Makroiqtisodiy siyosatda hisob stavkasi (qayta moliyalash stavkasi)dan foydalanishning chet el tajribasi



Download 114,31 Kb.
bet1/2
Sana30.05.2022
Hajmi114,31 Kb.
#619845
  1   2
Bog'liq
IKM-50 Qurbonov Behruz amaliy ish




MUSTAQIL ISHI


FAN: Mikroiqtisodiyot va Makroiqtisodiyot

Mavzu: makroiqtisodiy siyosatda hisob stavkasi (qayta moliyalash stavkasi)dan foydalanishning chet el tajribasi.



Bajardi:IKM-50 talabasi Qurbonov Behruz
Tekshirdi:
Toshkent-2020
REJA:
Kirish
Asosiy qism:

  1. Qayta moliyalash stavkasi nimaga bog’liq?

  2. Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati.

  3. Qayta moliyalash siyosati jahon tajribasida.

Xulosa

Kirish.
Hozir davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi dunyo mamlakatlarining moliya-bank tizimiga, real sektor korxonalari faoliyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Ushbu salbiy ta'sirning oqibatlariga barham bеrish byudjеt, fiskal va monеtar siyosatlarning mazmuniga, taktik maqsadlariga sеzilarli darajadagi o`zgarishlar kiritilishiga sabab bo`ldi. Ushbu jarayonda Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan faol pul-krеdit siyosatini shakllantirish muhim o`rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, pul-krеdit siyosati makroiktisodiy o`sish barqarorligiga bеvosita ta’sir ko`rsatadi; ikkinchidan, pul-krеdit siyosati global inqiroz ta’sirida likvidliligini yo`qotib qo`ygan banklarning joriy likvidliligi va to`lovga qobilligini tiklash imkonini bеradi; uchinchidan, Markaziy bank pul-krеdit siyosati orqali inflyatsiya darajasiga bеvosita ta'sir kursatadi.
Shu sababli, Markaziy Osiyo mamlakatlarida inqirozga qarshi chora- tadbirlar dasturini amalga oshirishda pul-kredit siyosatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O`zbekistonda, joriy bozor kon’yukturasi keskin yomonlashib borayotgan sharoitda korxonalarning tashqi bozordagi raqobatdardoshligini ta`minlash maqsadida, maxsulotlarni eksport qilayotgan korxonalarga aylanma mablag`larine to`ldirish uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 70 foizidan ortiq bo`lmagan stavkalarda 12 oygacha bo`lgan muddatli imtiyozli kreditlar berish joriy qilindi. Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatini boshqarish uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga beriladigan mikrokreditlar yillik foiz stavkasi amaldagi 5 foizdan 3 foizga tushirildi1. Bu esa, o`z navbatida, pul-kredit siyosatining taktik maqsadlaridan ichki talabni rag`batlantirish maqsadida foydalanish, pul-kredit siyosati instrumentlarining moslashuvchanlik darajasini oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karomov inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda pul-kredit siyosatining muhim ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlab, eksportyor korxonalar va kichik biznes subyektlariga imtiyozli kreditlar berishni rag`batlantirish, ichki talabni rag`batlantirish orqali investitsion harajatlarni moliyalashtirish hajmini oshirish zarurligini e’tirof etdilar2.
Taxlillarimiz ko`rsatishicha, Markaziy Osiyo davlatlari Markaziy banklarining faol pul-kredit siyosatini shakllantirish borasida yechimini kutayotgan ayrim muammolar mavjud. Ya’ni, pul-kredit siyosati instrumentlarining moslashuvchanlik darajasi pastligicha qolayotganligini qayd etish mumkin.
Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi 2006-yildan 15 foiz darajasidan o`zgarmasdan, 2011 yilning 1-yanvaridan 12 foizga tushirildi. Bundan tashqari, markazlashgan kreditlarning tijorat banklari passivlari hajmida past darajada qolmoqda. 2011-yilning 1-yanvar holatiga, respublikamizning yirik tijorat banklari passivlari hajmida markazlashgan kreditlarning salmog`i atiga 1,4 foizni tashkil qildi3.
Shunungdek, mamlakatimizda monetizatsiya koeffitsienti past darajada qolmoqda. Xususan, 2010 yilning yakunida monetizatsiya koeffitsienti 21,0 foizni tashkil qildi. Xolbuki, ushbu koeffitsient XVF ekspertlari tavsiyasiga ko`ra, kamida 30 foiz bo`lishi kerak.
Umuman olganda, Markaziy Osiyo mamlakatlari Markaziy banklarining faol pul-kredit siyosati shakllantirilishini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishning zarurligi ushbu dissertatsiya mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
Pul-kredit siyosatini shakllantirish va amalga oshirish masalalari qator horijlik iqtisodchi olimlar – A.Shvarts, J.Keyns, M.Fridmen, I.Fisher, G.Kassel, J.Mid, J.Matuk, L.Katao, L.Krasavina, M.Terronza, M.Pivovarova, M.Ershov, O.Lavrushin, P.Samuelson, R.Mandell, R.Dornbush, R.Makkinnon, S.Fisher, F.Maxluplar tomonidan tadqiq etilgan va muhim ilmiy-amaliy xulosalar shakllantirilgan.
M.Fridman restriktsion pul-kredit siyosatini amalga oshirishni taklif qilgan bo`lsa, J.Keyns to`lovga qobillik talabini rag’batlantirishga qaratilgan ekspansionistik pul-kredit siyosatini qo`llash shart-sharoitlarini asoslab bergan.
O`zbekistonlik iqtisodchi olimlardan A.Vahobov, T.Bobakulov, N.Jumayev, O.Namozov, R.Shomurodov, B.Dushayev, Sh.Karaliyev larning ilmiy ishlarida ushbu masalaning ayrim nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan.
T.Bobakulov o`zining ilmiy izlanishlarida pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqqan. O.Namozov pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishning kontseptual asoslarini tadqiq qilgan. Sh.Karaliyev esa, Markaziy bankning inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish jarayonida faol pul-kredit siyosatini shakllantirish masalasini tadqiq qilib, xulosa va takliflar bergan.
Asosiy qism
1. Keyingi paytda mamlakatimizda yillik inflyatsiya darajasi pasayishiga qaramasdan, inflyatsiya xatarlarining kuchayishi hisobiga kelgusida ushbu pasayish dinamikasining o‘sish tomonga o‘zgarishi ehtimoli keskin oshdi. Pul-kredit siyosatini qat’iylashtirish ushbu xatarlar hamda inflyatsion kutilmalarni pasaytirishga xizmat qiladi.
Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini 2018 yilning 25 sentyabridan 2 foiz oshirib, yillik 16 foiz darajasida belgiladi, xabar beradi «Biznes Daily».
Mazkur qaror tashqi iqtisodiy sharoitlar o‘zgarishini hisobga olgan holda qabul qilingan bo‘lib, inflyatsion bashoratlar oshishi, ma’muriy tartibga solinadigan narxlar o‘sishi va valyuta almashuv kursi o‘zgarishining ichki narxlarga ta’siri kuchayishi sharoitida inflyatsion bosimni pasaytirishga yo‘naltirilgan.
Keyingi paytda mamlakatimizda yillik inflyatsiya darajasi pasayishiga qaramasdan, inflyatsiya xatarlarining kuchayishi hisobiga kelgusida ushbu pasayish dinamikasining o‘sish tomonga o‘zgarishi ehtimoli keskin oshdi. Pul-kredit siyosatini qat’iylashtirish ushbu xatarlar hamda inflyatsion kutilmalarni pasaytirishga xizmat qiladi.
Ta’kidlash lozimki, yillik inflyatsiya darajasi pasayishda davom etib, avgust oyida dastlabki prognoz ko‘rsatkichlari doirasida — 15,7 foizni tashkil etdi. Bu, o‘z navbatida, meva va sabzavotlar narxlarining mavsumiy arzonlashishi hamda 2017 yilda pul massasi oshishi va milliy valyuta devalvatsiyasi natijasida yuzaga kelgan yuqori inflyatsion bosim ta’sirining sekin-asta kamayib borishi hisobiga ro‘y berdi.
Joriy yilning boshida iqtisodiy rivojlanishning bazaviy bashoratlariga muvofiq, Markaziy bank tomonidan 2018 yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya darajasi 11,5−13,5 foiz oralig‘ida bo‘lishi prognoz qilinib, u quyidagi shartlarga asoslangandi:
asosiy hamkor savdo davlatlarda qulay tashqi iqtisodiy sharoitlarning saqlanib qolishi va makroiqtisodiy barqarorlikning yanada mustahkamlanib borishi;
ma’muriy boshqariladigan narx va tariflarning keskin oshirilmasligi;
umumlashtirilgan davlat byudjeti ijrosining muvozanatliligini ta’minlash;
iqtisodiyotni kreditlash hajmlarining bir maromda o‘sishi.
Bugungi kundagi mavjud joriy holat bazaviy prognozlardan farqli ravishda pul-kredit siyosatining 2018 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari va choraklik sharhlarida qayd etilgan inflyatsiya xatarlari ro‘yobga chiqayotganligidan dalolat bermoqda. Inflyatsion xatarlarning kuchayishi quyidagi omillar bilan izohlanadi.
Birinchisi, tashqi omillar ta’sirida so‘m almashuv kursining qadrsizlanishi. O‘z navbatida, ushbu devalvatsion bosim kuchayishini asosiy hamkor savdo davlatlar milliy valyutalari keskin qadrsizlanishi hisobiga mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligining pasayishiga milliy iqtisodiyotning aks javobi, deb qarash mumkin. Hisob-kitoblarga ko‘ra, almashuv kursi o‘zgarishining inflyatsiya darajasiga yig‘ma ta’siri yetti chorakkacha davom etadi hamda uning eng yuqori nuqtasi ikkinchi va to‘rtinchi choraklar oralig‘iga to‘g‘ri keladi.
Ikkinchisi,kreditlash hajmlarining yuqori sur’atlarda o‘sishi natijasida iqtisodiyotda iste’mol va investitsion talabning oshishi.
Uchinchisi,tartibga solinadigan narxlarning kutilgan darajadan yuqoriroq oshirilishi, shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflarining bozor narxlariga moslashtirilishining prognoz qilinganligi.
Ma’muriy tartibga solinadigan narxlar oshirilishining umumiy inflyatsiya darajasiga ta’siri yuqori bo‘lsa-da, mazkur narxlarning erkinlashtirilishi iqtisodiyotda to‘planib qolgan tarkibiy nomutanosibliklarni bartaraf etish uchun zarur chora hisoblanadi. Mazkur jarayonni ortga surish pul-kredit siyosatining narxlar barqarorligini ta’minlashdagi samaradorligini pasaytirib, iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiladi.
To‘rtinchisi, byudjet xarajatlarining rejalashtirilgan ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘lishi va umumlashtirilgan davlat byudjetining muvozanatli ijrosini ta’minlash bo‘yicha xatarlarning ortishi. Joriy yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining qisqa muddatli inflyatsiya bashoratlarining pasayishi bilan bir qatorda uzoq muddatli kutilmalarning barqarorlashuvi qayd etildi.
Ayni paytda tashqi sektordagi holat va uning ta’sirida ichki bozordagi o‘zgarishlar natijasida avgust oyi yakuni bo‘yicha qisqa muddatli kutilmalarning iyul oyiga nisbatan o‘sishi kuzatildi. Shuningdek, uzoq muddatli inflyatsiya bashoratlari joriy yilning ikkinchi choragida nisbatan yuqori, barqaror bo‘lgan bo‘lsa, iyul oyidan boshlab ularda ham o‘sish dinamikasi kuzatila boshlandi.
Bank tizimida likvidlikning nisbiy profitsiti mavjud sharoitida qayta moliyalash stavkasi oshirilishining jami kreditlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkalariga kredit kanali orqali ta’siri cheklangan. Bunda milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha bozor foiz stavkalarining nisbatan yuqoriligi kreditlarga bo‘lgan talabning bir qismi xorijiy valyutadagi kreditlar hisobiga qondirilishiga olib kelib, ichki valyuta bozoridagi talab va taklif darajasiga bilvosita ta’sir qiladi.
Qolaversa, qabul qilingan qarorlar ta’sirchanligini oshirish maqsadida Markaziy bank tomonidan qo‘shimcha sterilizatsiya vositalarini faollashtirish hamda davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarish bo‘yicha Moliya vazirligi bilan hamkorlik qilish бў­йича choralar ko‘riladi.
Qayta moliyalash stavkasining oshirilishi, birinchi navbatda, inflyatsiya kutilmalarining oshishi va tashqi inflyatsion omillarning kuchayishi bilan bog‘liq xatarlarni minimallashtirishga qaratilgan.
Bunda qayta moliyalashtirish stavkasining oshirilishi to‘g‘risidagi qaror iqtisodiy o‘sish sur’atlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmasligi, birinchidan, ajratilayotgan kredit qo‘yilmalarining qariyb yarmi davlat dasturlari doirasida beriladigan kreditlar hissasiga to‘g‘ri kelishi, ikkinchidan, joriy yilning 1 oktyabridan boshlab amalga kiritiladigan banklarning majburiy rezervlari bo‘yicha yangi tartib va normalar depozitlar bo‘yicha stavkalar oshgan holatda ham kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini oshirish zaruratini kamaytirib, banklarga foiz yuklamasini pasaytirish imkonini berishi bilan izohlanadi.
Umuman, Markaziy bank doimiy ravishda inflyatsiya xatarlarini jiddiy kuzatib borib, olinayotgan ma’lumotlar tahliliga asoslangan bosqichma-bosqich yondashuvdan foydalanadi. Bundan ке­йин ham ichki narxlar o‘sishiga monetar omillar ta’sirini pasaytiruvchi шароит­ларни ta’minlash maqsadida pul-kredit siyosatining barcha vositalarini qo‘llashni davom ettiradi.
Yaqinda poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida Markaziy bank tomonidan «Kredit va uning turlari, loyihalarni moliyalashtirish jarayonlari, foiz stavkalari, hukumat dasturlari ijrosi» mavzusiga bag‘ishlab tashkil etilgan matbuot anjunida yuqoridagilar xususida so‘z yuritilib, mutasaddilar jurnalistlarning savollariga batafsil javob qaytarishdi.
2. Markaziy Bankning diskont (hisob) siyosati:

Download 114,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish