Ma’ruza №3 Mavzu: Kon mustahkamlash inshooti, mustahkamlash materiallari. Dars maqsadi


Bog‘lovchi (biriktiruvchi) moddalar va eritmalar



Download 114 Kb.
bet3/4
Sana10.11.2022
Hajmi114 Kb.
#863214
1   2   3   4
Bog'liq
Ma’ruza ¹3 Mavzu Kon mustahkamlash inshooti, mustahkamlash mate (1)

Bog‘lovchi (biriktiruvchi) moddalar va eritmalar.
Suv bilan aralashtirib qotirilgan yoki qotiruvchi aralashtirilgandan so‘nggi tabiiy va sun’iy materiallar plastik qorishma hosil qiladi, asta-sekin qotuvchi va bir butun toshli materiallarni bog‘lash uchun xizmat qiluvchi materiallar bog‘lovchi materiallar (yoki oddiy qilib bog‘lovchilar) deyiladi. Kon krepini mustahkamlashda eng ko‘p tarqalgan bog‘lovchi bu sementdir.Sementni suv bilan aralashtirganda sementli qorishma hosil bo‘ladi. Sementli qorishma qota boshlagandan so‘ng, qattiqlik davri boshlanadi va bu vaqtda sementli toshdan hosil bo‘lgan qattiqlik asta-skin o‘sib boradi. Qotishi uchun eng maqbul sharoit nam muhitda 15 dan 20°S. gacha darajadir. 5°S dan past bo‘lganda. qotish va qattiqlik tezligi pasayadi, 10 °S bo‘lganda esa qotish to‘xtaydi.
Konchilik ishida va qurilishda 300, 400, 500 va 600 markali porlandsement (silikatli sement) dan foydalanish keng tarqalgan. Sement markasi (MPa) siqilishda qattiqlik chegarasi bilan xarakterlanadi, qaysiki, 1:3 rastvor tarkibidan ( hajmi bo‘yicha bir qismi sement va uch qismi qum) tayyorlangan 30, 40, 50 va 60 namunalarga tegishli holda teng, suv-sement munosabati V : S=0,4 bo‘lganda. 40X40X X160 mm o‘lchamli namunalar 28 sutkadan so‘ng egilish va qisilishga sinaladi. Odatdagi porlandsementda qotishning boshlanishi 45 minutdan so‘ng va aralashtirilgan vaqtdan 12 soat so‘ng bo‘lishi lozim. Qotish muddatini qisqartirish uchun sementga 1,5—5% (massasiga qarab) xlori­d kalsiy qo‘shiladi. Hozirgi vaqtda tez qotadigan sement ishlab chiqarilmoqda.
Emiruvchi shaxtali suvlarda maxsus sementlar: loy tuproqli, toshqolli (shlakli) porlandsement qo‘llaniladi.
Mustahkamlovchi material sifatida ishlatiladigan eritmalar sement, qum va suvdan iborat bo‘lgan to‘g‘ri tanlangan aralashmalarni o‘z ichiga oladi. Eritmalar plastik holatda toshli joylashuvda, lahim devorlarini torkretirlashda, krep orqasidagi bo‘shliqni tamponlashda, tog‘ jinslarida metall sterjenlarni mahkamlashda, ankerli, temirbetonli kreplarda quvurlarni osishda qo‘llaniladi. Kichik hajmli ishlarda eritmani qo‘lda, katta hajmli ishlarda eritma aralashtirgichda tayyorlanadi. SHuningdek uzoq vaqt (suv bilan aralashtirguncha), maxsus o‘ralmasdan ham o‘z xossalarini saqlaydigan, ya’ni, ezilmasdan va faolligini yo‘qotmasdan saqlanadigan, namlanmaydigan qo‘shilmali quruq aralashmalar ham tayyorlanadi.
Polimer yoki plast eritmalar bog‘lovchidan, qotiruvchidan, to‘ldiruvchidan sekinlatuvchidan va plastifikatordan iborat. Plast eritmalar ankerli kreplarda qumlarni, yoriqli jinslarni mustahkamlash uchun ishlatiladi. To‘ldiruvchi sifatida qumni, bog‘lovchi sifatida sintetik smolalarni ishlatish mumkin. Smola turlariga bog‘liq holda, xlorid yoki shavel kislota, xlorid amoniy va boshqalar qotiruvchi sifatida xizmat qiladi. Geolog qidiruv ishlarida polimer eritmalar hali unchalik keng qo‘llanilmaydi. Ular ko‘ndalang kesim shurflarini mustahkamlashda tortib bog‘lash sifatida foydalaniladigan shishaplastik tayyorlash uchun qo‘llaniladi.

Download 114 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish