Ma`ruza Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining predmeti. Fan bilishning maxsus shakli sifatida Reja: «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi»



Download 460,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana02.02.2022
Hajmi460,93 Kb.
#424909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Маъруза1

XVI–XVII asrlar– 1-ilmiy inqilob davri bo`lib, u klassik fan davri deb 
nomlanadi
va XIX asrgacha davom etadi. U Kopernik va Galiley tadqiqotlaridan
boshlanib, Nyuton va Leybnitsning fizika va matematika sohasidagi fundamental 
asarlari bilan o`z cho`qqisiga ko`tarilgan. Galiley vafoti (1642 yil 8 yanvar)dan so`ng 
oradan bir yil o`tgach, Nyuton tug’ilgani (1643 yil 4 yanvar) ramziydir. Fanning bu 
buyuk ijodkorlari yashagan davr–kashfiyotlar hamda yangi ilmiy g’oyalarning
mualliflari sxolastika va diniy dunyoqarash dogmatizmiga qarshi kurash olib borgan 
romantik davrdir.
Uyg’onish davri falsafasi va fani insonparvarlik, ilmiy tafakkur, fan va 
falsafaning ijodiy sinteziga yorqin misol bo`la oladi. Bu davrda Leonardo da Vinchi 
(mexanika, fizika, gidravlika), Nikolay Kopernik (Quyosh sistemasi tuzilishining 
geliotsentrik nazariyasi), Iogann Kepler (astronomiya, kosmologiya, samoviy 


13 
mexanika qonunlari) singari mutafakkirlar o`zlarining genial tabiiy ilmiy asarlarini 
yaratdilar. 
XVI-XVII asrlarda G’arbiy Yevropada ishlab chiqarish munosabatlarining 
jadal rivojlanishi fan (matematika, mexanika, fizika, optika, gidrodinamika) va 
texnikaning faol rivojlanishiga olib keldi. Bu davrda G.Galiley, I.N’yuton, R.Guk, 
L.Eyler va boshqa olimlarning daho asarlari va betakror ijodiy faoliyati natijasida 
izchil, mantiqiy, tajribalarda ko`p karra o`z tasdig’ini topgan klassik mexanika 
vujudga keldi.
Yangi davr faylasuflari F.Bekon, T.Gobbs, J.Lokk, D.Yum ijodga inson 
tomonidan yangi mexanizmlar, mashinalar, qurilmalar va agregatlarning kashf etilishi 
deb qaradi. Fan va texnika yutuqlari va kashfiyotlari falsafa va fanda dunyoning 
mexanistik manzarasi, metafizik dunyoqarash hukmronlik qilishiga olib keldi.
Buyuk frantsuz faylasufi R.Dekart materiya mustaqil ijodiy kuchga ega deb 
e`tirof etdi, mexanik harakatga esa borliq, bilish va ijodning negizi bo`lgan materiya 
hayotining ifodasi deb qaradi. R.Dekart metod muammosiga alohida e`tibor berdi, 
ratsionalizmni, tafakkurning aniq va qat`iyligini bilimning haqqoniyligi sharti deb 
e`tirof etdi. Uningcha, bilish va ijodda sezgi va his-tuyg’ular emas, aql, idrok, mantiq 
etakchi rol o`ynaydi. Bu davrda hozirgi vaqt tabiatshunosligining asoslari 
yaratilgan. Hunarmandlar, tabiblar, alximiklar tomonidan qo`lga kiritilgan ayrim
dalillar tizimli tahlil qilinib, umum-lashtirila boshlagan. Ilmiy bilim tuzishning 
tabiat qonunlarini matematik ta`riflash, nazariyalarni tajribada sinash, tajribada 
asoslanmagan diniy va naturfalsafiy dogmalarga tanqidiy qarash bilan bog’liq bo`lgan 
yangi me`yorlari va ideallari vujudga kelgan.
Fan o`z metodologiyasini yaratgan va amaliy faoliyat ehtiyojlari bilan bog’liq
bo`lgan masalalarni echishga tobora faolroq yo`naltirilgan.
Biroq fan o`zining yangi metodologiyasini yaratib, amaliyot ruhi bilan
sug’orilgani sari u o`z tarixiy vatani– falsafa qirg’oqlaridan uzoqlasha boshlaydi.
Ko`rib chiqilayotgan davr oxiriga kelib u falsafiy, diniy, texnologik aqidalardan qat`i 
nazar rivojlanishi mumkin bo`lgan bilimlar tizimi sifatida tushunila boshlaydi.
Natijada fan faoliyatning alohida, mustaqil sohasiga aylanadi. Professional olimlar 


14 
paydo bo`ladi, ularni tayyorlash amalga oshiriluvchi universitet ta`limi tizimi 
rivojlanadi. O`z faoliyati, muloqot va axborot ayirboshlashning alohida shakllari va
qoidalariga ega bo`lgan ilmiy hamjamiyat vujudga keladi.
XVII asrda dastlabki ilmiy akademiyalar: Rimda (1603) birinchi ilmiy 
akademiya Dei Licheya Akademiyasi (bu akademiyaning a`zolaridan biri G. Galiley 
bo`lgan), London qirollik jamiyati (1660), Parij Fanlar akademiyasi (1666) tashkil 
topadi. Keyinroq Berlinda (1700), Sankt-Peterburgda (1724), Stokgol’mda (1739) va
Evropaning boshqa poytaxt shaharlarida ilmiy akademiyalar ta`sis etiladi. Bu
akademiyalarning eng yirigi– London qirollik jamiyati bo`lib, u tashkil etilgan
paytda 55 a`zodan iborat bo`lgan. Parij Fanlar akademiyasi 21 kishidan iborat 
tarkibda ish boshlagan. Sankt-Peterburg akademiyasining a`zolar shtatida dastlab 11
kishi belgilangan. Yevropa mamlakatlarida XVIII asr boshiga kelib olimlar soni bir 
necha ming kishiga etgan bo`lsa kerak, chunki ilmiy jurnallarning (bu davrda bir
necha o`n ilmiy jurnallar nashr etilgan) tirajlari ming nusxagacha borgan.
3. 

Download 460,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish