Ma’ruza №36 Shaxtali pechlarning asosiy tasnifi, issiqlik massalamashuv jarayonlari, ishlash printsipi Tayanch iboralar



Download 320,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana11.06.2022
Hajmi320,68 Kb.
#655829
  1   2
Bog'liq
36-ma'ruza(1)



Ma’ruza №36 
Shaxtali pechlarning asosiy tasnifi, issiqlik massalamashuv jarayonlari, ishlash printsipi 
Tayanch iboralar: 
shteyn, desulfurizatsiya, bo‘g‘iz, konverter, silindr, rolik, bandaj, flyus, 
kolpak, napыlnik, distillyasiya, kondensator, allonj, raymovka, puseralar, zumpf, briket, 
retortalar, tiklanish, kuydirish, toblash, baraban, shnekli ta’minlagich, shixta.
 
 
Reja
:
1. Shaxtali eritish jarayoninig umumiy tasnifi. Zamonaviy shaxtali pechlarning 
konstruktsiyasi.
 
2.
Shaxtali pechlarda fizik-kimyoviy jarayonlar.
 
3.
Shaxtali eritish jarayonlarining maxsulotlari.
 
4.
Issiqlik va massalamashuv jarayonlari. 
 
 
Shaxtali eritishning asosiy xarakteristikasi. 
Kechayotgan jarayonlar kimyoviyligi bo‘yicha shaxtali eritishning uch asosiy turi 
farqlanadi: tiklovchi, oksidlovchi va oksidlovchi-tiklovchi. Tiklovchi eritish esa rangli 
metallurgiyada o‘z navbatida sulfidlashsiz tiklovchi eritish va tiklovchi-sulfidlovchi eritishlarga 
bo‘linadi. Oksidlovchi eritishga rangli metallurgiyada piritli va yarimpiritli eritishlar misol bo‘la 
oladi. Oksidlovchi-tiklovchi eritishga misol misli-oltingugurtli eritishdir.
Materiallarni eritishga tayyorlash xarakteri bo‘yicha ruda, aglomerat va briketlarni 
eritishlar farqlanadi. 
Rangli metallurgiyada shaxtali eritishning barcha turlarida suv bilan sovutiluvchi kessonli 
devorlar beladi, buning natijasida adabiyotlarda bu pechlar ba’zan vaterjaketli pechlar deb 
nomlanadi. Shaxtali pechlar qo‘rg‘oshin, nikel va mis metallurgiyasida qo‘llaniladi. 
Shaxtali pechlarning ishi bir biriga qarama-qarshi yo‘nalgan gaz oqimlari bilan shixta 
orasida kechayotgan bir qator murakkab kimyoviy va fizikaviy jarayonlarga asoslangan. Ushbu 
jarayonlarni bevosita kuzatishning imkoni yo‘q. 
Shaxtali pechlarda ushbu asosiy jarayonlarni rivojlanishning umumiy ko‘rinishi 
quyidagicha ta’riflanishi mumkin. ruda, flyus, aylanma materiallar va koksdan iborat shixta 
shaxtali pechga alohida porsiyalar bilan koloshlardan barcha materiallarning ma’lum miqdordagi 
to‘plami yuklanadi. Odatda shixta alohida alohida qatlamlar ko‘rinishida avval koks, keyin 
aylanma materiallar, flyuslar va ruda yuklanadi. Shixta pechda vertikal ustun ko‘rinishida 
joylashib, erigan mahsulotlar vannaga va yon devorlarga tushadi. Shixtali ustunning sezilarli 
qismi gazlarning shixtaga dinamik bosim beruvchi qarama-qarshi oqimi bilan tenglashadi.
Shixtaning pastki qatlamlarda yoqilg‘i yonishi, shteyn va shlak erishi natijasida 
bo‘shliqlar hosil bo‘lishi sababli shixta ustuni sekin-asta cho‘kib harakatlanadi. 
Furma tirqishlar orqali shaxtali pechga berilayotgan havo shaxtali pechning furma 
zonasida koks bo‘laklari va shixtaning eng qiyin eruvchi komponentlaridan iborat bo‘lgan 
shixtali aralashma bilan to‘qnashadi. Furmadan oqib chiqayotgan havo oqimlari bilan qizigan 
koks va shixta qatlami to‘qnashish natijasida shaxtali pechning furma zonasida bo‘lakli 
yoqilg‘ining yonish jarayoni, shuningdek erigan holatdagi sulfidlarning oksidlanishi faol 
kechadi. Furma zonasida chegaralangan hajmda katta miqdordagi issiqlik ajralishi natijasida 
harorat shaxtali pechdagi eng yuqori maksimal haroratga (1400-1600
o
C) etadi. Shaxtali pechning 
eng yuqori maksimal haroratga ega furma zonasi pechning fokusi deb nomlanadi. Fokus harorati 


shlakning erish haroratiga bevosita bog‘liq bo‘ladi va odatda ushbu haroratdan 100-250 grad 
ortiq bo‘ladi. 
Normal ishlayotgan pech furma zonasida hosil bo‘lgan gazlar harorati 1300-1500
o
C ga
teng bo‘ladi va to‘xtovsiz oqim bilan yuqoriga tushib kelayotgan shixtaga qarama-qarshi 
harakatlanadi va uni yuvib o‘tadi. 
Shixta tashkil etuvchilari va gazlar orasida to‘xtovsizravishda kimyoviy ta’sirlashish va 
issiqlik almalshinuvi jarayonlari kechadi, ularning natijasida shixta harorati pastga tushib kelishi 
davomida ko‘tarilib boradi, qarama-qarshi harakatlanayotgan gazlar harorati esa pasayadi. 
Shixta tushib kelishi davomida unda ketma-ket quyidagi fizik-kimyoviy jarayonlar 
natijasida o‘zgarishlar kechadi: quritish, degidratatsiya, dissotsiatsiya, oksidlanish yoki tiklanish, 
shteyn hosil bo‘lishi, shlak hosil bo‘lishi va h. Pech fokusiga yaqinlashgani sari shixtada 
yumshash va erish jarayonlari boshlanadi va eritishning suyuq mag‘sulotlari koks qatlamidan 
filtrlanib pechning ichki gorniga oqib tushadi. 
Pechning furma zonasini to‘ldirayotgan koks qatlamining tarkibi erirish turiga qarab 
turlicha bo‘lishi mumkin. Agar eritishga kelib tushayotgan shixtada sulfidlar kam bo‘lsa, unda 
eritish koksning 8-12% ga (massaga nisbatan) etuvchi yuqori sarfi bilan amalga oshiriladi, bunda 
qatlamda koks ko‘p bo‘ladi. Aksincha, agar shixta tarkibida sulfidli minerallar ko‘p bo‘lsa, unda 
eritish koksningkamaytirilgan sarfi bilan 3-5% dan (massaga nisbatan) ortmagan holatda olib 
boriladi, unda furmalar qatlamida kvars va qiyin eruvchi jinslar ko‘p bo‘ladi. Furmalar 
zonasidagi qatlam qancha bo‘lsa, eritish oksidlovchi xarakterga ega bo‘ladi, buning natijasida 
purkashdagi kislorod ko‘proq pech fokusidan chiqayotgan kislorod tarkibi kam bo‘lgan koks va 
gazlarning yonishiga sarflanadi. 
Furma qatlamida koksning tarkibi kam bo‘lganda purkashdagi kislorod asosan suyuq va 
qattiq holatdagi sulfidlarning oksidlanishi sarflanadi. Qattiq holatdagi sulfidlar pechning yuqori 
gorizontlarida fokusdan chiqayotgan tarkibida erkin kislorodi bor gazlar bilan oksidlanadi. 
Bunga mos ravishda shaxtali eritishda desulfurizatsiya darajasi 30 dan 80% gacha bo‘lgan keng 
oraliqda, qisqartirish darajasi 2 dan 8 gacha o‘zgaradi.
Shaxtali pechga issiqlik ruda tarkibidagi sulfidli minerallar, uglerodli va mineralli yoqilg‘i 
yonishi natijasida hosil bo‘ladi. Rudadagi sulfid tarkibiga mos ravishda uglerodli yoqilg‘idan 
kelgan issiqlik miqdori o‘zgaradi, odatda bu umumiy issiqlik kelishining 20 dan 90% gacha 
bo‘ladi. Issiqlik kelishi sulfidlarning oksidlanishi natijasidagi ekzotermik reaksiyalar issiqligi 
hisobiga mos ravishda 80 dan 10% gacha o‘zgaradi. 
Vaqt birligi ichida shaxtali pech maydonida issiqlik ajralish miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, 
unda shixtaning katta qismi eriydi va peching pastki gorizontlaridan shteyn, verkbley va shlak 
ko‘rinishida chiqib ketadi va bunda shixta ustunipastga tushib keladi va pechning ishlab 
chiqarish quvvati ortadi. 
Vaqt birligi ichida shaxtali pechda ajralayotgan issiqlik miqdori vaqt birligi ichida 
uglerodli yoqilg‘i va oksidlanuvchi sulfidlar miqdori bilan, ya’ni koks va sulfidlarning yonish 
faolligi bilan aniqlanadi. 
Koks va sulfidlarning yonish faolligi o‘z navbatida vaqt birligi ichida pechga kelayotgan 
havo miqdori, ya’ni purkash miqdoriga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri funksiyadir. 
Demak, shaxtali pechning ishlab chiqarish quvvati birinchi navbatda purkash miqdoriga 
bog‘liq va unga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikda ortib boradi. 
Shixta erish zonasiga kelgan vaqtda mos ravishda tayyorlangan bo‘lishi va unda kechishi 
kerak bo‘lgan kimyoviy reaksiyalar yakunlangan bo‘lishi va eritish mahsulotlarining kerakli 
tarkibini ta’minlashi zarurligini esda tutish lozim. 


Buning uchun shixta pechning yuqori gorizontlaridagi yuqoriga ko‘ratilayotgan gaz 
oqimining kimyoviy ta’siri hamda issiqlik ta’siri ostida minimal vaqt davomida bo‘lishi kerak. 
Alangali pechlardan farqli ravishda shaxtali pechlarda gazlar va bo‘lakli shixta orasidagi 
issiqlik yuza bilan yaxshi ta’sirlashish sharoiti orqali amalga oshadi. Shuning uchun shaxtali 
pechdagi issiqlik almashinuvi jarayonlari odatda eritish kechishini limitlamaydi, ammo uning 
issiqlik ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir qiladi. 
Yuqorida ta’riflanishicha, shaxtali pechlarning ishlab chiqarish quvvatini oshirishning 
asosiy vosita bu pechga berilayotgan purkash miqdorini ko‘paytirishdir. Tabiiyki quyidagicha 
savol tug‘iladi, purkash miqdorini qanday chegaragacha ko‘paytirish mumkin? Tadqiqotlar 
ko‘rsatishicha, purkash miqdori koks yonishi, sulfidlarning oksidlanishi yoki oksidlarning 
tiklanishi jarayonlari tezligi bilan limitlanmaydi, balki asosan shixtali ustun harakati mexanikasi 
va gaz oqimiga bog‘liq. 
Shaxtali pechlar normal ishlashi uchun muhim shartlardan biri shixta va gazlarning bir-
biriga qarama-qarshi bir tekis harakatlanishdir, ya’ni shixta va gazdar mexanikasidir. Shixtaning 
pastga harakatidagi asosiy narsa –pechning ko‘ndalang kesimiga nisbatan bir tekis to‘xtovsiz va 
keskin uzilishlarsiz harakatidir. Gazlarning yuqoriga haraktidagi asosiy narsa – gaz oqimlarining 
pech ko‘ndalang kesimida mahalliy purkashlarsiz yoki purkalmagan uchastkalarsiz, teng 
taqsimlanishidir. Shaxtali pechga berilayotgan havo miqdori ko‘payishi natijasida shunday payt 
bo‘lishi mumkinki gaz oqimining dinamik bosimi shixta ustunini tenglashtirishi mumkin ekan. 
Buning natijasida, shixtaning yuqoridan pastga bir tekis harakati to‘xtab, shixta osilib qolishni 
boshlaydi, va unda havo bo‘shliqlari va kanallar hosil bo‘ladi. Shixtaning normal tushishi 
harakati va gaz oqimlarining normal taqsimlanishining buzilishi eritishda issiqlik va texnologik 
jarayonlarning izdan chiqishiga va ko‘p chiqindi chiqishiga olib keladi.
Ushbu hodisalarni chaqiruvchi purkash miqdori chegara miqdor deb nomlanadi. 
Purkashning chegara miqdori shixta materiallarning tarkibi va xossalariga nisbatan hamda gaz 
oqimi xarakteristikasiga nisbatan funksiyadir. shixta materiallarining tarkibi va xususiyatining 
mos o‘zgarishlari, masalan bo‘laklar yirikligining ortishi bilan purkashning chegara miqdorini 
sezilarli oshirish mumkin. purkashning chegara miqdorini oshirish uchun gaz oqimining 
xarakteristikasini, masalan, koloshnikda bosimni oshirish yordamida o‘zgaritish mumkin 
Shaxtali pechlarning asosiy avzalliklari: pechlarning yuqori solishtirma ishlab chiqarish 
quvvati 30—120 t(m
2.
sutka) gacha etadi; desulfurizatsiya va qisqartirishning yuqori darajasi mos 
ravishda 30-80% va 2-8 ga teng; pechda issiqlikni ishlatishni yaxshilash yuqori termik f.i.k. bilan 
ifodalanadi va 40-60% ga teng bo‘lib, yoqilg‘i sarfi 3-30% (massaga nisbatan) ga teng holatda 
kamayadi. 
Shaxtali pechlarning asosiy kamchiliklari: shixta yirikligiga yuqori talablarning qo‘yilishi 
bo‘lib, eritishga faqat 20 mm dan kam bo‘lmagan o‘lchamli bo‘laklarning kelib tushishini talab 
qiladi; shixta mayda bo‘lganda 4-12% gacha (massa bo‘yicha) yuqori chang chiqishi bilan birga 
sifatli koks iste’molini sezilarli oshiradi. 

Download 320,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish