Makroiqtisodiyot fanidan mustaqil ish


Texnologik yoyilishlar, sanoat siyosati va patent himoyasi



Download 0,69 Mb.
bet4/4
Sana03.02.2022
Hajmi0,69 Mb.
#426643
1   2   3   4
Bog'liq
Makro va mikro iqtisodiyot fanidan mustaqil ish

Texnologik yoyilishlar, sanoat siyosati va patent himoyasi
Ijobiy tashqi ta’sirning imkoniyatli muhim bir turi – bu texnologik yoyilish,
ya’ni bir firmaning tadqiqot va ishlab chiqarish harakatlarining boshqa firma
texnologik yangiliklariga ega bo`lishiga ta’siri. Masalan, sanoat robotlari bozorini
olaylik. Robotlar tez o`zgarib borayotgan texnologiyalarning boshida turadi. Firma
robot yaratganda uning yangi va yaxshiroq dizayn kashf qilishiga imkoniyat
mavjud. Bu yangi dizayn faqatgina bu firmani emas balki butun jamiyatga foyda
olib kelishi mumkin, chunki bu dizayn jamiyatning texnologik bilimlari qatoriga
qo`shiladi. Bu esa yangi dizaynning iqtisodiyotdagi boshqa ishlab chiqaruvchilar
uchun ijobiy tashqi ta’sirga ega bo`lishini anglatadi.
Bu holatda, hukumat robotlar ishlab chiqarilishiga subsidiya kiritib bu tashqi
ta’sirni o`zlashtirishi mumkin. Agar hukumat firmalarga har bir ishlab chiqarilgan
robot uchun subsidiya to`lasa, taklif chizig`i ushbu subsidiya miqdorida pastga
tushadi va bu o`zgarish robotlarning muvozanat miqdorini oshiradi. Bozor
muvozanati ijtimoiy maqbul darajaga tenglashishiga ishonch hosil qilish uchun
subsidiya texnologik yoyilish qiymatiga teng bo`lishi kerak.
Texnologik yoyilishlar qanchalik katta va ular ijtimoiy siyosat uchun nimani
bildiradi? Bu muhim savol, chunki texnologik rivojlanish nega hayot darajasi
davriy ravishda o`sishiga sababdir. Ammo bu qiyin savol ham hisoblanadi va buning ustida iqtisodchilar ko`pincha kelishishmaydi.
Ba’zi iqtisodchilar texnologik yoyilishlar tarqaluvchi va shuning uchun
hukumat eng ko`p yoyilish qiluvchi sanoatlarni qo`llab-quvvatlashi kerak deb
ishontirishadi. Masalan, ushbu iqtisodchilar agar kartoshka chipslaridan ko`ra
kompyuter chiplarini yaratishni ko`proq yoyilishga ega bo`lsa, unda hukumat
kartoshka chipslari ishlab chiqarishdan ko`ra kompyuter chiplarini ishlab
chiqarishni qo`llab-quvvatlashi kerak. Bunday ishni soliq kodeksi tadqiqot va
rivojlanish sarfiga maxsus soliq imtiyozlari taklif qilish orqali cheklangan
miqdorda bajaradi. Ba’zi boshqa davlatlat ko`p texnologik yoyilishlar taklif
qiluvchi maxsus sanoatlarga subsidiya kiritish bilan chuqurroq e’tibor qaratadi.
Texnologik sanoatni rivojlantirishga qaratilgan hukumatning iqtisodiyotga
aralashuvi ba’zida sanoat siyosati deb yuritiladi.
Boshqa iqtisodchilar sanoat siyosati to`g`risida salbiy fikrda. Garchi
texnologik yoyilish umumiy bo`lsa-da, sanoat siyosatining muvaffaqiyati hukumat
turli bozorlarda yoyilish hajmini o`lchashga qodir bo`lishini talab etadi. Bu o`lchov
muammosi eng qiyinidir. Bundan tashqari, aniq o`lchovlarsiz, siyosiy tizim eng
katta ijobiy tashqi ta’sirlardan ko`ra katta siyosiy ta'sirga ega bo`lgan sanoatlarni
subsidiya qilishi mumkin.
Texnologik yoyilishlar bilan shug`ullanishning yana bir usuli patent himoyasi
hisoblanadi. Patent qonunlari ma’lum vaqt uchun o`zlarining ixtirolaridan mutlaq
foydalanishini ta’minlab ixtirochilar huquqlarini himoya qiladi. Firma texnologik
yangilik qiladigan bo`lsa, u g`oyani patentlab, o`zi uchun ko`p iqtisodiy foyda
olishi mumkin. Patent huquqi firmaga ixtirosi ustidan mulk huquqini berib tashqi
ta’sir o`zlashtiriladi. Boshqa firmalar yangi texnologiyalar foydalanish istagida
bo`lsa, ular ixtiro firmasidan ruxsat olishi kerak va unga royalti to`laydi.
Shunday qilib, patent tizimi firmalarni texnologiyani rivojlantiradigan tadqiqot va
boshqa faoliyat bilan shug`ullanishiga katta turtki beradi.
Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish