Maktabgacha talim muassasasining yillik ish rejasini tuzish metodikasi


Maktabgacha ta’lim muassasalarini yalpi tekshirishning asosiy yo’llari



Download 22,45 Kb.
bet2/2
Sana25.02.2022
Hajmi22,45 Kb.
#463791
1   2
Bog'liq
MAKTABGACHA TALIM MUASSASASINING YILLIK ISH REJASINI TUZISH METODIKASI

Maktabgacha ta’lim muassasalarini yalpi tekshirishning asosiy yo’llari
Amalda nazorat qilishning asosiy turlari frontal yalpi va tematik tekshirish turlaridan foydalaniladi.

Yalpi tekshirish — bu maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatining barcha yo’nalishlarini atroflicha tekshirish shaklidir. Bunday tekshiruvda muassasaning kadrlar tarkibi, maktabgacha ta’lim dasturi talablarining bajarilishi, mudira va uslubchining ta’lim-tarbiya, moliya-xo’jalik va uslubiy ishlari va uslubiy rahbarligi, ularning xodimlar, ota-onalar va jamoatchilik bilan ish shakllari, tibbiy yordam xizmati, maktablar bilan aloqalar, ilg’or ish tajribalarini o’rganish, umumlashtirish va ommalashtirish borasidagi faoliyati va boshqa masalalar nazorat qilinadi.


Yalpi tekshirish muassasaning maqomi va kimga bo’ysunishidan qat’i nazar, barcha turdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Bunday tekshiruvlar to’rt yilda bir marta Maktabgacha ta’limi bo’limlari (viloyat XTB, shahar, tuman XTB) tomonidan amalga oshiriladi.
Yalpi tekshiruvni boshlashdan avval puxta tayerlangan va tasdiklangan tekshirish rejasini ishlab chiqish, unda barcha asosiy masala va savollar, tekshirish uslublari, tekshiruvchilarning vazifalari, majburiyatlari va tekshirish muddati ko’rsatilishi kerak.

SHuningdek, nazoratchi-uslubchi maktabgacha ta’lim muassasalariga oid qonun, qaror, ko’rsatma, buyruklar, pedagogik va uslubiy jurnallarni ko’zdan kechirib, maktabgacha ta’lim dasturi hamda tekshirilishi mo’ljallanayotgan muassasaning tegishli hujjatlari, jumladan, ta’lim-tarbiya, moliya-xo’jalik, uslubiy ish hujjatlari, xodimlarning tuman, shahar metodik tadbirlar, malaka oshirish ishlarining ahvoli bilan tanishadi.

Muassasaning kuchli yoki zaif tomonlarini bilish uchun avvalgi tekshirish materiallari o’rganib chiqiladi, kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha qabul qilingan qarorlar qanday bajarilgani aniqlanadi. Bu navbatdagi tekshiruvda ko’proq nimalarga ahamiyat berish kerakligini belgilab beradi.

Tuman miqyosida tekshiruv o’tkazishda, albatta, mahalliy hokimiyat organlari, korxona va tashkilotlarga qarashli bo’lgan maktabgacha ta’lim muassasalari bilan aloqa o’rnatiladi.

Tekshiruv korxona va tashkilotlarga qarashli maktabgacha ta’lim muassasalarida o’tkazilayotgan bo’lsa, bu jarayonda ularning vakili ishtirok etishi lozim.

Yalpi tekshiruvning asosiy yo’llari. Yalpi tekshiruv boshlanishidan oldin nazoratchiuslubchi va guruh a’zolari muassasa mudiri bilan suhbatlashadi, tekshiruv maqsadi, faoliyat yo’nalishi, tartibi, vaqti bilan tanishtiriladi. So’ngra mudira muassasa haqida, jumladan, uning nechta guruhdan iborat ekani, tashkil etilgan yili, bolalarning guruhlar bo’yicha taqsimlanishi, kundalik davomat, muassasaning moddiy-texnika bazasi, kadrlar tarkibi (pedagogik va xizmat ko’rsatuvchi), ularning g’oyaviy-siyosiy saviyasi, kasb malakasi va mahorati, mehnat va ijro intizomi, jamoaning yutuq va kamchiliklari, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida ma’lumot beradi.

Bu suhbat asosida tekshiruvchilarda muassasa to’g’risida dastlabki taassurot paydo bo’ladi. So’ngra nazoratchi-uslubchi tasdiklangan reja bo’yicha tekshirish, o’rganish ishlarini boshlaydi.
Quyida tekshiruvga oid asosiy savollar keltiriladi:

1) maktabgacha ta’lim muassasadagi ta’lim-tarbiya ishlarining ahvoli, «Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya dasturi» talablarining bajarilishi, bolalarning bilimi va ko’nikmalari, tarbiyachining ishlash uslublari;




  1. kadrlarni tanlash, joyjoyiga qo’yish, tarbiyalash, ishlash malakalarini oshirish omillari; muassasadagi uslubiy ishlar, uslubiy kabinet faoliyati;


  2. tashkiliy pedagogik va moliyaviy-xo’jalik ishlarning ahvoli; belgilangan rejalarning bajarilishi, yo’llanmalar soni, bolalarning davomati;


  3. bolalarga tibbiy xizmat ko’rsatish sifati; bolalar ovqatlanishining ratsional tashkil etilishi;





  1. ota-onalarning muassasa faoliyatidagi ishtiroki;
    mudiraning maktabgacha ta’lim muassasasiga rahbarligi, boshqarish uslubi; mudira va uslubchi tomonidan ta’lim-tarbiya ishlari, dastur talablarining bajarilishini nazorat etishi;
  1. muassasaning moddiy-texnika bazasining ahvoli, moliya-xo’jalik faoliyati, smetaning bajarilishi, xarajatlarning to’g’ri sarflanishi;


  2. ta’lim-tarbiya yo’nalishidagi ish rejalarning bajarilishi, Pedagogik kengash, umumiy majlislar, ota-onalar yig’ilishlari, Maktabgacha ta’limi bo’limlari tomonidan chiqarilgan buyruq va farmoyishlarning bajarilishini nazorat etish;


  3. muassasada ish hujjatlarini to’g’ri yuritish, jamlash va saqlanishini ta’minlash;


10) nazoratchi-uslubchining tekshiruv natijalariga doir xulosa va takliflari bo’yicha yakuniy Pedagogik kengashning o’tkazilishi.

Yalpi tekshiruvning yakuni uning maqsadiga va vazifalariga bog’liq.

Nazoratchiuslubchi pedagogik yoki umumiy majlis o’tkazib, tekshirilgan masalalar, maktabgacha ta’lim muassasasining ahvoli, ishlarni yanada yaxshilash borasidagi taklif va mulohazalarini bayon etadi.

Nazorat natijalari bo’yicha uch nusxada dalolatnoma tuzilib, biri tuman, shahar Maktabgacha ta’limi bo’limiga, ikkinchisi muassasaga, uchinchisi tekshiruvchilarga beriladi. Bundan tashqari, tekshiruv natijalari asosida tayyorlangan ma’lumotnomada aniq taklif va tavsiyalar bayon etiladi.

Tematik tekshiruv bu — odatda, yilda bir marta o’tkazilib, maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatining ayrim tomonlarini (muayyan yo’nalishlar yoki mavzular doirasida) nazorat qilish shakli hisoblanadi. Masalan, «Mehnat tarbiyasi», «Axloqiy tarbiya», «Maktab bilan aloqa», «O’yin mashg’ulotlarini tashkil etish» kabi mavzular shular jumlasidandir.

Masalan, «Mehnat tarbiyasi» mavzusi bo’yicha tekshiruvda quyidagi masalalarga aniqlik kiritish nazarda tutiladi:


  1. guruh rejalari muddatini e’tiborga olgan holda tekshirish (chorak mobaynida, yarim yillik). Maqsad: bajarilgan va bajariladigan ishlarni aniqlash;


  2. mashg’ulotlarni kuzatish va tahlil qilish; bolalar mehnatining eng muhim tomonlarini ko’ra olish;


  3. kattalar va bolalarning birgaliqdagi mehnatini kuzatish;


  4. bolalarning kattalar mehnatiga munosabati;


  5. bolalar o’yinlarida mehnatni aks ettiruvchi jaraenlarni kuzatish;


  6. bolalar bilan individual suhbatlashish;


  7. bolalar tomonidan bajarilgan ishlar tahlili;


  8. tarbiyachining kundalik yozuvlarini ko’zdan kechirish;


  9. guruhdagi o’quv materiallarini tekshirish.




Nazoratchi-uslubchi guruh rejalarini (3—6 oylik) o’rganib, unda ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirilishini, oylik, chorak va istiqboldagi ish rejalarida ta’lim-tarbiyaning barcha yo’nalishlari e’tiborga olingani, qaysi yo’nalish tushirib qoldirilgani va buning sabablarini aniqlab olishi kerak.
Download 22,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish