Maktabgacha tarblya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat



Download 1,27 Mb.
Sana20.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#828493
Bog'liq
MAKTABGACHA TARBLYA YOSHIDAGI BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY-PEDAGOGIK FAOLIYAT

MAKTABGACHA TARBLYA YOSHIDAGI BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY-PEDAGOGIK FAOLIYAT


REJA:
1. Chaqaloqtik davrida ijtimoiylashuv moslashuv.
2. Go'daklik davrida ijtimoiy moslashuvning o'ziga xosliklari.
3. Maktabgacha ta'lim muassasalarda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
Hozirgi vaqtda yosh davrlarini tabaqalash yuzasidan mulohaza yuritishda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va ularning moxiyatini ochish maqsadga muvofiqdir. L.S.Vigotskiy psixologlarning yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruxiy yangilanishlarga tayanib, yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi; Chaqaloqlik davri inqirozi. Go‘daklik davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha.
Bir yoshdagi iiqiroz. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - 3 yoshdagi inqiroz. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - 7 yoshdagi inqiroz. Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha- 13 yoshdagi inqiroz. Pubertat (jinsiy yetilish) davri - 14 yoshdan 18 yoshgacha, 17 yoshdagi inqiroz. L.S.Vigotskiy uzining yosh davrlarini tabaqalash nazariyasini ilmiy asoslab, ta’riflab bera olgan. Olim eng muxim psixik yangilanishlar haqida ilmiy va amaliy ahamiyatga molik muloxazalar bildirgan.
Biroq, bu muloxazalarda ancha munozarali, bahsli o‘rinlar ham mavjud. Umuman L.S.Vigotskiyning yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiytarixiy ahamiyatga ega, uning rivojlanishni amalga oshiruvchi inqirozlar to‘g‘risidagi mulohazali va olg‘a surgan g‘oyalari hozirgi kunning talablariga mosdir.
D.B.Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat (A.N.Leontyev) nazariyasiga, ya’ni har qaysi rivojlanish pallasida biror bir faoliyatning ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Yetakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli, nazariyaning asosiy moxiyatini tashkil qiladi
Bolani onadan bu davrda ayirish bola psixik rivojlanishida jiddiy buzilishiga olib keladi va bu bolaning butun hayotiga ta’sir qiladi. Bolani onadan ayirish bilish jaraѐnlarining rivojlanishiga, emotsional rivojlanishiga ta’sir qiladi.
1 yosh inqirozi Bu davr rivojlanishining ijtimoiy situatsiyasi quyidagilardan iborat: bola – predmet – katta odam. Bu davrda bola diqqat e’tibori predmetga qaratilgan bo‘ladi. Bundan tashqari bu davrda idrok, intellekt va nutq faoliyatlari rivojlanadi.
3 yosh inqirozi Bu davr krizisi haqida Elda Gepper ―Uch yoshli bola shaxsi haqida ilmiy ishida bir necha muhim belgilarni ko‘rsatib o‘tgan: Negativizm.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning bolalar muassasalari sharontlariga moslashuvining o‘ziga xos xususiyatlari.
Bola hayotning uchinchi yilida maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilinishi undan shu paytgacha shakllanib bo‘lgan yurish-turish stereotipini o‘zgartirishni talab qiladi.
Ham bolaning sog‘ligi, ham har tomonlama rivojlanishi borasida biror-bir noxush hodisalar paydo bo‘lishini bartaraf etish uchun ijtimoiy pedagoglar ta’lim muassasalari ishini takomillashtirish borasida yordam ko‘rsatishlari va bolshgar hayotini har tomonlama qulay tashkil qilishda ishtirok etishlari zarur.
Bu yoshdagi bolalarning xususiyatlari:
organizm barcha tizimlarining funksional yakunlanmaganligi va ular rivojlanishining nihoyatda tez sur’atidir;
jismoniy va ruhiy rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi;
go‘dak hayotining birinchi yillarida kattalarning o‘rni. Bola tug‘ma yurish-turish shakllariga ega emas va ijtimoiy
O‘yin bola faolligining asosiy va o‘ziga xos shaklidir. Bu o‘sib ulg‘ayayotgan bola organizmining tabiat, atrof-muhit obyektlari haqida ma’lumot yig‘ishiga, kattalarga taqlid qilishiga, faol harakat qilishiga ehtiyoj, uning muhit bilan o‘zaro aloqasi shakllanadigan faoliyat turidir. O‘yinlarda bola bajara olmaydigan talablar qo‘yilmaydi. Bundan kelib chiqadiki, o‘yin bola hayoti, madaniyati va faoliyatini tashkil qilish shakli sifatida uning yangi muhitga ko‘nikish shartidir.
Yuqorida aytilganlarni barchasini inobatga olib, ijtimoiy pedagogning ta’lim muassasida bolalarning muvaffaqiyatli adaptatsiyasiga qaratilgan faoliyati quyidagilardan iborat, desak bo‘ladi:
Adaptatsion boyeqichining kechishini og‘irlashtiruvchi va bolalarning kasallanish darajasini oshiruvchi yetakchi biologik va ijtimoiy omillarning kompleks tuzilmasini aniqlash
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish