Mantiqiy savollar



Download 14,17 Kb.
Sana13.02.2022
Hajmi14,17 Kb.
#446605
Bog'liq
BIZNES HUQ 123456


MANTIQIY SAVOLLAR:



1. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinishdan kafolatlari nimalardan iborat? Normativ-huquqiy hujjatlar asosida fikringizni tahlil qiling.

Javob:
Ushbu savolga javob berishdan avval “Tadbirkorlik faoliyati subyektlari” – tushunchasiga qonun hujjatlari doirasida javob berishimiz kerak. Ho`sh “Tadbirkorlik faoliyati subyektlari” nima? O`zbekiston Respublikasining 02.05.2012 sanasidagi 328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida”gi qonunining 4-moddasiga binoan “Tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir” – deb belgilab qo`yilgan.


Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining o`ziga hos belgilaqri quyidagilardan iborat:

  • Davlat ro`yhatidan o`tganligi

  • Muayyan faoliyat turlari bilan shug`ullanishlari uchun ruhsatnomaga ega bo`lishligi

  • O`z mol-mulkiga ega bo`lishligi

  • Tadbirkorlik huquq va majburiyatlariga ega bo`lishi

  • O`z mol-mulki doirasida mustaqil javobgarligi

  • O`zlarining buzilgan huquqlarini va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish imkoniyatiga ega ekanligi

Yuqoridagilardan xulosa chiqarib shuni aytishim mumkinki tadbirkorlik faoliyati subyektlsri doimiy foyda olish maqsadida davlat ro`yhatidan o`tgan, muayyan faoliyat turi bilan shug`ullanishga ruxsatnoms olgan, o`z mol-mulkiga ega va shu mol-mulki bilan javobgar bo`la oladigan va o`z huquqlarini sud orqali himoya qiladigan shaxslar hisoblanadi.
Shuningdek bizning bosh qomusimiz ya`ni O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasiga binoan “Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart”-deb tadbirkorlarimizning mol-mulkka bo`lgan huquqlari kafolatlangan.
Endi Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinishdan kafolatlari nimalardan iborat? – degan savolga javob berishdan avval natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya so`zlariga ta`rif berib o`tamiz.
Natsionalizatsiya - O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 202-moddasiga binoan fuqarolarga hamda yuridik shaxslarga qarashli natsionalizatsiya qilinayotgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqini haq to‘lash asosida qonunga muvofiq davlat ixtiyoriga o‘tkazishdan iborat – deb ta`rif beriladi.
Musodara – O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 204-moddasiga binoan qonunda nazarda tutilgan hollarda mol-mulk sudning qaroriga muvofiq jinoyat yoki o‘zga huquqbuzarlik qilganlik uchun haq to‘lamasdan mulkdordan olib qo‘yilishi mumkinligiga aytiladi.
Rekvizitsiya - O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 203-moddasiga binoan Tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar yuz bergan taqdirda va favqulodda tusdagi boshqa vaziyatlarda mol-mulk jamiyat manfaatlarini ko‘zlab, davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq mulkdordan unga mol-mulkning qiymatini to‘lagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlar asosida olib qo‘yilishi mumkin – deb ta`rif berilgan.
Yuqoridagi ta`riflardan kelib chiqib tadbirkorlarda ularni huquq va erkinliklaini himoya qilish uvhun va ushbu holatlar yuz bermasligi uchun O`zbekiston Respublikasining 02.05.2012 sanasidagi 328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida”gi qonunining 32-moddasida ushbu holatga alohida urg`u berib o`tilgan, ya`ni ushbu qonunning 32-moddasiga binoan “Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki natsionalizatsiya va musodara qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki rekvizitsiya qilinmaydi, bundan tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar va favqulodda xususiyatdagi boshqa holatlar mustasno bo‘lib, bunda mulkdorga rekvizitsiya qilinayotgan mol-mulkning qiymati to‘lanadi. Rekvizitsiya qilish to‘g‘risidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda davlat organlari tomonidan qabul qilinadi.Tadbirkorlik faoliyati subyektlari natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish to‘g‘risidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli”- deb belgilab qo`yilgan.
So`zimning oxirida shunday xulosa qilishim mumkinki, O`zbekistonda tadbirkorlarga alohida erkinliklar va kafolatlar berilgan. Chunki tadbirkor boy bo`lsa – xalq boy bo`ladi, tadbirkorga qancha erkinliklar va huquqlar berilsa va davlat tomonidan ortiqcha cheklovlar kiritilmasa yurtimizda tadbirkorlar safi kengaydi. Bu esa nafaqat O`zbekistonda balki hozirgi globallashuv jarayonida butun dunyoda tadbirkorlarimiz o`z o`rinlariga ega bo`lishlariga zamin yaratib beriladi.

2. Biznes huquqining ustuvor prinsiplarini aniqlang va ularni tahlil qiling.



Javob:
Ushbu savolga javob berar ekanmiz barcha huquq yo`nalishlari kabi biznes huquqining ham prinsiplari O`zbekiston Respublikasi normalarida, qonunlarida belgilangan asosiy qoidalardan iborat. Ushbu biznes huquqiga oid asosiy prinsiplar O`zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishida barcha tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy faoliyatini ma`lum bir maqsad sari yo`naltirib, ularni huquq va erkinliklarini belgilab, huquqiy tartibga solib turish uchun xizmat qiladi.
Biznes huquqining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • Iqtisodiy faoliyat erkinligi

  • O`zaro erkin raqobat

  • Qonuniylik

  • Tadbirkorlik subyektlarining tengligi

  • Iqtisodiy manfaatlarning himoya qilinishi

  • Davlatning ta`sir etishi

  • Narxlarni erkinlashtirish

  • Bozor infratulizmasini shakllantirish

Iqtisodiy faoliyat erkinligi prinsipi – O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga binoan “...Davlat isteʼmolchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi”- deb belgilab qo`yilgan.
O`zaro erkin raqobat prinsipi - Bu printsipning asosiy mazmun va mohiyati shundan iboratki, bozor iqtisodiyoti sharoitida kim kam mehnat va xarajat sarf qilib, koʼp va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqara olsa, u ijtimoiy hamda iqtisodiy taraqqiyotda rivojlana oladi.
Qonuniylik printsipi - bu barcha huquq sohalariga doir boʼlgan umumiy printsip boʼlib, shuningdek biznes huquqida u bozor munosabatlariga oʼtish sharoitida oʼziga xos xususiyatga ega boʼlib, bu printsip mazmunida tadbirkorlik subektlarining qonun man etmagan har qanday faoliyat bilan shugʼullanishlari mumkinligi qoidasi yotadi.
Tadbirkorlik subyektlarining tengligi prinsipi – faoliyati doirasida tadbirkorlarga bir xil shart sharoit yaratib berish va ularga teng imkoniyatlar yaratib berish.
Iqtisodiy manfaatlarning himoya qilinishi prinsipi - bu printsipning mohiyati har bir moddiy tovar ishlab chiqaruvchi, ishlarni bajaruvchi yoki xizmat koʼrsatuvchi tadbirkorlik subektining iqtisodiy manfaati qonunlarda belgilangan tartibda tegishli organlar orqali himoya qilinishi belgilangan.
Davlatning ta`sir etishi printsip - mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishiga direktiva, buyruq orqali taʼsir etish usulining iqtisodiy usuliga, yaʼni mehnat jamoasining, yakka shaxsning tovar ishlab chiqarish, ish va xizmat koʼrsatish, uning assortimentini kengaytirish va sifatini oshirishda manfaatlarini hisobga olishga qaratilgani bilan izohlanadi.
Narxlarni erkinlashtirish va bozor infratulizmasini shakllantirish prinsipi - Bu, eng avvalo, bozorni tovarlar va xizmatlar bilan toʼldirishga qaratilgan iqtisodiy omillardan biri hisoblanadi.
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, bu prinsiplar ham yurtimizdagi tadbirkorlarning ham horijiy tadbirkorlarning tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`yishiga keng yo`llar, imkoniyatlar ochib beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

O`zbekiston Respublikasi “Konstitutsiyasi”


O`zbekiston Respublikasi “Fuqarolik kodeksi”
O`zbekiston Respublikasining 02.05.2012 sanasidagi 328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida”gi qonuni
“Tadbirkorlik (Biznes) huquqi” Toshkent davlat yuridik universiteti. Toshkent 2018-y.
O`zbekiston Respublikasining 29.08.1998-yilda qabul qilingan 670-I-sonli “Xoʼjalik yurituvchi subʼektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʼgʼrisida”dagi qonuni
O`zbekiston Respublikasining “Iqtisodiy Protsessual Kodeksi”
Lex.uz


Download 14,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish