Maktabgacha ta‘lim tashkilotlari nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish



Download 19,45 Kb.
Sana25.06.2022
Hajmi19,45 Kb.
#702649
Bog'liq
MAKTABGACHA TA


MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARI NUTQ O‘STIRISH MASHG‘ULOTLARIDA BOLALARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA O‘RGATISH.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi Termiz davlat universiteti pedagogika instituti maktabgacha va texnologik ta‘lim fakulteti ta‘lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta‘lim) yo‘nalishi 1-kurs 21-16 guruh magistranti Kodirova Muyassar Eshmamat qizi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha ta‘lim tashkilotlari nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish va xulosa takliflar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
Ta’lim dasturlari, texnologiyalar, tatbiq etish, bolalar, tomonlama, intellektual, axloqiy, estetik, jismoniy, rivojlantirish, nutq o‘stirish.
Аннотация:
В данной статье представлены предложения по обучению детей самостоятельному мышлению на занятиях по развитию речи дошкольных образовательных организаций.
Ключевые слова:
Образование, программы, технологии, реализация, развитие речи, Развитие речи детей, физическое, интеллектуальное, нравственное, эстетическое, физическое.
Annotation:
In this article, the pre-school educational organizations teach children independent thinking in speech-growing classes,and the conclusion offers.
Keywords:
Education, programs, technology, implementation, children, unilateral, intellektual, moral, aesthetic, physical, development, speech cultivation.

Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi – bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog‘liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o‘qitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi va
tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharai va ayni paytda mas’uliyatli
vazifani yuklaydi.1 O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish
yo‘lidan borar ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog‘lagan, o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. Tabiiyki hozirgi ta’lim islohotlari sharoitida ham barkamol avlod tarbiyasi haqida gapirar ekanlar: «Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvlambor farzandlarimizning unib, o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishga bog‘liqdir.»2– deb alohida ta’kidlaganlar.
Maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoit yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlash ota-onalarga yordam beradi. So‘ngi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli vosita va metodlarini yangilashga alohida e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining 11- moddasida: «Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida va mulk shaklidan qat’i nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi»3, - deyilgan.
Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida
ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, muassasalarni zamonaviy bilimlarga ega tarbiyachilar bilan to‘ldirish hamda ularda kasbiy malaka, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashuv hissini qaror toptirish, uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida qayd etilganidek, maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha malakali tarbiyachi va pedagog kadrlar bugungi
kunda uzluksiz innovatsion izlanishda bo‘lshni, fkrlashi, shuningdek,
MTM larda ham innovatik g‘oyalarni shakllantirish asosida faoliyat
ko‘rsatishi zarur. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarorida; maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish,malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni
maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yahshilash, ta’limtarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik, jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi4. Bu qaror maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashuviga xizmat qiladi.
Bola nutqini rivojlantirish, eng avvalo, til qobilyatini shakllantirishni talab qiluvchi muloqot shakllarini rivojlantiruvchi demakdir (A.A.Leont’ev). Ilmiy tadqiqotlar va yo‘nalishlar tahlili maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining turli tomonlarini rivojlantirish xususiyatlari hamda ularning ilmiy adabiyotda o‘rganilganlik darajasini aniqlash imkonini beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini tadqiq etish O‘zbekiston Respublikasida o‘tgan asrning 50-yillarida boshlangan. Maktabgacha ta’lim sohasidagi birinchi fan nomzodi A.V.Nikolskaya mahalliy millat bolalariga rus tilini o‘qitish zarurligi masalasini ko‘tarib chiqdi. U tomonidan o‘tkazilgan sinov tadqiqotlari (1958–1960 yillar) natijasida maktabgacha katta yoshli o‘zbek bolalariga ruscha og‘zaki nutqni o‘rgatish metodikasining asosiy mazmuni belgilangan va uning asosiy masalalari ishlab chiqilgan.
Nutqiy rivojlanish jarayonini A.N.Leontev quyidagicha tavsiflaydi: Nutqni «rivojlantirish jarayoni bola lug‘atining va so‘zlarning assotsiatsiya asosida bog‘lanishining ortishida ifodalanadigan miqdoriy o‘zgarishlar jarayoni emas, balki sifat jihatidan o‘zgarish jarayonidir, zero, u fkrlash va ong rivojlanishi bilan ichki bog‘langan holda so‘zning barcha funksiyalari, tomonlari va aloqalarini qamrab oladigan haqiqiy rivojlanish jarayonidir»5.
XIX asrning o‘rtalaridan boshlab, nutq ontogenezi olimlarni qiziqtirib qoldi. K.D.Ushinskiy9 bolalarni ona tilida o‘qitishning zarurligini asoslab, bolalarga ona tilini dastlabki o‘qitish metodikasini ishlab chiqar ekan, bolalar tilni o‘zlashtirishlarining til bilan tafakkurning o‘zaro munosabatlarini falsafy jihatdan chuqur anglash, o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘qitishga asoslangan xususiyatlari va qonuniyatlari borasida o‘z fkrlarini bildirdi. Rossiya fanida nutq ontogenezi borasidagi tadqiqotlar L.S.Vigotskiyning10 madaniy-tarixiy nazariyasiga va A.N.Leontevning11 faoliyat nazariyasiga tayangan holda amalga oshirilgan.Natijada bolalar nutqining paydo bo‘lishi va rivojlanishi ularning atrofdagi odamlar bilan muloqot jarayonlarida ro‘y beradi, degan qarashlar tizimi shakllandi. Bunda bola kattalarning nutq namunalarini sust ravishda qabul qilib olmaydi, balki u nutqni umuminsoniy tajribaning bir qismi sifatida faol o‘zlashtiradi.
Xulosa
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi
psixologik, pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi:
nutqni rivojlantirish – bolaning individual psixik rivojlanishida markaziy o‘rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirishining murakkab, ko‘p omilli jarayonidir;
nutqni rivojlantirish – bu malakali pedagogik rahbarlikni nazarda tutuvchi ijodiy jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas;
bola nutqini rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi pedagog bu jarayonning turli yosh bosqichlaridagi qonuniyatlari, mexanizmlari, o‘ziga xosliklarini bilishi, nutqiy rivojlantirishning o‘ziga xosliklarini ko‘ra olishi va bolaning individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘llarini tanlashi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy
bahodir. 2-jild. T., O‘zbekiston, 2018.
2. Mirziyoyev Sh.M. “Niyati ulug‘ xalqning – ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi”. 3-jild. T., O‘zbekiston, 2019.
3. Mirziyoyev Sh.M. “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”. IV-jild – T.:
“O‘zbekiston”, 2020.
4. Mirziyoyev SH.M. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
birgaquramiz” T.: O‘zbekiston, 2017.
5.Turkiston ro‘znomasi 2017-yil 1-fevral 3-bet
6.Леонтьев А.Н. Проблема деятельности в психологии. // Ж. Вопросы философии. – 1972. -№ 9. С.95–108.
7. Karimov I.A. Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: O‘zbekiston, 1997. 4–9-b.
8.O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni // Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq, 1998. – 23-b.



1 Mirziyoyev Sh.M. “Niyati ulug‘ xalqning – ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi”. 3-jild. T., O‘zbekiston, 2019.



2 Karimov I.A. Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: O‘zbekiston, 1997. 4–9-b.

3 O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni // Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq, 1998. – 23-b.

4 Turkiston ro‘znomasi 2017-yil 1-fevral 3-bet

5 Леонтьев А.Н. Проблема деятельности в психологии. // Ж. Вопросы философии. – 1972. -№ 9. С.95–108.



Download 19,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish