Ma’ruza 1: Loyihalash haqida umumiy ma’lumotlar. Konchilik korxonalarini loyihalash fanining maqsadi va vazifalari. Loyihalashning me’yoriy bazasi. Reja



Download 252,07 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.03.2022
Hajmi252,07 Kb.
#498756
Bog'liq
1-maruza



Ma’ruza 1: Loyihalash haqida umumiy ma’lumotlar.
Konchilik korxonalarini loyihalash fanining maqsadi va vazifalari. 
Loyihalashning me’yoriy bazasi. 

Reja: 
1. Loyihalash haqida umumiy ma‟lumotlar. 
2. Konchilik korxonalarini loyihalash fanining maqsadi va vazifalari. 
3. Loyihalashning me‟yoriy bazasi. 
 
1. Kon sanoatining rivojlanishi, uning qurilishini moliya bilan ta‟minlash va 
kon korxonalarini qayta jihozlashda ko„p yillar oldindan optimal qarorlar topilishi 
kerak bo„lgan loyihalar asosida amalga oshirilgan. “Loyiha” so„zi lotincha 
“proektus” so„zidan olingan bo„lib, oldinga tashlangan degan ma‟noni anglatadi, 
ya‟ni loyiha bo„lajak korxonani optimal dinamik texnik iqtisodiy modelini 
ko„rsatadi. Kon korxonasi boshqa ko„p sanoat obektlari va inshootlaridan 
(metallurgiya, mashinasozlik, ximiya zavodlari va boshqalar) farqli tabiiy-
texnologik kompleks hisoblanadi. Konchilik korxonalarining parametrlari va 
iqtisodiy samaradorligining ko„rsatkichlari texnikaning berilgan darajasi uchun, 
asosan tabiiy omillar (konning tuzilishi, va o„lchamlari, joyning relefi, 
gidrogeologik sharoitlar va boshqalar) va uning atrof muhitga ijozatli ta‟siri bilan 
aniqlanadi. Boshqa tabiiy-texnologik komplekslar (gidroelektrostantsiya, transport 
aloqa yo„llari va boshqalar) dan farqli karer bir necha o„n yillar davomida vaqt va 
fazoda rivojlanuvchi dinamik obekt hisoblanadi. Buning natijasida har yili 
karerning o„lchamlari, transport aloqa yo„llarining uzunligi va kon-geologik 
sharoitlar o„zgaradi, shuningdek fazoda ish joyi bir joydan boshqa joyga ko„chadi. 
Karerlarning loyihalarini optimallashtirish, aniqlovchi omillarning (tabiiy, texnik, 
iqtisodiy va sotsial) turli-tumanligi, ular ta‟sir xarakterining ehtimoli bilan, yuqori 
darajadagi noaniqlik va loyihalash boshlangunga qadar qator omillarning etarlicha 
o„rganilmaganligi tufayli qiyinlashadi. 
Sifatli loyihalar kon korxonasining samaradorligiga, mineral xom ashyo 
resurslaridan ratsional foydalanishga va atrof muhitni muxofazalashga, ya‟ni halq 
xo„jaligida asosiy e‟tibor beriladigan muammolarga katta ta‟sir ko„rsatadi. 
SHuning uchun karerlarni loyihalash (ayniqsa murakkab strukturali ko„p 
komponentli konlar sharoitida) juda murakkab va ko„p mehnat talab qiladigan 
mahsuliyatli texnik-iqtisodiy vazifa hisoblanadi, uni to„g„ri hal etish faqat katta 
eruditsiyani va chuqur bilimni talab qilibgina qolmasdan balki, elektron hisoblash 
texnikasini va iqtisodiy matematik usullarni qo„llash asosida ijodiy yondashuvni 
ham talab qiladi. 
Kon korholarini loyihalash usullarining rivojlanishi. Professorlar B.I. Bokiy, 
A.A. Skochinskiy, M.M. Protod‟yakonov, A.M. Terpigorev, L.D. SHevyakovlar 
(XIX asrning oxiri – XX asrning boshi) kon korxonalarini loyihalashning nazariy 
asoslariga o„zlarining ilmiy ishlarida matematik metodni qo„llash bilan asos 
solganlar. Kon korxonalarini loyihalashni tashkil etishda 1929 yilda prof. B.I. 
Bokiy maqolalari asosida nashr qilingan “Konchilik sanhatining analitik kursi, 
Rudniklarni loyihalash.” fundamental monografiyasi katta rol o„ynadi. 


XX asrning 50 - 70 yillarida ko„mir shaxtalarini loyihalash nazariyasi va 
amaliyotida yangi hisoblash usullari va elektron hisoblash mashinalari qo„llanila 
boshlandi. Professorlar K.K. Kuznetsov, A.S. Burchakov, B.M. Vorobg„ev, V.G. 
SHorin, A.M. Kurnosova, S.V. TSoya, V.A. Harchenko, E.V. Petrenko, texnika 
fanlari nomzodi A.M. Miteyko ilmiy ishlarida shaxtalarni loyihalash qarorlarini 
kompleks optimallashtirish metodi g„oyalari rivojlantiriladi. Tsentrogiproshaxt 
boshchiligidagi ko„mir sanoati vazirligi tarkibidagi loyiha institutlari tomonidan 
ko„mir shaxtalarini, karerlarni va boyitish fabrikalarini avtomatlashtirilgan 
loyihalash tizimi ishlab chiqiladi. 
Murakkab kon-geologik sharoitlardagi yuqori qimmatli rudalarda ruda 
konlarini er osti usulida qazib olishni loyihalashda bajariladigan ishning ko„proq 
xavfsizligini, yuqori mehnat unumdorligini, eng yaxshi iqtisodiy ko„rsatkichlarni, 
er qahridan ratsional foydalanishni, foydali qazilmaning yo„qotilishi va 
sifatsizlanishini pasaytirishni ta‟minlovchi ruda shaxtalarining ish unumdorligini 
asoslash, texnik-iqtisodiy baholashva er osti usulida qazish tezligini tanlash kabi 
muammolarni hal etish katta ahamiyatga ega. Bu muammolarni hal etishga 
akademik M.I. Agoshkov, professorlar: P.N. Gorodetskiy, D.M. Bronnikov, V.R. 
Imenitov, G.M. Malaxov, O.A. Boykunarov, V.A. SHestakov, S.L. Iofin va 
boshqalar katta xissa qo„shganlar. 
Karerlarni loyihalash nazariyasi bo„yicha birinchi qilingan ish Krivbass 
temir ruda karerlarining eng chuqur nuqtasi 80 – 115 m ga etganda va er osti usuli 
bilan qazib olishga o„tish masalasi paydo bo„lgan 1928 – 1933 yillarga to„g„ri 
keladi. Bu davrda kon injenerlari M.I. Goberman, S.I. Pilyavskiy, A.I. Stishenko, 
I.A. Kuznetsov, P.S. Bondar, A.A. SHteding va boshqalarning karer chegaralarini 
aniqlashning analitik metodlarini va ochiq usulda qazib olishning samaradorligini 
aniqlovchi omillarni o„rganishni boshlashga asos soluvchi maqolalari chop etilgan 
edi. 
O„tgan asrning 40 – 50 yillarida ochiq usulda qazib olishni loyihalash 
nazariyasining rivojlanishi akademik N.V. Melg„nikov, professorlar: P.I. 
Gorodetskiy, E.F. SHeshko, A.A. Starikov, P.E. Zurkov, A.S. Fidelev, A.V. 
Brichkin, B.P. Bogolyubov, N.N. Melg„nikov, P.I. Tomakov nomlari bilan bog„liq. 
1949 yilda chiqqan prof. P.I. Gorodetskiyning kitobi “Loyihalash asoslari” 
kursi bo„yicha birinchi darslik edi. Bu kitobda nafaqat mana shu fanga tegishli bir 
tartibda yoritilgan asosiy masalalar mujassamlashgan, balki birinchi bor bizning 
mamlakatimizda kon-ruda sanoatini loyihalash metodikasini va tajribasini 
ommalashtirgan. Bu kitob xozirgi kunga qadar kon korxonalarining ish 
unumdorligini asoslash, qazish tizimini tanlash, ochiq va er osti ishlari orasidagi 
chegarani aniqlash, yo„qotilish va sifatsizlanishni baholash va hisobini yuritish 
kabi masalalarni hal qilishda texnik-iqtisodiy tahlilning asoslari qo„llanilganligi 
sababli o„quv jarayonida va loyihalash amaliyotida qo„llanma sifatida xizmat 
qilayapti va xozirgi kunda ham o„z ahamiyatini yo„qotgani yo„q. 
Yangi konchilik korxonalarini qurish va ishlab turgan konchilik 
korxonalarini kengaytirish va qayta jihozlash ishlarini loyihalash uchun shu 
hududdagi mavjud foydali qazilma zahiralari A, B va S kategoriyalari bo„yicha 
davlat zahira komissiyasi tomonidan tasdiqlangan bo„lishi shart. SHundan so„ng 


korxona yoki tashkilot shu qazilma boylik konlaridan foydalanish uchun maxsus 
davlat organidan er osti konlarini ishlatish uchun, er ostidan foydalanish huquqini 
beruvchi davlat tashkiloti yoki organidan litsenziya olganidan so„ng, loyihalashga 
huquq beruvchi litsenziyasi bo„lgan loyihalash instituti yoki loyihalash tashkiloti 
bilan shu konchilik korxonasini yoki shaxta rudniklarini loyihalashga topshiriq 
bergan buyurtmachi bilan loyihalashtiruvchi institut yoki tashkilot o„rtasida 
kelishuv shartnomasi tuzilib, rasmiylashtirilganidan so„ng shartnoma kuchga 
kiradi. Buyurtmachi belgilangan tartibda davlat organlari tomonidan berilgan er 
osti foydali qazilma konlaridan foydalanishga huquq beruvchi litsenziyasi bo„lgan: 
vazirlik, aktsiyadorlik jamiyati va jismoniy shaxslar bo„lishi mumkin. Ularda 
foydali qazilma konlarini qazib olish shart-sharoitlari bitilgan litsenziya bilan birga 
tuzilgan kontrakti ham bo„lishi kerak. 
Bizness-reja yoki texnikaviy-iqtisodiy ko„rsatkichlari asoslangan TIA 
(TEO) tuzilib, foydali qazilma konini qazib olishni iqtisodiy jihatdan maqsadga 
muvofiqligi va halq xo„jaligiga zarurligi, qazib olishga texnikaviy imkoniyatlari 
etarli bo„lgan buyurtmachi bilan loyihalash instituti – Bosh loyihachini bevosita 
ishtirokida loyihalashga topshiriq tuzadi, sub-pudratchi sifatida maxsus loyihalash 
tashkilotlarini loyihalash ishiga jalb qiladigan bo„lsa, topshiriq tuzishda hisobga 
olinib, ularning nomlari ko„rsatiladi. Bosh loyihachi esa odatdagidek, loyihani 
texnologik qismini ishlab chiqaruvchi loyihalash tashkiloti hisoblanadi. 
Buyurtmachi topshiriq bilan birga loyihalovchi institutga foydali qazilma 
konini ishlatishga huquq beruvchi litsenziya va konchilik ishi uchun ajratilgan er 
osti maydonini o„lchami haqidagi dalolatnomani (gornootvodnoy akt) va qazib 
olish shart-sharoitlari belgilangan kontrakt va tuman, viloyat hokimiyatini qurilish 
maydonini tanlash, va er maydonini ajratib berish haqidagi qarori ham qo„shib 
topshiriladi . 
Buyurtmachi loyihalash ishlarini o„z vaqtida bajarilishi va uning sifati 
ustidan nazorat o„rnatadi va tayyorlangan loyihalarini smeta hujjatlarini qabul qilib 
oladi. Bundan tashqari loyihaga buyurtma beruvchi tashkilot yoki shaxs o„z 
vaqtida belgilangan muddatda topshiriqnomani berishi, boshlang„ich ma‟lumotlar 
haqidagi hujjatlarni va bajarilgan loyihalangan obektlarga tahluqli ishlarni o„z 
vaqtida hisob kitob qilib, shartnoma smetadagi belgilangan haqini to„lab turishga 
javobgardir. 
Konchilik korxonasini bino va inshootlarini loyihalash ishlari bir bosqichda 
(ishchi loyiha, jamlangan smeta qiymatida hisoblangan hujjatlar)i bosqichli 
(birinchi davridagi loyiha bilan birga jamlama smeta hisobi, ikkinchi bosqichda esa 
– ishchi hujjatlari) tayyorlanib buyurtmachiga topshiradi.
2. “Konchilik korxonalarini loyihalash” fani 5311600 – “Konchilik ishi” 
ta‟lim yo„nalishi bo„yicha bakalavr-kadrlar tayyorlashda mutaxassislik fanlarini 
umumlashtiruvchi asosiy kurslardan biridir. Bir tomondan bu fan “SHaxta va 
rudniklarni qurilishi”, “Foydali qazilma konlarini er osti usulida qazib olish”, 
“Ochiq kon ishlari texnologiyasi va kompleks mexanizatsiyalash”, “Konchilik 
sanoati menejmenti”, “Konchilik aerologiyasi” va boshqa maxsus fanlarni davomi 
bo„lib, konchilik korxonalarini loyihalash uchun yuqorida keltirilgan fanlarni birini 
ikkinchisi bilan bog„lovchi integrallashgan fandir. 


Konchilik korxonalarini loyihalash printsiplarini va nazariy asoslarini, 
amaliy ishda har bir konchi-bakalavr mutaxassisi qaysi bir sohada ishlashidan 
qahtiy nazar bilishi zarurdir. 
Shuning uchun bu fanning asosiy maqsadi talabalarga loyihalashning ilmiy 
asoslarini hozirgi davr me‟zoni va usullarini hisobga olgan holda, rudniklarni eng 
qulay o„lchamlarini, kon ishlari texnologiyasi va boshqa texnikaviy echimlarni hal 
qilish printsiplarini, hamda mavjud tartibda loyihalash ishlarini tashkil etishni, 
konchilik korxonasi loyihasini asosiy mazmunini o„rgatishdan iboratdir. 
Bulardan tashqari bu fan talabalarni konchilik korxonalarini loyihalash va 
qurilishida zarur bo„lgan me‟yoriy hujjatlar bilan ham tanishtiradi. 
Loyihalash asoslarini o„zlashtirgan talaba konchilik korxonasini ishlab 
chiqarish quvvatini hisoblashni, qulay variantini tanlashni, kon zahirasi 
chegaralarini belgilashni, konni ochish va uni ishlatishga tayyorlashni, qazib olish 
tizimini konchilik ishlari texnologiyasi bilan bog„lashni, rudnikni qurish va 
ekspluatatsiya qilish, taqvimiy rejasini tuzish kabi ishlarini mukammal darajada 
o„rganishga erishadi. 
Ushbu fan konchilik korxonasini spetsifik xususiyati bilan bog„liq kon-
geologik sharoitni o„zgaruvchanligi, ish joyni siljib borishi, konchilik ishlari 
texnologiyasini tez-tez o„zgarishi, har bir konchilik obekti bo„yicha mutaxassisga 
turli hil loyihalarni tuzishini, baholashini ko„rib chiqishni, tasdiqlash va loyihalarni 
amaliyotda qo„llash uchun imkon yaratadi. 
Hozirgi davr sharoitida konchilik korxonasini (rudniklarni) loyihalash 
ishlari, tabiiy resurslardan ratsional foydalanishga qaratilgan bo„lib, foydali 
qazilmalarni qazib olishdan, kompleks qayta ishlov berib tayyor mahsulot olgunga 
qadar bo„lgan jarayonlarni o„z ichiga oladi. SHuning uchun loyihalashda qurilish 
materiallari, metall, energiya resurslarini va mablag„larni tejab sarflaydigan 
texnolgiyalarni qo„llash, loyihani texnikaviy darajasini yuqori bo„lishini va 
mahsulot sifatini har tomonlama oshirish talab etiladi. 
SHuning uchun xozirgi davrda, konchilik sanoatidagi, barcha foydali 
qazilmalardan to„liq foydalanish muommolarini hal etish masalasi ko„ndalang 
bo„lib turibdi; shulardan konni ochishda chiqarilgan jinslardan boshlab og„darmaga 
tashlangan jinslargacha qazib olib, maydalangan rudani boyitish jarayonidagi 
chiqindilari, 
suv 
resurslari, 
qurilish 
maydonini 
qisqartirish 
va 
erni 
rekulg„tivatsiyalash kabi ishlarni ilmiy asosda o„rganib ishlatishga jalb etish 
masalalarini hal etish kerak. Foydali qazilma konlarini qidirib topish va razvedka 
qilishga 30-40% kapital qo„yilma mablag„lar ajratiladi va 20% ga yaqin mehnat 
resurslari jalb etiladi. SHu resurslarni asosiy qismi er osti ishlarini olib borishga 
sarflangan. 
Hozirgi davrda ruda tarkibi metallga boy bo„lgan konlar er ostini chuqur 
qatlamlarida qolgan, shuning uchun ularni er osti usulida qazib olish rangli metall 
konlarida -67% tashkil etsa, Kimyo sanoati homashhyosini qazib olishda -50%, 
ko„mirni -60%, kaliy tuzlari deyarli 100% er osti usulida qazib olinmoqda. 
Karerlardagiga nisbatan, er osti rudniklaridan qazib olingan metall miqdori bir 
necha marta ortiqdir.


Er osti usulini qo„llab qazib olish, katta mehnat sig„imi va ko„p mablag„ 
talab etadigan jarayondir. SHunday bo„lishiga qaramasdan er osti usulida qazib 
olinadigan rangli metallarni qiymati karerlardan qazib olinadigan metallar 
qiymatiga nisbatan ancha yuqori. SHuning uchun er osti usulida qazib olinadigan 
konlarni zamon talablariga muvofiq loyihalash muhim ahamiyat kasb etganligi 
uchun loyihalashda xatoga yo„l qo„yilsa ko„p miqdordagi har-xil resurslarni 
ortiqcha sarflanishiga olib keladi. SHu vaqtni o„zida loyihalashda aniq, ishonchli 
echimlar qabul qilish, ham katta miqdordagi resurslarni tejab qolish imkonini 
beradi. Hozirgi davr talabi shundan iboratki barcha material, energiya va mehnat 
resurslarini minimal miqdorda sarflab, er ostidagi zahiralarni kompleks ishlatishga 
jalb etish va boshqa resurslarni muhofaza etish kabi murakkab masalalarni hal 
qilish uchun iqtisodiy-matematik modellash, eHM bilan hisoblash va 
avtomatizatsiyalashtirilgan tizimda loyihalash usullarini kengroq qo„llanish zamon 
talabidir. Odatda rudniklarni o„lchamlarini loyihalashda uni butunlay ishlatish 
muddati davomida o„zgartirilmaydigan qilib qabul qilinadi va uni oldindan 
o„zgartirish ham nazarda tutilmaydi. Loyiha hisoblariga kiritilgan konditsiyani 
hisoblash o„lchamlari va rudnikni ishlab chiqarish ko„rsatkichlari, shu jumladan
uning ishlab chiqarish quvvati loyihadagiga nisbatan 1,5-2 barobar ko„p yoki oz 
tomonga o„zgarishi mumkin. Ko„pincha rudnikni loyihada belgilangan ishlab 
chiqarish quvvati qazib olish jarayonida 60-70% gina o„zlashtiriladi, olinadigan 
(so„ngi) mahsulotda esa 48-50%. Masalan, «Ingichka» volfram konida loyihada 
belgilangan metallni 60-65% tasdiqlangan. Murakkab kon-geologik sharoitdagi 
rudniklarda esa belgilangan texnologik variantlarni qo„llash imkoni 40-50% gina 
tasdiqlangan. SHuning uchun rudniklarni ishlatish natijalariga qarab loyihani ayrim 
o„lchamlariga o„zgartirish kiritish kerak bo„ladi.
Ushbu fan kursini asosiy masalalaridan biri shundan iboratki, masalalarni 
echishda, hozirgi davr talabalariga muvofiq keladigan usullarini qo„llab, uning 
optimal o„lchamlarini topish va loyihalashda yo„l qo„yilish ehtimoli bo„lgan 
xatolardan saqlanishni o„rgatishdir. 
Konchilik korxonalarini loyihalashni bosh maqsadi shundan iboratki, 
imkoni boricha kam kapital mablag„lar sarflash va ekspluatatsiya harajatlarni ham 
kam sarflagan holda, halq xo„jaligiga zarur bo„lgan foydali qazilmani ko„proq 
qazib olishni optimal o„lchamlarini loyihalashda, xatoga kamroq yo„l qo„yish 
imkonlarini ham o„rgatishdir. Bu odatda yangi konlarni o„zlashtirish hisobiga, 
yangi shaxtalar qurib ishga tushirish va ishlab turgan konlarni qayta loyihalab, 
qayta jihozlab, kengaytirish, yangi texnika bilan qayta qurollantirish hisobiga 
amalga oshirish mumkin. Bu yangi shaxtalarni qurishga nisbatan ancha arzonga 
tushadi. SHuning uchun ishlab turgan konlarni o„lchamlarini muvofiqlashtirib, 
qayta loyihalash aktual masalalardan biridir. 
Konchilik korxonalarini loyihalash - bu ijodiy jarayon bo„lib, kon ishlarini 
kelajagini oldindan ko„rishga intilishdir. Loyihalashni samaradorligi avvalo 
uslubiy ko„rsatmalarda, qo„yilgan masalalarni to„g„ri echish uchun ularni tanlab 
olinishiga bog„liq. Bu ko„rsatma odatda hisob ko„rinishiga asoslangan yozma 
bayonnoma, chizma va boshqa materiallardan iborat. 


Loyihalashning bosh masalasi shundan iboratki, yangi yoki qayta 
kengaytirib jixozlanayotgan konchilik korxonalarini muvofiq o„lchamlarini 
aniqlash va tanlash bo„lib, asosiy e‟tibor qazilma zahirasi va rudnikni kon maydoni 
chegarasidagi rudani sifati, qazib chiqarish quvvati, rudnikni xizmat qilish 
muddati, konni ochish sxemasi va usullari, qazib olish tizimi, qo„llaniladigan 
konchilik asbob-uskunalari va mashina-mexanizmlarni turi, qazib olinadigan ruda 
massasiga, texnologik xarakteristika, kapital qurilish ishlar hajmi, rudnikni qurish 
muddati va loyihada belgilangan qazib chiqarish quvvatini o„zlashtirish muddati 
aniqlanadi. Bulardan tashqari ishlab turgan konchilik korxonasini texnikaviy-
iqtisodiy ko„rsatkichlari, rudnikni qurish uchun ajratiladigan kapital harajatlar 
miqdori, mehnat unumdorligi, qazib olinadigan ruda va tayyor mahsulotni 
tannarxi, ko„riladigan foyda miqdori, kon ishlarini mexanizatsiyalash va 
avtomatizatsiyalash va energo bilan qurollanish darajasi, kapital qo„yilmalarni 
samaradorligi, harajatlarni qoplash muddati, qazib chiqarishning rentabelligi va 
boshqalar loyihada o„z aksini topgan bo„lishi kerak. Konchilik sanoatini samarali 
ishlashi uchun loyihaning hamma echimlari juda chuqur asoslangan bo„lishi shart. 
Bunday muhim masalalarni bajarish uchun nafaqat loyihalash nazariyasini, 
amaliyotini chuqur bilish, balkim bunday muhim muammolarni hal etishda 
iqtisoddagi va matematikadagi va boshqa bilimlarda erishgan yutuqlarini 
loyihalashga tadbiq etishiga, birinchi navbatda programmalashtirish, eHM va 
loyihalashni avtomatik tizimini qo„llash zarur bo„ladi, faqat shundagina loyihani 
yuqori sifatli bo„lishi ta‟minlanadi. Loyihada atrof muhitni muhofazalashga ham 
keng o„rin ajratilishi kerak. YUqoridagi talablardan kelib chiqqan holda fanning 
maqsadi – konchilik ishlari sohasida bilim olayotgan talabalarga shaxta va 
rudniklar qurilishini, qazib chiqarish majmualarining elementlarini loyihalash 
asosini o„rgatishdir. Uning o„lchamlarini hisoblash,er osti inshootlarini va er 
yuzasida bunyod etiladigan korxonaning faoliyati uchun zarur bo„lgan bino 
inshootlarni optimal o„lchamlarini aniqlash yo„llarini ham o„rgatishdir . 
3. Konni qazib olish sanoat korxonasi loyihasini ishlab chiqarish Davlat 
tizimi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyihalash va qurilish me‟yoriy 
hujjatlariga muvofiq ishlanadi. 
Me‟yoriy hujjatlar sanoat obektlarini loyihalash va qurilishida yagona 
talablar o„rnatish uchun xizmat qiladi. Bu hujjatlar qurilish sifatini yaxshilash, 
qurish muddatini qisqartirish, smeta narxini kamaytirish (arzonlashtirish), atrof 
muhitni muhofazalash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish imkonini beradi. 
Bulardan tashqari me‟yoriy hujjatlar loyihalashni asosiy yo„nalishini va 
loyihada progressiv echimlar qabul qilish imkonini yaratib, texnologik jarayonlarni 
mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va qurilishni tashkil etishda ilg„or usullarni 
qo„llashga imkon beradi. 
Loyihalashning me‟yoriy bazasi: Davlat standartlari, har hil me‟yoriy 
hujjatlari va direktiv ko„rsatmalardan tashkil topadi. 
Direktiv hujjatlarga O„zbekiston Respublikasi prezidentini farmonlari va 
boshqa loyihalash ishlariga va foydali qazilma konlarini ishlatishga taluqli bo„lgan 
hujjatlar kiradi. Masalan, O„zbekiston Respublikasini Er osti boyliklaridan 
foydalanish haqidagi 13.12.2002 y №444-11 sonli qarori, O„zbekiston 


Respublikasi vazirlar mahkamasi raisining qonun kuchiga ega bo„lgan 
Litsenziyalash haqidagi 12.05.2001 y №222-11 sonli qarori, O„zbekiston 
Respublikasini hukumati tomonidan 22.05.2006 y №92 sonli qarori bilan 
tasdiqlangan ekspertizalash haqidagi qarori, O„zbekiston Respublikasini ishlab 
chiqarishni xavfli obektlarida sanoat “xavfsizligi haqidagi” 28.09.2006 yildagi №3 
RU-57 raqam bilan tasdiqlangan davlat qonuni. Me‟yoriy hujjatlarga, idora, 
boshqarma, vazirliklarni konni qazib olish sanoat tarmog„ini va boshqa nazorat 
tarmoqlarni konlarni qazish ishlariga tegishli bo„lgan hujjatlari ham kiradi.
Ko„rsatilgan hujjatlardagi talablarga, konchilik korxonalarini loyihalashda 
to„liq rioya qilinishi shart.
Bunday va shunga o„xshash hujjatlar bo„lmaganida «Gosstroy» qurilish 
me‟yori va qoidasi (SNiP) va avvalgi umumittifoq texnologik loyihalash me‟yori 
(ONTP) dan foydalanish tavsiya etiladi, agar bu hujjatlar O„zbekiston 
Respublikasini mavjud me‟yoriy hujjatlariga zid bo„lmasa. Qurilish me‟yori va 
qoidasi (SNiP) olti qismdan iborat bo„lib, uning har bir qisimi guruhlarga 
bo„linadi. Masalan: ikki qismli loyihalash me‟yori, 12 guruhdan iborat me‟yoriy 
hujjatlarga ega. SHular jumlasidan, 09 guruhi ham sanoat korxonasini, ishlab 
chiqarish binolari va inshootlari unga er osti kon lahmlarini loyihalash, qurilish 
me‟yori va qoidalari ham kiradi. 
Qator ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash, kon qazish sanoatining har 
xil tarmoq va rudniklari uchun umumiydir. Masalan, shaxtani ko„tarish qurilmasi, 
er osti transporti, konni shamollatish, er osti suvni chiqarib tashlash va boshqalar. 
MDH davlatlari tomonidan qabul qilingan, loyihalashdagi yagona texnologik 
me‟yoriy hujjat asosida loyihalanadi. Boshqarma (tarmoq) me‟yoriy hujjatlariga: 
etalonlar, ishlab chiqarilayotgan loyiha-smeta tarkibini aniqlovchi hujjatlar, tarmoq 
tomonidan ishlab chiqarilgan xavfsizlik qoidasi, texnikaviy ekspluatatsiya qilish 
qoidasi, ayrim ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalashdagi e‟tibor beriladigan har 
xil hujjatlar ham kiradi (shamollatish bo„yicha, shaxtada degozatsiyalash ishlar 
olib borilishi bo„yicha, transport bo„yicha va boshqa hujjatlar). Masalan rangli 
metallurgiya korxonalarida rudani er osti usulida qazib olishni loyihalash 
texnologik me‟yori. SHunga o„xshash me‟yoriy hujjatlar qora metallurgiya, 
ko„mir, kon-kimyo sanoati tarmoqlarida ham mavjud.
Konlarni qazib olish sanoati korxonalarini loyihalash uchun qo„llanish shart 
bo„lgan hujjatlar: kon texnika davlat nazorati inspektsiyasi, sanitariya 
inspektsiyasi, 
davlat 
standartlash 
va 
gidrometerologiya, 
vazirlik, 
Departamentlarning qoida va me‟yoriy hujjatlaridir.

Download 252,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish