Maqsadi va vazifalari. Boshqaruv psixologiyasi fani



Download 351,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana28.06.2022
Hajmi351,78 Kb.
#716296
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-МАЪРУЗА



1-MAVZU: BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI FANINING PREDMETI, 
MAQSADI VA VAZIFALARI. 
BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI FANI 
METODLARI.
 
 
REJA: 
1.1. Boshqaruv psixologiyasi – asli “Insoniy munosabatlar” oynasi 
ekanligi. 
1.2. Hozirgi davrda boshqaruvning psixologik talqini, mohiyati. 
1.3. Boshqaruv psixologiyasini o’rganishdan kutilayotgan natijalar. 
1.4. Fanni o’rganishning asosiy usullari. 
1.5. Boshqaruv psixologiyasidagi asosiy tamoyillar. 
1.6. Xujjatlarni tahlil qilish metodi. Biografik metod 
1.7. Rahbarning ish sharoitini bayon etish, kuzatish va qayd 
qilish metodlari. 
1.8. Menejer bilan individual suhbat metodi. Intervyu: standart, 
nostandart. Menejer hisoboti metodi: monologik va dialogik. 
Boshqaruv psixologiyasi o’ziga xos mazmun kasb etadi, chunki uning 
asosiy harakatlantiruvchisi sifatida shaxs o’zining qobiliyati, intellekti, 
motivatsiyasi, shaxsiy va boshqa sifatlari bilan markaziy o’rini egallaydi. 
Boshqaruv murakkab jarayon bo’lib, u psixologiya bilan o’zviy aloqada 
rivojlanadi. SHuning uchun ham boshqaruv psixologiyasi deb nomlanuvchi 
alohida fan tarmog’i ajralib chiqqan. U ikki fan ya’ni psixologiya va boshqaruvlar 
ta’sirida yuzaga kelgan hamda rivojlandi. Boshqaruv pihologiyasi boshqaruv 
fanining bir bo’lagi sifatida tashkilotdagi faoliyatning samaradorligini oshiruvchi 
ishlanmalarni ishlab chiqish va o’rganish zarur. Boshqaruv psixologiyasi 
psixologiyaning bir bo’lagi sifatida shaxs psixikasini o’rganadi, uning boshqaruv 
faoliyatini psixik tavsifini taqiq qiladi va boshqaruvni muvafaqqiyatli tashkil etish 
uchun zarur bo’lgan muhim xususiyatlarni tahlil qiladi. 


Boshqaruv psixologiyasining o’rganish predmeti- shaxs uning psixikasi va 
faoliyatining o’ziga xosligidir. Boshqaruv psixologiyasining predmeti serqirradir. 
Uning quyidagi tarkibiy qismlarini ko’rsatib o’tish mumkin: 
1. Boshqaruvchi va xodimlarning psixologik xususiyatlari boshqaruv 
psixologiyasining predmetini tashkil qiladi. Rahbar shaxsining o’ziga xos 
xususiyatlari boshqaruv faoliyatining psixologik asoslari psixologiyaning boshqa 
sohalarida o’rganilmaydi. 
2. Shaxs faoliyatining samaradorligi faqatgina uning kasbiy yetukligi bilan 
belgilanmay, balki shaxsning ayni damdagi ruhiy holatiga ham bog’liqdir. 
Shuning uchun ham shaxs psixikasiga salbiy yoki ijobiy ta’sir etuvchi omillarni 
o’rganish uning faoliyatini samaradorligini oshirishi mumkin. 
3. Boshqaruv psixologiyasi rahbar va xodim o’rtasidagi inforatsiyalarning 
o’ziga xos tomonlarini o’rganadi va ushbu axborotlarning psixologik jihatlarini 
ochib beradi. 
Boshqaruv psixologiyasi rahbar va xodim boshqarilayotgan jamoa orasidagi 
o’zaro munosabatlarni o’rganadi. Boshqaruv psixologiyasi boshqaruv jarayonida 
shaxs psixologiyasining o’ziga xos jihatlarini o’rganib, ushbu omillarni boshqaruv 
jarayonida qo’llash uchun zaruriy tavsiyalarni beradi. 
Doimiy va tez o’zgaruvchan zamonaviy dunyoda psixologiya kabi fanlarga 
ulkan talablar qo’yilmoqda. Ko’pgina tadqiqotchilarning fikricha, psixologlar 
hozirgi kunda shaxsdagi o’zgarishlarni rejalashtirish, shaxsdagi regressiyani 
profilaktika qilish zarur. 
Rahbar uzoqni ko’ra bilishi va tashkilot faoliyatidagi psixolgik omillar 
muhimdir. O’z navbatida psixologlar ham amaliy yordam ko’rsatish bilan birga 
samarali ishbilarmonlik aloqalarini o’rnata olishi kerak. 
Hozirgi kunda amaliy psixologiyada barcha toifadagi xizmatchilar uchun 
ijtimoiy psixologik yordam dasturining turli shakl va metodlari ishlab chiqilgan. 
Jahon amaliy psixologiyasining ishlanmalarini qo’llash, g’arb dasturlarini 
moslashtirib xodimlar uchun ma’ruza, seminar, ishbilarmonlik va treninglarni 
tashkil qilish muassasadagi mehnat samaradorligini oshiradi. 


Amaliyotning 
ko’rsatishicha, 
shaxslararo 
munosabatlar 
sohasi 
boshqaruvchi uchun noaniq doimiy sohaligicha qoladi, shuning uchun bunday 
munosabatlarda rahbar o’zini noqulay his etadi. 
Boshqaruv psixologiyasi boshqaruv jarayonida shaxs psixologiyasining 
o’ziga xos jihatlarini o’rganib, ushbu omillarni boshqaruv jarayonida qo’llash 
uchun zaruriy tavsiyalarni beradi. 
Jamiyatda boshqarishning asosiy mazmuni ijtimoiy hayotning barcha 
sohalarida: mehnat faoliyatida, ishlab chiqarishda, ijtimoiy, siyosiy 
faoliyatda, mafkuraviy sohada, ijtimoiy qayta ishlab chiqarishda aniq 
imkoniyatlari o’rganiladi. 
Ishlab chiqarish sharoitida sotsiologiya kishilardagi ijtimoiy aloqani 
shakllanishining asosi bo’lgan mehnat omillarini o’rganadi, ijtimoiy tizimlar, shu 
jumladan, ishlab chiqarish tizimi rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlari, 
kishilarning jamiyatning turli qatlamidagi xulq-atvori qonuniyatlarini tadqiq 
qiladi. Ijtimoiy psixologiya gurux va omma psixologiyasining xususiyatlari, 
ularni shaxsning ongi va xulqiga ta’siri, kishilar faoliyatini rag’batlantiruvchi 
omillar, kayfiyat, ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi omillarni o’rganadi. Shaxs 
psixologiyasi oliy nerv faoliyati turlari va inson temperamenti, xarakteri
shaxsning irodasi, qobiliyati, hissiyoti, xotirasi, anglash va his etish qobiliyatini 
o’rganadi, mehnat psixologiyasi mehnat faoliyatlari, shu jumladan, rahbar va 
mutaxassislar (kasbiy xususiyat va qobiliyatlari, kadrlarni o’qitish usullari, 
mehnat jarayonining psixologik jixatlari) faoliyatini o’rganadi. 
Kishilarning fikrlash usulida o’zgarish yuz berishi va ularning madaniy 
hamda bilim darajasi ortib borishi bilan ijtimoiy-psixologik usullarning ahamiyati 
ham ortib boradi. Bunday sharoitda shaxsning ehtiyoj va manfaatlari ma’naviy 
soha tomon o’zgarib boradi. O’z mehnatidan qoniqishning muhim omili bo’lib, 
ishlab chiqaruvchilarning rahbar bilan o’zaro yaxshi munosabati, ishlab 
chiqarishdagi qulay ijtimoiy-psixologik vaziyat xizmat qiladi. 


Fanning mohiyati boshqaruv jarayonlari: faoliyat, manfaat, o’zaro 
munosabat, o’z-o’zini boshqarish, insonlar ruhiyatini o’rgangan holda ta’sir 
ko’rsatish va chet el tajribalarini o’rganishdir. 
Fanning predmeti shaxslar, ijtimoiy guruxlarning o’zaro rahbar va 
bo’ysinuvchilar bilan munosabati va ruhiyatini o’rganishdir. 
Fanning asosiy vazifasi chet el tajribalaridan foydalanilgan holda 
amaliyotda, ya’ni korxona faoliyatiga tadbiq etish, aniqlash, korxonaning maqsadi 
va aniq imkoniyatlarini o’rganish, jamoani jipslashtirish, korxonaning psixologik 
iqlimini yaxshilash, ijtimoiy ximoyalash natijasida ishlab chiqarish va mehnat 
samaradorligini oshirish yo’llarini o’rganishdir.
Bulardan tashqari hozirgi psixologlarning tadqiqotlari, printsiplari, yo’l-
yo’riqlari natijasida korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini yaxshilash, mehnat 
jamoalarini 
tarbiyalash, o’zaro 
yordam, 
hamda 
bir-birlarini qo’llab-
quvvatlashning foydali tomonlarini tushuntirishdir. 
Fanda boshqaruv tushunchasi tizimning o’z xayot faoliyatini ta’minlash 
jarayoni sifatida tushuniladi. Bunday tizimlar qatoriga biologik, texnik, ijtimoiy 
tuzilmalar kiradi. Boshqaruv tuzilma sifatida boshkrruvchi va boshqariluvchi 
bo’laklarga ajratiladi. 
Boshqaruv o’z tasarrufidagi boshqariluvchi bo’lakka muntazam, rejali va 
maqsadga yo’nalgan tarzdagi ta’sir kuchiga ega. Bunday o’zaro faoliyat tizimning 
ishchanlik krbiliyatini ta’minlaydi. Boshqaruvdagi tadk^щotlar kibernetika fani 
yuzaga kelishi tufayli jadal sur’atlar bilan rivojlanib, murakkab tuzilmani 
boshkarishning ilmiy asoslangan tavsiyalari amaliyotga tatbik etila boshlandi. 
Boshqaruv bilimlari ko’p jixatdan davr extiyojini aks ettiruvchi asosiy manbaa 
bo’lib xisoblanadi. Boshqaruv jarayoni, bir tomondan, tuzilmaning yaxlitligini 
ta’minlasa, ikkinchi tomondan uni yanada takomillashtirish va rivojlantirish 
imkonini beradi. Shu o’rinda boshqaruvning ikki asosiy funktsiyasi farqlanadi: 
maqsadga yo’naltiruvchi va tashkiliy funktsiyalar. 

Download 351,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish