Maktabgacha ta'lim tashkiloti yillik ish rejasining mazmun mohiyati maqsad va vazifasi mumdarja


I.BOB. DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI YURIDIK SHAXS HISOBLANADI



Download 5,92 Mb.
bet2/5
Sana13.07.2022
Hajmi5,92 Mb.
#790285
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAKTABGACHA TA\'LIM TASHKILOTI YILLIK ISH REJASINING MAZMUN MOHIYATI MAQSAD VA VAZIFASI

I.BOB. DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI YURIDIK SHAXS HISOBLANADI
1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan Davlat talablari.
MTMlarda ta'lim-tarbiya dasturi- Maktabgacha ta'lim muassasasida amalga oshiriladigan ta'lim- tarbiya ishini davr talabi darajasida olib borish maqsadida "Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturi" tuzilgan. O'zbekiston xalq ta'limi Vazirligi bu dasturni respublikamizning o'ziga xos tomonlarini: iqlimi, jug'rofiy, iqtisodiy, madaniy, milliy sharoitlarini hisobga olib, uni qayta ishlab chiqdi. Dastur tug'ilgandan to yetti yoshgacha bo'lgan bolalar egallashi lozim bo'lgan bilim va malakalar hajmini o'z ichiga oladi. U maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning psixologik-fiziologik va o'ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda ularni har tomonlama kamol toptirishni nazarda tutadi.
Bolalarni bilimlarini sinovchi mashg'ulotlar - ushbu mashg'ulotlarni o'tkazishdan maqsad, tarbiyachi dasturda belgilangan bilim va malakalarini egallash
Maktabga umumiy tayyorgarlik -bolaning maktabga borish vaqtiga kelib aqliy, ma'naviy, estetik va jismoniy rivojlanishda erishgan shunday darajasidirki, u bolaning maktab ta'limining yangi sharaoitlariga va o'quv materialining ongli egallashga faol kirib borishlari uchun zarur asosni yaratadi.
Umumiy tayyorgarlik -bola maktab ta'limiga o'tish davriga kelib erishadigan psixik rivojlanishning muayyan darajasi bilan ifodalanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan Davlat talablari- Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi "Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan Davlat talablari" orqali nazorat qilinadi. Davlat talablaridan maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta'lim-tarbiya mazmunining asosiy yo'nalishlari hamda ularning maktabga tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo'lib u davlat hujjati sifatida e'tirof etiladi.
Maktabgacha ta'lim- bola shaxsini sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Bu ta'lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog'chasida va mulk shaklidan qat'iy nazar, boshqa ta'lim muassasalarida olib boriladi.
"Maktabgacha ta'lim" jurnali - ilmiy-metodik oylik jurnal, "Sog'lom avlod uchun" jurnali ilovasi. Jurnalda maktabgacha ta'lim nazariyasi, metodikasi, amaliyoti masalalariga bag'ishlangan maqolalar, mashg'ulotlar, manbalar yoritiladi. "Maktabgacha tarbiya" jurnali 1991-yili O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi muassisligida ta'sis etilib, 1992-yil yanvardan chiqa boshlagan. 1995 yilda Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan "Maktabgacha tarbiya" jurnal negizida "Sog'lom avlod uchun" jurnali tashkil etilgan. 1999 yildan boshlab "Sog'lom avlod uchun" jurnal muassisligida "Maktabgacha ta'lim" nomi bilan "Sog'lom avlod uchun" jurnalining ilova nashri sifatida chiqmoqda.
Maqsad va vazifalari: maktabgacha ta'lim va tarbiyaga doir barcha masalalarni - oila, davlat va jamiyat, jamoatchilik muassasalari darajasida o'rganish, kun tartibiga qo'yish, muhokama etish, ularning ilmiy, metodik yechimlarini topishda ko'maklashish, maktabgacha ta'lim pedagogikasi nazariyasi, ilmi, amaliyoti muammolarini keng va har taraflama yoritish, pedagog va psixolog mahorati masalalarini tahlil etish, maktabgacha ta'lim mazmuni, shakllari va metodlarini takomillashtirish uchun ijodiy sa'y-harakat ko'rsatish, mulk shaklidan qat'iy nazar barcha maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini, oliy va o'rta maxsus ta'lim sohasidagi maktabgacha ta'lim mutaxassislari tayyorlash tajribasini ommalashtirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g'oya targ'iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishga ko'maklashishdan iborat.
"Maktabgacha ta'lim" ilmiy-metodik, oylik jurnal har oyda 1 marta, yiliga 12 marta chiqadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan Davlat talablarida belgilangan ko'rsatkichlarga erishish 6-7 yoshdagi bolalarni maktabga to'la-to'kis tayyorlashga, maktabda beriladigan ta'limni mukammal o'zlashtirishga, mustaqil O'zbekistonning ravnaqi uchun xizmat qiladigan barkamol inson bo'lib yetishishlariga zamin xozirlaydi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi:
Maktabgacha ta'lim muassasasi - davlat tomonidan belgilab berilgan huquqiy me'yoriy hujjatlar va maktabgacha ta'lim muassasasiga qo'yiladigan talablarga muvofiq bolalarga ta'lim-tarbiya berish, ularga qarab turish va ularni parvarishlash hamda sog'lomlashtirishga yo'naltirilgan ta'lim muassasalari.
Maktabgacha ta`limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati fanining fani bo‘lajak mudiralarni maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatida boshqaruv jarayoni va uni tashkil etish bilan yaqindan tanishtirish. Shuningdek, u maktabgacha ta’limga qo‘yilgan talablari, tamoyillari, mazmuni va tarbiyachining shakllantirishni pedagogik asoslarini o‘rgatadi.
Maktabgacha ta`limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati fanining vazifalari:
- bo‘lajak mudira oldiga qo‘yiladigan maqsad va vazifalar O‘zbekiston istiqboli va istiqloli uchun barkamol avlodni tarbiyalashning dastabki bosqichi:
- maktabgacha ta’limda boshqaruvning mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, ta’limiy-tarbiyaviy jihatlarini topishi, hamda kasbiga bo‘lgan munosabatni tarbiyalash. Mudira va uslubchining kasbiy xususiyati va unga qo‘yilgan talablar:
- maktabgacha ta’limni tashkil etish va boshqarishning nazariy asoslari bilan qurollantiradi. Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish qonuniyatlari bilan tanishtiradi.
- maktabgacha ta’limda ish hujjatlari bilan ish olib borish, bu faoliyat jarayonida mudira va uslubchining vazifalari o`rganiladi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar
1. Mazkur Nizom davlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va davlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi.
2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablari, ta’lim-tarbiya dasturlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarda (keyingi o’rinlarda bolalar deb ataladi) jismoniy rivojlanish, o’z-o’ziga xizmat va gigiyena, ijtimoiy-kommunikativ rivojlanish, nutq, o’qish va chet tillarni o’rganish, bilish jarayoni, dunyo haqidagi bilimlar va dunyoni anglashi, ijodiy-estetik rivojlanishini ta’minlaydi.
3. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek o’z ustaviga amal qiladi.
4. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g’aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g’azna hisob varaqlariga ega bo’ladi.
5. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq, davlat maktabgacha ta’lim muassasasini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
6. Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi hisoblanadi:
bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;
bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish.
7. Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog’lig’ini mustahkamlash;
bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg’ularini shakllantirish;
bolaning shaxsini va boshqa jihatlarini rivojlantirgan holda uni boshlang’ich ta’limni olishga tayyorlash;
bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko’rishida, eshitishida) yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish.
8. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
9. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning ushbu muassasada bo’lish vaqti davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, davlat maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
10. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish ushbu muassasa zimmasiga yuklatiladi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Bolalarga tibbiy xizmat ko’rsatish davlat maktabgacha ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari va ushbu muassasaga belgilangan tartibda biriktirilgan hududiy sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog’lig’i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o’tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun mas’uldirlar.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog’lig’ini mustahkamlashni tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
12. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish hududiy sog’liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
13. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (alohida xizmat xonasi, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish uchun zarur bo’lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi.
14. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish sog’liqni saqlash tizimidagi malaka oshirish muassasalarida har uch yilda kamida bir marta bepul amalga oshiriladi.
15. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkaziladi.
Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qonun hujjatlariga muvofiq davlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari bo’lishi mumkin.
16. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda tegishlicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari hamda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga qo’yiladigan malaka talablari O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
17. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri:
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
bolalar hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlaydi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi nomidan faoliyat ko’rsatadi va barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mol-mulkini o’ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini moddiy va ma’naviy rag’batlantiradi, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo’llaydi;
o’z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash bo’yicha takliflarni ko’rib chiqish uchun xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo’limiga kiritadi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o’quv-metodik qo’llanmalar va multimediali vositalar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etadi; davlat maktabgacha ta’lim muassasasining moliya-xo’jalik faoliyatiga javob beradi.
18. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’limning innovatsion shakllarini rivojlantirish maqsadida pedagogik kengash faoliyat ko’rsatadi. Pedagogik kengash a’zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ustavida belgilanadi.
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi qabul komissiyasining qaroriga asosan beriladigan yo’llanmalarni qayd qilish daftari;
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi qabul komissiyasining qaroriga asosan yo’llanma olish uchun navbatga qo’yilganlarni qayd qilish daftari.
Daftarlar raqamlangan, tikilgan va tegishli xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo’limi mudiri tomonidan imzolangan hamda muhrlangan bo’lishi shart. Ularning yuritilishi joriy yilning 2 sentyabridan boshlanib, keyingi yilning 31 avgustida tugatiladi hamda 3 yil mobaynida saqlanadi.
28. Berilgan paytdan boshlab 15 kun muddatda tegishli davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga taqdim etilmagan yo’llanma o’z kuchini yo’qotadi.
29. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining mudirlari tomonidan davlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi mavjud bo’sh o’rinlar haqida qabul komissiyasiga har oyning birinchi sanasidan kechikmay yozma ma’lumot kiritiladi.
Bo’sh o’rinlar haqidagi ma’lumot davlat maktabgacha ta’lim muassasasining mudirlari tomonidan imzolanadi va ularning to’g’riligi va o’z muddatida kiritilishi uchun davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri shaxsan javob beradi.
30. Qabul komissiyasi tomonidan yo’llanmalar davlat maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bo’sh o’rinlar haqidagi ma’lumotlarga asosan beriladi.
31. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanayotgan bolani boshqa davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga ko’chirish qabul komissiyasi tomonidan yangidan yo’llanma berish orqali belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
32. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining har bir guruhidagi bola soni me’yori kamida 20 nafar bo’lishi, biroq 25 nafardan ortiq bo’lmasligi lozim.
33. Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan o’tgan bolalar bilan to’ldirish o’quv yili oxiridan yangi o’quv yiliga qadar (iyun, iyul, avgust oyida), yangi qabul qilinayotganlar bilan to’ldirilishi o’rinlar bo’shashiga qarab amalga oshiriladi.
34. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida o’quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi va yangi o’quv yili boshlangunga qadar sog’lomlashtirish davri davom ettiriladi.
35. Tarbiyalanuvchilar soni davlat maktabgacha ta’lim muassasasi quvvatidan ortiq bo’lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilishni vaqtincha to’xtatish hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan berilgan xulosaga ko’ra xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo’limlari huzuridagi qabul komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi.
Tarbiyalanuvchilar soni belgilangan me’yordan kamaygan yoki bolalarni qabul qilish uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoit yaratilgan taqdirda, hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga xabar bergan holda xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo’limlari huzuridagi qabul komissiyasining roziligi bilan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalar qabul qilinadi.

Download 5,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish