maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat


Rektifikatsion kolonna chiqish seksiyasidan chiqayotgan past haroratlarda qaynaydigan fraksiya bug‘ oqimi ko‘rinishida deflegmatorga tushadi va sovutiladi



Download 169,43 Kb.
bet119/120
Sana31.05.2022
Hajmi169,43 Kb.
#623883
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120
Bog'liq
maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat

Rektifikatsion kolonna chiqish seksiyasidan chiqayotgan past haroratlarda qaynaydigan fraksiya bug‘ oqimi ko‘rinishida deflegmatorga tushadi va sovutiladi.
Neftgaz konlarida, neftni va gazni qayta ishlash zavodlarida yengil uglevodorodli aralashmalarni ajratishning ketma-ket joylashgan ikkita rekifikatsion kolonnali qurilmalari ham keng miqyosda qo‘llaniladi.

/
1.5-Rasm. Rektifikatsiyalash jarayonining texnologik sxemasi: 1 - sig‘im; 2 – xom-ashyoni uzatish chizig‘i; 3 - nasos; 4 - deflegmator; 5 - rektifikatsiya kolonnasi; 6 – bug‘ oqimi chizig‘i; 7 – chiquvchi aralashmani qizdirilgan oqimi; 8 - bug‘lantirgich; 9 – chiquvchi aralashmani ortiqcha oqimi; 10 – havoli sovutish apparati; 11 – bug‘li oqim; 12 – rektifikatsiya seksiyasi; 13 – reflyuksni uzatish chizig‘i; 14 – suyuqlikni yig‘gich; 15 – kar likopcha; 16 – past haroratli qaynovchi fraksiya chizig‘i; 17 – yuqori haroratda qaynovchi fraksiya chizig‘i .
Ikki bosqichda amalga oshiriladigan rektifikatsiya jarayonlari yordamida individual komponentlarning ajralishi asosan gaz oqimi katta bo‘lgan va uning tarkibida yuqori va o‘rtacha miqdorlarda propan va butan tarkiblar bo‘lganda yaxshi samara beradi. Bunday uglevodorodli aralashmalarni ajratishning texnologiyasini amalga oshirish uchun qurilmaning tipik sxemasi Rasm 1.6 da keltirilgan.
Qurilmada uglevodorodlar aralashmasi K-1 kolonnasi ta’minlash zonasiga uzatiladi, bunda yuqoriga ko‘tarilayotgan gaz kolonna yuqori qismidan liniya 3 bo‘yicha uzatilayotgan sug‘orish tizimidagi kondensat bilan massaalmashinuv seksiyasi 2 da o‘zaro tutashadi. Kolonna yuqori qismiga ko‘tarilayotgan gaz kolonna yuqori qismidan uzuatilayotgan suyuq qurituvchi bilan va past haroratlarda qay naydigan komponentlar bilan gaz boyiydi, , ya’ni quruq gaz kondensator 4 ga kondensatsiyalanish uchun uzatiladi, undan keyin quruq gaz sovuqligi parsial kondensator 5 da kondensatsiyalash uchun foydalaniladi va qurigan gaz iste’molchiga uzatiladi.
/
1.6-Rasm. Uglevodorodli aralashmani ketma-ket ajratish texnologiyasini amalga oshirish qurilmasi sxemasi. 1 – uglevodorodli aralashmani uzatish; 2 – K-1massaalmashinuv seksiyasi; 3 – sug‘orish tizimi liniyasi; 4 - kondensator; 5 - parsial kondensator; 6 - fazaviy ajratgich; 7 – yopiq tarelka; 8 – massaalmashinuv zonasi; 9 – noturg‘un kondensat; 10, 13 – K-2 massaalmashinuv seksiyalari; 11 – K-2 sug‘orish tizimi liniyasi; 12 – distillyat bug‘lari; 11 – qizdirgich.
Fazaviy ajratgich 6 ga oqib tushayotgan suyuqliklar yuqori nisbiy zichlikga ega bo‘lganligi uchun pastki qismdan ajratib olinadi. Fazaviy ajratgich 6 ning quyish qurilmasi orqali uning pastki qismidagi suyuqlik, ya’ni kondensat kolonnaning yopiq tarelkasiga oqib tushadi va massaalmashinuv zonasi 3 orqali o‘ta turib K-2 kolonnasidagi suyuqlikga aylanmagan bug‘ oqimi bilan tutashadi va natijada undagi yuqori past haroratlarda qaynaydigan komponentlar bug‘lanadi.
Og‘ir uglevodorodlar bilan to‘yingan noturg‘un kondensat (birinchi oraliq mahsulot) yopiq tarelka 7 da ajratib olinadi va K-2 kolonna ta’minlash tizimiga ajratish uchun uzatiladi. K-2 kolonnasi massaalmashinuv qismi 10 dan ko‘tarilayotgan gaz liniya 11 bo‘yicha uzatilayotgan sug‘orish tizimi suyuqligi bilan to‘qnashadi. Past haroratlarda qaynaydigan komponentlar bilan boyigan gaz ikkinchi oraliq mahsulot hisoblanadi va kondensator 5 ga yo‘naltiriladi, u yerdan kondensatsiyalangan distillyatning bir qismi lmnmya 11 bo‘yicha suhorish tizimiga uzatiladi, bir qismi esa iste’molchiga uzatiladi, kondensatsiyalanmagan distillyat bug‘lari liniya 12 bo‘yicha qaytadan K-1 kolonnasiga yo‘naltiriladi.
K-2 kolonnasining mustahkamlovchi qismida oqib tushayotgan kondensat kolonna tub qismidan kolonna massaalmashinuv seksiyasi 13 bug‘lari bilan qizdirilgan buhlar bilan tutashib turg‘un kondensat bir qismi tayyor mahsulot sifatida iste’molchiga uzatiladi, bir qismi esa qizdirgich 14 ga uzatiladi, u yerdan esa gaz-suyuqlik aralashmasi ko‘rinishida K-2 kolonna kub qismiga yo‘naltiriladi.
Ba’zi hollarda ko‘p komponentli aralashmalarni bunday usulda ajratish bitta kolonnali qurilmalarda ham amalga oshirilish mumkin. Buning uchun kolonnaning tub qismidaga bosim qiymati uning yuqori qismidagi bosim qiymatidan katta bo‘lishini tashkillashtirilib berilishini taqozo qiladi. Ayniqsa bu usulning samaradorligi ko‘p komponentli aralashmalarni aloxida komponentlarga ajratishda sovutish tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan energetik sarflar va texnologiyaning aloxida soddalashtirilgan holda olib borilishi bilan tushuntiriladi.
Yuqorida keltirilgan texnologiyalarning mukammallashgan tizimlari ynalishlari turli xil ko‘rinishlarda amalga oshirilishi imkoniyatlari mavjudligi qo‘llanilayotgan texnologiyaning sanoat miqyosida amalga oshirilishini yaxshi ta’minlab beradi. Ayniqsa tabiiy gaz tarkibida yengil komponentlar bo‘lganda ularni suyuq va gaz holatlarida ajratib olish eng mabul hisoblanganligi uchun, hamda gaz tarkibidagi komponentlarning xususiyatlaridan keltirilib chiqilgan holda past haroratlarda rektifikatsiyalash suyuq va gaz holatlarning ajaralishi sifatini to‘liq ta’minlab beradi. Bunda kolonna ichida termobarik sharoitlarni yaratib berish maqsadida rektifikatsion kolonnalar qo‘shimcha ravishda qizdirgichlar va kondensator-xolodilniklar bilan jihozlanadi.
Qo‘shimcha apparatlar bilan jihozlangan rektifikatsion kolonnalarda ko‘p komponentli aralashmalarning tarkibidan individual komponentlarni ajratib olish sifati yanada oshadi. Ayniqsa bunday holatlar tarkibida propan va butan istalgan miqdorda bo‘lgan gaz aralashmalari uchun yaxshi samara beradi. Bunda past haroratli rektifikatsion kolonnaning ichki qismida qo‘shimcha o‘rnatilgan apparatlar yordamida termobarik sharoitlarning aniq oraliq qiymatlarda o‘rnatilishi imkoniyatlari yaratiladi.

Download 169,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish