanadi. 6210 “Muddati uzaytirilgan diskontlar (chegirmalar)”, 6220 “Muddati uzaytirilgan mukofotlar (ustamalar)” schyotlari bo’yicha analitik hisob har bir obligatsiyaning turi va qoplash (so’ndirish) muddati bo’yicha alohida yuritiladi.



Download 267,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish