Maktabgacha ta'lim tarixi



Download 95,12 Kb.
Sana05.01.2023
Hajmi95,12 Kb.
#897869
Bog'liq
maktabgacha ta\'lim tarixi

maktabgacha ta'lim tarixi

REJA: 1.Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanish tarixi. 2.Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishida olimlarning qo’shgan xissalari.

  • XX asrning 30-60 yillari mobaynida maktabgacha ta'lim didaktikasida bilimlarning tabiati, o'quv dasturlarini tanlash va tuzish prinsiplari haqidagi masalalar bahsli masala bo'lib kelgan.
  • Mazkur masala bo'yicha ikki xil qarashlar nuqtayi nazar mavjud bo'lib:
  • -Maktabgacha yoshdagi bola fanlar, obyektlar, voqelikning turli jihatlari haqidagi bilimlarni egallashga qodir emas deb hisoblab, maktabgacha yoshdagi bolaga bir-biriga aloqasi va bog'liqligi bo'lmagan yorqin, emotsional ahamiyatga ega bo'lgan alohida kam uchraydigan tasavvurlar, taassurotlargina tushunarli, dasturi yorqin, biron o'zaro bog'lanmagan tasvirlar ro'yxatidan iborat bo'lmog'i lozim deb ta’kidladilar. Biroq bu prinsipda bola dasturda ko'rsatilgan muayyan buyum, obyektlar haqida qanday bilimlarga ega bo'lishi masalasi qo'yilmagan, bilimlar mazmuni faqat buyumning rangi, hajmi, shaklini ko'rsatish bilan cheklangan, bilimlar murakkabligi faqat miqdoriy jihatlarni ko'rsatib bergan edi. Bu dastur mazmuni va mohiyatini olib bera olmagan.
  • -Ikkinchi nuqtayi nazar tarafdorlari L.S.Vigodskiyning "Katta maktabgacha yoshdagi bolalar muhim aloqalarni yo'lga qo'ya oladilar va ayrim bilimlar tizimini o'zlashtirishga qodir” - degan fikrga tayanib, maktabgacha ta'lim dasturi maktabgacha yoshdagi bolalarning imkoniyatlariga mos keladigan va ularni maktabda o'quv fanlarni o'zlashtirishga tayyorlaydigan maqbul bir tizim bo'yicha tuzilishi zarur degan qarashni ilgari surdilar. Biroq bu tizimning tabiati, bilimlar dasturini tanlash va tuzish prinsipini belgilashni talab etar edi.
  • Bilimlar dasturi o'zida quyidagilarni:
  • - Bu mavjud dunyoni aks ettirishi, politexnik yo'nalish bilan ifodalanishi (mehnat, materiallar, mashinalar haqida bilimlar), hodisalarning obyektiv aloqasini o'zida aks ettirishi;
  • Buyumlar o'rtasidagi o'zaro aloqani aks ettirishi kerak edi.
  • Bilimlar dasturini ishlab chiqishdaYe.I.Tixeevava A.P.Usovalar katta hissa qo'shdilar.
  • Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlaming iste’molchisi va ulami amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.
  • Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo'lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo’yicha mehnat qilish huquqini kafolatlaydi.
  • Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
  • Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo'ladiganmiqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbayi qarama- qarshiliklarning o’rtasidagi kurashdan iboratdir.
  • Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Chunki shaxsning faoliyatihayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. Inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo'lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o’rin egallaydi.
  •  Chunki rivojlanish tarbiya ta'siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli
  • munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak. shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o'sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish hamda hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
  • XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyondalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.
  • Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim - bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyondalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o’tib, insonga u tabiatan berilgan, deyishadi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Preformizm oqimi va uning vakillari D.Dyul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtayi nazardan asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog‘laydilar.
  • Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishini ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar.
  • Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuni- ladi. Shu nuqtayi nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Ular ijtimoiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo‘lib kamolga yetishida nasi (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg‘or pedagog olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi.
  • Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog’liq. deb hisoblaydilar. Shunday qilib, maktabgacha tarbiya pedagogikasida olib borilgan tadqiqotlar natijasi asosida bilimlar, ko'nikmalar, malakalar dasturini tanlash va tuzish prinsipi shakllantirildi. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yuksak umumiy madaniyatga va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to'g’ri yo’l topa bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek. har tomonlama kamol topgan, jamiyatda, davlat va oila oldida o'z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g’oyani ilgari suradi.

Download 95,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish