Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishning ilmiy pedagogik asoslari. Nasimova Nasiba Qurbon qizi Buxdu o’qituvchisi Urunova Dilafro’z Muzafarovna Buxdu magistratura 2- bosqich talabasi



Download 16,24 Kb.
bet1/2
Sana25.03.2022
Hajmi16,24 Kb.
#510213
  1   2
Bog'liq
Nasimova Nasiba


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishning ilmiy pedagogik asoslari.
Nasimova Nasiba Qurbon qizi BuxDU o’qituvchisi Urunova Dilafro’z Muzafarovna BuxDU magistratura 2- bosqich talabasi (91 407 57 27)
Bolaning sog‘lom va rivojlangan shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlab, o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini uyg‘otib, tizimli o‘qitishga tayyorlab boradi. Maktabgacha ta’limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o‘qishga tayyorlash, bolani sog‘lom, rivojlangan, mustaqil shaxs qilib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o‘qishga, tizimli ta’limga bo‘lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotiga biriktirilgan sog‘liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ta’lim-tarbiya tizimida maktabgacha yoshdagi bolalarning muammolariga nisbatan tarbiyachilarning munosabatlari asosan oddiy, vaziyatli xarakterga ega. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari aksariyat hollarda, bolalarning tashqaridan namoyon bo‘lgan hatti-harakatlari va bajargan ishlariga juda oddiy tezkor ko‘mak tarzida yordamlashish bilan cheklanadilar. Bu jarayonda ularni intellektual jihatdan rivojlantirishga deyarli e’tibor qaratmaydilar. To‘polonchi, intizomsiz bolalarni jazolash, ota-onalariga ular haqida shikoyat qilish orqali ularning hatti-harakatlarini tuzatishga umid bog‘laydilar.Tarbiyachilarning bunday faoliyati bir yoqlama xarakterga ega bo‘lib, bolalarning intellektual rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Albatta, tarbiyachining tarbiyalanuvchilarga ko‘maklashishi, ularni qo‘llab-quvvatlash mayllari ijobiy, samimiy, pedagogik jihatdan asoslangan bo‘lib, u bolaning hayoti, intellektual taraqqiyoti, sog‘ligi haqida g‘amxo‘rlik qilish, ularda o‘zaro muloqot ko‘nikmalarini tarkib toptirish, atrof-muhit haqida tasavvur hosil qilishga yo‘llash, uni inson sifatida shakllantirishga qaratilgan bo‘lsa-da, mazkur jarayonda ular ko‘pincha buyurish, po‘pisa qilish, qo‘rqitish usulidan foydalanadilar. Buning natijasida, murg‘ak bolada qo‘pollik, bo‘ysinmaslik yoki yalqovlik kabi salbiy xususiyatlar juda erta paydo bo‘ladi.
Bunday yordam bolaning harakatlariga noo‘rin aralashish, uning ishlariga to‘sqinlik qilish tarzida namoyon bo‘ladi. Natijada tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi orasidagi hamkorlikka putur etadi va ko‘rsatilgan pedagogik yordam va qo‘llab-quvvatlov hech qanday samara bermaydi.Bolaning hissiyotlarini qo‘zg‘atish, ichki ziddiyatlar natijasida hosil bo‘lgan salbiy xatti-harakatlarni tarbiyachilar tomonidan sun’iy tarzda, zo‘ravonlik bilan bartaraf etish hollari keng tarqalgan. Bunday vaziyatda bola tarbiyasidan himoyalanishga intilib, natijada ular o‘ziga xosligi, betakrorligini namoyon qila olmaydi. O‘zligini pinhon tutadi va vujudga kelgan vaziyatga osongina moslashadi. Shu sababdan bola shaxsiga yo‘naltirilgan pedagogik tizim uni tashqi jihatdan namoyon bo‘lishiga ko‘maklashish bilan chegaralanib qo‘lmasdan, bolaning ichki mayllari, ehtiyojlarini hisobga olishga oid pedagogik ko‘rsatmalarga tayangan holda tashkil etilishi lozim. Bu jarayonda tarbiyachining vazifasi bolaning shaxsiy imkoniyatlari, o‘zligi, ichki “men”ini namoyon etishga xizmat qiladigan vosita va usullarni qo‘llashdan iboratdir. Buning uchun ular o‘zlariga ma’lumdek tuyulgan haqiqatlar bilan bola ruhiyatiga ozor bermay, tarbiyalanuvchilar intellektual rivojlanishlarida duch keladigan muammolarni aniqlay olishlari lozim.
Pedagogik qo‘llab-quvvatlash tushunchasining asosiy mazmun-mohiyatini ifodalovchi tayanch iboralardan biri “bolalar muammolaridir”. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim jarayoni oldiga barkamol shaxsning shakllanishi uchun poydevor hosil qilish vazifasi turibdi. Buning uchun yaqin o‘tmishda foydalanilgan an’anaviy o‘lchovlardan qutulish taqozo qilinmoqda. “Har bir bola o‘zini jamiyatda erkin his etishi va mikrosotsiumda munosib o‘rin topishi uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim?” – degan savollarga javob topish maktabgacha ta’lim pedagogikasining muhim vazifalaridandir. Har bir bolani maktabgacha ta’lim bosqichidan boshlab, pedagogik qo‘llab-quvvatlash orqali intellektual rivojlantirish, ularning o‘ychan nigohlariga e’tiborsiz bo‘lmaslik, ko‘makka muhtoj bolalarni aniqlash va tezkor yordam ko‘rsatish, ularning o‘zlarini namoyon qila olishlariga ko‘maklashish echimini kutayotgan muhim masalalardandir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatida bolaning individual muammolarini bevosita va bilvosita hal etishga qaratilgan individual va guruhli ishlar tashkil etilishi, ular muammolarni bartaraf qilishga qaratilishi va tezkorlik xarakteriga ega bo‘lishi lozim. Insonparvarlik g’oyalariga sadoqat, demokratiya, ijtimoiy adolat hamma yerda barqaror bo’lishiga intilish, inson huquqlari poymol etilishiga yo’l kuymaslik, hamma xalqlarning milliy mustaqillik uchun bo’lgan kurashlarini himoya qilish, kishilarni do’stlik, hamkorlik va hamdardlikka chorlash, hamma yerda tinchlik, osoyishtalik qaror topishiga harakat qilish, atrof-muhitni toza saqlash umuminsoniy qadriyatlarning hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etayotgan jihatlaridir.

Download 16,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish