Markaziy Osiyo xalqlari hayotida 9-12 asrlarda yuz bergan uyg’onish (Renessans) davri



Download 73,48 Kb.
Sana29.04.2022
Hajmi73,48 Kb.
#590362
Bog'liq
Markaziy Osiyo xalqlari hayotida 9-12 asrlarda yuz bergan uyg’onish (Renessans) davri.


Markaziy Osiyo xalqlari hayotida 9-12 asrlarda yuz bergan uyg’onish (Renessans) davri.
1.Markaziy Osiyoda ilk uyg’onish davri, uning vujudga kelish sharoitlari
2.O’lkamizda ilm-fan, madaniyat, adabiyot, san’atning yuksalishi
3. 9-12 asrlarda O’rta Osiyoda yetishib chiqqan qomusiy olimlar va ularning jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan xissasi
Tarixdan ma’lumki ijtimoiy taraqqiyot doim bir yo’sinda ravon bo’lmagan. Insoniyat umumiy rivojlanish bilan birga qancha-qancha to’siqlarni, tanazzul va tangliklarni boshidan kechirgan va so’ng ularni bartarf etib o’z moddiy va madaniy darajasini qayta tiklagan, yangi taraqqiyot sari astoyidil intilgan. Fanda bunday yirik salmoqli yuksalishni tiklanish, uyg’onish, renessans ham deb aytiladi. Xususan G’arbiy Yevropada bunday renessans 15-17 asrlarda deyarli 700 yillik xurofotdan so’ng yuz bergan. Markaziy Osiyoda ilk uyg’onish davri 9-12 asrlarga to’g’ri keldi va o’zgacha shart-sharoitlarda kechdi. Uning ko’lami, oqibatlari, jahon sivilizatsiyasiga ko’rsatgan ta’siri ham bo’lakcha bo’lgan.
IX-XII asrlarda O’rta Osiyoda feodal munosabatlarning taraqqiy etishi, markazlashgan davlatlarning paydo bo’lishi, bu davrda ilm-fan, madaniy hayotning rivojlanishi uchun zamin yaratdi.
O’rta Osiyoning arablar tomonidan istilosidai so’ng iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarda keskin o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mehnat bilan bevosita bog’lik bo’lgan xalq ommasiga zulm o’tkazish tobora takomillashib bordi. Xuddi shu murakkab tarixiy sharoitda ham O’rta Osiyoda fan va madaniyat taraqqiyotiga o’lkan hissa qo’shgan buyuk olimlar yetishib chikdi. Bu yerda fan va madaniyat bobida nodir obidalarning, buyuk fan kashfiyotlarining va tadqiqotlarning yaratilishi jahon madaniyati xazinasiga bebaho hissa bo’lib qo’shildi. Shunday qilib, Uyg’onish davriga turtki bo’lgan omillar quyidagilardan iborat
Bu davrga kelib turkiy xalqlar ittifoqining shakllanish jarayoni tezlashdi. Qoraxoniylar xukmronligi davrida turk adabiy tili paydo bo’ldi. Ish yuritish xujatlar turkiy tilda yozila boshladi.Chig’atoy tili (eski o’zbek tili) Movarounnahr, Xuroson, Farg’ona, Shosh va Xorazm asosiy tillardan bo’lib yetisha bordi.
Bu davrda ko’p tilda ijod qila olidigan olimlar va ko’plab mutafakkirlar yetishib chiqdi. Qasida davrning dohiysi Ro’dakiy o’z she’rlari bilan katta shuhrat keltirdi. Uning zamondoshi Firdavsiy (X-XI asr boshlari, Xurosonning Tus shaxridan) o’lmas “Shohnoma” asrini yaratdi. Yirik tarixiy asarlar, masalan, Gardiziyning “Go’zal xabarlar” asari, Bayxakiyning o’ttiz tomlik kitobi, Majiddin Admonning “Turkiston tarixi” paydo bo’ldi. Muhammad Narshaxiy “Buxoro tarixi” kitobini yozdi. Nizomulkning “Davlatni idora qilish to’g’risidagi kitobi”, Yusuf Xos Hojibning “Kutadg’u bilik” asari, Maxmud Qoshg’ariyning ulkan ijtimoiy-siyosiy, klassik asari hisoblangan “Devonu lug’ati turk” (Turk tillari lug’ati) maydonga keldi. Bu davrda O’rta Osiyodan buyuk olimlar yetishib chikdi.
Algebra faniiing asoschisi bo’lgan Xorazmiy riyoziyotda abstraksiya tushunchasini kengaytirdi. Induksiya yo’li bilan umumiy yechish usullarini hal qildi va deduksiya yo’li bilan umumiy usullar yordami - turli masalalarni yechdi, Xorazmiy dunyo faniga g’oyat katta xissa qo’shdi. Uning asarlari dunyoviy fanlarning islom dinidan mustaqil rivojlanshiga yo’l ochdi. Muso al-Xorazmiyning "Astronomiya jadvallari", "Quyosh soatlari", risolalari va boshka asarlari Sharq va G’arbning riyoziyot va falaqiyot fanlari rivojlanishi tarixida muxim axamiyatga ega bo’ldi va ilm-fannint ravnaqiga katta ta’sir ko’rsatdi.
O’rta Osiyolik turkiy harbiy zodagon oilasidan chiqqan Abu Nasr Forobiy (873 -950) avval Buxoroda, so’ngra Bag’dodda tahsil ko’rib, o’z zamonasining qomusiy allomasi darajasiga ko’tarildi. Uning yunon faylasufi Aristotelning mashxur “Metafizika” asariga ilmiy sharhlari ilm-fan dunyosida katta qizikish uyg’otdi. Forobiy materialistik falsafaning yirik namoyandasi sifatida moddiy dunyoning ob’yektiv ravishda mavjudligini e’tirof etdi, inson olamni bilishi mumkinligini isbot etdi. U O’rta Osiyoning ko’plab mashxur olimlari va mutafakkirlariga, jumladan, Abu Ali ibn Sinoning ham falsafiy dunyoqarashiga katta ta’sir ko’rsatdi.
O’rta Osiyo ilm-fani va madaniyati tarixida qomusiy bilimlar sohibi Abu Ali ibn Sino (980-1037) ning o’rni beqiyosdir. U Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida moliya amaldori oilasida tug’ilib, yoshlik yillarida o’z ma’lumotini oshirish uchun qunt bilan o’qidi. 16-17 yoshidayoq ibn Sino mashhur tabib - hakim bo’lib tanildi. Ibn Sinoning "Kitob al-qonun fit-tibb" eng yirik asarlardan bo’lib, 5 ta mustaqil asarlardan tashkil topgan: ularning har biri ma’lum sohani izchil, har tomonlama yoritib bergan. Bu kitob olti asr mobaynida(XI asr dan XVP asrning o’rtalarigacha) Yevropa meditsinasida yagona qo’llanma bo’lib keldi. U 30 martadan ko’proq nashr etildi. O’rta asrlarda "Qonun" fakat Sharqdagina emas, balki G’arb mamlakatlarining dorilfununlarida ham talabalar uchun meditsinadan yagona qo’llanma bo’lgan, Ibn Sino tabiatshunos, faylasu, filolog, yozuvchi va shoir xam edi. f, astronom, matyomatik, musiqashunos, huquqshunos, axloqshunos
Ibn Sino yaratgan asarlarning soni 450 tadan oshadi, lekin bizgacha faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan. Ibn Sino asarlarining 40 dan ortig’i meditsinaga, 30 ga yaqini tabiiy fanlarga, 3 tasi musiqaga, 185 risola falsafa, mantiq, psixologiya, teologiya, etika va ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag’ishlangan. Asarlarning asosiy qismi arab tilida, ba’zilari fors - tojik tilida yozilgan. Uning ko’p asarlari o’rta asrlarda Yevropada ilmiy til hisoblangan lotin tiliga va u orqali Yevropaning boshqa tillariga tarjima qilingan. Ibn Sinoning bizga ma’lum bo’lgan katta asari "Kitob ush-shifo" 22 jilddan iborat bo’lib, u “falsafiy bilimlar qomusi" degan nom oldi
Mislsiz qiyinchidiklarga bardosh berib, fan chirog’ini baland ko’targan yana bir daho Abu Rayhon Muhammad Beruniy (973-1048)dir. U Xorazm tilidan tashqari arab, sug’diy, fors, yunon, hind va qadimgi yahudiy tillarini bilgan. Qomusiy bilimlar sohibi Beruniy o’z zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarix kabi fanlarni chuqur o’rgandi.
Al-Farg’oniyning asosiy astronomik asari "Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” kitobi XP asrda Yevropada lotin tiliga ikki marta va XSh asrda boshqa Yevropa tillariga xam tarjima qilingandan so’ng, uning lotinlashtirilgan nomi "Alfraganus" shaklida G’arbda keng tarqaldi. Uning bu kitobi Yevropa universitetlarida astronomiyadan asosiy darslik vazifasini bir necha asrlar davomida o’tab keldi. Hozirgi kunga kelib al-Farg’oniyning sakkizta asari bizga ma’lum bo’lib, ularning hammasi astronomiyaga aloqador va hech biri xozirgi zamon tillariga tarjima qilinmagan. Al-Farg’oniy asarlarining qo’lyozmalari Berlin, London, Mashhad, Parij,Tehron, Rampur, Patna, Qohira, Gota, Xalab va boshqa shaharlarda saqlanadi.
Hadis ilmini yanada rivojlantirgan, jahonshumul ahamiyatga ega bo’lgan asarlarni yaratgan buyuk allomalardan biri - mashhur muxaddis Abu Iso Muxammad at-Termiziydir (824-892). At-Termiziy o’z ijodiy va ilmiy faoliyati davrida bir qator asarlar yaratib, ularning ko’pchiligi hadislarga bag’ishlangan. VP asrning I yarmida yuzaga kelgan Qurьoni Karim islom ta’limotida katta madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan asosiy manba bo’lsada, musulmon dunyosining ijtimoiy, huquqiy va axloqiy tomonlariga oid barcha masalalarni har tomonlama qamrab ololmagan, albatta. Shu sababdan ham islom dini chegaralarining kengayishi, uning qonun-qoidalariga asoslangan jamiyat rivojlangan sari yangi fikr-mulohazalar va ko’rsatmalarga ehtiyoj ortib borgan, shu boisdan hadislar Islom ta’limotida Qurьondan keyin 2 o’rinda turadigan muhim manba hisoblanadi. At-Termiziyning hadislardan iborat to’plamlarining deyarli barchasi bizgacha yetib kelgan. Ular ichida eng mashhuri “Al-jomi’ as-sahhih” bo’lib, Muxammad payg’ambarga oid oltita ishonchli hadislar to’plamining biridir.
Download 73,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish