Ma’ruza – 1 Kirish. Turmushda va sanoatda polimer kompozitsion materiallarning tutgan o‘rni



Download 33,94 Kb.
Sana05.04.2022
Hajmi33,94 Kb.
#529034
Bog'liq
1-����㧠


MA’RUZA – 1
Kirish. Turmushda va sanoatda polimer kompozitsion
materiallarning tutgan o‘rni
Reja

  1. Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlanishida kimyo
    sanoatining o‘rni.

  2. Polimer kompozitsion materiallarning afzalliklari va
    kamchiliklari.

  3. Oldindan xossalari belgilangan polimer kompozitsion
    materiallar yaratish muammolari.

Xozirgi kunda kimyo sanoatining, xususan polimerlar kimyosining mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ahamiyati toboro ortib bormoqda. Polimerlar kimyosi sanoatining rivojlanishini muhim vazifalaridan biri sanoatning barcha tarmoqlarida va turmushda zamonaviy kimyo yutuqlaridan to‘la foydalanishdir, yangi, mukammalroq va arzon ishlab chiqarish vositalari va halq iste’mol mollari ishlab chiqarishdir. Hozirgi kunda fan va texnikaning rivojini sanoatni deyarli barcha tarmoqlarida keng qo‘llaniladigan polimer kompozitsion materiallarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Yuqori molekulali birikmalar asosida olingan polimer kompozitsion materiallarning unikal xossalari sintetik va sun’iy tolalarda, kauchuk va rezinalarda, qoplama va plyonkalarda, sun’iy charmda namoyon bo‘ladi.


Sanab o‘tilgan materiallarni faqat yuqori molekulali birikmalar asosida olingan polimer kompozitsion materiallardan tayyorlash mumkin. Polimer kompozitsion materiallarni rangli va qora metallarni o‘rniga qo‘llaganda buyumlarni tannarxi va og‘irligi kamayadi. Polimer kompozitsion materiallar avtomobilsozlik, suv, havo va yer transportida, radioelektronika va elektronika sanoatida, qurilishda, qishloq xo‘jaligida, tibbiyotda, oziq-ovqat va yengil sanoatda keng qo‘llanilmoqda. Ammo sanoat tarmoqlarining polimer kompozitsion materiallarga bo‘lgan talabi, ularni ishlab chiqarish sur’atlaridan ilgarilab ketmoqda.
Iqtisodiyotni ximiyalashtirishning dolzarb muammolaridan biri tabiiy va sintetik yuqori molekulali birikmalarni ishlab chiqarishni rivojlantirish va ular asosida polimer kompozitsion materiallar yaratish masalasidir.
Oxirgi yillarda sintetik polimerlarni ishlab chiqarishni va ular asosida polimer kompozitsion materiallar yaratishning tezkorlik bilan rivojlanishi bir qancha sabablarga bog‘liq.
1. Polimer kompozitsion materiallar yaratishda tabiiy
materiallarni qayta ishlashga nisbatan mehnat sarfini kamayishi va mahsulot tannarxini kamayishi. Sintetik polimerlarni qurilish materiallari ishlab chiqarishda qo‘llash katta iqtisodiy samaradorlik beradi. Masalan, yog‘och-qipiq plitalar yuqori sifatli materiallar sifatida maishiy va sanoat qurilishida, mebel ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Bu plitalar yog‘och chiqindilarini fenol-formaldegid yoki mochevino-formaldegid qatronlari bilan yelimlab olinadi. 1 t qatrondan 16,7 m3 plita olish mumkin.
Polimer kompozitsion materiallarni konstruksion materiallar sifatida mashinasozlikda qo‘llash yuqori samara beradi. Yengil avtomobillar ishlab chiqarishda 300 ta yirik, 900 o‘rtacha va 2000 mayda ehtiyot qismlar polimer kompozitsion materiallardan yasaladi. Agar polimer kompozitsion materiallardan murakkab qismlar tayyorlansa, po‘latdan tayyorlashga nisbatan 2-3 marta kam vaqt, oddiyroq ehtiyot qismlarga 8-10 marta kam vaqt talab qilinadi.
2. Polimer kompozitsion materiallar bilan kamyob va qimmat tabiiy materiallarni to‘laqonli almashtirish imkoni va ularni o‘zini kamyob xossali konstruksion materiallar sifatida ishlatish imkoniyati.
3. Xossalari oldindan belgilangan va rostlangan sintetik materiallarni yaratish imkoniyati.
Avtomobil transportini, aviatsiyani, elektrotexnikani, mashinasozlikni, radiotexnikani va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini rivojlanishi doimo yangi materiallarga ehtiyoj tug‘diradi. Bu materiallarning xossalari alohida talablarga javob berishi kerak. Ehtiyoj paydo bo‘lganligi sababli yangi, oldindan belgilangan xossali polimer kompozitsion materiallar yaratilib, keng tadbiq etilmoqda. Bularga misol qilib yuqori mustahkamli yengil sintetik materiallar, yengil va o‘rtacha yengil polimer materiallar, antikorrozion materiallar, yuqori dielektrik ko‘rsatkichlarga ega, issiqbardosh radio va elektr materiallar, yengil va mustahkam organik shishalar, maxsus maqsadli sintetik kauchuklarni keltirish mumkin.
4. Polimer kompozitsion materiallarni ishlab chiqarishda bitmas tuganmas xom-ashyoni, yangi, arzon va taqchil bo‘lmagan turlarini qo‘llash imkoni, birinchi navbatda neft va tabiiy gazlarni, koksokimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari, o‘rmon va o‘rmonga ishlov berish sanoati va qishloq ho‘jalik ishlab chiqarish chiqindilarini qo‘llanilishi imkoni. Yangi turdagi xom-ashyoda polimer materiallarini ishlab chiqarishni rivojlanishi kimyo sanoati uchun va xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish uchun dastlabki mahsulotlarning qo‘shimcha resurslarini yaratish imkonini beradi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning zamonaviy rivojlanish darajasida sintetik materiallar kelajakdagi texnik progressning, ishlab chiqarish unumdorligini keskin oshirishning muhim omilidir. Masalan, kauchuk asosida tayyorlanadigan rezina buyumlarisiz sanoatning birorta tarmog‘i normal ishlay olmaydi. Polimer kompozitsion materiallarsiz zamonaviy avtomobilni yaratishni tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Polimer kompozitsion materiallar aviasozlikda va raketasozlikda juda muhim o‘rin tutadi. Bu tarmoqlarni rivojlanishini umuman yangi progressiv materiallarsiz, bu materiallarni aksariyat qismi polimer kompozitsion materiallarsiz, tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Tayanch so‘z va iboralar


Kimyo sanoati, polimer kompozitsion materiallarni ishlab chiqarish, polimerlar ishlab chiqarish sur’atlari, tabiiy materiallarni ishlab chiqarishda va qayta ishlashda mehnat sarfining iqtisodi, sintetik polimer materiallar almashtiruvchi, sintetik polimer materiallar, polimer kompozitsion materiallar, konstruksiey materiallar xossalari, oldindan xossalari belgilangan va rostlangan polimer kompozitsion materiallar, yuqori mustahkamlik, yengil polimer kompozitsion materiallar, korroziyaga turg‘unlik, yuqori dielektriklik xossalari, maqsadli polimer kompozitsion materiallar.


Qaytarish uchun savollar





  1. Mamlakatimiz iqtisodiyotida kimyo sanoatining o‘rnini bayon qiling.

  2. Polimer kompozitsion materiallar ishlab chiqarishni va ular
    asosida buyum olishni tezkorlik bilan rivojlanishni
    iqtisodiy omillarini aytib bering.

  3. An’anaviy materiallarning polimer kompozitsion materiallar bilan almashtirish imkoniyatlarini bayon qiling.

  4. Xossalari oldindan belgilangan polimer kompozitsion
    materiallarni yaratish imkoniyatlari qanday?

Foydalanilgan adabiyotlar





  1. Lipatov Yu.S. Kompozitsionnыe polimernыe materialы. Kiev,
    "Naukova dumka", 1976, 192s.

  2. Lipatov Yu.S. Fizicheskaya ximiya napolnennыx polimerov. M,
    "Ximiya" 1977g. 305s.

  3. Lipatov Yu.S. Budushee polimernыx kompozitsiy. Kiev. "Naukova dumka", 1984g. 135s.

  4. Lipatov Yu.S. Mejfaznыe yavleniya v polimerax. Kiev, "Naukova dumka", 1980g. 260s.

Download 33,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish