Ma’ruza matni mavzu №4: jeneva huquqi. I va II jeneva konvensiyalari bo‘yicha himoya qilinuvchi shaxslar. Mashg’ulot №2: I va II jeneva konvensiyalari bo‘yicha himoya qilinuvchi shaxslar


ASOSIY QISM 1. 1864 yilgi (1949 yilda yangilangan va chuqurlashtirilgan) Jeneva konvensiyasining asosiy qoidalari



Download 55,78 Kb.
bet3/4
Sana11.01.2022
Hajmi55,78 Kb.
#349792
1   2   3   4
Bog'liq
2 5440597307642876094

ASOSIY QISM
1. 1864 yilgi (1949 yilda yangilangan va chuqurlashtirilgan) Jeneva konvensiyasining asosiy qoidalari.
Xalqaro gumanitar huquk, nimani bildiradi? Insoniyat, ayniqsa keyingi yuz yillikda nima uchun jhonshumul gumanitar muammolarni hal etishga faol kirishdi? Qanday qilib, odamlarning azob-uqubat chekishlariga yo‘l ko‘ymaslik yoki ularni kamaytirish mumkin? Gumanizmning mohiyati nimada? Bu va boshqa masalalar katta ilmiy qiziqish uyg‘otmokda, shuningdek ma’rifatchilik va gumanitar huquq sohasiga taallukli xalqaro hujjatlarni tarqatish borasidagi oliyhimmatli bir ishda g‘oyat keng faoliyat maydonini ochib bermokda.

"Avvalo shuni ta’kidlaymizki, «gumanizm» tushunchasining o‘zi humanus degan lotincha so‘zidan kelib chikib, insoniy, humanitas — insoniylik ma’nolarini anglatadi. Gumanizm adolatlilik, tenglik, insonning asosiy huquqlari va erkinliklariga rioya qilish hamda ularni hurmatlashni nazarda tutadi. Bir so‘z bilan aytish mumkinki, gumanizm — insonni sevishdir. Birok, afsuski, insoniyat tarakkiyotining butun tarixi mobaynida «gumanizm» tushunchasi hamisha o‘ziga teskari bo‘lgan barbaricus — yovuzlik, vahshiylik singari tushuncha bilan yonma-yon kelayotir. Bu tushunchalarning keyingisi insoniyat XXI asr bo‘sag‘asida turgan bizning davri mizda g‘oyat tez-tez namoyon bo‘lmokda.

Gumanizm g‘oyalarini rivojlantirishga insoniyatning buyuk zakolari: Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Navoiy, ibn Xalduniy, Volter, Russo, Leonardo da Vinchi, Monten, Shekspir va boshqapar katta hissa qo‘shdilar. Ularning tasavvuricha qorong‘ulik va zuravonlik o‘tmish bo‘lib qoladi, ular insoniyatning buyuk kelajagini ma’rifatda, ahloqni yaxshilashda, adolat-lilikda ko‘rishardi.

Bu g‘oyalar XIX asrning ikkinchi yarmida dastlabki ko‘p tomonlama konvensiya normalari qabul qilinishiga asos bo‘lib xizmat qildi. Bu konvensiya normalari harbiy harakatlarni cheklar va ham urushayotganlar, ham tinch aholining gumanitar huquqini himoya ostiga olardi. Keyinchalik gumanitar masalalarni tartibga soluvchi xalqaro-huquq normalari yana ham takomillashib, rivojlanib bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro va ichki kurolli to‘qnashuvlarni tartibga soluvchi xalqaro huquq normalari va qoidalarining aniq tizimi tarkib topdi.

Hozirgi bosqichda insoniyat oldida qurolli to‘qnashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik vazifasi turibdi, zero bunday to‘qnashuvlar insoniyat taraqqiyotiga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Chunonchi, Shveysariya olimi Jan Jak Babelning hisob-kitoblariga qaraganda, keyingi 5500 yil ichida Er kurrasida deyarli 14,5 ming marta katta va kichik urushlar bo‘lib, ularda 3640 milliard kishi halok bo‘lib ketgan. Faqat ikkinchi jahon urushidan keyingina sayyoramizda 200 tadan ko‘proq to‘qnashuvlar yuz berdi va ularda 70 milliondan ko‘proq kishi halok bo‘ldi.

Xalqaro gumanitar huquqning muhimligi va ahamiyatliligi shundaki, u BMT Ustavida aytilganidek, davlatlarni «Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va gumanitar xarakterdagi xalqaro muammolarni hal etishda hamkorlikni amalga oshirish va inson huquklariga hamda irqi, jinsi, tili va dinidan qat’i nazar, hamma uchun asosiy erkinliklarga hurmatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga» (1-modda, 3-band) chaqiradi.

Hozirgi zamon gumanitar huqukda qurolli to‘qnashuvlar davrida inson huquqlarini muhofaza qilish borasidagi qoidalar aniq ifodalangan. Bu qoidalar urush olib borish qonunlari, qoidalari va tartibi to‘g‘risidagi 1899 va 1907 yillardagi Gaaga konvensiyalari, shuningdek 1949 yilgi Jeneva konvensiyalari va 1977 yilgi Qo‘shimcha Protokollarda o‘z aksini topgan.

Ikkinchi Jahon urushidan keyin qabul qilingan xalqaro huquqiy hujjatlarning ikkinchi guruhi umuman davlatlar va xususan xar bir shaxsning tinchlikka qarshi jinoyatlari, harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun javobgarligi masalalarini tartibga soladi.

Shuni ta’kidlash kerakki hozirgi zamon gumanitar huquqi xalqaro hukuqning tez rivojlanib borayotgan sohasi bo‘lib, uning asosiy maqsadi qurolli to‘qnashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik, nizoli masalalarni tinch yo‘l bilan hal qilish, insonning asosiy huquqlari va erkinliklari himoyalanishini kafolatlash, davlatlarning hamkorligi va ko‘pgina boshqa masalalarni bartaraf etishdan iboratdir.

Bizning yosh mustaqil davlatimiz uchun xalqaro gumanitar huquqni mustaqil fan sifatida o‘rganish yangilik hisoblanadi.

U BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning yordamiga tayanib, o‘zining dastlabki qadamlarini ko‘ymoqda.


Download 55,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish