Ma’ruza matni 1-mavzu. Kirish. Tilshunoslikning fanlar tizimida tutgan o‘rni reja


II.5. Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan munosabati



Download 34,57 Kb.
bet5/7
Sana11.07.2022
Hajmi34,57 Kb.
#773726
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-мавзу

II.5. Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan munosabati
Tilshunoslik fanlar sistemasida deyarli barcha fanlar bilan uzviy aloqadadir. Buning sababi tilshunoslik fanining o‘rganish ob'ekti bo‘lgan tilning mohiyati bilan bog‘liqdir. Avvalo, til kishilar o‘rtasidagi eng muhim aloqa vositasi sifatida ijtimoiy harakterga ega. Demakki, u boshqa ijtimoiy hodisalar bilan uzviy aldoqadadir. Masalan, til egasi bo‘lgan xalqning tarixi, madaniyati, ruhiyati va boshqalar.
Bu shuni ko‘rsatadiki, o‘zaro munosabatda bo‘lgan barcha ijtimoiy hodisalarni o‘rganuvchi ijtimoiy fanlar ham o‘zaro munosabatdadir. Xususan, tilshunoslik falsafa, tarix, etnografiya, sotsiologiya, psixologiya singari fanlar bilan uzviy aloqada.
Til fikrni shakllantiruvchi va ifodalovchi vositadir. Demak, tilshunoslik tilning tafakkur bilan aloqasini o‘rganar ekan, tafakkur qonunlarini o‘rganuvchi mantiq va psixologiya fanlari bilan tutash nuqtalarga ega bo‘ladi. Til ma'lum jamiyatning aloqa vositasi sifatida shu xalqning tarixi, etnografiyasi bilan ham bevosita aloqada bo‘ladi. Ana shu aloqa tilshunoslikning tarix, etnografiya bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.
Xalq madaniy olamining shunday tarmog‘i borki, ular uchun til, xuddi rassom uchun rang-bo‘yoq, haykaltarosh uchun loy yoki tosh singari moddiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bu tarmoq adabiyotdir. Shuning uchun adabiyot so‘z san'ati hisoblanadi. So‘z bir vaqtning o‘zida ham tilshunoslikning, ham adabiyotshunoslikning o‘rganish ob'ekti sanaladi. Ularning farqi faqat so‘zga qanday nuqtai nazardan yondashishga bog‘liq.
So‘zning atash ma'nosi va uning ontologik tuzilishi tilshunoslikning o‘rganish ob'ekti bo‘lsa, uning ta'sir etish, badiiy estetik vazifasi adabiyotshunoslikning o‘rganish ob'ekti bo‘ladi. Til, garchi vazifa bajarish nuqtai nazaridan ijtimoiy xarakterga ega bo‘lsa ham, lekin yuzaga chiqishi nuqtai nazaridan insonning fiziologik tuzilishi bilan uzviy bog‘liq. Chunki nutqiy faoliyat bosh miya faoliyati bilan bog‘liq holda, nutq organlarining harakati hosilasi sifatida yuzaga chiqadi. Bu esa tilshunoslik bilan fiziologiyaning o‘zaro naqadar bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.
Har qanday nutq tovushlar silsilasidan tashkil topadi. Tovush esa muayyan moddiy jismning tashqi ta'sir tufayli harakatlanishi va havoning tebranishi natijasida paydo bo‘ladi. Tovushning paydo bo‘lishi va uning akustik xossasini o‘rganish jarayonida tilshunoslik fizikaning akustika bo‘limi bilan uzviy aloqada bo‘ladi.
Til kishilar o‘rtasida axborot tashuvchi asosiy vositadir. Shu bilan kishilar boshqa axborot vositalaridan ham foydalanadilar. Bu axborot vositalarining hammasi belgili tabiatga egadir. Chunki bu vositalar ob'ektiv olam haqidagi axborotni bevosita emas, balki bilvosita, belgilar yordamida ifodalaydi. Tilning boshqa axborot tashuvchi vositalar kabi belgili tabiatini, uning belgilar sitsemasi ekanligini ochishda tilshunoslik semiotika bilan hamkorlik qiladi.
Axborot muayyan texnik vositalar yordamida uzoqqa uzatilishi ham mumkin. Axborot uzatish vositalarini o‘rganish uchun tilshunoslik axborot nazariyasi bilan aloqa qiladi. Hozirgi kunda avtomatik tarjima keng tarmoq otmoqda. Avtomatik tarjima esa tarjima qilinayotgan tillarning leksik imkoniyatlarini programmalashtirish mahsuli sanaladi. Demak, avtomatik tarjima tilshunoslik va kibernetikaning o‘zaro munosabati tufayli yuzaga keladi.

Download 34,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish