Maktabgacha ta`lim asoslarining nazariy asoslari



Download 41,39 Kb.
Sana06.02.2022
Hajmi41,39 Kb.
#434152
Bog'liq
maktabgacha ta\'lim asoslari


Maktabgacha ta`lim asoslarining nazariy asoslari
Reja:
1. Maktabgacha ta’lim asoslari fan sifatida
2. Maktabgacha yoshdagi bola - ilmiy tadqiqot ob'ekti va tarbiya sub'ekti sifatida
3. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik -pedagogik xususiyatlari
4. Pedagogik faoliyat: tushuncha, mohiyat, mazmun
Mashg`ulot maqsadi:- talabalarga jahon, mintaqaviy, milliy ta’lim tizimi
rivojining umumiy va alohida istiqbolli yo‘nalishlari, qonun va qonuniyatlarimng
o‘ziga xosliklarini taqqoslash haqidagi fan bo‘lib global doirada maktabgacha
ta’lim tizimi rivojlanishining holati, asosiy yo‘nalishlari va qonuniyatlarini tahlil
etadi, milliy va hududiy o‘ziga xosliklardagi umumiy ko‘rinishlami ochib beradi,
maktabgachaaro pedagogik tajribaning ijobiy va salbiy jihatlari, milliy pedagogik
madaniyatni boyitish shakl va usullarini aniqlashtiradi. Maktabgacha ta`lim
asoslari fanining obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari Maktabgacha ta`lim
asoslari asosiy - mustaqil ilmiy bilim sohasi sifatida o‘zining obyekt, predmet,
maxsus funksiya va vazifalariga ega ekanligini biladi.
Mavzuni o’rganish natijasida talaba:
Mavzuga doir bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantiradi.
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yxati:
1. Организация деятельности педагога по подготовке дошкольников к
обучению грамоте в процессе обучения. Екатеринбург 2018
2. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti “Tarbiyachining
kasbiy mahorati va kompitentligi” moduli bo’yicha o’quv-uslubiy majmua.
Toshkent-2018
3. F.R.Yusupova, Maktabgacha pedagogika. Darslik. Toshkent-2019 4. “Ilk qadam” davlat dasturi. T-2018
5. “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartlari. T- 20
1. Maktabgacha ta`lim asoslari fan sifatida
“Maktabgacha ta`lim asoslari ” fanining maqsadi bo‘lajak maktabgacha
ta’lim o‘qituvchilarni turli mamlakatlarning tarbiyaviy imkoniyatlarga boy
milliy urf-odatlari , an’analari, tarixiy ma’naviy merosi, ta’lim tizimini o‘rganish
bilan birga ularning qiyosiy taqqoslash kerakli tomonlarini tahlil etib o‘rganish,
shuningdek turli davlatlarda olib borilayotgan ta’limg‘tarbiya borasidagi ishlardan
keng qamrovda xabardor bo‘lish kelajakdagi ish faoliyatlarida amaliy ahamiyat
kasb etuvchi pedagogik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va
rivojlantirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi
"O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida"gi farmonida 2017 - 2021-yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada
jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berildi. Harakatlar
strategiyasidagi beshta ustuvor yo‘nalishdan to‘rtinchisi ijtimoiy sohani
rivojlantirishga qaratilgan. Aholi farovonligini ta’minlash, bandlik, salomatlikni
muhofaza qilish, uy-joy masalalari qatoridan ta’lim-tarbiya tizimini taraqqiy
ettirish masalasi ham o‘rin olgan. Farmonga binoan ta’lim va ilm-fan sohasini
yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bunda
maktabgacha ta’limi tizimida keng islohotlarni amalga oshirish orqali ta’lim-
tarbiya sifatini oshirish, yangi maktab binolari barpo etish, rekonstruksiya qilish,
kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, axborot-
kommunikasiya texnologiyalari va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan to‘liq
ta’minlash kabi qator masalalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. .“Maktabgacha
ta`lim asoslari ” jahon, mintaqaviy, milliy ta’lim tizimi rivojining umumiy va
alohida istiqbolli yo‘nalishlari, qonun va qonuniyatlarimng o‘ziga xosliklarini
taqqoslash haqidagi fan bo‘lib global doirada maktabgacha ta’lim tizimi
rivojlanishining holati, asosiy yo‘nalishlari va qonuniyatlarini tahlil etadi, milliy va
hududiy o‘ziga xosliklardagi umumiy ko‘rinishlami ochib beradi, maktabgachaaro pedagogik tajribaning ijobiy va salbiy jihatlari, milliy pedagogik madaniyatni
boyitish shakl va usullarini aniqlashtiradi. Maktabgacha ta`lim asoslari fanining
obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari Maktabgacha ta`lim asoslari asosiy -
mustaqil ilmiy bilim sohasi sifatida o‘zining obyekt, predmet, maxsus funksiya va
vazifalariga ega.
“Maktabgacha ta`lim asoslari ” faning asosiy ob’yekti sifatida. Maktabgacha
pedagogikaning paydo bo'lishi Ya.A. Komenskiy (17 asr) nomi bilan bog'liq. XIX-
XX asrlarda Rossiyada maktabgacha pedagogika mustaqil hududga aylana
boshladi, ilmiy bilimlar va uning shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatgan rus klassik
fikrining nazariy g'oyalari, P. F. Kapterevning mualliflik tushunchalari, pedagogika
fanlari tizimida maktabgacha pedagogikaning o'rni va maktabgacha hayot davri,
hissiy dunyoqarashning ustunligi oqilona, bolaning tashqi ta'sirlarga, ochiqlikka
nisbatan o'ziga xos sezuvchanligi tinchlik, boshqa odamlar orasida o'zini tan olish
istagi, yoshga xos xususiyatlar, bolalarning psixofizyologik xususiyatlari nazarda
tutilgan. V.L.Vulfson va Z.A.Malkova hozirgi zamon ta’lim tizimining
rivojlanishini, M.L.Rodionov dunyoning turli davlatlaridagi pedagogika nazariyasi
va amaliyotini, A.N.Djurinskiy esa hozirgi davr ta’lim va tarbiyasini tushunganlar
Maktabgacha ta`lim asoslari ning asosiy obyekti- zamonaviy dunyoda insonni ijtimoiy-madaniy rivojlantirish jarayoni, shuningdek, global, hududiy va milliy
doirada ijtimoiy instutut hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimi.
“Maktabgacha ta`lim asoslari ” fanining asosiy predmeti haqida polyak
olimi B.Navrochinskiy pedagogikaning tadqiqot predmeti maktabgacha va maktab
tizimi, ta’lim - tarbiya metodlari, sharoitlari va omillari, bu sohada erishilgan
natijalar va pedagogik nazariya deb hisoblaydi. B.Suxodol’skiy esa maktabgacha
ta`lim asoslarining tadqiqot predmeti ancha keng ekanligini, u ta’limning barcha
mazmuni va metodlari, o‘qitishni tashkil qilish masalalarini ham qamrab olishini
ta’kidlaydi. Rus olimi A.M.Stolyarenko maktabgacha ta`lim asoslarining asosiy
predmetini tajribalar deb hisoblaydi va asosiy maqsadi pedagogika va
maktabgacha, maktab amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha dunyo ta’lim tizimi
tajribalariga asoslangan tavsiyalami ishlab chiqishdan iborat deb
ta’kidlaydi.Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Maktabgacha
ta`lim asoslari ning predmeti turli davlatlarda, turli tarixiy davrlarda mavjud
bo‘lgan ta’lim tizimidir. Maktabgacha ta`lim asoslari asosiy predmeti - jahon
pedagogik tajribalarni rivojlanish holati, tendentsiyalari va qonuniyatlari hamda
zamonaviy milliy pedagogik madaniyatning mahsuli hisoblanadi.
Maktabgacha ta`lim asoslari ning asosiy vazifalari:
1. Chet el ta’lim va maktabgacha ta’lim tizimi rivojining real
jarayonlarini aks ettiruvchi yangi va yaxshi, ma’lum bo‘lmagan jihatlarini
tizimli bayon etish. Jahon mamlakatlarida ta’lim va maktabgacha ta’lim
tizimi rivojlanishining muhimqonuniyat va tendentsiyalarini aniqlash hamda
tahlil etish va
tizimlashtirish.
2.Turli davlatlar ta’lim tizimida sifati va samaradorligini baholashning
ilmiy asoslangan mezonlarini aniqlash. Talim sohasidagi siyosatning asosiy
yo‘aalishlarini aniqlash. Uzluksiz ta’lim tizimidagi barcha bo‘g‘inlaming
mavjud holati va rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish.
3.Turli davlatlar ta’lim va maktabgacha ta’lim tizimining
rivojlanishidagi salbiy va ijobiy jihatlari, yutuqlari va kamchiliklarini aniqlash.Ta’lim sohasida ijobiy va salbiy holatlaming yuzaga kelishini aniqlovchi
ijtimoiy - siyosiy va iqtisodiy sharoitlami o‘rganish.
4.Bir davlat ta’lim tizimini boshqa davlatga ko‘chirishning
natijalarini bashorat qila olish. O‘rganilayotgan ta’lim tizimidagi umumiylik va
o‘ziga xoslik jihatlarini aniqlash.
Maktabgacha ta`lim asoslari ning asosiy funksiyalari:
Maktabgacha va ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik rejasini ishlab
chiqish. Kelgusida maktabgacha ta’limni rivojlantirishning istiqbolli va ishonchli
yo‘llarini bashoratlash. Turli ta’lim modellari va talim sohasida amalga
oshirilayotgan siyosiy islohotlarni taqqoslash. Mutaxasislaring chet el tajribasini
o‘rganishlarini yengillashtirish maqsadida pedagogik hujjatlardagi atama va
tushunchalami tartibga solish.
“Maktabgacha ta`lim asoslari” fanining ilmiy-tadqiqot metod lari
Statistik metod tavsiflash metodi bilan uzviy bog‘langan. Bu metod ta’lim
tizimiga oid raqamlar, ma’lumotlami tahlil va talqin qiladi, baholaydi. Xususan,
o‘qitish bosqichlari bo‘yicha ta’lim oluvchilaming o‘zlashtirishi, o‘quvchilaming
ijtimoiy tarkibi kabilar shular jumlasidandir.Tarixiy metod ta’lim tizimining paydo
bo‘lishi va shakllanishi, uning rivojidagi an’analar va turli tarixiy davrdagi
o‘zgarishlami tadqiq etadi. Chunki, tarixiy metod tahlil qilinayotgan pedagogik
hodisaning hozirgi holatini ancha chuqur tushunishga yordam beradi. Sotsiologik
metod boshqa metodlar bilan uzviy bog‘liq. U ta’lim tizimining ijtimoiy
xarakterini baholash, ta’lim tizimining maqsadi, vazifalari, mazmuni va
metodlarini tahlil qilish kabilami nazarda tutadi. Analitik metod orqali ta’lim
tizimining asosiy xususiyatlari ijtimoiy- siyosiy jihatdan baholanadi, ta’lim
tizimining tuzilishigi asos bo‘ladigan umumiy tamoyillar belgilanadi, ta’lim
mazmuni va uning fan-texnika taraqqiyotining zamonaviy darajasi talablariga
mosligi aniqlanadi. Maktabgacha ta`lim asoslari ning birinchi navbatda didaktika,
tarbiya nazariyasi va amaliyoti, pedagogika tarixi kabi fanlar bilan bog‘liq.
Pedagogika tarixi turli tarixiy davrlarda ta’limning rivojlanish masalalarini vertikal
qiyoslab o‘rgansa, qiyosiy pedagogikaning predmeti turli davladardagi ta’lim tizimini bitta davr ichida o‘rganish, ya’ni gorizontal qiyoslashdir. “Vertikal”
va “gorizontal” yondashuvlar birikmasi esa ko‘nlayotgan
muammoni to‘liq, chuqur tavsiflashga imkon beradi.
2. Maktabgacha yoshdagi bola - ilmiy tadqiqot ob'ekti va tarbiya sub'ekti
sifatida
Maktabgacha ta`lim asoslariga oid bo‘lgan falsafa, sotsiologiya, xronologiya,
iqtisodiyot kabi fan sohalari bilan hambog‘liq. Bugungi kunda fanning pedagogika,
qiyosiy pedagogika sohalarida falsafaning metodologik funksiyalari tan olingan,
zero falsafa pedagogik tajribanianglashda va pedagogik konsepsiyalami yaratishda
nazariy maslak hisoblanadi. Undan tashqari qiyosiy pedagogik tadqiqot doirasida
pedagogik bilimlami olish jarayoni falsafaning umumiy qonuniyatlariga
bo‘ysunadi. Didaktika, Pedagogika tarixi, Ta’lim tarbiya nazariyasi, Sotsiologiya,
Maktabgacha ta’lim menejmenti va ta’lim psixologiya bilan bog‘liqligi an’anaviy
hisoblanadi, chunki har bir davlat ta’limi va maktabgacha ta’lim tizimining
tuzilishi shaxsning rivojlanishi va psixik faoliyati qonunlari, inson tabiati
hususiyati bilan birgalikda amalga oshiriladi. Shuningdek, pedagogik tajribalami
bir davlatdan ikkinchi davlatga o‘tkazishda ayrim sohalar bo‘yicha ilmiy
tadqiqotlar ham dolzarb hisoblanadi. Jumladan, etnopsixologiya “milliy tavsif”,
“milliy mentalitet” kabi tushunchalarni o‘rganadi, bu tushunchalar o‘z navbatida Maktabgacha ta`lim asoslari uchun alohida qiziqish uyg‘otadi. Sotsiologik
tadqiqotlarning natijalari, Maktabgacha ta`lim asoslari ning turli davlatlarda ta’lim
rivojlanishining qonuniyatlari, yo‘nalishlari haqidagi boy ma’lumotlar beradi. Bu
esa o‘z navbatida maktabgacha va ta’lim tizimi rivojining kelajakdagi
strategiyasini belgilashga imkon beradi.
Bugun uzliksiz ta’limning birinchi bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta’lim
tizimida shiddat bilan jadal o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Inson hayotining
dastlabki to‘rt yilini o‘z ichiga qamrab oluvchi maktabgacha ta’lim yoshi davri o‘z
ahamiyatiga ko‘ra noyob br xislat, holat hisoblanadi. Ushbu davrda bolada asosiy
insoniy qadriyatlarning shakllanishi yuz beradi. Insonning kelajakda qanday shaxs
bo‘lib yetishishi aynan maktabgacha ta’lim davrida olgan tarbiyasiga bog‘liq.
Mashhur rus pedagogi Lesgarfning fikricha insonning bog‘cha yoshidagi davri
shunday bir bosqichki, bu davrda bolalarda xarakter xislatlarining namunalari
shakllanib, ahloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi. Ilmiy kuzatish va
tadqiqotlarda inson o‘z hayoti davomida oladigan barcha ma’lumotning yetmish
foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olib ulgurishi keltirilgan. Shuning uchun
ham donishmandlarimiz “Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqshdir”deb
aytishmagan. Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, o‘z ona tilini
o‘zlashtiradi, ota-ona, oila, mahalla, vatanga mehri uyg‘onadi, umri davomida
oladigan bilimlarga zamin hozirlaydi.
Maktabgacha yoshdagi bola - ilmiy tadqiqot ob'ekti va tarbiya sub'ekti sifatida
zamonaviy metodologiyasini yaratish va amaliyotga joriy etish asosida ta’lim-
tarbiya sifati tubdan takomillashtiriladi. Bu yo‘nalish nihoyatda keng qamrovli
bo‘lib, uzviylik, uzluksizlik hamda kompetensiyaviy yondashuv asosida
maktabgacha ta’limning yangi davlat ta’lim standartlari (DTS) amaliyotga joriy
etiladi. Maktabgacha ta’lim bu dastlabki bosqich bo‘lib O‘zbekiston
Respublikasida maktabgacha ta’lim nazariyasi faninng 3yoshdan 7 yoshgacha
bolalarni qamrab oladi va ma’naviy va jismoniy tarbiyalash, tafakkurini
o‘stirishning dastlabki bosqichi hisoblanadi. Zamonaviy maktabgacha talim
jarayonida bolalarni rivojlantiruvchi xarakterga ega bo‘lgan talim tizimi tadbiq qilinadi. Unda kichik yoshidagi bolalar yosh xususiyatlari va tafakkur hamda
ruhiy taraqqiyot darajalari o‘zlashtirish imkonini beradigan ta’limiy faoliyatga
kirishadilar. Qaysiki, bu faoliyat bolalar uchun yetakchi faoliyat bo‘lib hisoblanadi.
Kichik yoshidagi bolalarda o‘qish hamda o‘rganishga qaratilgan faoliyatning
shakllanishida, har bir o‘yin bo‘yicha nazariy bilimlarni egallash jarayonida
ularning ongi va tafakkuri jadal tarzda rivojlanadi. Bu ong va tafakkur o‘z
xarakteriga ko‘ra nazariy hamda amaliy tushunchalarni o‘zlashtirish natijasida
vujudga kelgan ong va tafakkur bo‘lib, bolaning jadal tarzda taraqqiy etishini,
dunyoqarashining rivojlanishini ta’minlaydi.
Maktabgacha ta`lim asoslari faninng nazariyasi ta’lim jarayonida mustaqil
davlatning ta’lim tarbiya tizimida umumiy maktabgacha ta’limning dastlabki
bosqichi sifatida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, amaldagi maktabgacha ta’lim o‘yin
va o‘qishga asoslangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi bolalarda elementar tarzdagi
o‘qish, yozish, hisoblash ko‘nikmalarini hosil qilishdan hamda ob’yektiv olam
haqidagi tasavvurlarni oshirishdan iborat edi.Ko‘rinib turibdiki, amaldagi
maktabgacha ta’lim milliy axloq va nafosat me’yorlarini singdirish vazifasi bu
tizimdan tashqarida qolgan edi. Uzoq yillar davomida e’tibordan chetdan qolgan
maktabgacha ta’lim konseptual asoslarga tayangan holda yangilanishi kerak
Bilish faoliyatiga bo‘lgan ongli intilish shakllangandagina ta’lim
muvoffaqiyatli bo‘ladi. Agar maktabgacha ta’lim jarayoni bolada bilishga bo‘lgan
ishtiyoqni shakllantira olmas ekan, bshlag sinflarga borgan sari uning bilishga
bo‘lgan intilishi susayadi. Bu esa, o‘z navbatida, maktabgacha ta’lim
bitiruvchilarining 6 yosh ko‘nikma va malakalariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Har bir mashg‘ulotdan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim
standartida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlarini
ta’minlash, dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlariga
sharoit yaratish, iqtidorli guruh va bolalarnirning intellektual qobilyatlarini
muntazam oshirib borishlariga sharoit yaratish, ijodiy va mantiqiy tafakkur qila
olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kommunikativ
savodxonligini va o‘-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirish, jismonan sog‘lom bo‘lishga, moddiy borliq go‘zalliklarini his eta olishga, go‘zallik va nafosatdan
zavqlana olishga, milliy urf-odatlarni o‘zida singdirishga va ardoqlashga, ularga
rioya qilishga o‘rgatishdan iborat.
Bugungi kunda maktabgacha ta’limning sifat va samaradorligini yanada
takomillashtirish talab qilinmoqda. Shunga ko‘ra, beriladigan bilimning
harakteriga ko‘ra - umumiy va professional, bilimning kolamiga ko‘ra - boshla-
ng‘ich (yoki quyi), o‘rrta, oliy. Kimning qaramog‘ida bo‘lishiga qarab - davlat,
munitsipal (jamoa) va xususiy) bolalar jinsiga ko‘ra - aralash (har ikki jinsdagi
bolalar uchun
Bolalarda elementar tarzdagi o‘qish, yozish, hisoblash ko‘nikmalarini hosil
qilishdan hamda ob’yektiv olam haqidagi tasavvurlarni oshirishdan iborat bo‘lib
o‘rta ta’limning, tarkibiy qismi bo‘lib keldi. Maktabgacha ta’limning mazmuni
ham, bu bosqichda o‘qitiladigan o‘quv predmetlarining mazmuni ham konseptual
asoslarga tayangan holda yangilanishi kerak.
1. Maktabga tayorlash yoshidagi bolalarda o‘qish, o‘rganish istagi va
ko‘nikmalarini shakllantirish;
2. Bolalarda yuqori darajada shakllangan bilish jarayoniga, bilish faoliyatiga
intilishni kuchaytirish;
Bilish faoliyatiga bo‘lgan ongli intilish shakllangandagina ta’lim
muvoffaqiyatli bo‘ladi. Agar maktabgacha ta’lim nazariyasi jarayonida bolada
bilishga bo‘lgan ishtiyoqni shakllantira olmas ekan, yuqori guruhlarga borgan sari
uning bilishga bo‘lgan intilishi susayadi. Bu esa, o‘z navbatida, bog‘cha
bitiruvchilarining ko‘nikma va malakalariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Zamonaviy maktabgacha ta’limning nazariy jihati istiqbolli, ustuvor
yo‘nalishlardan biri, bu bolaning umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida
tarbiyalash asosida rivojlantirishdan iboratdir, yani, har tomonlama rivojlangan
shaxsni tarbiyalashga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonidir.
Bugungi kunda o‘zida ta’lim tarbiya elementlarini mujassamlashtirgan
maktabgacha ta’lim jarayonini tashkil etish dolzarb vazifalardan biridir. Kichik
maktab yoshidagi bolalarni o‘qitish va ularda milliy hamda umuminsoniy tarbiya elementlarini singdirish yo‘li amaliy jihatdan tadbiq qilinishi lozim. Bu o‘rinda,
milliy axloq tarbiyasi, ma’naviy-ruhiy hamda milliy nafosat va jismoniy tarbiya
maktabgacha ta’lim qiyosiy pedagogikasining faninng bosqichida ustuvor
ahamiyat kasb etishi lozim. Bunda o‘quv materiali shaklida berilgan ta’limiy
matnlarda bolalarda turli shakllarda axloqiy-ma’naviy tarbiya va milliy nafosat
me’yorlarini, diniy hamda umuminsoniy qadriyatlarni singdirish nazarda tutiladi.
Maktabgacha ta’limning asosiy maqsadi: kichik maktabgacha yoshidagi bolalarga
o‘qish, yozish va hisoblashga o‘rgatish, tevarak-atrof va tabiat bilan tanishtirish,
ijodiy va mantiqiy fikrlash xislatlarini, nutq va xulq-atvor madaniyatini, shaxsiy
gigiyena va sog‘lom turmushtarzi asoslarini shakllantirish hamda shaxsiy
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishdan iborat.
Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari:
- har bir o‘quv fanidan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat
ta’lim standartida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlarini
ta’minlash;
- har bir o‘quv fanidan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o‘quv
dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlariga sharoit
yaratish;
- iqtidorli bolalarning intellektual rivojlanishini muntazam oshirib
borishlariga sharoit yaratish;
- ijodiy va mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini,
dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini va o‘-o‘zini anglash salohiyatini
shakllantirish;
- jismonan sog‘lom bo‘lishga, moddiy borliq go‘zalliklarini his eta olishga,
go‘zallik va nafosatdan zavqlana olishga, milliy urf-odatlarni o‘zida singdirishga
va ardoqlashga, ularga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim asoslarining o‘rganilishida maktabgacha
ta’limning sifat va samaradorligini yanada takomillashtirish talab qilinmoqda.
Shunga ko‘ra, boshlang‘ich ta’limga zamin vazifasini o‘taydi bunda bir qator
vazifalar qo‘yilmoqda. 3. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik -pedagogik
xususiyatlari
Tarbiya va ta’limning yosh xususiyatlariga bog‘liq jihatlari qadimgi
davrlardan buyon o‘rganiladi. Yosh davrlari va pedagogik psixologiyasi XIX
asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiy va
birinchi navbatda, uning “Chelovek kak predmet vospitaniya” (“Inson – tarbiya
predmeti sifatida”) degan asari katta hissa qo‘shgan edi. Ingliz olimi Charl’z
Darvinning evolyusion g‘oyalari jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Psixologlar tomonidan
o‘rganiladigan omillarining reflektor mohiyatini tushunish uchun psixik faoliyat
ahamiyatini mashhur fiziolog olim I.M.Sechenov ham ta’kidlab o‘tgan. Veber va
Fexnerning psixofizik kashfiyoti, Ebbingauzning xotiraga oid tadqiqoti,
G.Gel’mgol’sning sezgi organlarining psixofiziologiyasiga oid ishi, Vundt
tomonidan fiziologik psixologiya hissiyoti va harakatlarining o‘rganilishi va
boshqalar asosiy ahamiyatga ega.
XX asr boshida maktabgacha ta’lim sohasida ikki asosiy: biologik va
ijtimoiy yo‘nalishga ajratilgan.
Biologik, biogenetik yo‘nalishga xos narsa – tug‘ma xususiyatlar,
“irsiyat”ga yo‘naltirilish, bola xulqi va rivojlanishini sodda-mexanik tushunishga
intilishdir. Bola rivojlanishidagi irsiy omillarni ortiqcha baholash va biogenetik
qonuniyatlarni psixologiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirish mazkur yo‘nalishning
o‘ziga xos kamchiligi bo‘lib hisoblanadi. Psixologiyadagi biogenetik qonuniyat –
Gekkel’ tomonidan XIX asrda shakllantirilgan mashhur evolyusiya qonunlarini
sohasiga ko‘chirishga urinishdir. Xomila ona qornidaligida bir hujayrali
mavjudotdan inson bo‘lgunga qadar barcha rivojlanish davrlarini bosib o‘tgani
kabi, bola ham insoniyat tarixidagi asosiy bosqichlarni qayta bosib o‘tadi. Shunday
qilib, bola bosib o‘tadigan besh bosqich ajratilgan: yovvoyilik davri, ov davri,
chorvachilik davri, dehqonchilik davri va sanoat davri. Mazkur davrlashtirishga
ko‘ra, bola yovvoyi holda tug‘iladi, barcha bosqichlarni birin-ketin bosib o‘tib,
oxirida unda pul, savdo, almashinishga qiziqish paydo bo‘ladi, ya’ni kapitalistik
tuzum idealiga javob beradi. Biogenetik qonuniyat asosida bolaning psixik rivojlanishi tashqi ta’sir emas,
ichki sabab natijasida yuzaga keladi degan g‘oya yotadi. Tarbiya jarayoniga
qaramay, u tashqi omil sifatida namoyon bo‘ladi, ba’zi tabiiy, irsiy- shartli psixik
sifatlarining namoyon bo‘lish jarayonini sekinlashtiradi yoki tezlashtiradi.
Biogenetizm bola tarbiyachilarsiz – “erkin tarbiya” pedagogik nazariyasining
psixologik asosi bo‘lib qoldi. Pedagogik psixologiyadagi biogenetik yo‘nalishning
g‘ayriilmiy mexanik xususiyatini pedagog va psixologlar XX asrning 30-yillarida
anglab yetishdi.
Bolalarda psixik rivojlanish tarixi . Inson psixikasi doimo rivojlanishda.
Bola insoniyat tarixi davomida jamg‘argan tajribalarni o‘zlashtirishi jarayonida
rivojlanadi. Bu jarayon kattalar tomonidan doimiy nazorat, ya’ni ta’lim sharoitida
amalga oshadi. Ta’lim bolaning psixik rivojlanishi jarayonida belgilovchi rol’
o‘ynaydi. Ta’lim tabiiy iste’dod, ijtimoiy muhit va u yoki bu yosh uchun samarali,
tushunarli ta’lim usullariga asoslanadi. Shunday qilib, shu narsani ko‘rish
mumkinki, go‘daklikda ko‘rgazmali-harakatli fikrlash, keyin esa ko‘rgazmali-
obrazli, og‘zaki-mantiqiy, mavhum, umumiy nazariy fikrlash turlari paydo bo‘ladi.
Rivojlanish jarayonida faqat bilim va harakat usullarining o‘zgarishi,
murakablashishi sodir bo‘lmaydi. Bolaning psixik rivojlanishi uning butun
shaxsidagi o‘zgarishlar, ya’ni shaxsning umumiy xususiyatlari rivojlanishini o‘z
ichiga oladi. Rivojlanish dinamikasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Bola shaxsini yo‘naltirishdagi umumiy xususiyatlar (eshitish, anglash,
atrofdagilar bilan munosabat),
2. Faoliyatining psixologik tuzilishi xususiyatlari (motiv, maqsad, ob’ekt)
3. Anglash mexanizimining rivojlanish darajasi.
Shunday qilib, bolaning butun rivojlanish jarayonini uch qismga bo‘lish
mumkin: 1) ta’lim jarayonida bilim va faoliyat usullarining rivojlanishi, 2)
egallangan usullarni tatbiq etish mexanizmlarining psixologik rivojlanishi, 3) shaxs
umumiy xususiyatlarining rivojlanishi (yo‘naltirilganlik, faoliyatning pedagogik
tuzilishi, anglash va fikrlash). Ko‘rsatilgan rivojlanish yo‘llarining har biri o‘ziga
xos. Bu yo‘llarning barchasi o‘zaro bog‘liqlik va faqat birgalikdagina rivojlanish deb ataluvchi shaxsdagi o‘zgarishlar jarayonini tashkil etadi. Ta’lim
va tarbiya jarayonida bola psixikrivojlanishining asosiy yo‘llari, inson psixik
rivojlanishining ijtimoiy shartliligi rivojlanish jarayonini bilim va ko‘nikmalarning
oddiy to‘planib borishiga bog‘lash mumkinligini anglatmaydi, inson psixik
rivojlanishining ijtimoiy tabiatini hisobga olish mazkur jarayonning murakkabligi
va ko‘pqirraliligini tushunish imkonini beradi, chunki faqat shunday
yondashuvdagina rivojlanish u yoki bu alohida vazifalarning miqdoriy ortishi
emas, aksincha insonning umuman rivojlanishi sifatida namoyon bo‘ladi.
Ta’lim va psixik rivojlanish mazmuni. Bilim va faoliyat uslubining
murakkablashishi ta’lim jarayonida bolalar rivojlanishining asosiy va belgilovchi
tomonini tashkil etadi. Masalan, Shveysariyalik psixolog J.Piaja o‘zi olib borgan
tadqiqotlar asosida ta’kidlashicha, 6-7 yoshdan kichik bolalar raqam bilan bog‘liq
faoliyatga qodir emas. Shuningdek, L.A.Venger, P.Ya.Gal’perin, D.B.El’konin,
V.V.Davidovlar bolaning psixik rivojlanishiga ta’lim mazmunining o‘zgarishi
uning ta’siridir degan. Faoliyatning umumiy turi aniqlangach, bolalar tomonidan
ayni usullar turli darajada qo‘llanilishi mumkin, faoliyatning nisbatan yuqori
shakllari va turlariga (shuningdek, aqliy) masalan, aniq va mavhum tushunchalarni
bog‘lay olish va o‘zaro nisbatini aniqlay bilishga o‘rgatilishi lozim.
Shaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishi. Rivojlanish jarayonida faqat
bilim va faoliyat usullarining o‘zgarishi va murakkablashishi sodir bo‘lib
qolmaydi. Bolaning psixik rivojlanishi uning butun shaxsidagi o‘zgarishlarni, ya’ni
shaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishini o‘z ichiga oladi. Rivojlanish
jarayonida bolalar psixik faoliyatining turli jihatlari o‘zgaradi, usullar yig‘ilishi va
o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Bola ko‘p miqdordagi turli harakatlarni bajara oladi, bilim
va tasavvurlari o‘zgaradi. Mazkur o‘zgarishlar ichidan nisbatan umumiy va
belgilovchi o‘zgarishlarni ajratib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Ular quyidagilar:
1. Bolaning shaxsiy yo‘naltirilganlik xususiyatining umumiy
rivojlanishi. Unga uch turni kiritish mumkin: a) ta’limiy yo‘nalganlik (yaxshi
qabul qilish, yaxshi o‘zlashtirish), b) bilim olishga yo‘nalganlik, yod olish,
eshitish, yangi vazifalar olish), v) atrofdagilar bilan munosabat. 2. Faoliyat psixik tuzilishining rivojlanishi Masalan, bog‘chaga sovg‘a
uchun archa o‘yinchoqlarini tayyorlashda ko‘maklshish. Motiv – turlicha
(bolakaylar ko‘nglini olish, tarbiyachi talabini bajarish, jarayonning o‘zidan
qoniqish). Maqsad – archa uchun o‘yinchoqlar tayyorlash. Ob’ekt – o‘yinchoqlar
tayyorlanadigan materiallar.
3. Ong mexanizmining rivojlanishi. Bu fikriy faoliyatning ko‘rgazmali-
harakatli, ko‘rgazmali-obrazlidan abstrakt, nazariyga o‘zgarishidir. Bolada
tushunchalar va tushunchalar tizimi muntazam shakllanib boradi. Bolaning anglash
va fikrlashining rivojlanishi darajasi qancha yuqori bo‘lsa, u o‘zlashtirgan,
foydalanayotgan tushunchalar shuncha murakkab bo‘ladi.
Shu tarzda, umumiy holda bola psixik rivojlanishi jarayonini uch asosiy
yo‘nalishga bo‘lish mumkin: 1) ta’lim jarayonida bilim va faoliyat usullarining
rivojlanishi, 2) o‘zlashtirilgan usullar qo‘llash psixologik mexanizmlarining
rivojlanishi, 3) shaxsning umumiy xususiyatlarining rivojlanishi.
3. Ta’lim jarayonida bolalar rivojlanishining pedagogik shartlari va
qonuniyatlari. Bilim, uni qo‘llash mexanizmlari va shaxs umumiy xususiyatlari
rivojlanishining pedagogik shartlari ta’lim jarayonida bolalar rivojlanishining
umumiy qonuniyatlariga bog‘liq. Bola psixik rivojlanishining turli taraflari uchun
alohida, aniq pedagogik shartlarni ham inobatga olish muhim.
Yosh xususiyatlari ko‘plab shartlar majmui bilan belgilanadi. Bu - bola
hayotidagi har bir bosqichda unga qo‘yiladigan talablar tizmi, atrofdagilar bilan
munosabat, u egallayotgan bilim va faoliyat turi hamda bu bilimlarni egallash
usullaridir. Yosh xususiyatini aniqlovchi shartlar majmuiga bolaning jismoniy
rivojlanishi xususiyatlari ham kiradi (masalan, go‘daklikda ma’lum bir morfologik
shakl hosil qiluvchi ma’lumotlarni egallash, o‘smirlikda organizmning o‘zgarish
xususiyatlari va boshqalar).
Yosh davrlarida rivojlanishning asosiy o‘zgarish mexanizmlari. Yosh
davrlarini aniqlash atrofdagilarga munosabatlarning rivojlanish darajasi bilan
bilim, usullar, qobiliyatlar rivojlanishi darajasi o‘rtasidagi aloqani belgilab beradi.
Mazkur ikki taraf orasidagi munosabatlarning o‘zgarishi keyingi Yosh bosqichlariga o‘tishning muhim ichki asosi (“harakatlantiruvchi kuch”) ni tashkil
etadi.
Bola yashash sharoiti, tarbiya va ta’lim olish sharoitining o‘zgartirilishi
rivojlanishning yosh davrlari almashinuvini belgilovchi muhim omildir.
4. Pedagogik faoliyat: tushuncha, mohiyat, mazmun
Shaxs tuzilishida va pedagogning innovatsion faoliyatda quyidagi muhim
elementlarni ajratish mumkin.
- motivlar, fikrlash yo‘nalishi, intilishlar, ular pedagogning yangilikka
nisbatan ochiqligini va uni qabul qilishini tavsiflaydi;
- ijodiy qobiliyat, masalan, kreativlik va individuallik. Faol o‘z-o‘zini
anglash, pedagogik madaniyat, ijodiyot bazasi;
-texnologik tarkibiy qismi, u an'anaviy vaziyatlarni turli-tuman hal etish
yo‘llarini ta'minlaydi;
- pedagogning o‘zi haqida va innovatsion jarayondagi o‘rni haqida adekvat
tasavvurga yordam beruvchi refleksiya.
Pedagogning yangilikka intilishi, innnovatsion salohiyati va xulqi,
yangilikni qabul qilishi kabi fazilatlari ham juda muhim. Yangilik kiritish
fenomeni yangiliklarni joriy qilish, yuqori aqliy salohiyat, tanqidiy munosabat,
muqobil yo‘llarni izlashni o‘ziga maqsad qilib qo‘ygan pedagoglarda uchraydi.
V.A. Slastenin va L.S. Podimova jamoaning innovatsion salohiyatini
yangiliklarni yaratish, qabul qilish va amalga oshirish, shuningdek eski, pedagogik
samarasiz jihatlarni o‘z vaqtida yo‘qotish qobiliyati deb ta'riflagan.
Innovatsion salohiyatning qismi bo‘lgan qabul qilish yangilikni sezish,
unga tayyorlik, muammo bilan tanishish, uni hal etishning mavjud yo‘llarini tahlil
qilish, yo‘lini tanlash, qaror qabul qilish oqibatlarini qabul qilish bilan belgilanadi.
Innovatsion ta'lim jarayonida pedagogik faoliyatning mazmuni an'anaviy
faoliyatdan ancha farq qiladi.
Birinchidan, faoliyat mazmuni va texnologiyasini ishlab chiqish faoliyati
ancha murakkablashadi, chunki uning texnologik asosi tez rivojlanadi. U
pedagogning maxsus malakalari, ish usullari rivojlantirilishini talab etadi. Bundan tashqari, zamonaviy axborot texnologiyalari faoliyat sifatiga va
uning mahsuliga qo‘shimcha talablarni qo‘ymoqda.
Ikkinchidan, zamonaviy pedagogik jarayonning o‘ziga xosligi shuki,
pedagog markaziy o‘rin tutgan an'anaviy ta'limdan farqli ravishda, bu yerda asosiy
diqqat bolaga – uning faolligi, tanlovi, kreativligiga qaratiladi.
Tarbiyachining muhim funksiyasi bolani o‘z faoliyatida qo‘llab-quvvatlash,
uning olamdagi muvaffaqiyatli ilgarilama harakatiga yordam berish, yuzaga
keluvchi muammolar hal etilishini osonlashtirish, turli-tuman ma'lumotni
o‘zlashtirishga yordam berish hisoblanadi.
K. Rodjers, A.B. Orlov va S.Ya. Romashina jahon ta'limiy hamjamiyatida
shu sababli yangi atama – fasilitator – o‘qishga yordam beruvchi, osonlashtiruvchi,
ko‘maklashuvchi shaxs paydo bo‘lib, ishlatilayotganligini qayd etganlar.
Uchinchidan, bilish materialini taqdim etish va tajribani berish yo‘llari
pedagog va bolalarning intensiv muloqotini ko‘zda tutadi, pedagogning barcha
bolalar bilan umumlashgan aloqasi ustuvor bo‘lgan, lekin tarbiyachining alohida
bolalar bilan o‘zaro munosabati ancha kam bo‘lgan an'anaviy ta'lim turiga nisbatan
zamonaviy ta'limda ushbu ta'lim sub'ektlari o‘rtasida ancha faolroq va qiziqarli
o‘zaro munosabatlar bo‘lishini talab qiladi.
Pedagog va bolaning ta'lim jarayonida tutgan o‘rnining o‘zgarishi o‘zaro
munosabatlar, eng avvalo pedagoglar o‘zaro munosabatlari – integratsiyasi va
o‘zaro moslashuvi tizimini qayta qurish, shuningdek «pedagog – bola –ota-onasi»
uchburchagida o‘zaro munosabatlarni takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bu, bir
tomondan, maktabgacha ta'lim tashkilotsida innovatsion jarayonning zaruriy
sharti, boshqa tomondan –uning natijasi va muvaffaqiyatining ko‘rsatkichi bo‘ladi.
Demak, bola shaxsini shakllantirishda tarbiyachi alohida ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, uning har bir bolaning shaxs sifatida shakllanishida javobgarligini taqozo
etadi. Shunga ko`ra tarbiyachi bolalarga kundalik xayotga, o‘yinlarga,
mashg‘ulotlarga, birgalikda mehnat faoliyatiga, ular bilan bo‘ladigan muomilada,
muloqotda ibrat, namuna bo‘lishi, bolani har tomonlama diqqat bilan o‘rganish,
uning shaxsiy hususiyatlari, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning hulq atvori, ish natijalarini haqqoniy baxolash, va ularga o‘z
vaqtida yordam ko‘rsata olish hamda oilaviy ahvoli bilan qiziqishi zarur
hisoblanadi.
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek
muhim, faxrli va shu bilan birga ma'suliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining
siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun halq hamda jamiyat oldidagi o‘z
ma'suliyatini anglashiga, ta'lim-tarbiya vazifalarini hal etishga ijodiy yondoshishi,
o‘z mahoratini doimo tokamillashtirib borish va ishdagi hamkasblarni o‘sishiga
ko‘maklashishiga yordam beradi.
Demak, tarbiyachi avvalo bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab turgan o‘lka hayotini
bilishi, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoiy faol bo‘lishi, umumiy
va maktabgacha tarbiya pedagogikasi, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi
va bolalarning yosh xususiyatilarini bilish kerak.
Xar bir tarbiyachi o‘ziga quyilayotgan zamonaviy talablarni his eta bilish
davlatimiz va maktabgacha ta'lim tashkilotlari olidga qo‘yilayotgan vazifalarni
muvafaqqiyatli amalga oshirishining garovidir.
Bu talablar:
- bolaning sog‘ligini saqlash va mustahkamlash;
- aqliy qobiliyatlarini o‘stirish;
milliy qadriyatlar ma'naviyatimizning g‘oyaviy-aqliy tamoyillariga mos e'tikod va
qarashlarini tarkib toptirish;
- Ona Vatanga muxabbatni, ijtimoiy faollikni shakllantirish;
- yosh avlodda o‘rtoklik, do‘stlik hissini, xalollik va mehnatsevarlikni tarkib
toptirish.
Pedagog-tarbiyachi :Uzbekiston Respubliksi Konsitutsiyasini, Uzbekiston
Respubliksi konunlrini, Uzbekiston Respubliksi Vzirlar maxkamasi, ta'lim
tashkilotlarini boshkarish organlari tomonidan chikarilgan karorlarni; Bola
xukuklari konvensiyasini,; Uzbekiston Respubliksi «Bola xukulari
kafolatlari»tugrisidagi konunni, maktabgach pedagogika va psixologiyayosh
fiziololgiyasi va gigenasi; birinchi tibbiy yordam asoslarini); nutkida kamchiligi bor bolalar bilan ishlashni defektologiyani, fukorolik va mexnat konunchiligini ;
mexnat muxofzsi v me'yorlarini, texniki va yongin xafsizligi koidlrini bilishi
kerak
Tarbiyachi (o‘qituvchi-tarbiyachi) faoliyatining tahlili u pedagoglik faoliyatini
bajarish jarayonida bajaradigan bir qator vazifalarni ajratib ko‘rsatish imkonini
beradi. Tarbiyachining vazifalari deganda bajarilishi o‘sib kelayotgan avlodga
ta'lim-tarbiya berish maqsad hamda vazifalarga muvaffaqiyatli erishini
ta'minlaydigan kasbga oid majburiyatlar majmui tushuniladi.
Pedagogning vazifalari murakkab, ular bir-biriga jips singib, bir-biri bilan
uzviy aloqada bo‘ladi. Ammo kasbga oid majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarish
uchun o‘qituvchi, tarbiyachida shakllantirilish lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar
mazmunini aniqlash maqsadlarida ularning farqlash, analitik ko‘rib chiqish talab
etiladi.
Pedagogning asosiy vazifalari quyidagilardir:
I. Tarbiyachi faoliyatida rivojlantiruvchi (tarbiyalovchi va ta'lim
beruvchi) vazifa asosiy hisoblanadi. Uning o‘zi bir qator vazifalarni qamrab
oladi. Eng avvalo bu gnostik (bilish) vazifasidir. O‘sib kelayotgan avlodni
tarbiyalash uchun pedagog ma'lumotli, zarur bilimlarni to‘plashi, ilmiy adabiyot
bilan ishlashni bilishi, tajribali pedagoglarning ishlarini kuzatish hamkasblar
tajribasini o‘rganishi, tarbiyaviy ta'sir vositalarini anglashi, egallashi zarur
adabiyotdan va axborotdan xabardor bo‘lishi, uni o‘zlashtirishi vash u kabi
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. Adabiyotdan asosiy yo‘nalishlarni ajratib ola
bilishi, muhokama yoki tadqiqot uchun muammoni aniqlashi, ilmiy adabiyotni
ma'lum nuktai nazardan tahlil qilishi, tadqiqot faraz hamda vazifalarini o‘rtaga
quya bilishi, pedagogik jarayonida, ish mazmuni, metodlari, bolalarni rivojlanish
hususiyatlarini va shu kabilarni aniqlash maqsadlarida oddiy sinov-tajribalar
o‘tkazilishi, muammoli savollar qo‘yishi, asosiysini topishi, materialni taxlil
qilishi, fikrni mantiqiy bayon qilish va shu kabi ko‘nikmalarni qamrab oluvchi
tadqiqotchilik vazifasi uzviy birikib ketadi. Bolalarni tarbiyalash jarayonida
tadqiqotchilik elementi yanada ko‘proq ahamiyat kasb etadi. Tarbiyachi bolalar hulq-atvorlari omilini to‘plash va tahlil qilishni, ularning sabab va oqibatlarini
ko‘rishini, pedagoglik ta'sir ko‘rsatish vositalari, ularning bolalar jamoasi va har
bir bolaga alohida samaradorliginitaxlil kilish, asosli xulosalar chiqarish va shu
kabilarni bilishi kerak. Bu vazifalarning amalga oshirilishi pedagog faoliyati uchun
zarur bilimlarni jamg‘arilishiga yo‘llangan.
Rivojlantiruvchi vazifa o‘sib kelayotgan avlodga bilim, ko‘nikma va
malakalarini berishni ta'minlovchi axborot vazifasida ham aks etadi. Bu vazifa
quyidagi bir qator pedagogik ko‘nikmalar: ifodali nutq vositalaridan foydalanish,
materialni aniq mantiqiy, qisqa bayon qilish va tushunilishiga erishish; turli bayon
qilish metodlari (ko‘rgazmali-amaliy, ko‘rgazmali, og‘zaki va boshqalar;
ta'limning texnika vositalaridan samarali foydalanish) ni qullanish; materialni
qismlarga ajratish, savollar qo‘yish; materialni egallash jarayonida o‘kuvchi
tarbiyalanuvchilarni faollashtirish va shu kabi ko‘nikmalarni talab qiladi.
Shunday qilib, pedagog faoliyatining rivojlantiruvchi vazifasi zarur bilim va
malakalarni to‘plash, bolalar tomonidan amaliy faoliyat jarayonida zarur bilim,
malakalarning egallanishiga yo‘llangan axborot berish hamda undovchi vazifalarni
amalga oshirish ko‘nikmalarini talab qiladi. Rivojlantiruvchi vazifa boshqalarini
yanada mustahkamlaydi.
II. Konstruktiv tashkilotchilik vazifasi tarbiyachilik jarayonini tashkil etishga
yo‘llangan. Bu vazifani bajarish uchun pedagog bir qator ko‘nikmalarga ega
bo‘lish lozim.
1) har bir dars (mashg‘ulot) uchun material tanlash, uni murakkablashtirish va
oldingi hamda keyingilar bilan aloqalarini ta'minlashni nazarda tutish, dars, o‘yin,
mashg‘ulot, mehnat topshiriqlari va shu kabilarni bolalarning yosh imkoniyatlari,
ularni tarbiyalash va rivojlantirish istiqbollarini hisobga olib egallash sistemasini
aniqlash;
2) pedagoglik jarayonini bolalar jamoasi va alohida bolalar bilan ishlashni
qamrab olib, ta'limiy – tarbiyaviy vositalar majmuidan foydalanib rejalashtirish;
3) bolalar jamoasini faoliyatning har hil turlarida qatnashish uchun uyushtirish,
hamkorlikdagi faoliyat jarayonida har bir bolaning ma'naviy qiyofasini shakllantirish, bolalarning mustaqil va bevosita pedagog rahbarligi ostida amalga
oshiriladigan faoliyatlarini tashkil etish, jamoa va alohida bola faoliyatiga
raxbarlik qilish;
4) bolalarning turli yosh guruhlarida kun tartibining bajarilishini, bir kun
tartibdan boshqasiga o‘tishni tashkil etash, bolalarni kun tartibini bajarish
jarayonida tarbiyalash (ko‘nikmalarning bu guruhi bolalar bog‘chalarining
tarbiyachilari, boshlangich sinflar o‘qituvchilar, kuni uzaytirilgan maktab va
sinflar, internetlarda ishlovchi pedagog va boshqalar uchun muhimdir);
5) mazmuni (o‘quv, o‘yin, mexnat) faoliyati, shuningdek, bolalarning hayot
faoliyatlari uchun muhit yaratish, muhitdan bola shaxsini tarbiyalash vositasi
sifatida foydalanish;
6) o‘z ishini o‘rnini tashkil etish, zarur qo‘llanma va hujjatlarni tayyorlash
(to‘plash) ularni berilgan talablar asosida yuritish va shu kabilar.
Tarbiyachi shaxsiga qo‘yiladigan talablar. Ular o‘z mehnatlari bilan
jamiyatning ijtimoiy buyurtmasini bajaradilar, ya'ni o‘zida ma'naviy boylik,
axloqiy soflik va jismoniy mukammallikni mujassamlashtirgan, har tomonlama
rivojlangan shaxsni tarkib toptirishdir.
Pedagog (bolalar bog‘chasining tarbiyachisi, o‘qituvchi) ning g‘oyaviy
e'tiqodi uning shaxsiy asosini tashkil qiladi, bola shaxsining yo‘llanganligini
shakllantiradi. Bolalar bog‘chasi tarbiyachisi, o‘qituvchi faoliyatining o‘zi doimo
ma'naviy natijaga ega: bilim, bolalarning ma'naviy qiyofasi, ularning e'tiqodi,
dunyoqarashi – bularning barchasi pedagog shaxsining g‘oyaviy yo‘nalganligi
bilan belgilanadi. O‘qituvchi va tarbiyachining g‘oyaviy e'tikodi uning shaxsi
ma'naviy sifatlari bilan uzviy bog‘langan.
Bilimdonlik – tarbiyachi pedagog uchun shart bo‘lgan fazilat. Uning
vazifasi o‘sib kelayotgan avlodga insoniyat jamg‘argan ilmiy bilimlarni ochib
berishdir. O‘qituvchi fan va bilimlar yangi jamiyat qurish quroli ekanligini shu
bois xalqqa taaluqli bo‘lishi lozimligini chuqur anglaga bo‘lishi kerak. Shuning
uchun u ilmiy bilimlarni o‘sib kelayotgan avlodga va keng mehnatkashlar ommasiga berishga, ijtimoiy g‘oyalarni, ahloqiy normalarni va shu kabilarni
yetkazishga tayyor bo‘lishi kerak.
Ta'lim-tarbiyaviy vazifalarni muvaffaqiyatli hal etilishini ta'minlash-
bolalarga ilmiy bilimlarni, ijtimoiy g‘oya va ma'naviy normalarni ochib berish
uchun pedagog bolalarning rivojlanish hususiyatlarini bilishi kerak. Bu bilimilar
o‘qituvchi va tarbiyachi bilimdonligining maxsus jixatlaridandir.
Ana shunday sifatlarni asosiylaridan biri bolalarni sevishdir.
Bolalarni sevish pedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil qiladi.
O‘qituvchi, tarbiyachining bolalarga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi
shaxsiga hurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada
pedagoga nisbatan ishonchni uyg‘otadi, o‘qituvchiga bolaning chinakam ma'naviy
murabbiysi bo‘lishiga imkon beradi.
Tarbiyachi-pedagog o‘zga kishi ichki dunyosini ko‘ra bilishi, uning
xissiyoti, intilishi, fikr o‘ylarini tushuna bilish muhimdir. Buning uchun esa o‘zini
boshqa kishi o‘rniga qo‘yishi, uning bilim, xayotiy tajribasi, xar xil vaziyatdagi
xolatini xisobga olishi, xato va qiyinchiliklarni oldindan ko‘ra bilishi kerak. Bu
qobiliyat bolaga shaxs sifatida insoniy munosabatda bo‘lishida, xayrxoxlik va
xozirjavoblikda, sezgirlik va xushmuomilalikda tarbiyalanuvchilar xayotiga
tuganmas qiziqishda, ishonchda, ularning shodlik va qayg‘ulariga sherik bo‘lishi
tayyorlikda aks etadi. Shaxsning mazkur kasbiy sifatlari guruxi bolalar bog‘chasi
tarbiyachisi uchun ayniqsa muhimdir.
Tarbiyachi faoliyatning moxiyati bolalar bilan ko‘tarinki ruhdagi aloqani
o‘rnatishdagina iborat bo‘lmay, balki o‘zaro munosabatlarga, harakatlarning
tabiatiga, shaxsning yo‘llanganligiga faol ta'sir kursata olishida hamdir.
Sifatlarning bu ikkinchi guruxi pedagog dinamizmi nomini olgan bo‘lib, yuzaga
kelayotgan har qanday vaziyatlar bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishda
foydalanish. Vaziyatdagi o‘zgarishlarni anglash va unga ko‘ra emotsional-iroda
ta'siri pedagogning jaxli, ishontirishning mantiqiyligi, talabchanlik va yumorni his
qila bilishi, qarorlarni qabul qilishdagi tashabbuskorligi va mustaqilligi,
kashfiyotchiligi va tashabbuskorligi bilan ifodalanadigan pedagoglik ta'sirini qo‘llana bilishida namoyon bo‘ladi. Pedagog shaxsining dinamizmi pedagogik
ta'sir ko‘rsatishning bevosita va bilvosita usullarini biriktira bilishida yuzaga
keladi.
Sifatlarning uchinchi guruhi pedagogning ko‘tarinki ruhini barqarorligiga
daxldor. Pedagog kishining ijodiy tabiati kutilmagan vaziyatlarda shoshilinch
to‘g‘ri yechimga kelish zaruriyati bilan biriktiriladi. Yuzaga keladigan salbiy his
to‘yg‘ularga qarshi tura bilish, optimistlik kayfiyat, o‘zini tuta bilish va sabr-
toqatlilik, quvnoqlikning ustinligi bu sifatlar – pedagog ishi samaradorligining
kafolatidir.
Pedagog shaxsining barcha kasbga oid axamiyatli sifatlari uning pedagoglik
muloqot uslubida, bolalar jamoasida, bolalar va ota-onalar, bolalar bog‘chasi
pedagoglar jamoasida ko‘tarinki ijobiy muhitni yarata bilishda namoyon bo‘ladi.
Bolani shakllantirish pedagog shaxsiga oid sifatlarning qay darajada yuqori
bo‘lishiga asoslanadi.
Tarbiyachi pedagog faoliyatining muvaqqiyati pedagoglik qobiliyatlarining
mavjudligiga ham bog‘liqdir. Pedagoglik qobiliyatlar- pedagoglik maxoratga
erishining zaminidir. Pedagoglik qobiliyatlar tarkibiga pedagoglik kuzatuvchanlik,
pedagoglik tasavvur, diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagoglik
muomala kiritiladi. Pedagoglik qobiliyatlar pedagog faoliyati jarayonlari,
shuningdek, uni bu faoliyatga tayyorlanish jarayonida shakllanadi.
III. Diagnostik vazifa. Ta'lim-tarbiyaviy ish strategiyasi va
taktikasini to‘gri aniqlash maqsadlarida tarbiyalanuvchilar holati hamda
pedagoglik jarayonining holatini aniqlashga yo‘llangan. U dastlabki ikki vazifa
bilan uzviy bog‘langandir, chunki unda tadqiqot vazifasining elementlari,
pedagoglik jarayonini uyushtirish ko‘nikmalari mavjud
Bu vazifalarni bajarish jarayonida pedagog, o‘kituvchi, tarbiyachida:
pedagoglik kuzatuvchanlik-oddiy hodisa va belgilardan bolalar jamoasi va har bola
shaxsidagi rivojlanishga moyillikni ko‘rish, uning extiyoj, qiziqish, xolatlarini
tushunish, zarur choralarni o‘z vaqtida ko‘rish; uning faolligiga erisha borib
metodlarni, faoliyatni tashkil etishni bola nuktai nazarini o‘zgartirish va shu kabilar; diqqatni bo‘lish – har bir bolani jamoada ko‘ra bilish, qiynalgan holatida
yordamga kelish; odatiy xatolarni ko‘ra bilish, umumiy ko‘rsatma va ishning yakka
tartibdagi shakllaridan foydalanish vash u kabi pedagoglik qobiliyatlari
shakllanadi. Bu qobiliyatning yuksak darajada rivojlanganligi – muvaffaqiyatli
pedagoglik faoliyatining muhim zamini bo‘lib hisoblanadi.
IV. Pedagogning muvofiqlashtiruvchi vazifasi ijtimoiy (bolalar bog‘chasi
va maktabda – darslaridagi ta'lim-tarbiya, to‘garak ishi, va oilaviy tarbiya
sistemasida amalga oshiriladigan bolaga pedagogik ta'sir ko‘rsatishning mazmun
hamda yo‘nalishini birlashtirish va muvofiqlashtirishga yo‘llanadi).
Bu vazifalarning amalga oshirilishi qo‘yidagilarni:
1) hamkasblar va oilalar bilan ishga oid aloqalarni o‘rnatish, oilada, pedagoglar
va o‘quvchilar o‘rtasida yuzaga kelgan munosabatlarni, ularning bolalarga
ko‘rsatayotgan ta'sirini tahlil qilishni;
2) ota-onalarga bog‘chasi va maktab boshlangan ishni davom ettirishni
o‘rgatish o‘rgatish; ularga ijtimoiy tarbiyaning bolada insoniy xislatlar, g‘oyaviy
e'tiqodi, mehnatsevarlikni tarbiyalash, uni estetik va jismoniy rivojlantirish
maqsadlarida uning shaxsini shakllantirishga yo‘llangan mazmun va metodlarini
tushuntirishni;
3) oilaviy tarbiyaning ijobiy tomonlarini ko‘rish va tushunish, ulardan bolalar
bog‘chasi va maktabda foydalanishni;
4) ota-onalarni bolalar bog‘chasi va maktab ishida faol qatnashishga undash
ko‘nikmalarini talab qiladi.
V. Kommunikativ vazifalar pedagoglar va bolalar, pedagoglar va ota-onalar
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar uslubida namoyon bo‘ladi. Kommunikativ vazifa
yuqorida sanab o‘tilgan barcha vazifalar tarkibiga singib ketadi. Bu vazifaning
amalga oshirilishi quyidagilarni:
1) hamkasblar bilan ishga oid xayrixox aloqalarini o‘rnatishni;
2) bolalar bilan pedagoglik maqsadiga muvofiq munosabatlarni o‘rnatish (hujjat,
talabchanlik, sabr-bardosh, xayrixoxlik va shu kabilar)ni; 3) hamkasblar va bolalarga nisbatan to‘g‘ri ohang va muloqot shakllarini
qo‘llanish, nuqsonlarini bartaraf qilishga yo‘llangan qoidalarini inson shaxsini
tahqirlamay mantiqiy va xayrixoxlik bilan ayta bilishni;
4) bolalar guruhidagi muloqot va munosabatni tartibga solishni;
5) tashviqotchi, targ‘ibotchi bo‘lish, ishonch, ishbilarmonlik, g‘ayrat vash u
singarilar bilan tinglovchilarni ergashtira bilish va boshqa ko‘nikmalarni talab
qiladi.
Pedagoglar va tarbiyalanuvchilar o‘rtasidagi kommunikatsiya jarayonida
alohida qobiliyat-pedagoglik nazokati shakllanadi.
Pedagoglik nazokati deganda pedagog tomonidan bolalar bilan muloqot
me'yori prinsipiga rioya qilishi, har bir muayyan holatda tarbiyalanuvchilarga
to‘g‘ri yondashuvni tanlash ko‘nikmasi tushuniladi. Pedagoglik nazokati negizida
pedagogning fuqarolik hissiyotlari, haqgo‘ylik, bolaga ishonch yotadi.
Qattiqqo‘llik me'yori, ezgulik me'yoriga rioya qilinishi pedaggogga
munosabatlarini to‘g‘ri o‘rnatishda, pedagoglik faoliyatida ijobiyo natijalarga
erishishda yordam beradi. Pedagoglik nazokatining yo‘qligi o‘zaro munosabatlarni
o‘rnatish yo‘lida to‘siqni yuzaga keltiradi, pedagoglar va bolalar, pedagoglar va
ota-onalar o‘rtasida nizolar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
VI. Onalik vazifalari (xizmat ko‘rsatish va parvarishlash) bolaning ijobiy
ko‘tarinki holatini ta'minlash, tarbiyachi pedagogga ishonib topshirilgan bolalar
hayoti va sog‘lig‘ini muxofaza qilish, ularning normal jismoniy va psixik
rivojlanishlarini ta'minlashda namoyon bo‘ladi. Bolalar qanchalik yosh bo‘lsalar,
bu vazifa tarbiyachi faoliyatida shunchalik kuchli ifodalanadi.
Bu vaziflarning bajarilishi qo‘yidagilarni:
1) bolalar hayot faoliyati jarayonlari, uyqu, ovqatlanish, shungdek, yuvinish,
kiyinish, gigienik muolajalarni ta'minlashni; tashqi ko‘rinish, har bir bola
kiyimidagi tartibni ta'minlashni;
2) har bir bola uchun psixik qulay vaziyat yaratishni uni tinchitish,
zo‘riqishning oldini olish, quvonch va qayg‘ulariga sherik bo‘lish, bola
kechinmalarini tushunish, ularga his etgan holda javob qaytarishni; 3) bolalarning xulq-atvorini oldindan ko‘ra bilish, nizolarga ularning
sabablarini bartaraf etib, yo‘l qo‘ymaslik, vaziyatni tezlikda baholash va bir
qarorga kelishni;
4) har bir bola boshqalarga xalaqit bermay, o‘zi uchun qiziqarli mashg‘ulotni
tanlab oladigan qulay va tartibli vaziyatni yaratish ko‘nikmasini talab qiladi.
Bu vazifalarning amalga oshirilishi tarbiyachi pedagogda bolalarga nisbatan
g‘amhur munosabatni, ularga muhabbatni, har bir bolaga e'tibor hamda mehrni
tarbiyalaydi. Bolalikning ilk va maktabgacha yoshdagi bo‘lgan davrida har bir bola
alohida muloyimlik, e'tibor, iliq muloqotni talab qiladi- bu uning normal
rivojlanishi uchun zarur sharoitdir. Shunga ko‘ra tarbiyachilarda bolalarga nisbatan
muloyimlik, e'tiborlilik, qat'iyat, sabr-toqat, osoyishtalik, hazilni seza bilish,
bolaning o‘sayotgan kuchi va imkoniyatlari ishonchni bildirish sifatidagi optimizni
qamrab oluvchi alohida muloqot uslubi bo‘lishi kerak. Bir-birlariga hamdard
bo‘lishlik tarbiyachi va bolalarning o‘zaro mehrlarini yuzaga keltiradi.
Maktbagcha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarini kasbiy layoqati va kasbiy
tayyorgarligining quyidagilar kiradi:
1. Shaxsiy sifatlar.
Bolalarni sevish; ijtimoiy faollik; bolani ichki dunyosini tushunish
qobiliyati; bolalar bilan muloqot qilish qobiliyati; kamtarlik xushmuomilalik;
mehnatsevarlik; qat'iylik; mustahkam xarakter; odillik; ma'suliyatlilik.
2. Kasbiy sifatlar.
O‘z kasbiga bo‘lga qiziqish; topshirilgan ishga ma'suliyat bilan munosabatda
bo‘lish hissi; ahlokiy madaniyat (nutq, hulq-atvor); psixologik kuzatuvchanlik;
chidamlilik; pedagogik odob; aniq va tushunarli nutq; o‘ziga tanqidiy munosabatda
bo‘lish.
3. Kasbiy bilimlar.
• maktabgacha yoshidagi bolalarni yosh va o‘ziga hos xususiyatlarini bilish;
• tarbiya jarayonining mazmunini, maqsad va vazifalarini bilish;
• maktabgacha ta'lim pedagogikasi, bolalar psixologiyasi, maxsus
metodikalar va gigiena asoslari haqida bilimga ega bo‘lish; • zamonaviy pedagogik metodologiyasi asoslarini o‘zlashtirish;
• ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni psixologik va pedagogik
xususiyatlarini bilish;
• mashg‘ulotlarni, o‘yinlarni, bolalar faoliyatini, (nutqiy, tasviriy,
mehnat)... o‘tkazish metodikasini bilish;
• ota-onalar bilan ishlash shakllarini va metodikalarini bilish;
• «Bolajon» tayanch dasturi to‘g‘risida bilimga ega bo‘lish;
• maktabgacha ta'lim bo‘yicha m'yoriy hujjatlar haqida bilimga ega bo‘lish;
• bolalar hayotini saqlash va sog‘liqlarni mustahkamlash qoidalarini bilish;
4. Ijodiy sifatlar.
• pedagogik maxoratni takomillashtirish;
• bolalarga yangi bilimlarni ijodiy yondashgan holda o‘rgatish;
• bolalar va ota-onalar va jamoatchilik bilan ishlashda noan'anaviy ish
shakllaridan foydalanish;
• «Ilk qadam» Davlat o`quv dasturini tadbiq etishga ijodiy yondashish;
• bolalarga pedagogik ta'sir etish natijalarini ko‘ra bilish;
• o‘zini bolalarini o‘rniga, xayotga bola ko‘zi bilan qarash qobiliyati;
5. Xususiy pedagogik malakalar.
• mashg‘ulotlar uchun o‘quv materiallarni metodik jihatdan to‘gri tanlash
malakasi;
• bolalarni o‘yin faoliyatlariga rahbarlik qilish va tashkil etish malakasi;
• bolalarni mustakil faoliyatlarini tashkil etish malakasi;
• tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish malakasi;
• bolalar jamoasiga raxbarlik qilish bo‘yicha o‘z faoliyatini rejalashtirish
malakasi;
• o‘quv maqsadlarini rejalashtirish malakasi;
• o‘z bilimlarini oshirish bilan shug‘ullanish malakasi;
• bolalarni mehnat faoliyatiga rahbarlik qilish malakasi;
• bolalarni o‘quv faoliyatlarini tashkil eta olish malakasi;
6. Kasbiy malakalar. • maktabgacha yoshdagi bolalarni psixologo-pedagogik diagnostikasini
tashkil etish malakasi;
• bolalarni bilim darajalari, ko‘nima va malakalarni rivojlanishini tahlil
qilish malakasi
• bolalar bilan so‘rov, suxbat, intervyu o‘tkazish malakasi;
• bolalar ishlarini tahlil qilish (rasmlar, tabiiy matoriallardan yasalgan
buyumlar);
• maktabgacha ta'lim tashkilotlari ish tajribalarini maqolalari va ilmiy
metodik to‘plamlarida tahlil qilish malakasi;
• ilg‘or va tajribalari materiallari asosida pedagogik to‘plam tashkil etish;
7. Tashkilotchilik malakalari.
• bolalar jamoasini tashkil etish malakasi;
• turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqarish malakasi;
• turli xil bolalar faoliyatlarda bollarni qiziqtirish va faollashtirish
malakasi;
• bolalarni turli xil faoliyatlarini tashkil etish malakasi.
Shunday qilib tarbiyachi-pedagoglarni kasbiy-tayyorgarlik,
layoqatlarini asosini quyidagilar tashkil etadi:
- shaxsni kasbiy yo‘nalganligi;
- pedagogik qobiliyatlar va malakalar;
- bilish faoliyati;
- shaxsni umumiy rivojlanganlik darajasi;
- shaxs xarakterini psixologik hususiyatlari.
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib
tarbiyalashdek muhim, faxrli va shu bilan birga ma'suliyatli vazifani bajaradi.
Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun halq hamda
jamiyat oldidagi o‘z ma'suliyatini anglashiga, ta'lim-tarbiya vazifalarini hal etishga
ijodiy yondoshishi, o‘z mahoratini doimo tokamillashtirib borish va ishdagi
hamkasblarni o‘sishiga ko‘maklashishiga yordam beradi. Demak, yuqorida keltirilgan sifatlarini tarkib toptirish o‘sib kelayotgan yosh
avlodni tarbiyalash hamma tomonlarini qamrab olomaydi. Lekin tarbiyachi
shularga asoslanib bolalarni mustakil hayotga va mehnatga tayyorlash ishini
ma'lum bir maqsad bilan samarali amalga oshirilishi mumkin.
Nazorat savollari:
1. Maktabgacha ta’lim asoslari deganda nimani tushunasiz?
2. Maktabgacha yoshdagi bola - ilmiy tadqiqot ob'ekti va sub'ekti xaqida
tushuncha bering
3. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik -pedagogik xususiyatlariga
nimalar kiradi?
4. Pedagogik faoliyat: tushuncha, mohiyat, mazmun nimalardan iborat?
Download 41,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish