Maruza mavzu: bug’latish. Reja: Bug`latish to`g`risida umumiy tushunchalar



Download 320,5 Kb.
bet1/9
Sana16.03.2023
Hajmi320,5 Kb.
#919523
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MARUZA


MARUZA
MAVZU: BUG’LATISH.
REJA:

  1. Bug`latish to`g`risida umumiy tushunchalar.

  2. Bir bosqichli bug`latish

  3. Ko’p bosqichli bug`latish

Uchuvchan bo’lmagan moddalar eritmalarining tarkibidagi erituvchini qaynatish paytida chiqarib yuborish yo’li bilan quyuqlashtirish jarayoni bug`latish deb yuritiladi. Agar bug`lanish jarayoni qaynash haroratidan past haroratlarda suyuqlikning yuzasida rochy bersa, bug`latish jarayonida esa bug` eritmaning butun hajmidan ajralib chiqadi.
Kimyo sanoatida ishqor, to’z va boshqa moddalarning suvli eritmalari, ayrim mineral va organiq kislotalar, ko’p atomli spirtlar hamda shu kabi bir qator suyuq eritmalar bug`latiladi. Ayrim vaqtda bug`latish yordamida toza erituvchilar ham olinadi.
Quyuqlashtirilgan eritmalar va bug`latish natijasida hosil bo’lgan qattiq moddalarni oson hamda arzon qayta ishlash, saqlash va boshqa joylarga jochnatish mumkin.
Bug`latish jarayonida isituvchi agent sifatida asosan suv bug`i ishlatiladi, bunday bug` birlamchi bug` deb yuritiladi. Qaynayotgan eritmani bug`latish paytida hosil bo’lgan bug` ikqilamchi bug` deb ataladi. eritmani bug`latish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdori devor orqali beriladi. Faqat ayrim hollardagina, eritmalarni quyultirish uchun kerak bo’lgan issiqlik tutun gazlari yoki boshqa gazsimon issiqlik tashuvchi agentlarning suyuqlik bilan o’zaro kontakti orqali beriladi.
Bug`latish jarayoni vakuum ostida, atmosfera va yuqori bosimlarda olib borilishi mumkin. Bu esa eritmalarning xossalariga va ikqilamchi bug`ning issiqligidan foydalanish zaruratiga bogliq holatda tanlaniladi.
Vakuum ostida bug`latish bir qator afzalliklarga ega: jarayonni ancha past haroratlarda olib borish mumkin, bu hol ayniqsa, yuqori haroratlarda parchalanib ketishi mum­kin bo’lgan moddalar eritmalarini quyuqlashtirishda juda qo’l keladi. Bundan tashqari, vakuum ta`sirida isituvchi agent va eritma harorati o’rtasidagi foydali farq ko’payadi, bu narsa qurilmaning isitish yuzasini kamaytirishga olib keladi, vakuum bilan bug`latish uchun nisbatan past harorat va bosimli isituvchi agentdan foydalanish mumkin. Vakuum ishlatilganda ikqilamchi bug`dan qaytadan birlamchi bug` sifatida foydalanish imkoni tug`iladi.
Vakuum ostida bug`latish kamchiliklardan ham xoli emas: vakuumni ishlatish bug`latish qurilmasining narxini oshiradi; vakuum hosil qilish uchun kondensatorlar, tomchi ushlagichlar, vakuum-nasoslar kerak bo’ladi, bundan tashqari, qurilmani ishlatish uchun zarur bo’lgan xarajat ham ko’payadi.
Atmosfera bosimidan yuqori bo’lgan bosimida bug`latishda hosil bo’lgan ikqilamchi bug`dan qaytadan bug`latish jarayonida hamda bug`latish bilan bog`liq bo’lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. Boshqa maqsadlar uchun ajratilgan ikqilamchi bug` — ekstra-bug` deb ataladi. Yuqori bosim bilan bug`latish jarayonida ekstra-bug`ni ajratib olib ishlatish, vakuum yordamida bug`latishga nisbatan, issiqlikdan to’laroq foydalanish imkonini beradi. Yuqori bosim bilan bug`latish eritmaning qaynash haroratining ortishiga olib keladi. Bundan tashqari, yuqori bosim bilan bug`latishni amalga oshirish uchun yuqori haroratli isituvchi agent kerak bo’ladi. Shu sababli bu usul yuqori haroratga chidamli moddalarning eritmalarini quyultirishda ishlatiladi, xolos.
Atmosfera bosimi bilan bug`latishda ikqilamchi bug` ishlatilmaydi, u atmosferaga chiqarib yuboriladi. Bunday usul eng oddiy, ammo iqtisodiy jihatdan eng tejamsiz hisoblanadi.
Bug`latish jarayoni kimyo, oziq-ovqat va shu kabi boshqa sanoat tarmoqlarida keng ishlatiladi. Bu jarayondan eritmalarni quyultirish va ulardan erigan holdagi moddalarni ajratib olishdan tashqari, toza erituvchilar olish, sovuq hosil qilish texnikasi va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Sanoatda bug`latish jarayoni bir va ko’p korpusli qurilmalarda amalga oshiriladi. Ko’p korpusli qurilmalarning faqat birinchi korpusiga isituvchi (birlamchi) bug` beriladi, keyingi korpuslarini isitish uchun esa oldingi korpuslardan chiqqan ikqilamchi bug` ishlatiladi. Natijada isituvchi bug`ning umumiy sarfi kamayadi.
Ishlash rejimiga ko’ra bug`latish qurilmalari davriy va o’zluksiz bo’ladi. Kichik masshtabdagi ishlab chiqarishlarda va ayrim vaqtda, eritmalarni yuqori konsentrasiyalargacha bug`latishda, davriy ishlaydigan bug`latish qurilmalari ishla­tiladi. Kimyo sanoatida asosan o’zluksiz ishlaydigan bug`latish qurilmalari keng ishlatiladi. Zamonaviy bug`latish qurilmalari ancha katta isitish yuzasiga ega, ayrim paytda bitta korpusning isitish yuzasi 2500 m2 dan ortib ketadi.

Download 320,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish