Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan agrar islohatlarning asosiy yo‘nalishlari va bosqichlari


Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari



Download 1,21 Mb.
bet7/8
Sana18.02.2022
Hajmi1,21 Mb.
#452238
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan agrar islohatlarning asosiy yo‘nalishlari va bosqichlari.

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini yanada taraqqiy ettirishda asosiy e’tibor agrar sohada islohotlarni chuqurlashtirish, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonida bozor tamoyillarini to‘la qaror toptirish asosida qishloq aholisining turmush darajasini keskin oshirishga qaratilmoqda. Shu munosabat bilan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan agrar tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli dasturi quyidagi eng muhim yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:


Agrar sohada iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, mulkiy munosabatlar va xo‘jalik yuritish shakllarini takomillashtirish borasida barcha subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy munosabatlarni bozor tamoyillari asosida amalga oshirish, shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishida tomonlar mas’uliyatini oshirish.
2. Qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish mexanizmini takomillashtirish va samarali foydalanishni rag‘batlantirish yo‘nalishi bo‘yicha tuproq unumdorligini yaxshilash va meliorativ holatini yaxshilash borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida barcha hududlarda qishloq xo‘jaligi yerlari unumdorligini oshirish, unumdorligi past yer maydonlari salmog‘ini kamaytirish.
3. Suv xo‘jaligi tizimini takomillashtirish, yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash maqsadida suv xo‘jaligi tizimida moddiy va ma’naviy eskirgan irrigatsiya-melioratsiya tizimini yangilash, uning samaradorligini oshirish, yangi sug‘orish texnologiyalari va suvdan foydalanish mexanizmlarini joriy etish, yer maydonlari meliorativ holatini yaxshilash, drenaj tarmoqlarini qurish va ta’mirlash tadbirlarini amalga oshirish.
4. Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini viloyat va tumanlarning tabiiy-iqlim sharoitini hisobga olgan holda joylashtirish, mahsulotlar sifati va ekinlar hosildorligini oshirishga alohida e’tibor qaratish. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining yuqori hosilli, tezpishar, kasallik va zararkunandalarga chidamli, yangi va sifatli mahsulotlarning bozor talablariga javob beradigan navlarini joylashtirish.
5. Chorvachilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish, asosan chorva mollarining naslini yaxshilash hisobidan uning mahsuldorligini oshirish.
6. O‘rmon xo‘jaligini kompleks rivojlantirish borasida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasi nuqtai nazaridan:
qo‘riqlanadigan hududlar davlat kadastrini joriy etish;
o‘rmon xo‘jaligida mevali, manzarali daraxt ko‘chatlarini yetishtirishni yanada rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;
hududlarning ekologik holati geografik-axborot tizimini ishlab chiqish.
7. Qishloq xo‘jaligi xom-ashyosini qayta ishlash tarmog‘ini rivojlantirish, agrar sohaning eksport salohiyatini oshirish. Qishloq xo‘jaligi, xususan, chorva va meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashgan kichik xususiy korxonalarni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash, xom-ashyoni qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish, mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish, ho‘l meva-sabzavot va tayyor mahsulot eksport qiladigan subyektlar uchun imtiyozlar tizimini ishlab chiqish.
8. Qishloq joylarda servis xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, agrar tarmoqda servis xizmatlari ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, bozorga tez moslashuvchi subyektlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.
9. Qishloq xo‘jaligida moliya-kredit, soliq va sug‘urta tizimini takomillashtirish:

  • davlat ehtiyojlari uchun paxta xom-ashyosi va g‘alla yetishtirishni asosan imtiyozli kreditlash orqali moliyalashtirib borish tizimini takomillashtirish;

  • paxta va g‘alladan boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni kreditlash mexanizmini takomillashtirish;

  • qishloq xo‘jaligi uchun texnika, extiyot qismlar, nasldor chorva mollari, urug‘lik va ko‘chatlar, zamonaviy texnologiya va uskunalar, dori-darmon, kimyoviy preparatlar import qilishda soliq va bojxona imtiyozlari tizimini yanada kengaytirish;

  • qishloq joylarga kichik sanoatni jalb qilishda soliq imtiyozlari va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirish;

  • mahalliy ishlab chiqaruvchilarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida proteksionizm siyosatini doimiy ravishda amalga oshirish;

  • unumdorligi past bo‘lgan, shuningdek, nasoslar bilan sug‘oriladigan maydonlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirib borish.

  • 10. Agrotexnika fanini rivojlantirish va ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish. Bu sohada:

  • atrof-muhitga ekologik zarar keltirmaydigan texnika va texnologiya hamda xom-ashyo resurslarini qayta ishlashda yangi uslublar ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish;

  • paxtachilik va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarining istiqbolli navlari birlamchi urug‘chiligini tashkil qilish tizimini takomillashtirish;

  • qishloq xo‘jaligining amaliy muammolarini hal etishda innovatsion loyihalardan keng foydalanish va bunda innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning bank orqali kreditlash tizimini joriy etish;

  • qishloq xo‘jaligida gen muhandisligi borasida to‘plangan jahon tajribasidan keng foydalangan holda milliy tizimni yaratish;

  • ekologik toza qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yaratish ustida keng qamrovli ishlar olib borish;

  • xorijdan keltirilgan naslli urug‘lar asosida yuqori mahsuldor mahalliy chorva mollari, parranda va pilla qurti zotlarini yaratish.

11. Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslaridan samarali foydalanish va aholi daromadlarini yanada oshirish.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda fermerlik harakatini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, ushbu sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o‘rinli ta’kidlaganidek, “fermerlik harakatining Fermer xo‘jaliklari uyushmasi shaklidagi tashkiliy tuzilmasi qishloq xo‘jaligini isloh etish va sohada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, fermerlar oldida turgan vazifalarni hal etish jarayonlariga kuchli ta’sir ko‘rsata olmadi. Fermerlik o‘zining tarixiy ildizlariga ega bo‘lgan xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish asosida Fermer xo‘jaliklari uyushmasi O‘zbekiston Fermerlari kengashiga, viloyat va tumanlarda esa fermerlar kengashlariga aylantirildi, eng muhimi, ushbu tuzilmalarning huquq va vakolatlari jiddiy ravishda kengaytirildi”. Mamlakatimizda fermer xo‘jaliklarini yanada taraqqiy ettirishda asosiy e’tibor agrar sohada islohotlarni chuqurlashtirish, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarida bozor tamoyillarini to‘liq qaror toptirish asosida qishloq aholisining farovonligini keskin oshirishga qaratilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:




  1. Download 1,21 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish