Maktabgacha ta'lim Klasterlarida Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagog kadrlarining


Amir Temur markazlashgan davlat asoschisi



Download 100,44 Kb.
bet4/5
Sana15.04.2022
Hajmi100,44 Kb.
#555145
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ismatullayeva Xurshida Dilmurodovna

Amir Temur markazlashgan davlat asoschisi.
Buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 670 yilligi respublikamizdagi kabi dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida ham keng nishonlanmoqda. Mazkur sana munosabati bilan ilmiy anjumanlar o‘tkazilmoqda, buyuk ajdodimizning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan materiallar e’lon qilinayotir. Jumladan, Italiyaning Marko Polo instituti tomonidan nashr etiladigan “Marko Polo” jurnalining 2006 yil 2-sonida maxsus maqola bosib chiqarilgan. Quyida ushbu maqola chop etilmoqda.
2006 yil 9 aprel kuni O‘zbekistonda buyuk davlat arbobi va sarkarda, Yevropada “Tamerlan” degan nom bilan mashhur bo‘lgan Amir Temurning tug‘ilganiga 670 yil to‘lishi keng nishonlandi.
1991 yilda O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng ilk kunlardanoq, ko‘p asrlar davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan ulug‘, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Mashhur davlat arbobi, O‘rta asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, ilm-fan va madaniyat rahnamosi Amir Temur davrida ilm-fan, madaniyat va ta’lim mislsiz darajada yuksaldi.
Siyosiy maydonga qadam qo‘yganida Amir Temur endigina 24 yoshga kirgandi. Mamlakat parokanda, mahalliy siyosiy kuchlar o‘rtasidagi o‘zaro qarama-qarshiliklar avj olgandi. Ustiga ustak, Chingizxon avlodlari Movarounnahrga tez-tez bosqin uyushtirib turardi.
Taxminan bir asr davom etgan bu davrda Movarounnahrning istibdod alamini tortgan oddiy fuqarolaridan to yirik siyosiy arboblariyu din peshvolarigacha juda ham og‘ir kun kechirdilar. Jamiyatga ozodlikka va taraqqiyotga bo‘lgan intilishlarni o‘zida mujassam etgan xaloskor, dohiy zarur edi. Taqdir taqozosi bilan Amir Temur ana shunday xaloskor va yo‘lboshchi sifatida tarix sahnasida paydo bo‘ldi.
1370 yilda Amir Temur Balxda bo‘lib o‘tgan qurultoyda Movarounnahrning ulug‘ amiri deb e’lon qilindi. Tarqoqlikni bartaraf etib, ayrim o‘lkalarni yagona davlatga birlashtirish Amir Temurning asosiy maqsadi edi. U davlatning poytaxti qilib So‘g‘diyonaning qadimiy poytaxti bo‘lgan Afrosiyob xarobalari yonidagi Samarqandni belgiladi va yangi shaharga asos soldi.
Amudaryo bilan Sirdaryo oralig‘i, shuningdek, Farg‘ona va Shosh viloyatlarini birlashtirib o‘ziga bo‘ysundirgandan keyin Amir Temur boshqa mamlakatlarga harbiy yurishlarga kirishdi.
XVI asrda yashagan mashhur ingliz shoiri va dramaturgi Kristofer Marloning “Buyuk Temur” nomli tragediyasida yosh Temurbek o‘zining tengsiz aqli, salohiyati va shijoati bilan jahon tarixidagi qudratli podsholardan biriga aylangani namoyish etilgan. Tragediya XVII asrgacha sahnadan tushmay, Angliyada teatr mavsumini boshlab bergan.
Bir necha yevropalik bastakorlar operalarda Amir Temur obrazini yaratganlar. XVII asr boshida italyan bastakori Gaspirni “Tamerlan” operasini yaratdi. Mazkur opera Vena teatrida sahna yuzini ko‘rdi. Bastakor Leo uni Neapol teatrida sahnalashtirdi. Antonio Vivaldi, Skolari, Gendel va boshqa bastakorlar ham bu mavzuda musiqa asarlari yaratganlar.
Bugun jahonning ellikdan ortiq mamlakatida temurshunos olimlar ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Temur va Temuriylar davriga bag‘ishlangan ko‘plab kitoblar chop etilmoqda. O‘tgan olti yuz yil mobaynida Yevropa tillarida Amir Temurga bag‘ishlab yozilgan salmoqli asarlarning soni 500 ga yetdi, Sharq tillarida esa 900 dan oshdi.
Nodira
Nodira (Komila) (1792—1842) Taniqli shoira, davlat arbobi. Asl ismi Mohlaroyim, Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida dunyoga keldi. 1808 yilda oʻsha paytda Margʻilon hokimi boʻlgan Amir Umarxonga turmushga chiqadi. 1810 yilda akasi Olimxon oʻrniga taxtga chiqqan Umarxon bilan Qoʻqonga keladi. 1822 yil Umarxonning fojeali vafotidan soʻng oʻgʻli Maʼdalixon bilan birga Qoʻqon xonligini boshqaradi. Madrasa, masjid, karvonsaroylar qurdiradi. Ilm ahliga rahnamolik, faqirlarga homiylik qiladi. 1842 yil Buxoro xoni Amir Nasrulloh tomonidan qatl etiladi.
Nodiraning sheʼriy merosi bir nechta devonlarining qoʻlyozmalari (inv. № 7768, 660, 2090) orqali yetib kelgan.Oʻzbekcha sheʼrlarida Komila va forsiyda Maknuna taxalluslari bilan ham asarlar yaratgan. Uning 10.000 misraga yaqin asari yetib kelgan. Gʻazal, muxammas, ruboiy, fard kabi koʻplab janrlardan faol foydalangan. Sheʼrlarida Navoiy, Fuzuliy, Bedil anʼanalarini davom ettirgan. Nodira gʻazallarida firoq, dard iztiroblari samimiy bayon qilingan.
Nodira devoni muqovasi
Nodira hayoti va ijodini oʻrganish oʻz davridanoq boshlangan. Hakimxon Toʻraning «Muntaxabut-tavorix», Avazmuhammad Attorning «Tuhvatut-tavorix», Ishoqxon Toʻraning «Tarixi Fargʻona», Mushrifning «Ansobus-salotin va tavorixi xavoqin» kabi tarixiy asarlarda, Uvaysiyning «Voqeoti Muhammadalixon», Nodir-Uzlatning «Haft gulshan» nomli dostonlarida Nodiraning iqtidori, faoliyati borasida qimmatli maʼlumotlar bayon etilgan.
Ijodi A.Qayumov, T.Jalolov, X.Razzoqov, M.Qodirova kabi olimlar tomonidan oʻrganilgan.
Andijonda shoira nomiga shahar markazidagi shohkoʻchalardan biri, kinoteatr va boshqa.

Download 100,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish